YOSH SHARQSHUNOS DIPLOMATLAR / МОЛОДЫЕ ДИПЛОМАТЫ-ВОСТОКОВЕДЫ
901 subscribers
347 photos
100 videos
31 files
161 links
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi
Download Telegram
✍️ Агарда дипломат "ҳа" деса, бу "бўлиши мумкин" дегани, агарда "бўлиши мумкин" деса, бу "йўқ" дегани, агарда "йўқ" деса, демак у дипломат эмас.

©️ Лорд Досон оф Пенн

@suhrob_buranov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👏6🔥4
Дипломатическая служба.pdf
68.6 MB
📚 Дипломатическая служба: теория и практика

С.М. Миркасымов, М.А.Рахимова

👉https://t.me/orientaldiplomacy
5👍4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand deklaratsiyasi: O‘zbekiston – OTB hamkorligida yangi bosqich.

🔺Samarqandda Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 100 dan ortiq davlatdan 4 mingdan ziyod delegat ishtirok etdi.

Yig‘ilish arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev OTB prezidenti Masato Kanda bilan uchrashdi. O‘zbekiston 1995-yildan bank a’zosi. Hozirda loyihalar portfeli 16 milliard dollarni tashkil etadi. Tomonlar 2030-yilgacha mo‘ljallangan yangi sheriklik dasturini imzoladilar – unga 12,5 milliard dollarlik loyihalar kiritilgan.

Yig‘ilish doirasida Prezident Janubiy Koreya (investitsiyalar hajmi 8 mlrd dollar, 1000 ga yaqin qo‘shma korxona) va Yaponiya (qayta tiklanuvchi energiya, tibbiyot, IT loyihalari) delegatsiyalari bilan ham uchrashdi.


🔺 Prezident nutqining asosiy tezislari:
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2016-yildan buyon 50 mlrd dollardan 147 mlrd dollargacha o‘sdi. Kambag‘allik darajasi 35 foizdan 5,8 foizga tushdi. 2030-yilga borib iqtisodiyot hajmini 240 mlrd dollardan oshirish maqsad qilingan


🔵 Prezident OTB bilan hamkorlikda oltita ustuvor yo‘nalishni belgilab berdi:
💻 Sun’iy intellekt – OTB shafeligida rivojlanayotgan mamlakatlar uchun alohida dastur yaratish va Toshkentda “Osiyo uchun raqamli magistral” mintaqaviy markazini ochish.

🌳 “Yashil” energetika – “Markaziy Osiyo – Yevropa yashil energetika koridori” loyihasini boshlash. O‘zbekistonda “yashil” energiya ulushi 30% ga yetdi (2030-yilga borib 54%).

🚚 Transport va logistika – “Raqamli bojxona va logistika alyansi”ni tashkil etish (CAREC dasturi doirasida).

♻️ Kritik minerallar – OTBning “Kritik mineraldan – ishlab chiqarishga” dasturiga qo‘shilish va chuqur qayta ishlash loyihalarini yo‘lga qo‘yish.

🌳 “Markaziy Osiyo yashil belg‘i” – mintaqaviy ekologik loyiha.

🤩 “Markaziy Osiyo turizm halqasi” – mintaqa davlatlarini birlashtiruvchi yagona turistik makon.

💠 Barcha takliflarni amalga oshirish uchun Innovatsion moliyalashtirish platformasini shakllantirish taklif qilindi.


🔵 Samarqand yig‘ilishi O‘zbekistonning xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlarida sifat jihatidan yangi bosqichni ko‘rsatdi. 12,5 milliard dollarlik yangi dastur – bu katta hajm, ammo asosiy masala mablag‘larning samarali o‘zlashtirilishi va real iqtisodiy natijalarga aylanishidir.

Prezident nutqidagi oltita tashabbus diqqatga sazovor: ular nafaqat an’anaviy infratuzilma, balki sun’iy intellekt, kritik minerallarni qayta ishlash va mintaqaviy integratsiya (turizm, ekologiya, energetika koridori) kabi yangi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Bu O‘zbekistonning iqtisodiy modelini xomashyo eksportidan yuqori texnologiyali ishlab chiqarish va mintaqaviy xizmatlar markaziga aylantirish niyatidan dalolat beradi.

Biroq bu tashabbuslarning barchasi hozircha deklaratsiya va rejalar bosqichida. Ularning amaliy natijalari – imzolanadigan shartnomalar, ishga tushadigan korxonalar va yaratilgan qo‘shilgan qiymat bilan o‘lchanadi. O‘zbekistonning OTB va boshqa xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlari qanchalik chuqurlashishi, aynan amaliy loyihalar hajmiga bog‘liq.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6🤝4👍31
Tashqi ishlar vazirining Saudiya Arabistoniga tashrifi: farmatsevtika, investitsiyalar va mintaqaviy aloqalar.

📆 2-3-may kunlari Ar-Riyod shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistonida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

🤝 “Sudair Pharma” kompaniyasi bosh direktori bilan suhbatda farmatsevtika sohasida hamkorlik va ishalb chiqarishni mahalliylashtirish masalalati muhokama qilindi. Kompaniya V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga taklif etildi.

