ONA TILI VA ADABIYOT | QUIZ TEST
14K subscribers
1.78K photos
202 videos
850 files
482 links
👩‍🏫 Malika Sayfizoda
📚 Ona tili va adabiyot
🫂 Hamkor kanal: @Test_repetitor 👈
🎞 Reklama uchun: https://t.me/reklamamiz_narxlari

👩‍💻 Kanal admini: @best_family95
Download Telegram
📌MAVZU:
Zamonaviy to'ylar va Chet el to‘ylari

To‘y - bu nafaqat ikki insonning o‘zaro munosabatlarini qonuniy shaklga keltiradigan voqea, balki butun jamiyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan madaniy va ijtimoiy tadbirdir. Har bir xalqning o‘ziga xos to‘y an'analari mavjud bo‘lsa-da, zamonaviy to‘ylar va chet el to‘ylari orasida o‘ziga xos farqlar va o‘xshashliklar mavjud.

Zamonaviy to‘ylar ko‘pincha texnologiya, moda va yangi tendensiyalar bilan chambarchas bog‘liq. Bugungi kunda to‘ylar ko‘proq shou va yirik tadbirlarga aylanmoqda. To‘ylarni tashkil qilishda ko‘plab mutaxassislar, masalan, to‘y menedjerlari, dizaynerlar va fotograflar ishtirok etadi. Bu, albatta, vaqtni va resurslarni tejashga yordam beradi, lekin shu bilan birga to‘yning an'anaviy elementlaridan, masalan, oilaviy birlashishning ma'naviy ahamiyatidan ba'zan uzoqlashishga olib keladi. To‘ylar joylashuvi ham o‘zgarib bormoqda, an'anaviy ravishda o‘tkaziladigan to‘ylardan tashqari, ba'zi jiftlar bog‘lar, plyajlar yoki ekzotik manzarlarda to‘y qilishni afzal ko‘rishadi.

Chet el to‘ylari esa turli madaniyatlar, an'analar va qadriyatlar ta'sirida shakllanadi. Masalan, G‘arb davlatlarida to‘ylar ko‘pincha rasmiy, oq libosli va tantanali tarzda o‘tadi, bunda yangi turmush o‘rtog‘iga qaratilgan romantik aspektlar katta o‘rin tutadi. Yana bir o‘ziga xos jihat, chet el to‘ylari odatda o‘zgalar tomonidan tan olinadigan ko‘plab ijtimoiy yirik tadbirlarga aylanadi. Shuningdek, G‘arb to‘ylari ko‘pincha kutilmagan o‘zgarishlar, masalan, spektakulyar suratga olishlar yoki interaktiv o‘yinlar bilan boyitiladi.

Turkiya, Hindiston, Yaponiya kabi sharq davlatlarida esa to‘ylar ko‘p hollarda an'anaviy va madaniy qadriyatlarga asoslanadi. Misol uchun, Hindistonda, to‘y marosimi ko‘p kunlar davom etishi mumkin va har bir kun turli diniy va madaniy rasm-rusmlar bilan boyitilgan bo‘ladi. Turkiyada esa, turli oilaviy urf-odatlar to‘yda o‘z aksini topadi, ko‘pincha to‘y mehmonlari bilan katta jamiyat yig‘iladi.

Zamonaviy to‘ylar va chet el to‘ylari orasidagi farq shundaki, zamonaviy to‘ylar globalizatsiya ta'sirida bir-biriga yaqinlashgan bo‘lsa, har bir madaniyat o‘zining to‘y marosimlarida ajralib turadigan elementlarni saqlab qolgan. Shu bilan birga, texnologiyalar va internetning ta'siri bilan chet el to‘ylariga ham yanada ko‘proq o‘zgarishlar kirib bormoqda.

Shaxsiy fikrimcha, zamonaviy to‘ylar ko‘pincha tashqi ko‘rinish va moda bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘proq shouga aylanadi. Bu ba'zi odamlar uchun ko‘proq qiziqarli bo‘lishi mumkin, ammo ba'zida to‘yning asl maqsadi - ikki insonning muhabbati va hayotini birlashtirishdan ko‘ra, tashqi ko‘rinishga e'tibor ko‘proq berilayotgandek tuyuladi. Chet el to‘ylari, ayniqsa, madaniyatlararo almashuvni kuchaytirish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi, ammo ba'zida an'anaviy qadriyatlar va oddiy marosimlarning yo‘qolishi xavfi ham mavjud. To‘ylar, har qanday mamlakatda bo‘lsin, asosan ikki insonning hayotidagi eng muhim kun bo‘lib qolishi kerak, bu faqat moda yoki shouga aylanishi kerak emas.

Bularning barchasi, o‘zaro madaniy almashuvning va odamlarning global miqyosda bir-birini tushunishining ramzidir. Biroq, to‘ylardagi eng asosiy maqsad o‘zgarmagan: bu ikki insonning bir-biriga bo‘lgan sevgisi va ularning yangi hayotga qadamlashlarining nishonlanishidir.

