Xitoy Afrikaning 53 davlati uchun boj to‘lovlarini bekor qildi.
🔺 Xitoy rahbari Si Tszinpin 2026-yil fevral oyida 39-chi Afrika Ittifoqi sammitida 53 Afrika davlatlarining tovarlariga boj olinmasligini e’lon qildi.
✔️ Si o‘z murojaatida Xitoy 2026-yil 1-maydan boshlab Xitoy bilan diplomatik aloqada bo‘lgan 53 Afrika davlati uchun nol tarif rejimini to‘liq joriy etishini ma’lum qildi. Qaror 1-maydan kuchga kiradi va 2028-yil 30-aprelgacha amal qiladi. Imtiyoz Tayvan bilan diplomatik aloqalarini saqlab qolgan Esvatiniga tatbiq etilmaydi.
👍 Xitoy–Afrika savdo hajmi 2025-yilda 348 milliard dollarga yetdi. Xitoyning eksporti (225 mlrd dollar) importdan (123 mlrd dollar) sezilarli darajada yuqori.
💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
😎 Telegram | 😎 Instagram
Ilgari Xitoyning bojsiz savdo siyosati Afrikaning eng kam rivojlangan 33 davlatlarinigina qamrab olgan edi. Endi bu doira deyarli butun qit’aga kengaytirilmoqda.
Xitoyning ushbu qarori savdo profitsitini kamaytirish va Afrikadagi iqtisodiy ta’sirni kuchaytirishga qaratilgan. Biroq boj imtiyozlari Afrikaning eksport tarkibini o‘zgartirish va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish muammosini hal qilmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4👏3⚡1😍1
Forwarded from TDSHU • ТГУВ • TSUOS
#TDSHU_OAVda
Ostona sammiti: suv, xavfsizlik va “yashil” kelajak sari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostona shahriga amalga oshirgan tashrifi Markaziy Osiyoda ekologiya muammolarini hal etish borasidagi siyosiy faollik yangi bosqichga o‘tganini ko‘rsatdi. Endi gap faqat muhokama emas, balki amaliy yechim, aniq mexanizm haqida ketmoqda.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Yosh sharqshunos diplomatlar” intellektual klubi a’zosi Humoyunmirzo Husanov mavzu yuzasidan fikrlari UzA sahifalarida e'lon qildi.
✅ TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS
🌐 Telegram |🌐 Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐 Twitter | 🗄 tsuos.uz

🔥7❤3👍2⚡1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tillar: Ingliz, dariy va pushtun tillarini mukammal biladi.
🔵 Oybek Usmonov oʻz faoliyatini 1985-yildan boshlagan va 1998-yildan buyon doimiy ravishda Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlab kelmoqda:🔵 1989-1992-yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida tahririyat boshligʻi sifatida ishlagan.🔵 1998-yildan TIV tizimida. Pokiston, Isroil va Misrda turli diplomatik lavozimlarda faoliyat yuritgan.
🟡 2001–2006-yillarda Oʻzbekistonning Isroildagi elchisi.🟡 2006–2011-yillarda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi.🟡 2013-yildan 2020-yilgacha Misr va Iordaniyada, keyinchalik Marokashda elchi bo‘lib ishlagan.🟡 2020-2024-yillarda yana Pokiston Islom Respublikasida favqulodda va muxtor elchi bo‘lgan.🟡 2011-2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.🟡 2024-yil oktabr oyidan boshlab Oʻzbekistonning Afgʻoniston Islom Amirligidagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👏5❤4👍3⚡2
📌 2026-yil 27-aprel kuni O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov “Virtual Internships” muassasasi ijrochi direktori Deniyel Nivern bilan muloqot bo‘lib o‘tdi va O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiya parlamenti Vakillar palatasi deputati, Liberal-demokratik partiya a’zosi Xakubun Shimomura bilan uchrashdi.📌 2026-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Belarus elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashuv o‘tkazdi va O‘zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari oliy darajada erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarni samarali amalga oshirishning aniq mexanizmlarini muhokama qildi.📌 2026-yil 29-aprel kuni O‘zbekiston TIV rahbari Singapur tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarini qabul qildi va O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Pokiston elchisi Ahmed Faruq bilan uchrashuv o‘tkazdi.📌 2026-yil 30-aprel kuni Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babishning tor doirada va ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida muzokaralari boʻlib oʻtdi va Oʻzbekiston va Chexiya oʻrtasida ikki tomonlama bitimlar toʻplami imzolandi.📌 2026-yil 1-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Seyshel Respublikasi tashqi ishlar va diaspora masalalari vaziri Barri For bilan uchrashdi va O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi.📌 2026-yil 2-may kuni O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasida Turkiya Buyuk millat majlisining Trabzondan saylangan bir guruh deputatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.📌 2026-yil 3-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi doirasida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masato Kanda boshchiligidagi, Koreya Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol boshchiligidagi , Yaponiya moliya vaziri Satsuki Katayama boshchiligidagi va “ACWA Power” kompaniyasi rahbari Muhammad Abunayyan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍4❤3👏3⚡1
Forwarded from TDSHU • ТГУВ • TSUOS
#TDSHU_OAVda
Markaziy Osiyo ekologik diplomatiyasida yangi bosqich
22-24-aprel kunlari Ostona shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik sammiti nafaqat sohaga oid masalalar muhokamasi, balki muammolarga qarshi turish diplomatiyasini kuchaytirishga qaratilgan aniq tashabbuslar bilan yodda qoldi.
