1Fit Blog
2.96K subscribers
213 photos
18 videos
401 links
⚡️ 1Fit Blog - Sog'lom turmush tarzi, aksiyalar va sport zallari haqida ma'lumotlar

👉 1Fit ilovasini o'rnatib 400 dan ortiq sport zallarida shug'ullaning: https://1fit.onelink.me/wwrq/cg5at3pl
Download Telegram
Sog'lom hayotning ideal retseptini bilasizmi?

Doim baquvvat, yaxshi kayfiyatda sog'lom hayot kechirishni hamma xohlaydi. Unga erishishning esa eng ishonchli bir usuli bor. Ideal retsetp quyidagicha:

Sport+To'g'ri ovqatlanish=Sog'lom hayot.

Ha, hammasi oddiy! Va bu retseptdan foydalanish siz o'ylagandek qiyin emas:

1⃣ Bugundan boshlang — soat 23:00 dan keyin uyg'oq bo'lmang. 6-7 soatlik uyqu rejimiga amal qilib, tongda barvaqt uyg'oning va kuningizni jismoniy mashqlar bilan boshlang.

2⃣ Tonggi qahvani toza iliq suvga almashtiring. Nonushta likopchasini 4 ga bo'ling: unda sabzavotlar, oqsillar, murakkab uglevodlar, foydali sut mahsulotlari (pishloq, tvorog, yogurt) bo'lsin.

3⃣ Kun davomida vazningizga mos miqdorda toza suv iching. Gazli va qadoqlangan ichimliklarni ichishni asta-sekin kamaytiring.

4⃣ Shirinlik va sneklar uchun zararsizroqlarini tanlang. Masalan, quritilgan mevalar, yong'oqlar, rezvorlar, toza asal, qora shokolad kabi.

5⃣ Tanani tonusda ushlash va erta qarishdan saqlanish uchun suzish, stretching, fitness, raqs kabi mashg'ulotlarga qatnashing.

6⃣ Passiv dam olish o'rniga aktiv usulga o'ting — otda sayr qiling, tennisga qatnashing, kamondan o'q uzing yoki shunchaki tabiat qo'ynida sayr qiling.

💫 Mana shu oddiy qadamlar hayotingizni qisqa vaqtda tubdan o'zgartirib yuborishingizga sabab bo'ladi.

😎 Bu jarayon yanada oson bo'lishini istasangiz, 1Fit abonementidan foydalaning. Chunki u sizga birgina to'lov bilan 250 dan ortiq zallarga kirish imkonini beradi!
Hoziroq boshlang:
https://1fit.onelink.me/wwrq/cg5at3pl

Yanada ko'proq foydali ma'lumotlar:
https://t.me/+pG1EFt09BP84NmFi
Blogdagi ma'lumotlar qaysi tilda bo'lishi siz uchun qulayroq?
Anonymous Poll
72%
O'zbek tili
12%
Rus tili
15%
Farqi yo'q 🙌
🤯 Mana bu ma'lumotlarni o'qib, ular rostdan ham sodir bo'lganiga ishongingiz kelmaydi

Sport olamidagi ajoyib rekordlar bilan tanishamiz:

🏆 Useyn Bolt — u 2009-yilgi jahon chempionatida 100 metrlik sprint masofani 9,58 soniyada bosib o‘tgan.

🏊 Suzuvchi Maykl Felps eng koʻp Olimpiada oltin medallarini qo'lga kiritgan: 28 ta umumiy medaldan 23 tasi oltin!

⚽️ Stefan Ziani 1984-yilda bitta futbol o‘yinida 16 ta gol urib, professional o‘yinda eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatgan.

🥊 Xulio Sezar Chaves boksdagi professionallar orasida ketma-ket eng ko‘p g‘alaba qozonish bo‘yicha rekordchi bo‘lib, naq 87 marta mag‘lubiyatsiz g‘alaba qozongan.

