Vashington va Tehron o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarining yangi raundi to‘g‘risida ziddiyatli xabarlar tarqalmoqda.
AQSh manbalariga ko‘ra, prezident Tramp o‘zining maxsus elchisi Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushnerni 27 aprel kuni Islomoboda Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi bilan uchrashish uchun yubormoqda. Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt muzokaralarda “ilgarilash” kuzatilayotganini tasdiqlagan.
Biroq Eron tarafi bu ma’lumotlarni rad etmoqda. “Tasnim” agentligining xabariga ko‘ra, Araqchi Pokistonga AQSh vakillari bilan emas, balki mintaqaviy masalalarni muhokama qilish uchun borgan. Eron TIV vakili Ismoil Bag‘oiy esa 27 aprelga hech qanday uchrashuv rejalashtirilmaganini ma’lum qilgan.
AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens bu safar delegatsiyada emas. Vensning qayd etishicha, Eron parlament spikeri Qolibaf muzokaralarda qatnashmagani uchun uning kelishi ma’nosiz. Biroq u ijobiy siljish bo‘lsa, istalgan vaqtda Islomobodga uchishga tayyor.
Vashington muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rayotgani va Tehronning rad javobi o‘rtasidagi ziddiyat ikki tomonning asl niyatlariga oydinlik kiritmayapti. AQSh o‘z shartlarini qabul qildirish uchun iqtisodiy va harbiy bosimni kuchaytirgan holda diplomatik yo‘lakni ochiq saqlamoqchi. Eron esa ichki va tashqi auditoriya oldida “majburan muzokaraga o‘tirmaslik” pozitsiyasini namoyish qilib, aslida vositachilar orqali norasmiy aloqani davom ettirishi mumkin. Islomobod esa har ikki tomon uchun ham maqbul vositachiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermayapti. Biroq hozircha bu – “muzokara oldidagi muzokara” holati, aniq natijagacha masofa uzoq.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍6😍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1960-yil 24-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1982-yilda Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) "Sharqshunos-filolog, dari va ingliz tillari o‘qituvchisi" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Fors, ingliz va turk tillarini mukammal biladi.
➡️ Diplomatik faoliyatini Tashqi ishlar vazirligi (TIV) tizimida boshlab, uzoq yillar davomida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan:➡️ 1996–1999: O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari;➡️ 1999–2003: O‘zbekistonning Xitoy, Mo‘g‘uliston va KXDRdagi Favqulodda va Muxtor elchisi;➡️ 2004–2012: O‘zbekistonning Ozarbayjondagi Favqulodda va Muxtor elchisi;➡️ 2017-yildan hozirgacha: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili.
🟡 Ismatulla Irgashev O‘zbekistonning Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish, qo‘shni davlat bilan iqtisodiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha strategiyasini xalqaro maydonda faol ilgari surib kelmoqda.🟡 U "Tolibon" muvaqqat hukumati bilan muloqot qilish, Afg‘onistonda iqtisodiyotni tiklash va xalqaro hamjamiyatni bu jarayonga jalb qilishda asosiy diplomat hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍7🔥7👏1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mazkur forum doirasida zamonaviy xalqaro munosabatlar sharoitida siyosiy tahlilchilarning o‘rni va ahamiyati, ularni tayyorlashning institutsional asoslari, analitik kompetensiyalarni rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy va global jarayonlarni chuqur tahlil qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan ilmiy-analitik yondashuvlarni takomillashtirish, yosh mutaxassislarning salohiyatini oshirish hamda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡10💯6😍4✍3🔥2❤1
📌 2026-yil 20-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kunlarda Toshkent shahrida oʻtayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi oʻrinbosari Denis Manturovni qabul qildi, Toshkent shahrida O‘zbekiston va XXR tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lyu Binni qabul qildi.📌 2026-yil 21-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusni qabul qildi, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Prezident Ostona shahriga keldi.
📌 2026-yil 22-aprel kuni Oʻzbekiston Prezidenti Ostona shahridagi “EXPO” xalqaro koʻrgazmalar markazida tashkil etilgan Mintaqaviy ekologik sammit koʻrgazmasidagi milliy pavilyonlar bilan tanishdi, Markaziy Osiyoda iqlim va ekologiya muammolarini hal qilish boʻyicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi, Oʻzbekiston Prezidenti UNEP bilan ekologik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi va Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisida Shavkat Mirziyoyev nutq so'zladi.📌 2026-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abduraxmonov Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Fumio Kishida bilan uchrashdi va O‘zbekiston elchixonasi vakillari AQSH Milliy geografiya jamiyati (National Geographic Society)ning hamkorlik bo‘yicha katta direktori Rayan Aleksandr bilan uchrashuv o‘tkazdi.📌 2026-yil 24-aprel kuni O‘zbekiston elchisi Nodir G‘aniyev Fransiya Milliy kosmik tadqiqotlar markazi (“CNES”) rahbari Fransua Jak bilan uchrashuv o‘tkazdi va Moskva shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida SHHTning xalqaro faoliyati va mintaqaviy xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.📌 2026-yil 25-aprel kuni O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Vologda viloyatiga tashrif buyurdi va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiyaning “Aso Shoji” kompaniyasi prezidenti Masaxiro Aso bilan uchrashdi.📌 2026-yil 26-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning Tokio shahridagi elchixonasi koʻmagida Yaponiyaning “Proud Partners”, “Izumi Logistics” hamda “Company Action” kompaniyalari bilan qator muzokaralar oʻtkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍5👏3❤1😍1
2026-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedovning Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha hisobotini tingladi. Uchrashuvda Turkiya Qurolli Kuchlarining yuqori martabali vakili ham ishtirok etgan.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, harbiy-texnik hamkorlik izchil rivojlanayotgani, idoralararo aloqalar kengayib borayotgani, qo‘shma tadbirlar va harbiy mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Eslatib o‘tamiz: 2026-yil yanvar oyida Anqarada O‘zbekiston va Turkiya mudofaa vazirlari tomonidan harbiy tibbiyot sohasidagi hamkorlik bitimi hamda 2026 yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasi imzolangan edi.
