Oqoltin tuman Axborot-kutubxona markazi "Ilm Ziyo kutubxonasi"
150 subscribers
4.65K photos
319 videos
104 files
2.61K links
📢📢 Ushbu kanal Oqoltin tumani axborot kutubxona markazining ILM ZIYO telegram kanali hisoblanadi.Kanalimizda:
🎬📺🎥 Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar,
📚📚📖 Badiiy adabiyotlar: pdf va audio🎧
📰📰📰 Yangiliklar va e'lonlar.📣

Kanal bot
@Oqoltin_ilmziyo_bot
Download Telegram
Bugun 22-aprel 2025-yil, seshanba.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1451 - Izabella Kastilskaya (1504) - Kastiliya va Leon qirolichasi (1474-1504).
- 1518 - Antuan de Burbon (1562) - Navarra qiroli, Fransiya taxtidagi Burbonlarning birinchi vakili Genrix IV ning otasi.
- 1592 - Vilgelm Shikkard (1635) - nemis astronomi, matematigi va sharqshunosi, birinchi arifmometr (qoʻshish mashinasi) ni yaratgan.
- 1724 - Immanuil Kant (1804) - nemis faylasufi.
- 1766 - Anna Luiza Jermena de Stal (1817) - fransuz yozuvchisi, adabiyot nazariyotchisi, publitsist.
- 1834 - Gaston Plante (1889) - fransuz fizigi, qoʻrgʻoshinli akkumulyator ixtirochisi.
- 1839 - Avgust Vilgelm Eyxler (1887) - oʻsimliklarning keng qoʻllaniladigan birinchi tasnifini yaratgan nemis botanigi.
- 1853 - Alfons Bertilyon (1914) - fransuz kriminologi, antropologi, sud-tibbiy identifikatsiya tizimini ishlab chiqqan.
- 1870 - Vladimir Lenin (1924) - Rossiyalik inqilobchi, sovet siyosiy va davlat arbobi, “jahon inqilobining dohiysi”.
- 1876 - Róbert Bárány (1936) - avstriyalik otorinolaringolog, Nobel mukofoti sohibi (1914).
- 1899 - Vladimir Nabokov (1977) - rus va amerika yozuvchisi, shoir, tarjimon, adabiyotshunos va entomolog-olim.
- 1902 - Gʻabit Musrepov (1985) - qozoq adibi va jamoat arbobi.
- 1904 - Robert Oppengeymer (1967) - amerika fizigi, atom bombasining yaratuvchisi.
- 1912 - Malik Qayumov (2010) - kinorejissyor, kinooperator, Oʻzbekiston xalq artisti (1948). SSSR Xalq artisti (1967).
- 1919 - Donald Kram (2001) - amerikalik bioximik, Nobel mukofoti sovrindori.
- 1925 - Mamatxon Ubaydullayev (2010) - aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1982).
- 1929 - Maykl Frensis Atiya (2019) - britaniyalik matematik.
- 1937 -  John Joseph „Jack“ Nicholson - amerikalik aktyor, rejissor, kinodramaturg va produser. Nicholson kino tarixidagi eng buyuk aktyorlardan biri hisoblanadi. 
- 1942 - Oydin Hojieva - O'zbekiston xalq shoirasi.
- 1944 - Yormuhammad Muborakov (1999) - mexanik olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1994).
- 1957 - Donald Tusk - Polsha premyer ministri (2007-2014).
- 1964 - Igor Danilov - Rossiyalik dasturchi, Dr. Web antivirusining yaratuvchisi.
- 1965 - Fikret Kushkan - turkiyalik aktyor.
- 1974 - Vasiliy Virastyuk - Ukrainada xizmat ko'rsatgan sport ustasi, "Jahonning eng kuchli odami" unvoni sohibi.
- 1975 - Hosila Rahimova - xonanda, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist.
- 1982 - Kaka - Braziliya futbolchisi, jahon chempioni (2002).
- 1986 - Ember Lora Herd - amerikalik kino va televideniye aktrisasi.
- 1989 - Yasper Sillessen - gollandiyalik futbolchi, darvozabon.
- 1990 - Eve Myurxed - shotlandiyalik kyorlingchi, Olimpiya chempioni.
- 1999 - Maryana Naumova - rossiyalik sportchi, pauerlifting bo'yicha jahon rekordchisi va chempioni, jamoat arbobi.

Bizni kuzatib boring
👇👇👇
https://t.me/Oqoltinakm
Osiyo kubogi g’oliblari kutib olindi.

🇺🇿 Bugun 20:00 da O‘zbekiston U17 terma jamoasi Toshkent shahriga yetib kelishdi hamda tantanali taqdirlash marosimida ishtirok etishdi.