🥋 Bruno Sammartino eza professional kurashdagi eng uzoq mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha rekord o'rnatgan bo'lib, uning WWE chempioni sifatidagi "hukmronligi" 2800 kundan oshgan.

Dueyn Lyudvig UFC tarixidagi eng tez nokaut bo'yicha rekord qo'ygan. U UFC Fight Night 3 musobaqasida raqibini atigi 6 soniyada yer tishlatgan. Qiziq, raqibi o'zi nima bo'lganini anglab ulgurganmikin 🌚

🙌 Biz ham sizni rekordga chorlaymiz! Yozgacha faollikni oshiring, sevimli sport mashg'ulotlaringizga qatnashing va 1Fit bilan o'z rekordingizni yozing.

Unutmang, sport — shunchaki hobbi emas, balki muvaffaqiyatli insonlarning hayot tarzidir!

Yanada ko'proq foydali ma'lumotlar:
https://t.me/+pG1EFt09BP84NmFi
Aprel avjida, demak suzishga borishning ayni vaqti!

🌊 Siz uchun bir nechta basseynlar ro'yxatini tayyorladik:

Yangiyo'l tomondamisiz? Unda albatta Akvamarin'ga kirib ko'ring. Bu yerda basseyn ertalabki 9:00 dan kechki 21:00 gacha xizmatingizda!

Agar erta tongdan boshlashni xohlasangiz, Yunusobod Residence'dagi Silver Rain sog'lomlashtiruvchi markazida ajoyib basseyn soat 7:00 dan boshlab ochiq bo'ladi. Ayollar va erkaklar uchun alohida.

Faqat erkaklar uchun Rich Way soat 10:00 dan 21:00 gacha xizmat ko'rsatadi. Manzil Samarqand ko'chasida.

Yoqimli estetikaga ega Jacksoft basseyni esa hafta kunlariga qarab, ayollar va erkaklar uchun alohida suv havzalarini taqdim etadi.

Faqat ayollar uchun 2-metro bekati yaqinida Lotus Elite sport markazining basseyni, eski Sarikulda Woman Kids Fit markazining suv havzasi ochiq.

Har doimgidek, bundan-da qiziqarli lokatsiyalarni ilovadan tanlab olishingiz mumkin, shunchaki havolani bosing:
https://1fit.onelink.me/wwrq/cg5at3pl

Yanada ko'proq foydali ma'lumotlar:
https://t.me/+pG1EFt09BP84NmFi
Kardio — vaznni nazorat qilish, sog'lom bo'lish, tezlik va chidamlilikni oshirish uchun eng yaxshi usul

Eng samarali kardio mashq yugurish hisoblanadi. Ammo u bilan birga quyidagi mashg'ulotlar ham sizga yaxshi natija beradi:

🔴 Ellipsoid — 20 daqiqada 240 kaloriya sarflanadi;

🔴 Kross-fit — mashg'ulotda 300 kaloriyani "yoqasiz";

🔴 Saykling — 20 daqiqada 220 kaloriya;

🔴 Suzish — 20 daqiqada 190 kaloriya;

🔴 Boks — 20 daqiqada 245 kaloriya;

🔴 Arqonda sakrash — 20 daqiqada 330 kaloriya.

Bu faktlarni natijangizga aylantirishga tayyormisiz? Mashg'ulotlarni bugundan boshlang va yozgacha tanangizni ideal holatga keltirasiz!

Siz uchun eng qulay zallar ro'yxati:
https://1fit.onelink.me/wwrq/cg5at3pl

Yanada ko'proq foydali ma'lumotlar:
https://t.me/+pG1EFt09BP84NmFi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ortiqcha vaznga eng yaxshi “davo”

Nega shunchaki dori ichib yoki "ochlik e'lon qilib" ozish kerak emas? Buning bir nechta sabablari bor:

🔴 Dorilar yordamida ozish qanchalik tez ta'sir qilsa, avvalgi vaznga qaytib qolish ehtimoli shuncha katta.

