YOSH SHARQSHUNOS DIPLOMATLAR / МОЛОДЫЕ ДИПЛОМАТЫ-ВОСТОКОВЕДЫ
901 subscribers
347 photos
100 videos
31 files
161 links
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi
Download Telegram
🟦🟦🟦 #ШҲТ_соати

Халқ дипломатияси ва ёшлар: Марказда “Ёш шарқшунос дипломатлар” билан мулоқот

🗣Жорий йилнинг 30 апрель куни Марказда Тошкент давлат шарқшунослик университетининг “Ёш шарқшунос дипломатлар” клуби аъзолари учун маҳорат дарси ташкил этилди.

Мазкур дарсдан кўзланган асосий мақсад – ёшларнинг халқаро муносабатлар, дипломатия ва халқ дипломатияси соҳаларидаги билим ва кўникмаларини янада бойитиш, шунингдек, ШҲТ доирасида амалга оширилаётган ташаббуслар билан яқиндан таништиришдан иборат бўлди.

Унда Марказ директори Қ.Собиров ёшларга халқ дипломатияси, Марказ фаолиятининг асосий йўналишлари, амалга оширилаётган лойиҳалар ва халқаро ҳамкорлик доирасидаги ташаббуслар ҳақида батафсил маълумот берди. Шунингдек, у ёшларнинг халқаро муносабатлар ва дипломатия соҳасида билим ва кўникмаларини ошириш муҳимлигини алоҳида таъкидлади.


🔘Шу билан бирга, “Ёш шарқшунос дипломатлар” клуби аъзолари томонидан клуб фаолияти, унинг асосий мақсад ва вазифалари, амалга оширилаётган лойиҳалар ва уларда талабаларнинг иштирокига қаратилган ташаббуслар юзасидан тақдимот ўтказилди.

➡️Учрашув якунида бундай учрашувлар ёшларнинг халқаро майдонда фаол иштирокини таъминлаш, уларнинг интеллектуал салоҳиятини ривожлантириш ҳамда халқ дипломатиясини мустаҳкамлашда муҳим аҳамият касб этиши таъкидланди.

😎Telegram|📷Instagram|😇Facebook|😉YouTube|🌐scocenter.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥9👍7🕊21😍1
Toshkent va Praga o‘rtasida "Texnologik ko‘prik" Ko‘ksaroydagi muzokaralarning muhim yakunlari.

✔️Joriy yilning 30-aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohi O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochilishiga guvoh bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Andrey Babish o‘rtasidagi uchrashuv shunchaki diplomatik protokol emas, balki ikki davlatning iqtisodiy pragmatizmga asoslangan strategik yurishi sifatida baholanmoqda.

Nega bu tashrifga siyosatshunoslar yuqori baho bermoqda⁉️
🟡 Eksport uchun "Viza":
Chexiyada O‘zbekistonning birinchi sertifikatlash filiali tashkil etilishi — bu bizning sanoatimiz uchun Yevropa bozoriga eshik ochadigan kalitdir. Toshkentda quriladigan “Yevro-6” laboratoriyasi esa avtomobilsozlikdagi standartlarimizni yangi bosqichga olib chiqadi.

🟡Milliardlik marra:
Davlat rahbari tomonidan savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Bu raqam ortida o‘nlab yangi zavodlar, ish o‘rinlari va texnologik transfer yotibdi. Ayniqsa, geologiya va farmatsevtika sohalaridagi kelishuvlar O‘zbekiston uchun hayotiy muhim yo‘nalishlardir.

😀Logistika va transport:
Toshkent ko‘chalarida chex elektropoyezdlarini ko‘rish va Praga tomon to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchish imkoniyatixalqlarimizni yanada yaqinlashtiruvchi real qadamlar bo‘ldi.