Ta'kidlanishicha, Turkiya bilan strategik aloqalarni rivojlantirish O‘zbekistonning tashqi siyosatida mustaqil va pragmatik yo‘nalishni kuchaytiradi. Bu jarayon mamlakatning an’anaviy hamkorlar bilan aloqalarini saqlab qolgan holda, yangi kuch markazlari bilan hamkorlikni faol kengaytirishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyaning ifodasi sifatida baholanmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍3👏2❤1😍1
AQSh butun dunyo bo‘ylab Xitoy faoliyatini kuzatish uchun diplomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda.
Vashington dunyo bo‘ylab AQSh diplomatik tarmog‘ini shakllantirib, u yerga Xitoy faoliyatini kuzatishga ixtisoslashgan mutaxassislarni joylashtirmoqda. Panamadan Yaponiyagacha, Pragadan Abidjangacha (Kot-d’Ivuarning eng yirik shahri) AQSh elchixonalariga aniq vazifa bilan mutaxassislar yuborilmoqda: Pekinning global harakatlarini batafsil tahlil qilish va joylarda AQShning bu boradagi qarashlarini ilgari surish. Bu haqda Intelligence Online xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu tarmoqni rivojlantirish uchun yiliga taxminan 5 million dollar ajratilgan. 2025 yil oxiriga kelib dastur rasmiy shaklga ega bo‘lib, yanada aniq vazifalar belgilangan. Xitoy bo‘yicha mintaqaviy ofitserlar o‘z hududlarida Xitoy hukumatining siyosiy, harbiy, texnologik va iqtisodiy faoliyati haqida ma’lumot to‘plash va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.
Dasturga diplomat Brandon Borkovich rahbarlik qilmoqda. U Xitoyda, jumladan Pekin va Guanchjouda ishlagan tajribaga ega. E’tibor asosan Xitoyning muhim tashabbuslariga, jumladan Bir kamar, bir yo‘l loyihasiga, shuningdek global xavfsizlik va rivojlanish sohasidagi tashabbuslarga qaratilgan.
💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
😎 Telegram | 😎 Instagram
Vashington dunyo bo‘ylab AQSh diplomatik tarmog‘ini shakllantirib, u yerga Xitoy faoliyatini kuzatishga ixtisoslashgan mutaxassislarni joylashtirmoqda. Panamadan Yaponiyagacha, Pragadan Abidjangacha (Kot-d’Ivuarning eng yirik shahri) AQSh elchixonalariga aniq vazifa bilan mutaxassislar yuborilmoqda: Pekinning global harakatlarini batafsil tahlil qilish va joylarda AQShning bu boradagi qarashlarini ilgari surish. Bu haqda Intelligence Online xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu tarmoqni rivojlantirish uchun yiliga taxminan 5 million dollar ajratilgan. 2025 yil oxiriga kelib dastur rasmiy shaklga ega bo‘lib, yanada aniq vazifalar belgilangan. Xitoy bo‘yicha mintaqaviy ofitserlar o‘z hududlarida Xitoy hukumatining siyosiy, harbiy, texnologik va iqtisodiy faoliyati haqida ma’lumot to‘plash va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.
Dasturga diplomat Brandon Borkovich rahbarlik qilmoqda. U Xitoyda, jumladan Pekin va Guanchjouda ishlagan tajribaga ega. E’tibor asosan Xitoyning muhim tashabbuslariga, jumladan Bir kamar, bir yo‘l loyihasiga, shuningdek global xavfsizlik va rivojlanish sohasidagi tashabbuslarga qaratilgan.
Manbaga ko‘ra, 2026 yilga borib dasturda taxminan 20 nafar mutaxassis faoliyat yuritadi. Ular AQSh Davlat departamentining turli mintaqaviy yo‘nalishlariga taqsimlanadi: Afrika, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi, Yevropa va Yevroosiyo, Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo, G‘arbiy yarim shar hamda xalqaro tashkilotlar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤4👍2👏2😍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp Karl III Oq uyga tashrifi chog‘ida uning yelkasiga qoqib, diplomatik protokolni buzdi.