🔴 Dori ichish yoki ovqatdan keskin tiyilish orqali ozishga urinish organizmga zarar keltirishi mumkin. Dorilar tarkibi organlar faoliyatini buzadi, noto'g'ri parhez esa vitamin va minerallar yetishmovchiligiga olib keladi.

Samarali ozish uchun aynan o'zingizga mos to'g'ri ovqatlanish uslubini tanlab olishingiz kerak. Va asosiysi, jismoniy mashqlarni quyidagi tartibda bajaring:

— Haftada 3 marta trenajyor zalida mashq qiling, fitness yoki aerobika bilan shug'ullaning.

— Haftada bir marta suzish mashqlariga boring. Bu tanada bosim ortishi va vazn tashlash jarayonida teri strukturasi buzilishining oldini oladi.

Limfa harakatini yaxshilash va teri ostidagi shishlar (отёк) ni ketkazish uchun stretching mashqlarini qiling.

— Ozish vaqtida stressga tushib qolmaslik uchun raqs yoki konkida uchish kabi yaxshi kayfiyat beruvchi mashg'ulotlarga boring.

😎 Bu tavsiyalarga amal qilish siz uchun qiyin bo'lmasligi aniq, chunki 1Fit'dan ehtiyojingizga mos ko'plab sport klublari va zallarni osongina topasiz:
https://1fit.onelink.me/wwrq/cg5at3pl

Yanada ko'proq foydali ma'lumotlar:
https://t.me/+pG1EFt09BP84NmFi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mashg'ulotga yozildingiz-u, zalga borishga erinyapsiz. Nima qilish kerak?

Ish, o'qish, do'stlar bilan uchrashish, uy-ro'zg'or tashvishlari — bularning barchasi ko'p vaqt va kuch talab qiladi. Shu sababli ko'pincha mashg'ulotga bormasdan divanda tinchgina dam olgingiz kelaveradi.

Shunday vaqtlarda sportni tashlab qo'ymaslik uchun nima qilish kerak?

O'zingizni mukofotlang
Har gal mashg'ulotga borib kelgach, o'zingizni mukofotlashga odatlaning, masalan, sevimli filmingizni ko'ring, anchadan beri borolmayotgan joylaringizda sayr qiling va hokazo. Bu orqali ongingizga sport haqida yoqimli tasavvur mixlanadi va har doim belgilangan vaqtda shartta o'rningizdan turib zalga borish odatiy holga aylanib qoladi.

❗️ O'zingizni mukofotlash uchun sog'lom turmush tarziga zid bo'lgan narsani tanlamang, aks holda zalda qilingan mashqlar havoga uchadi.

Yangi narsalarni sinab ko'ring
Bir xil mashqlar to'plamini doim takrorlayverishdan zerikasiz, natijada zalga borishga hafsalangiz qolmaydi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan mashg'ulotga o'zgartirishlar kiritib turing. Yoki 1FIT'chilar kabi bir vaqtda har xil sport turlari bilan shug'ullansangiz ham bo'ladi 🙃

"Hechdan ko'ra kech" qoidasiga amal qiling
Bugun mashg'ulotga borishga kech bo'ldi, vaqtim juda kam — yarim soatda hech narsaga ulgurmayman kabi bahonalarni orqaga tashlang. Har doim ham soatlab mashq qilish shart emas. Umuman shug'ullanmagandan ko'ra oz bo'lsada mashq qilib olganingiz yaxshi. Shunda zalga borish odati mustahkamlanadi va sport hayot tarzingizga aylanib qoladi.

Guruhda yoki sherik bilan mashq qiling
Ba'zan yakka shug'ullanish noqulay bo'lishi mumkin. Do'stlar davrasida esa jarayon yanada qiziq bo'ladi. Buning ustiga, zalga borishga yolg'iz o'zingiz erinsangiz ham, do'stingizga qiziqib aniq birga borasiz!