Muzokaralar yakunida imzolangan Kengaytirilgan hamkorlik deklaratsiyasi va Faxriy mehmonlar xiyobonidagi daraxt ekish marosimi — bu uzoq muddatli va barqaror sheriklikning ramzidir.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10😍52
#Harbiy_xavfsizlik_va_mudofaa_universiteti

⚡️Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Yosh sharqshunos diplomatlar” va “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klublarining talabalari Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti “Harbiy xavfsizlik va boshqaruv” kafedrasi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi o‘rtasida 2026-2027-yillar uchun tasdiqlangan hamkorlik rejasiga asosan 1-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Yosh sharqshunos diplomatlar” va “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klublarining talabalari Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar universitet faoliyati, taʼlim jarayoni hamda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular oliygoh tarixiga bagʻishlangan muzeyni ham koʻzdan kechirib, universitetning tashkil topishi, rivojlanish bosqichlari hamda harbiy taʼlim tizimiga oid qimmatli eksponatlar bilan tanishdilar.
Uchrashuv davomida mehmonlarga harbiy mutaxassislar tayyorlash tizimi, taʼlim jarayonidagi yangiliklar va universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.
Mazkur tashrif yoshlarning harbiy taʼlimga boʻlgan qiziqishini yanada oshirib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.


➡️Universitet rasmiy sahifalari:

📱 Telegram |📱 Instagram |📱 Facebook |🇺🇿 akad.uz |📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍5👏521
💼 Diplomatik missiya va elchixonalar soni bo'yicha top 10 ta mamlakat.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9😍64
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔺 Xalq Diplomatiyasi va yoshlar: Markazda "Yosh sharqshunos diplomatlar" bilan muloqot.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🥰6🔥5👏1
Xitoy Afrikaning 53 davlati uchun boj to‘lovlarini bekor qildi.

🔺Xitoy rahbari Si Tszinpin 2026-yil fevral oyida 39-chi Afrika Ittifoqi sammitida 53 Afrika davlatlarining tovarlariga boj olinmasligini e’lon qildi.

✔️Si o‘z murojaatida Xitoy 2026-yil 1-maydan boshlab Xitoy bilan diplomatik aloqada bo‘lgan 53 Afrika davlati uchun nol tarif rejimini to‘liq joriy etishini ma’lum qildi. Qaror 1-maydan kuchga kiradi va 2028-yil 30-aprelgacha amal qiladi. Imtiyoz Tayvan bilan diplomatik aloqalarini saqlab qolgan Esvatiniga tatbiq etilmaydi.

Ilgari Xitoyning bojsiz savdo siyosati Afrikaning eng kam rivojlangan 33 davlatlarinigina qamrab olgan edi. Endi bu doira deyarli butun qit’aga kengaytirilmoqda.


👍Xitoy–Afrika savdo hajmi 2025-yilda 348 milliard dollarga yetdi. Xitoyning eksporti (225 mlrd dollar) importdan (123 mlrd dollar) sezilarli darajada yuqori.

Xitoyning ushbu qarori savdo profitsitini kamaytirish va Afrikadagi iqtisodiy ta’sirni kuchaytirishga qaratilgan. Biroq boj imtiyozlari Afrikaning eksport tarkibini o‘zgartirish va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish muammosini hal qilmaydi.


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4👏31😍1
#TDSHU_OAVda
Ostona sammiti: suv, xavfsizlik va “yashil” kelajak sari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostona shahriga amalga oshirgan tashrifi Markaziy Osiyoda ekologiya muammolarini hal etish borasidagi siyosiy faollik yangi bosqichga o‘tganini ko‘rsatdi. Endi gap faqat muhokama emas, balki amaliy yechim, aniq mexanizm haqida ketmoqda.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Yosh sharqshunos diplomatlar” intellektual klubi a’zosi Humoyunmirzo Husanov mavzu yuzasidan fikrlari UzA sahifalarida e'lon qildi.

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥73👍21👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💼 Oybek Orifbekovich Usmonov — sharqshunos-filolog, Oʻzbekistonning bir qancha xorijiy davlatlardagi favqulodda va muxtor elchisi, diplomatik faoliyatda katta tajribaga ega shaxs.