Norasmiy qoidaga ko‘ra: qirollik oilasi a’zolariga birinchi bo‘lib qo‘l tekkizish mumkin emas.
Tramp britaniyalik qirolga qo‘l berib ko‘rishib, suratga tushganidan so‘ng, ular rafiqalari bilan birga AQSh prezidentining rasmiy qarorgohiga yo‘l olayotgan paytda unga tegdi.
💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
😎 Telegram | 😎 Instagram
Norasmiy qoidaga ko‘ra: qirollik oilasi a’zolariga birinchi bo‘lib qo‘l tekkizish mumkin emas.
Tramp britaniyalik qirolga qo‘l berib ko‘rishib, suratga tushganidan so‘ng, ular rafiqalari bilan birga AQSh prezidentining rasmiy qarorgohiga yo‘l olayotgan paytda unga tegdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁7❤4🔥4😍2⚡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💼 Yangi bilimlar, muloqot va global imkoniyatlar sari qadam!
***
💼 A step toward new knowledge, dialogue, and global opportunities!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👏6👍3⚡2
Forwarded from scocenter.uz | Расмий канал
Халқ дипломатияси ва ёшлар: Марказда “Ёш шарқшунос дипломатлар” билан мулоқот
Унда Марказ директори Қ.Собиров ёшларга халқ дипломатияси, Марказ фаолиятининг асосий йўналишлари, амалга оширилаётган лойиҳалар ва халқаро ҳамкорлик доирасидаги ташаббуслар ҳақида батафсил маълумот берди. Шунингдек, у ёшларнинг халқаро муносабатлар ва дипломатия соҳасида билим ва кўникмаларини ошириш муҳимлигини алоҳида таъкидлади.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11🔥9👍7🕊2⚡1😍1
Toshkent va Praga o‘rtasida "Texnologik ko‘prik" Ko‘ksaroydagi muzokaralarning muhim yakunlari.
✔️ Joriy yilning 30-aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohi O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochilishiga guvoh bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Andrey Babish o‘rtasidagi uchrashuv shunchaki diplomatik protokol emas, balki ikki davlatning iqtisodiy pragmatizmga asoslangan strategik yurishi sifatida baholanmoqda.
Nega bu tashrifga siyosatshunoslar yuqori baho bermoqda⁉️
✅ Muzokaralar yakunida imzolangan Kengaytirilgan hamkorlik deklaratsiyasi va Faxriy mehmonlar xiyobonidagi daraxt ekish marosimi — bu uzoq muddatli va barqaror sheriklikning ramzidir.
💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.
😎 Telegram | 😎 Instagram
Nega bu tashrifga siyosatshunoslar yuqori baho bermoqda
🟡 Eksport uchun "Viza":
Chexiyada O‘zbekistonning birinchi sertifikatlash filiali tashkil etilishi — bu bizning sanoatimiz uchun Yevropa bozoriga eshik ochadigan kalitdir. Toshkentda quriladigan “Yevro-6” laboratoriyasi esa avtomobilsozlikdagi standartlarimizni yangi bosqichga olib chiqadi.🟡 Milliardlik marra:
Davlat rahbari tomonidan savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Bu raqam ortida o‘nlab yangi zavodlar, ish o‘rinlari va texnologik transfer yotibdi. Ayniqsa, geologiya va farmatsevtika sohalaridagi kelishuvlar O‘zbekiston uchun hayotiy muhim yo‘nalishlardir.😀 Logistika va transport:
Toshkent ko‘chalarida chex elektropoyezdlarini ko‘rish va Praga tomon to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchish imkoniyati — xalqlarimizni yanada yaqinlashtiruvchi real qadamlar bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10😍5❤2
Forwarded from Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti
#Harbiy_xavfsizlik_va_mudofaa_universiteti
⚡️Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Yosh sharqshunos diplomatlar” va “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klublarining talabalari Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga tashrif buyurishdi.
➡️ Universitet rasmiy sahifalari:
📱 Telegram |📱 Instagram |📱 Facebook |🇺🇿 akad.uz |📱 YouTube
⚡️Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Yosh sharqshunos diplomatlar” va “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klublarining talabalari Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga tashrif buyurishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti “Harbiy xavfsizlik va boshqaruv” kafedrasi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi o‘rtasida 2026-2027-yillar uchun tasdiqlangan hamkorlik rejasiga asosan 1-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Yosh sharqshunos diplomatlar” va “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klublarining talabalari Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar universitet faoliyati, taʼlim jarayoni hamda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular oliygoh tarixiga bagʻishlangan muzeyni ham koʻzdan kechirib, universitetning tashkil topishi, rivojlanish bosqichlari hamda harbiy taʼlim tizimiga oid qimmatli eksponatlar bilan tanishdilar.
Uchrashuv davomida mehmonlarga harbiy mutaxassislar tayyorlash tizimi, taʼlim jarayonidagi yangiliklar va universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.
Mazkur tashrif yoshlarning harbiy taʼlimga boʻlgan qiziqishini yanada oshirib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍5👏5❤2⚡1