Xo'sh, sinab ko'rasizmi?)

Yanada ko'proq foydali ma'lumotlar:
https://t.me/+pG1EFt09BP84NmFi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sizning fikringiz: “18-20 yoshdan keyin inson boʻyi…”
Anonymous Poll
15%
Umuman oʻsmaydi
8%
Choʻkishni boshlaydi
77%
5 sm gacha oʻsishi mumkin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Detoks nima va u qachon qilinishi kerak?

Detoks — bu organizmni tozalash usuli bo'lib, u tanadagi toksinlar va zararli moddalarni chiqarib tashlashga yordam beradi.

Quyidagi hollarda detoks qilish tavsiya etiladi:

— Immunitet pasayishi;
— Ortiqcha vazn;
— Teri, soch, tirnoqlarning holati yomonlashishi;
— Yallig'lanish va muttasil shamollash jarayonlari;
— Og'izdan va tanadan yoqimsiz hid kelishi;
— Oshqozon-ichak traktidagi buzilishlar;
— Antibiotiklardan foydalanishdan keyin;
— Spirtli ichimliklarni uzoq vaqt iste'mol qilgandan keyin;
— Terida xusnbuzar va toshmalar paydo bo'lganida;
— Ekologik jihatdan noqulay hududda yashaganda.

🫗 Detoks natijasida barcha ichki organlar toksinlardan tozalanadi, tanada foydali ozuqalar va suyuqlik erkin harakatlana boshlaydi, ortiqcha xolisterin chiqib ketadi, ovqat hazm qilish tizimining faoliyati yaxshilanadi.

🍵 Shu bilan birga, foydali moddalar organizmga osonroq so'rila boshlaydi. Teri yorqinlashadi, elastikligi ortadi, xusnbuzarlar kamayadi. Mahalliy yallig'lanish bartaraf qilinadi va kollagen sintezi faollashadi. Detoks ichimliklar tarkibida ko'p miqdorda C vitamini mavjud bo'lib, u tabiiy ravishda qarishni sekinlashtiradi va organizmni hujayra darajasida yangilaydi.

👉 Detoks ichimliklar ro'yxati

👉 Energiyani oshirish uchun mashg'ulotlar

Yanada ko'proq foydali ma'lumotlar:
https://t.me/+pG1EFt09BP84NmFi
Pilates mashqlari qanchalik foydali?

Pilates mashqlaridagi maxsus nafas olish usuli umumiy qon aylanishini yaxshilaydi.

Har bir mashqda barcha mushak guruhlari ishlaydi — eng kichiklaridan asosiylarigacha.

Mushaklar normal holatgacha cho'ziladi, ularning elastikligi va tonusi yaxshilanadi, shu bilan birga chidamlilik oshadi.

Mashqlar oddiydan murakkablashib boradi — siz mashgʻulotni istalgan darajadagi mashqlar bilan boshlashingiz mumkin.

Shikastlanish xavfi juda kam. Aksincha, jiddiy jarohatlardan keyin tiklanish uchun aynan pilates mashqlarini bajarish tavsiya etiladi.

Pilates insonniy ruhiy holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Harakatlar asabni tinchlantiradi, tanada qon aylanishi yaxshilanadi va bosim pasayadi. Ong tiniqlashadi, insonning jismoniy va ruhiy salomatligi birdek ijobiy tomonga oʻzgara boshlaydi.

Pilates mashqlari bilan qayerda shugʻullanish mumkinligini bilmoqchimisiz? Unda 1FIT ilovasiga oʻting va oʻzingizga yaqin hududdagi pilates mashgʻulotlariga yoziling:
https://1fit.onelink.me/wwrq/cg5at3pl

Yanada koʻproq foydali ma’lumotlar:
https://t.me/+pG1EFt09BP84NmFi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Yozda ortiqcha vazndan qiynalmaslikni istaysizmi?