Taqdirlash marosimidan so’ng. 3 nafar Sirdaryolik futbolchilar Muhammad Hakimov, Sadriddin Hasanov, Azizbek Abdumo‘minovlar ota-onalari, yaqinlari, shuningdek viloyat Sport boshqarmasi boshlig’i hamda viloyat futbol akademiyasi rahbar xodimlari va trenerlari bilan uchrashishdi.

Osiyo chempioni bo’lgan futbolchilarni g’oliblik bilan tabriklashdi va jahon chempionatida ham munosib ishtirok etishlari uchun omad tilashdi.

Bundan tashqari jamoa bosh treneri Islombek Ismoilovni ham nufuzli musobaqa g’olibligi bilan tabriklashdi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🔹
Telegram 🔹 Facebook 🔹 Instagram 🔹 Youtube 🔹 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#birdamjamiyat

G‘ALABA MUBORAK!

Alining maydoni… Mardlar o‘yini —
Futbol halollikni sevadi ukam!
Ruhingni tushirma, bosh hakam mayli
Raqibingning yaqin do‘sti bo‘lsa ham!

Yurtning tuzi haqqi Sen yutding halol!
G‘oliblik shavqidan titraydi yurak.
Jasorat ramzisan, topmagin zavol
Vatan nomin tutgan zafar muborak!

Matonat sinmagay kuch bersa o‘zlik,
Har joyda mardlik naqd... G‘irrom nasiya.
Shohsupangga oyoq qo‘ymoqda O‘zbek
Seni ham qutlayman, bugun Osiyo!

Qo‘chqor NORQOBIL

@Sirdaryo_ovozi_uz
Forwarded from Mehrixon👍👏
22.04.2025

#viktorina

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025-yillarda Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligining 2024-yil 7-apreldagi “O‘zbekiston-kitobxonlar yurti” shiori ostidagi 🇺🇿V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risda”gi 3-F-son farmoyishi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 15-apreldagi 38-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Oqoltin  tuman axborot-kutubxona markazi xodimi kitobxonlar ishtrokida “Ona tabiatni asraylik” nomli viktorina o’tkazdi.

Bizni kuzatib boring
👇👇👇
Telegram|Instagram|Facebook|Website|YouTube|Twitter|
Forwarded from Farog'at Mustofakulovna
22.04.2025 yil

#huquqiy_savodxonlik

Oqoltin tuman Axborot-kutubxona markazida "O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta'lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, "Bilim olish huquqi'' mavzusida  kitobxonlar va xodimlar  ishtirokida davra suhbati  òtkazildi.  Davra suhbatida ''A.Navoiy'' MFY inspektori A. Temurov so‘zga chiqib, kun tartibidagi  mavzu  bo‘yicha keng qamrovli tushunchalar berib o‘tdi. Suhbat davomida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan   savollarga  javob oldilar  .

Bizni kuzatib boring
👇👇👇
Telegram|Instagram|Facebook|Website|YouTube|Twitter|
Bugun 23-aprel 2025-yil, chorshanba.

🎊 BAYRAMLAR:
🎊

🇺🇳 YUNESKO - Butunjahon kitoblar va mualliflik huquqi kuni.
🇺🇳 BMT - Ingliz tili kuni.
🇺🇳 BMT - Ispan tili kuni.

🎉MILLIY BAYRAMLAR:🎉

🇬🇧 Buyuk Britaniya - Shekspr kini.
🇩🇪 Germaniya - Nemis pivosi kuni.
🇪🇪 Estoniya - Faxriylar kuni.
🇫🇮 Finlyandiya - Atirgullar va kitoblar almashinuvi kuni.
🇨🇦 Kanada - Kitoblar kuni.
🇨🇴 Kolumbiya - Til kuni.
🇽🇰  Kosovo - Turklar kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston - Kitoblar kuni.
🇹🇷 Turkiya - Milliy mustaqillik va Bolalar kuni.
🇺🇦 Ukraina - Psixologlar kuni.
🇨🇳 Xitoy - Dengiz kuchlari kuni.