Saudiya Arabistonining investitsiyalar vaziri bilan uchrashuvda ikki tomonlama investitsiyaviy sheriklik hajmi va sifati ortib borayotgani qayd etildi. Saudiyalik hamkorlar iyun oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro investitsiya forumiga taklif qilindi.

Shuningdek, Ar-Riyod amiri shahzoda Faysal bin Bandar Ol Saud bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Muloqotda mamlakatlar o‘rtasidagi ishonch va do‘stlikka asoslangan munosabatlar mustahkamlanayotgani, hamkorlikni mintaqaviy darajada kengaytirishga tayyorlik bildirilgani ta’kidlandi.


🌎 TIV rahbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi O‘zbekistonning ko‘p vektorli tashqi siyosatining muhim yo‘nalishi – yirik arab davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

💠 Yosh sharqshunos diplomatlar klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥94🥰21
Forwarded from Oliy Majlis Senati
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #payshanba_yoshlarkuni

Oliy Majlis Senati Raisi bo‘lajak sharqshunoslar bilan samimiy muloqot qildi
____________
Председатель Сената Олий Мажлиса искренне побеседовала с будущими востоковедами

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | X| Virtual murojaat | Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥631
Forwarded from Oliy Majlis Senati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #payshanba_yoshlarkuni

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari, yosh tadqiqotchilari, “Sharqshunos tahlilchilar” va “Yosh sharqshunos diplomatlar klubi” a’zolari hamda professor-o‘qituvchilari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | X| Virtual murojaat | Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9🥰431
Fors ko‘rfazida harbiy keskinlashuv:

🔊 7-may kuni Eronning janubidagi Bandar Abbos va Qeshm oroli hududida kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. Eron havo mudofaasi ikki noma’lum dronni urib tushirganini ma’lum qildi.

🔵 AQSh va Eron o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri otishma bo‘lgan. Fox News ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Qeshm va Bandar Abbos portlariga havo zarbalari bergan, biroq bu urushning qayta boshlanishi emasligi ta’kidlanmoqda. Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi esa AQShning Eron tankeriga tajovuzidan so‘ng raketa zarbalari berilganini va dushman zarar ko‘rganini aytmoqda.

BAA ustidan tergov boshlandi — Eron manbalariga ko‘ra, hujumlarda ishlatilgan dronlar BAA hududidan havoga ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin. Agar bu tasdiqlansa, Eron BAAga nisbatan keskin javob choralarini qo‘llash bilan tahdid qilmoqda.

Isroil o‘zining voqealarga aloqasi yo‘qligini bildirgan. Biroq keyingi ma’lumotlarda Eron Minoob shahridagi harbiy-dengiz bazasiga berilgan zarbalarda Isroilning aloqadorligi haqida da’volar ham paydo bo‘ldi.

📎 Eslatib o‘tish kerak — shu kunning o‘zida AQSH va Eron 14-mayga qadar sulhga erishish imkoniyati haqida muzokaralar olib borayotgani xabar qilingan edi. Biroq yuzaga kelgan harbiy to‘qnashuvlar diplomatik jarayonni murakkablashtirmoqda.


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5🔥51
Kaspiy: Eron urushida kuchayib borayotgan strategik yo‘lak

Hormuz bo‘g‘ozi qamalda. Dunyo neftining 25% va gazining 20% oqimi to‘xtagan. Bunday sharoitda Eron o‘zining shimolidagi Kaspiy dengizi orqali muqobil savdo yo‘laklarini faollashtirishga majbur bo‘lmoqda.

Oddiy vaqtda Eron savdosining 90% Fors ko‘rfazi orqali o‘tsa, urush tufayli bu ko‘rsatkich 95% ga qisqargan. Endi Kaspiy — Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi asosiy tranzit arteriyasiga aylangan.

Harbiy tahdidlar Kaspiyga yetib kelgan.

19-martda Isroil Eronning Kaspiydagi eng yirik porti Bandar Anzaliga zarba berib, Eronning Kaspiy flotining katta qismini yo‘q qilgan. 1-aprelda esa port infratuzilmasiga navbatdagi zarbalar berilgan. Maqsad — Eronning yagona muqobil yo‘lagiga zarba berish.

📈Rossiya–Eron savdosi keskin oshgan

The New York Times ma'lumotiga ko'ra, Kaspiy orqali bug'doy, makkajo'xori, ozuqa va kungaboqar yog'i yetkazilmoqda. Eronning to'rtta porti sutka bo'yi ishlamoqda. Kemalar transponderlarini o'chirib, yashirin harakatlanmoqda.

Rossiya–Eron savdosi 2024-yilda $4,8 mlrd (16% o'sish) bo'lgan bo'lsa, 2026-yilda 10 million tonnadan oshishi kutilmoqda. Rossiya Yelabugada ishlab chiqarilgan "Shahed" dronlarini Astraxan portidan Bandar Anzaliga yetkazib bermoqda.