Agar quyidagi tavsiyalarga amal qilsangiz, bir oy ichida “yaxshigina” vazn tashlashingiz mumkin.

◾️Toʻgʻri ovqatlanish ortiqcha vazndan qutilish va sog'lom hayot boshlashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Qilishingiz kerak boʻlgan birinchi ish — glyuten va ortiqcha shakardan voz kechish. Bu oson boʻlmaydi, ammo uddasidan chiqishingiz mumkin.

◽️ Koʻp iste’mol qiladigan shirinliklaringiz oʻrniga 70% dan ortiq kakao tarkibiga ega qora shokolad sotib oling. Glyutenga kelsak, bug'doy uni o'rniga grechka, tariq va guruch unlarini tanlang.

◾️ Shuningdek, fast-fud, chipslar, yarim tayyor taomlar (sun’iy ugralar), spirtli va gazlangan ichimliklardan voz kechishingiz lozim.

◽️ Bularning oʻrniga go'sht, tuxum, baliq, sarhil sabzavotlar meva va rezavorlarni iste’mol qiling.

◾️ Ko'proq suv iching. Kunlik me’yor oʻrtacha ikki litrni tashkil qiladi. Yaxshisi, suv miqdorini vazningizga qarab hisoblang — har bir kg uchun taxminan 30 ml. Masalan, 60 kg vaznga ega odam uchun kunlik ichiladigan suv me’yori 1,8 litrni tashkil qiladi.

◽️ Suvga bodring yoki limon parraklaridan ham solish mumkin.

◾️ Tushlikdan oldin uglevodga boy mahsulotlarni iste'mol qiling. Peshindan keyin oqsilga boy mahsulotlar — go'sht, tvorog va baliqli taomlarni yeng.

📌 Eng muhimi: harakat esdan chiqmasin! Qiyin mashqlar boʻlishi shart emas, suzish, saykling, aerobika va hatto raqs ham vazn tashlashga yordam beradi.

Agar sport turlaridan birini tanlashga qiynalsangiz, 1Fit’dan foydalaning va istagan mashgʻulotingiz bilan erkin shugʻullanish imkoniga ega boʻling.

🔗 Ilovani yuklab oling: https://1fit.onelink.me/wwrq/cg5at3pl

Yanada koʻproq foydali ma’lumotlar:
https://t.me/+pG1EFt09BP84NmFi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat! 1Fit'ning sog'lom va faol hayotga eltuvchi yangi reysi yo'lga tushmoqda

📍 Endilikda siz Toshkent, Samarqand, Namangan bilan birga Andijonda ham 1Fit orqali ko'plab sport turlari bilan shug'ullanishingiz mumkin!

Hoziroq ilovani yuklab oling va qulay takliflardan foydalanib qolishga shoshiling 🔥

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sportni doimiy odatga aylantirish aslida oson!

Jismoniy faollik ichki hotirjamlikka erishish, stressni yengish va sog'likni yaxshilashga yordam beradi. Ammo buning uchun mashg'ulotlarni to'g'ri boshlash lozim.

Asosiy tavsiyalar:

1⃣ O'zingizga mos sport turini tanlang. Yugurish, kikboksing, raqs, kross-fit, voleybol, yoga, tennis — bulardan qaysi biri sizga ko'proq yoqadi? Qaysi biri bilan shug'ullanishingiz foydaliroq bo'ladi? Bir qarorga kelish uchun jismoniy holatingizga quloq soling va qiziqqan barcha sport turlaringizni birma-bir sinab ko'ring.

3⃣ Maqsadingizni aniqlab oling.
Maqsad ozish yoki mushak massasini oshirish bo'lishi shart emas. Qomati joyida bo'lgan insonlar ham salomatlikni yaxshilash, uyquni normallashtirish, stressdan xalos bo'lish va yangi do'stlar topish maqsadida sportni boshlashlari mumkin.