TDSHU huzuridagi “Yosh sharqshunos diplomatlar” intellektual klubi a’zosi Lazizjon Abduraximov fikrlari OʻzA nigohida.
✅ TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS
🌐 Telegram |🌐 Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐 Twitter | 🗄 tsuos.uz
Markaziy Osiyo ekologik diplomatiyasida yangi bosqich
22-24-aprel kunlari Ostona shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik sammiti nafaqat sohaga oid masalalar muhokamasi, balki muammolarga qarshi turish diplomatiyasini kuchaytirishga qaratilgan aniq tashabbuslar bilan yodda qoldi.
TDSHU huzuridagi “Yosh sharqshunos diplomatlar” intellektual klubi a’zosi Lazizjon Abduraximov fikrlari OʻzA nigohida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍5👏4⚡1❤1
Forwarded from Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal
Лорд Досон оф Пенн@suhrob_buranov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👏6🔥4
Дипломатическая служба.pdf
68.6 MB
📚 Дипломатическая служба: теория и практика
✍С.М. Миркасымов, М.А.Рахимова
👉https://t.me/orientaldiplomacy
✍С.М. Миркасымов, М.А.Рахимова
👉https://t.me/orientaldiplomacy
❤5👍4🔥3
Дипломатия_асослари.pdf
4 MB
🔥8👏4❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand deklaratsiyasi: O‘zbekiston – OTB hamkorligida yangi bosqich.
🔺 Samarqandda Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 100 dan ortiq davlatdan 4 mingdan ziyod delegat ishtirok etdi.
Yig‘ilish arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev OTB prezidenti Masato Kanda bilan uchrashdi. O‘zbekiston 1995-yildan bank a’zosi. Hozirda loyihalar portfeli 16 milliard dollarni tashkil etadi. Tomonlar 2030-yilgacha mo‘ljallangan yangi sheriklik dasturini imzoladilar – unga 12,5 milliard dollarlik loyihalar kiritilgan.
🔺 Prezident nutqining asosiy tezislari:
🔵 Prezident OTB bilan hamkorlikda oltita ustuvor yo‘nalishni belgilab berdi:
🔵 Samarqand yig‘ilishi O‘zbekistonning xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlarida sifat jihatidan yangi bosqichni ko‘rsatdi. 12,5 milliard dollarlik yangi dastur – bu katta hajm, ammo asosiy masala mablag‘larning samarali o‘zlashtirilishi va real iqtisodiy natijalarga aylanishidir.
Prezident nutqidagi oltita tashabbus diqqatga sazovor: ular nafaqat an’anaviy infratuzilma, balki sun’iy intellekt, kritik minerallarni qayta ishlash va mintaqaviy integratsiya (turizm, ekologiya, energetika koridori) kabi yangi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Bu O‘zbekistonning iqtisodiy modelini xomashyo eksportidan yuqori texnologiyali ishlab chiqarish va mintaqaviy xizmatlar markaziga aylantirish niyatidan dalolat beradi.
Biroq bu tashabbuslarning barchasi hozircha deklaratsiya va rejalar bosqichida. Ularning amaliy natijalari – imzolanadigan shartnomalar, ishga tushadigan korxonalar va yaratilgan qo‘shilgan qiymat bilan o‘lchanadi. O‘zbekistonning OTB va boshqa xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlari qanchalik chuqurlashishi, aynan amaliy loyihalar hajmiga bog‘liq.
💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
😎 Telegram | 😎 Instagram
Yig‘ilish arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev OTB prezidenti Masato Kanda bilan uchrashdi. O‘zbekiston 1995-yildan bank a’zosi. Hozirda loyihalar portfeli 16 milliard dollarni tashkil etadi. Tomonlar 2030-yilgacha mo‘ljallangan yangi sheriklik dasturini imzoladilar – unga 12,5 milliard dollarlik loyihalar kiritilgan.
