O'qituvchilar Assotsiatsiyasi | Teacher's Association
5.87K subscribers
80 photos
27 videos
95 links
“O‘qituvchilar аssotsiatsiyasi” jamoat birlashmasining asosiy maqsadi – xalq taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
Download Telegram
to view and join the conversation
Qadrli ayollarimiz!

Qalbingizdan yaralgan bahor olib kelgan ajib ayyom muborak. Sizga faqatgina bir og'iz tabrik kamlik qilishini bilamiz.

8-mart kuni siz, aziz o'qituvchilarimiz uchun bayram munosabati bilan ajoyib aksiyaga start beramiz! Aksiya faqat bir kun 8 mart 1.00 dan 23.59 ga qadar davom etadi.

Aksiyamizda ishtirok etish uchun rasmiy telegram kanalimizda a'zo bo'lishingiz va shu post ostiga ayol o'qituvchilarimizni bayram bilan tabriklab izoh qoldirishingiz kerak.

G'oliblar 9-mart kuni random orqali aniqlanadi va ularga Assotsiatsiya tomonidan maxsus sovg'alar topshiriladi.

Marhamat, tanlov barcha uchun ochiq!

Telegram| Facebook| Instagram
Jonli efir 22.00da bo'lib o'tadi. Instagram sahifamizda jonli efirni kuzatishingiz mumkin:

https://www.instagram.com/p/CMIVRVYAzVa/?igshid=1uk5yg8wv0iyr

Kuzata olmaganlarga uchun jonli efirni yozib olamiz!
Eslatma!

Prelim kursda ishtirok etayotgan barcha o'qituvchilarimiz, bugun ''assesment''larni topshirishning so'nggi kuni!

Vazifalarni vaqtida topshirganingiz siz uchun foydali. Chunki sertifikat topshirgan vazifalaringiz asosida beriladi.
📣📣Диққат!

А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти MentorHub ва Ўзбекистон ўқитувчилар уюшмаси билан ҳамкорликда "Канада мактабларида таълим қандай олиб борилади?" мавзусида интерактив вебинар ташкил қилмоқда.

Маърузачи: Нодира Исамуҳаммедова-"MentorHub" лойиҳаси асосчиси.

Вебинар ўзбек тилида олиб борилади.

📆Ўтказилиш куни: 2021 йил 16 Март

Соат 19:30 да
Ҳаволаси: https://deliveryassociates.zoom.us/j/92590967586

❗️А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг 👇👇

Telegram |Facebook |Website
Hurmatli, o'qituvchilar!

18 mart soat 16:00 da bo'lib o'tadigan "Darslarimizni inklyuziv tashkillashtirish" nomli onlayn tadbirimizni o'tkazib yubormang.

Tadbirimizda siz David Crystal, Penny Ur va David Wright kabi xalqaro ekspertlarni eshitish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Hoziroq ro'yxatdan o'tishni unutmang: http://bit.ly/2OgDZ3l

Teachers! Don't miss our online event – Making our classrooms more inclusive – starting on 18 March at 16.00 Uzbekistan time.

You'll have a chance to hear world experts like David Crystal, Penny Ur and David Wright – register now to save your seat: http://bit.ly/2OgDZ3l
Ingliz tili o'qituvchilari, yoki shu tilga qiziquvchilar!

Eslatib o'tamiz, ''Darslarni inklyuziv tashkillashtirish'' nomli onlayn muloqotda, albatta, qatnashing!

Bu tadbir siz uchun muhim! Chunki unda butun dunyoda #number1 hisoblangan xalqaro ekspertlar David Crystal, Penny Ur va David Wright ishtirok etadilar!

Sizda lingvistikaning ''guru''laridan bir martalik ta'lim olish imkoni bor. Bu imkoniyatni aqlli insonlar aslo qo'ldan chiqarmaydilar 😊

Ro'yxatdan o'ting
O'qituvchilar Assotsiatsiyasi | Teacher's Association pinned «Ingliz tili o'qituvchilari, yoki shu tilga qiziquvchilar! Eslatib o'tamiz, ''Darslarni inklyuziv tashkillashtirish'' nomli onlayn muloqotda, albatta, qatnashing! Bu tadbir siz uchun muhim! Chunki unda butun dunyoda #number1 hisoblangan xalqaro ekspertlar…»
Ingliz tili o'qituvchilari uchun foydali yangilik!