4⃣ Mashg'ulot rejasini tuzib oling.
Mashg'ulotlarni kun tartibingizga kiriting — bu zalga borishni unutib qo'yish yoki fikringizdan qaytib qolish ehtimolingizni kamaytiradi. Ammo ortiqcha bosim kerak emas: haftasiga ko'pi bilan to'rtta mashg'ulotni rejalashtiring, aks holda mushaklaringiz tiklanishi uchun vaqt yetmaydi.

5⃣ Ishni oddiy mashqlar va qisqa mashg'ulotlar bilan boshlang.
10 daqiqadan 30 daqiqagacha, asta-sekin mashg'ulot vaqtini uzaytirib boring. Agar yugurishga chiqmoqchi bo'lsangiz, avval kuniga 10 000 qadamdan yurib mashq qiling. Shunda jismoniy holatingiz murakkabroq mashqlar uchun tayyor holatga kelib oladi.

💡 Agar haligacha qaysi sport turi bilan shug'ullanishga ikkilanayotgan bo'lsangiz, 1FIT abonementini faollashtiring va 250 dan ortiq sport zallarida 30 dan ziyod sport turlarini sinab ko'ring!

Yanada ko'proq foydali ma'lumotlar:
https://t.me/+pG1EFt09BP84NmFi
"Shunday joy bo'lsa-ku, ishdan keyin dam olsam"

Nega endi yo'q? Axir tanani tiklash va hordiq chiqarish uchun ham lokatsiyalar bor! 😎

Masalan:

Diyor Medical Centre tuz xonasi. Changli ob-havoda nafas yo'llarini tozalash va sog'lomlashish uchun ajoyib joy.

Spine Center Afrosiyob Aykune mashg'uloti — umurtqa pog'onasi, ichki organlar joylashuvi va tomirlar salomatligi uchun eng foydali mashg'ulot. Menga kerak emas, deyishga shoshilmang, hozir bu hammaga kerak)

Ayollar uchun Orange Woman'da Sauna hududi mavjud. Stressni kamaytirish, bosimdan qutilish va dam olish uchun ayni muddao. Lumiere Fitness & SPA'da esa fin saunasi va turkcha hammom xizmatingizga.

Manzillar va ko'proq lokatsiyalar uchun bosing👉 1Fit
📌 Siz bilgan va bilmagan tennis

🎾 Tennisda durang yo'q — har bir o'yinda g'olib va mag'lub albatta aniqlanadi.

🎾 Faqatgina tennisda o'yinchilar bir-birlariga umuman teginmagan holda kuch sinashishadi.

🎾 Tennis to'pi 250 km/soat tezlikda harakatlanadi.

🎾 Tennis tarixidagi eng uzoq davom etgan o'yin Uimbldon turnirida kuzatilgan bo'lib, u 11 soat va 5 daqiqaga cho'zilgan.

1Fit sizga ham katta tennis bilan shug'ullanib ko'rish imkonini beradi. Abonementni faollashtiring, do'stingizni ham chaqiring va kortda mahoratingizni sinab ko'ring!

Mashg'ulot soatlari va aniq lokatsiyani ilovada 📲 ko'rishingiz mumkin.
ТОП-3 совета чтобы не бросить спорт после первой недели

1. Найдите спортивного напарника или группу поддержки. Тренировки вместе с друзьями или родственниками могут быть не только веселыми, но и мотивирующими.

2. Ставьте реалистичные цели. Если вы только начали заниматься спортом, не пытайтесь сразу же бегать 10 км или поднимать огромные веса. Постепенно увеличивайте нагрузку, чтобы избежать перегрузок и травм.

3. Выберите спорт по душе. Если вам не нравится бегать, может быть, вам больше подойдет занятие йогой или плаванием?

Скачайте 1Fit и найдите то, что вам действительно нравится, и вам будет намного легче придерживаться регулярных тренировок.

🔗
Посмотреть можно здесь