Yig‘ilish doirasida Prezident Janubiy Koreya (investitsiyalar hajmi 8 mlrd dollar, 1000 ga yaqin qo‘shma korxona) va Yaponiya (qayta tiklanuvchi energiya, tibbiyot, IT loyihalari) delegatsiyalari bilan ham uchrashdi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2016-yildan buyon 50 mlrd dollardan 147 mlrd dollargacha o‘sdi. Kambag‘allik darajasi 35 foizdan 5,8 foizga tushdi. 2030-yilga borib iqtisodiyot hajmini 240 mlrd dollardan oshirish maqsad qilingan
💻 Sun’iy intellekt – OTB shafeligida rivojlanayotgan mamlakatlar uchun alohida dastur yaratish va Toshkentda “Osiyo uchun raqamli magistral” mintaqaviy markazini ochish.🌳 “Yashil” energetika – “Markaziy Osiyo – Yevropa yashil energetika koridori” loyihasini boshlash. O‘zbekistonda “yashil” energiya ulushi 30% ga yetdi (2030-yilga borib 54%).🚚 Transport va logistika – “Raqamli bojxona va logistika alyansi”ni tashkil etish (CAREC dasturi doirasida).
♻️ Kritik minerallar – OTBning “Kritik mineraldan – ishlab chiqarishga” dasturiga qo‘shilish va chuqur qayta ishlash loyihalarini yo‘lga qo‘yish.🌳 “Markaziy Osiyo yashil belg‘i” – mintaqaviy ekologik loyiha.🤩 “Markaziy Osiyo turizm halqasi” – mintaqa davlatlarini birlashtiruvchi yagona turistik makon.💠 Barcha takliflarni amalga oshirish uchun Innovatsion moliyalashtirish platformasini shakllantirish taklif qilindi.
Prezident nutqidagi oltita tashabbus diqqatga sazovor: ular nafaqat an’anaviy infratuzilma, balki sun’iy intellekt, kritik minerallarni qayta ishlash va mintaqaviy integratsiya (turizm, ekologiya, energetika koridori) kabi yangi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Bu O‘zbekistonning iqtisodiy modelini xomashyo eksportidan yuqori texnologiyali ishlab chiqarish va mintaqaviy xizmatlar markaziga aylantirish niyatidan dalolat beradi.
Biroq bu tashabbuslarning barchasi hozircha deklaratsiya va rejalar bosqichida. Ularning amaliy natijalari – imzolanadigan shartnomalar, ishga tushadigan korxonalar va yaratilgan qo‘shilgan qiymat bilan o‘lchanadi. O‘zbekistonning OTB va boshqa xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlari qanchalik chuqurlashishi, aynan amaliy loyihalar hajmiga bog‘liq.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6🤝4👍3⚡1
Tashqi ishlar vazirining Saudiya Arabistoniga tashrifi: farmatsevtika, investitsiyalar va mintaqaviy aloqalar.
📆 2-3-may kunlari Ar-Riyod shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistonida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
🤝 “Sudair Pharma” kompaniyasi bosh direktori bilan suhbatda farmatsevtika sohasida hamkorlik va ishalb chiqarishni mahalliylashtirish masalalati muhokama qilindi. Kompaniya V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga taklif etildi.
☑ Saudiya Arabistonining investitsiyalar vaziri bilan uchrashuvda ikki tomonlama investitsiyaviy sheriklik hajmi va sifati ortib borayotgani qayd etildi. Saudiyalik hamkorlar iyun oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro investitsiya forumiga taklif qilindi.
🌎 TIV rahbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi O‘zbekistonning ko‘p vektorli tashqi siyosatining muhim yo‘nalishi – yirik arab davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
💠 Yosh sharqshunos diplomatlar klubi matbuot xizmati.
😎 Telegram | 😎 Instagram
Shuningdek, Ar-Riyod amiri shahzoda Faysal bin Bandar Ol Saud bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Muloqotda mamlakatlar o‘rtasidagi ishonch va do‘stlikka asoslangan munosabatlar mustahkamlanayotgani, hamkorlikni mintaqaviy darajada kengaytirishga tayyorlik bildirilgani ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9❤4🥰2⚡1
Forwarded from Oliy Majlis Senati
Oliy Majlis Senati Raisi bo‘lajak sharqshunoslar bilan samimiy muloqot qildi
____________
Председатель Сената Олий Мажлиса искренне побеседовала с будущими востоковедами
Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | X| Virtual murojaat | Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤3⚡1