🎓 1962-yil (Toshkent shahrida tug‘ilgan).1985-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning Sharqshunoslik fakultetini tamomlagan.
Tillar: Ingliz, dariy va pushtun tillarini mukammal biladi.

📎Mehnat faoliyati va diplomatik martabasi:
🔵Oybek Usmonov oʻz faoliyatini 1985-yildan boshlagan va 1998-yildan buyon doimiy ravishda Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlab kelmoqda:
🔵1989-1992-yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida tahririyat boshligʻi sifatida ishlagan.
🔵1998-yildan TIV tizimida. Pokiston, Isroil va Misrda turli diplomatik lavozimlarda faoliyat yuritgan.


💼 Elchilik faoliyati:
🟡2001–2006-yillarda Oʻzbekistonning Isroildagi elchisi.
🟡2006–2011-yillarda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi.
🟡2013-yildan 2020-yilgacha Misr va Iordaniyada, keyinchalik Marokashda elchi bo‘lib ishlagan.
🟡2020-2024-yillarda yana Pokiston Islom Respublikasida favqulodda va muxtor elchi bo‘lgan.
🟡2011-2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
🟡2024-yil oktabr oyidan boshlab Oʻzbekistonning Afgʻoniston Islom Amirligidagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ish.


Oybek Usmonov o‘zining ko‘p yillik faoliyati davomida xalqaro munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, Sharq mamlakatlari bilan madaniy-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👏54👍32
📣 Aprel oyining IV chorak diplomatik dayjesti

🔵 E’tiboringizga joriy yilning aprel oyining IV choragi davomida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi muhim diplomatik faoliyatiga oid asosiy voqealar dayjestini taqdim etamiz.

📌 2026-yil 27-aprel kuni O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov “Virtual Internships” muassasasi ijrochi direktori Deniyel Nivern bilan muloqot bo‘lib o‘tdi va O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiya parlamenti Vakillar palatasi deputati, Liberal-demokratik partiya a’zosi Xakubun Shimomura bilan uchrashdi.

📌 2026-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Belarus elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashuv o‘tkazdi va O‘zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari oliy darajada erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarni samarali amalga oshirishning aniq mexanizmlarini muhokama qildi.

📌 2026-yil 29-aprel kuni O‘zbekiston TIV rahbari Singapur tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarini qabul qildi va O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Pokiston elchisi Ahmed Faruq bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📌 2026-yil 30-aprel kuni Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babishning tor doirada va ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida muzokaralari boʻlib oʻtdi va Oʻzbekiston va Chexiya oʻrtasida ikki tomonlama bitimlar toʻplami imzolandi.

📌 2026-yil 1-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Seyshel Respublikasi tashqi ishlar va diaspora masalalari vaziri Barri For bilan uchrashdi va O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi.

📌 2026-yil 2-may kuni O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasida Turkiya Buyuk millat majlisining Trabzondan saylangan bir guruh deputatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌 2026-yil 3-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi doirasida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masato Kanda boshchiligidagi, Koreya Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol boshchiligidagi , Yaponiya moliya vaziri Satsuki Katayama boshchiligidagi va “ACWA Power” kompaniyasi rahbari Muhammad Abunayyan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍43👏31
#TDSHU_OAVda
Markaziy Osiyo ekologik diplomatiyasida yangi bosqich

22-24-aprel kunlari Ostona shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik sammiti nafaqat sohaga oid masalalar muhokamasi, balki muammolarga qarshi turish diplomatiyasini kuchaytirishga qaratilgan aniq tashabbuslar bilan yodda qoldi.

TDSHU huzuridagi “Yosh sharqshunos diplomatlar” intellektual klubi a’zosi Lazizjon Abduraximov fikrlari OʻzA nigohida.

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍5👏411
✍️ Агарда дипломат "ҳа" деса, бу "бўлиши мумкин" дегани, агарда "бўлиши мумкин" деса, бу "йўқ" дегани, агарда "йўқ" деса, демак у дипломат эмас.

©️ Лорд Досон оф Пенн

@suhrob_buranov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👏6🔥4