Siz uchun maxsus treyning tashkillayapmiz. Nimalar haqida gaplashishimiz qiziqmi?
Sessiyada Cambridge CELTA sertifikati, unga tayyorlanish, imtihon jarayonlari, umuman mavzuga doir barcha ma'lumotlarni ulashamiz.

Speaker: Chris Farell (Oxford Center of English Studies mutaxassisi)
Vaqt: 15.00; 19-mart, 2020

zoom havolasi
Siz xalqaro tanlovlarda ishtirok etishga munosib ustozsiz!

Assotsiatsiyamiz tomonidan o'tkazilgan "Ustoz-2020" tanlovinig asosiy hamkorlaridan biri Varkey Foundation tashkiloti "Global Teacher Prize tanlovi"ga start berdi. O'qituvchilar Assotsiatsiyasi ''Ustoz-2020'' tanlovida ishtirok etgan va etmagan barcha ustozlarni ushbu tanlovda qatnashishga chorlaydi!

Global Teacher Prize tanlovi o'z faoliyati orqali kasbi hamda jamiyat taraqqiyotiga tengsiz hissa qo'shayotgan o'qituvchilarni rag'batlantirish maqsadida tashkil etiladi.

G'olib 1 mln AQSH dollari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalarni qabul qilishning so'nggi muddati 30-aprel 2021- yil.

Agar qiziqsangiz va ariza topshirish istagida bo'lsangiz, imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Sizni qiziqtirgan savollarni esa izohlarda qo'dirishingiz mumkin.

Telegram| Facebook| Instagram
Kursni yakunlashga qadar bir qadam!

Ingliz tili bo'yicha o'qituvchilarimizning bilimini oshirishga qaratilgan maxsus kursimiz yakunlanib qolganini xabar qilmoqchimiz.

Yakuniy nazorat(final assesment)ni bu yerga topshirishingiz mumkin. Barcha darslarda faol qatnashgan va topshiriqlarni vaqtida bajargan ustozlarimiz yaqin kunlarda o'z sertifikatlariga ega bo'ladilar.

Hammaga omad!
Har bir o'qituvchi o'z o'quvchilarining ham jahon olimpiadalarida ishtirok etishini istaydi. Agar siz aynan shunday ustoz bo'lsangiz, ushbu ajoyib yangilik aynan siz uchun!

PIMSO-Xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi uchun o'quvchilarni ro'yxatdan o'tkazish boshlandi. Bu
Filippinning Xalqaro matematika va tabiiy fanlar olimpiadasi hisoblanib, maktabgacha ta'lim muassasalari va o'rta maktablar uchun mo'ljallangandir. Milliy tur 2021 yil 7-mayga qadar yakunlanadi.

Xalqaro tur 2022 yil 22-25 aprel kunlari Filippinning Aklan viloyatidagi Malay munitsipaliteti Boracay orolida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Batafsil

Telegram| Facebook| Instagram
Аbdulla Аvloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan galdagi onlayn interaktiv suhbat Davlat Test Markazi va TEAM universiteti bilan hamkorlikda “Imtixon savollarini toʼgʼri tuzish: testologiya” mavzusida oʼtkaziladi.

Maʼruzachilar:
Komil Jalilov - TEAM universiteti Taʼlim sifatini taʼminlash va takomillashtirish boʼlimi boshligʼi.
Nasim Lutfiev - Davlat Test Markazi mutaxassisi.

📆Oʼtkazilish kuni: 2021 yil 30 mart
Soat 15:00
Havola

Telegram| Facebook| Instagram
Mamlakatimizdagi ko'p sonli ta'lim fidoyilarining tanlovga bo'lgan katta qiziqishi sabab, sizda kelib chiqishi mumkin bo'lgan yoki allaqachon javobini topishga uringan savollaringizga javob berishga harakat qildik, marhamat!
16-19 yoshli o‘quvchilaringiz uchun ajoyib tanlov!