Ozarbayjon — nozik muvozanat ustasi.
✔️Ozarbayjon Kaspiydagi uchinchi yirik kuch sifatida eng murakkab diplomatiyani olib bormoqda:

✔️Eron bilan 400 milya chegara va 20 mln etnik ozarbayjon Eron shimoli-g'arbida yashaydi

✔️Isroil bilan mustahkam hamkorlik — Isroil neftining 40% Ozarbayjondan


AQSH bilan yaqinlashuv va "Abraham kelishuvlari" istiqboli

Rasman Ozarbayjon neytral. Boku Isroildan Eronning shimoli-g'arbiy qismiga zarba bermaslikni talab qilib, o'z etnik aholisini himoya qilgan.

Urush fonida Ozarbayjonning Kaspiy orqali tranzit savdosi 500% ga oshgan. Bokudagi port xavfsiz yo'lakka aylangan.

Xulosa
Kaspiy dengizi Eron urushida ikkinchi, ammo strategik jihatdan o'sib borayotgan frontga aylandi. Isroil va AQSH Rossiya–Eron iqtisodiy va harbiy oqimini uzishga harakat qilmoqda. Biroq harbiy zarbalar savdo oqimini butunlay to'xtata olmadi — aksincha, u yanada yashirin va tartibsiz shaklga o'tdi.

Ozarbayjon esa o'zining betarafligi va uch tomonlama aloqalari bilan mintaqadagi eng nozik muvozanatni saqlab turibdi. Agar urush uzoq davom etsa, Boku Kaspiy xavfsizligi arxitekturasida hal qiluvchi o'yinchiga aylanishi mumkin.

Asosiy xavf: Kaspiyning harbiylashuvi (dron urushlari, port infratuzilmasini nishonga olish) mintaqani yangi beqarorlik markaziga aylantirishi ehtimoli.


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥53👍32🕊1😍1
📆May oyining I chorak diplomatik dayjesti

Hurmatli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari va “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari!

E’tiboringizga joriy yilning may oyining I choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.



📌2026-yil 4-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ar-Riyozda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhon Ol Saud bilan, Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim Muhammad Al-Budayviy bilan va Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy bilan uchrashdi. Shuningdek, O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning “Universities UK International” (“UUKi”) tashkiloti direktori Jeymi Arrousmit bilan uchrashdi.

📌2026-yil 5-may kuni O‘zbekistonning Jazoirdagi birinchi elchisi (qarorgohi Qohira shahrida) Mansurbek Qilichev Jazoir tashqi ishlar, xorijdagi vatandoshlar va Afrika ishlari vaziri Ahmad Attafga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Malayziya bugun oliy taʼlim vaziri Zambri Abd Qodir bilan va Turkiy investitsiya jamg‘armasi prezidenti Bag‘dod Amreyev bilan uchrashdi.

📌2026-yil 6-may kuni O‘zbekiston elchisi Umid Shodiyev BAA tashqi savdo vaziri Tani Al Zeyoudi bilan uchrashdi va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Serbiya tashqi ishlar vaziri Marko Djurich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📌2026-yil 7-may kuni O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nurimbetov Shvetsiya migratsiya vaziri Yoxann Forssell bilan uchrashdi, O‘zbekiston TIV rahbari Avstriya vazirlari bilan muzokara o‘tkazdi va TIVda O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Janubiy Osiyo departamenti bosh direktori Tetsuya Yamada o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌2026-yil 8-may kuni Moskva shahridagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va 9-may kuni Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

📌2026-yil 11-may kuni O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Sautgemptonda muhim muzokaralar o‘tkazdi.


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏622👍2🤝2🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔊11-may kuni Nayrobida bo‘lib o‘tgan “Africa Forward Summit” sammitida spikerlar nutqi vaqtida zalda shovqin va tartibsizlik yuzaga keldi. Yosh ishtirokchilar baland ovozda gaplasha boshlashdi. Sammit mehmonlari orasida bo‘lgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron vaziyatga shaxsan aralashishga qaror qildi. U auditoriyani spikerlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi “...Bunday shovqinli zalda madaniyat haqida gapirishning iloji yo‘q. Bu to‘liq hurmatsizlik...” — dedi u va yoshlarni tinchlanib, spikerlarni tinglashga chaqirdi.

🔵Uning aralashuvidan so‘ng zaldagi vaziyat ancha tinchlandi. Ushbu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi: ayrimlar Makronning harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, uning yetakchilik qobilyalarini yuqori baholadi, boshqalar esa bu holatni yoshlarning jahon siyosatchilariga nisbatan ortib borayotgan noroziligi belgisi sifatida baholadi.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3👏1
📎Tashqi ishlar vazirligining rahbariyat bo'limi haqida infografik malumot

🔵 Baxtiyor Saidov - Vazir
🔵Bahromjon A'loyev - Vazirning birinchi o'rinbosari
🔵Madrahimov Muzaffarvek - Vazir o'rinbosari
🔵Bobur Usmanov - Vazir o'rinbosari
🔵Abdullayev Olimjon - Vazir o'rinbosari
🔵Ismatulla Ergashev - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥6👏3🤝2