🌀 VOQEALAR:🌀

🔰Mil. av. 215 - Rimdagi Kapitoliy tepaligida Venera ibodatxonasi qurildi.
🔰1348 - Buyuk Britaniyaning oliy mukofoti - Garter ordeni ta'sis etildi.
🔰1605 - Fyodor Godunov Rossiya podshosi deb e'lon qilindi.
🔰1633 - Shvetsiya katoliklarga qarshi nemis knyazlari bilan Protestant ittifoqini tuzdi.
🔰1662 - Konnektikut Buyuk Britaniyaning mustamlakasi deb e'lon qilindi.
🔰1836 - Sankt-Peterburgda "Sovremennik" jurnalining birinchi soni nashr etildi.
🔰1896 - Nyu-Yorkda Amerikada birinchi film namoyishi bo'lib o'tdi.
🔰1907 - Jek London dunyo bo'ylab suzib ketdi.
🔰1908 - Moskvada shahar tarixidagi eng yirik toshqinlardan biri boshlandi.
🔰1913 - «Akvitaniya» kemasi suvga tushirildi.
🔰1931 - Moskva shahrida Munavvar qori  qatl qilingan.
🔰1935 - Polshaning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
🔰1948 - Birinchi Arab-Isroil urushi: Isroilliklar Hayfa dengiz portini qaytarib olishdi.
🔰1951 - SSSR Olimpiya qo'mitasi tashkil etildi.
🔰1964 - Taganka teatri tashkil topdi.
🔰1965 - Birinchi sovet aloqa  sun'iy yo'ldoshi - “Molniya-1” kosmosga uchirildi.
🔰1967 - «Soyuz-1» fazo kemasi ishga tushdi.
🔰1975 - Kiyevda Ukraina kitob muzeyi ochildi.
🔰1982 - ZX Spectrum kompyuteri ishlab chiqarildi.
🔰1990 - Namibiya BMTning 160-a'zosi va Britaniya Hamdo'stligining 50-a'zosi bo'ldi.
🔰1991 - Novo-Ogaryovodagi uchrashuv paytida SSSR Prezidenti M. Gorbachyov va 9 respublika rahbarlari yangi Ittifoq shartnomasi tamoyillari to'g'risidagi bayonotni imzoladilar.
🔰1996 - Butunjahon kitob kuni e'lon qilindi.
🔰2007 - Dunyoning ko'plab mamlakatlarida BMT tashabbusi bilan global yo'l harakati xavfsizligi haftaligi boshlandi.
🔰2018 - Armanistondagi noroziliklar natijasida Bosh vazir Serj Sarkisyan iste'foga chiqdi.

🎈 TAVALLUDLAR:🎈

🎁1564 - Uilyam Shekspir - ingliz dramaturgi va shoiri.
🎁1775 - Uilyam Tyorner (1851) - ingliz rassomi, romantik manzara ustasi.
🎁1791 - Jeyms Byukenen (1868) - AQShning 15-prezidenti (1857-1861), davlat va siyosat arbobi.
🎁1804 - Mariya Taglioni (1884) - italyan balerinasi, romantizm davri baletining yirik namoyandasi.
🎁1823 - Abdulmajid I (1861) - Usmonlilar imperiyasining 31-podshohi.
🎁1858 - Maks Plank (1947) - nemis fizigi, kvant nazariyasining asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1918).
🎁1867 - Yoxannes Fibiger (1928) - daniyalik mikrobiolog va patologanatom, Nobel mukofoti sohibi (1926).
🎁1891 - Sergey Prokofyev (1953) - rus bastakori, pianinochi va dirijyor.
🎁1896 - Mate Zalka (1937) - venger yozuvchisi va inqilobchisi, antifashist.
🎁1899 - Bertil Olin (1979) - shved iqtisodchisi, Nobel mukofoti sohibi (1977).
🎁1902 - Xaldur Kiljan Laksness (1998) - Islandiyalik yozuvchi, shoir va dramaturg, tarjimon, Nobel mukofoti sohibi.
🎁1918 - Moris Druon (2009) - fransuz yozuvchisi va davlat arbobi.
🎁1926 - Rixsiboy Orifjonov (1979) - aktyor, rejissyor, dramaturg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964).
🎁1930 - Gleb Skoroxodov - sovet va rus yozuvchisi, teleboshlovchi, Rossiyada xizmat ko'rsatgan artist.
🎁1930 - Laziz Qayumov- O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori.
🎁1946 - Anatoliy Biyshovets - futbolchi va futbol bo'yicha murabbiy, SSSRda xizmat ko'rsatgan sport ustasi.
🎁1984 - Aleksandra Kosteniuk - rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster, 12-jahon chempioni.
🎁2018 - Kembrij shahzodasi Lui - shahzoda Uilyamning o'g'li, qirol Charlzning nabirasi.

Bizni kuzatib boring
👇👇👇
https://t.me/Oqoltinakm
Forwarded from Farog'at Mustofakulovna
23.04.2025

#tezkor_savol_javoblar

  🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025-yillarda Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligining  2024-yil 7-apreldagi “O‘zbekiston-kitobxonlar yurti” shiori ostidagi  🇺🇿V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risda”gi 3-F-son farmoyishi hamda O‘zbekiston  Milliy kutubxonasining 2025-yil  15-apreldagi 38-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Oqoltin  tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar  ishtrokida “Tabiat qo‘ynida mutolaa” va  ''Kitob orqali ekologiya'' mavzularida  tezkor  savol-javoblar  aksiyasi  o’tkazildi.

Bizni kuzatib boring
👇👇👇
Telegram|Instagram|Facebook|Website|YouTube|Twitter|