Fototanlovda ishtirok etib g'olib bo'lgan qatnashchi Yaponiyaga bepul sayohat imkoniyatini qo'lga kiritadi!

Xalqaro VII foto festival iqtidorli yoshlarni Yaponiyaning Higashikava shahrida to‘plamoqda. Festival 2021-yil 30-iyul – 4-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Batafsil
Xalq ta'limi vazirligi ''Yangi O'zbekiston ustozlari'' loyihasini taqdim etadi!

Shu munosabat bilan, ochiq muloqot tashkil etilmoqda. Unda loyiha haqidagi barcha savollaringizga javob beriladi.

Muloqotda ta'lim sifati past bo‘lgan maktablarga boshqa hududlardan borib ishlaydigan mahoratli pedagoglarni tanlash, ustamalar belgilash tartibi kabi muhim masalalar muhokama etiladi.

Ochiq muloqot vazirlikning facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida bo‘lib o‘tadi.

Shu o‘rinda maktab rahbariyatlaridan pedagog kadrlarni mazkur Ochiq muloqotda qatnashishlari uchun maktablardagi AKT xonalarida ham zarur shart-sharoit yaratib berish so‘raladi.

📅 9-aprel
15.00

Telegram| Facebook| Instagram
O'qituvchilarimiz uchun daromadli tanlov!

Agar siz o'z ustingizda ishlashni yaxshi ko'rsangiz, yangi muhit, bilim va tajribalarga tayyor bo'lsangiz, unda ''Yangi O'zbekiston ustozlari'' tanlovida ishtirok eting!

Ushbu tanlov ta'lim darajasi yuqori bo'lmagan umumta'lim maktablariga boshqa hududlardan jalb etiladigan pedagoglarni saralash maqsadida tashkil etilmoqda.

Tanlov ochiqlik, shaffoflik va tenglik tamoyillari asosida bo'lib o'tadi.

G'oliblarning oylik maoshlariga har oyda 50 va 100% lik ustamalar qo'shilishi belgilangan. Shuningdek, ular diplom va qimmatbaho sovg'alarga ham ega bo'ladilar.

Bosh tashkilotchi Xalq ta'limi vazirligi hisoblanadi.

*Tanlovda faqat oliy va birinchi toifali o'qituvchilar ishtirok etishi mumkin. Saralash O'qituvchilar Assotsiatsiyasi ekspertlari tomonidan amalga oshiriladi.

Qiziqyapsizmi?
Marhamat, batafsil tanishib chiqing.

Telegram| Facebook| Instagram
O'qituvchilar Assotsiatsiyasi | Teacher's Association
O'qituvchilarimiz uchun daromadli tanlov! Agar siz o'z ustingizda ishlashni yaxshi ko'rsangiz, yangi muhit, bilim va tajribalarga tayyor bo'lsangiz, unda ''Yangi O'zbekiston ustozlari'' tanlovida ishtirok eting! Ushbu tanlov ta'lim darajasi yuqori bo'lmagan…
Maxsus ustamali oylik olib ishlayotgan o’qituvchilarning o’zidan ta’lim berish jarayoni, oylik maoshi va shu kabi sizni qiziqtirgan savollarga javob olish ayni muddao.

"Yangi O'zbekiston ustozlari"
tanloviga ariza topshirishga ikkilanayotgan bo’lsangiz, ushbu maqolaga bir bor ko’z yugurtiring.

Lekin aytish lozimki, chekka hududlardagi bilimga chanqoq o’quvchilarga ta’lim berish nafaqat yuksan kasbiy bilim va malaka, balki vatanparvarlik ham talab qiladi. Mamlakatimizda ta’limni rivojlantirish, bolalarga ilm berish kabi savobli ishni ko’ngliga tuggan ustozlar, siz bizga juda keraksiz!

Telegram| Facebook| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
30 million so’mlik tanlov mustaqilligimizning 30 yilligiga!

🎉Ustozlar-uuu, bayramga zo’r sovg’a faqat va faqat siz uchun! Albatta, ishtirok eting va g’olib bo’ling.

https://yuz.uz/news/xalq-talimi-vazirligi-30-million-somlik-mukofot-elon-qilindi