📝Olimovna kanalidan

   ╔════ ❁📚❁════╗
        @Test_repetitor
        @Onatiliquiztest
   ╚════ ❁📚❁════╝
@Test_repetitor @Onatiliquiztest

Kirish +tezis

Asosiy qism   ———————————————————.
birinchidan,———————————————————-,
ikkinchidan,—————————————————————-,
uchinchidan,—————————————————————.
Misol uchun, masalan, hayotiy misol


ikkinchi qism.
ozgina gapni olib qochdingiz o'sha mavzu doirasida,  ammo chiqib ketmang.

Avvalo,———————————————-, qolaversa, ———————————-, bundan tashqari——————————. Jumladan, hayoti misol

shaxsiy fikr, Menimcha, mening fikrimcha,

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki,  Xulosa qiladigan bo'lsak....  qaysi tarafda ekanligingiz va nima uchun(sababi).

Tamam 😊

   ╔════ ❁📚❁════╗
        @Test_repetitor
        @Onatiliquiztest
   ╚════ ❁📚❁════╝
🎲Maxsus test -10🔥 @Test_repetitor hamda @onatiliquiztest kanallari uchun” testi
🖊 18 ta savol · 45 soniya
📌Bugun tushgan g‘azal testi

"Layli va Majnun" dostonidan

Zulfu yuzi xad yonidag‘i dol,
Fam nuqtasi og‘zi ustida xol.

Boshkim qo‘shub ikki egma qoshi,
Husn ichra ikisining taloshi.

Chun voqif o‘lub bu mojarog‘a,
Mushkin xutaba kirib arog‘a.

Chun vusma berib alarg‘a tazyin,
Minoyi o‘lub hiloli mushkin.

Yo‘qkim iki sarvi nav damida,
Har sori nasimidin xamida.

Ko‘zlari iki sho‘x kofiri mast,
Har qaysig‘a boqsa uyqu hamdast:

Ul sarvlar ostida uzolib,
Uyqu tamaig‘a soya solib.

Mujgon safining qaro balosi,
Ko‘zlar uza soyaning qarosi.

Yo‘q soyaki, to‘rt saf chekib zang,
Majmuyi libosi surmayi rang.

Ochquncha yumub ko‘z ul sipah tez,
Bir-birga tegib qilurg‘a xunrez


Javoblar:

1. Tashbeh
2. Kipriklari saf bo'lib turgan, ko‘ziga soya
3.qosh saf tortgani
4.ruju

   ╔════ ❁📚❁════╗
        @Test_repetitor
        @Onatiliquiztest
   ╚════ ❁📚❁════╝
2-smena esse mavzusi:

Ayrimlar OAV , ijtimoiy tarmoqlarda jinoiy faoliyatlarning oshkora yoritilishini qo’llab-quvvatlasa, ba’zilar keskin e'tiroz bildiradi.
   ╔════ ❁📚❁════╗
        @Test_repetitor
        @Onatiliquiztest
   ╚════ ❁📚❁════╝
Badiiy matn : "Latta"

Ilmiy matn : "Qora tuynuk" matni

G'azal: Ogahiyning "Bahor" g'azali

   ╔════ ❁📚❁════╗
        @Test_repetitor
        @Onatiliquiztest
   ╚════ ❁📚❁════╝
Hujayra (Ilmiy matn testi).pdf
154.2 KB
Bugun tushgan ilmiy matn

1-smena
   ╔════ ❁📚❁════╗
        @Test_repetitor
        @Onatiliquiztest
   ╚════ ❁📚❁════╝
Bugun tushgan badiiy matn.

1-smena

   ╔════ ❁📚❁════╗
        @Test_repetitor
        @Onatiliquiztest
   ╚════ ❁📚❁════╝
Chexov 4 Latta.docx
13.5 KB
Bugun tushgan badiiy matn

2-smen

   ╔════ ❁📚❁════╗
        @Test_repetitor
        @Onatiliquiztest
   ╚════ ❁📚❁════╝
2-smenaga tushgan 42-SAVOL

Sabo tahrikidin, yo’q, balki og’zing sharmidin boshin
Quyi solmoqqa moyil bo’lg’usidur har zamon g’uncha.

Fig’onkim, barcha bu gulshan vidoidin emas emin
Ki, gah gul uzmak etmish da’b, gohi, bog’bon g’uncha.

a) husni ta’lil
b) gulshan so’zi orqali nima ifodalangan.
Dunyo

   ╔════ ❁📚❁════╗
        @Test_repetitor
        @Onatiliquiztest
   ╚════ ❁📚❁════╝
Savollar darajasini qanday baholaysiz?
Anonymous Poll
10%
Oson
48%
O'rtacha
42%
Qiyin
Ikkinchi smena

1-Imlo
Taftishchi, tavsifiy, tafsilot

3. sinonim so’zlar
A)muhit,sharoit,holat
B)loyiq,muvofiq,munosib

4. So’zning ma’nolari haqida berilgan xato fikr so'ralgan

O’tkir

sinonimi - og’ir
antonimi -shirin

6. Qaysi javobdagi so’z noto'g'ri qo’llangan.
Javob : Musharraf bo’lmoq (gapda xato qo’llanilgan)

7. Gapda qo'llanilgan xato qo'shimchani toping.
Sintaktik shakl yasovchi taqlid so'zga qo'shilgan edi.

10. So'zlarning mazmun va grammatik jihatdan bog‘lanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

Fiziologlarning biri o'rtaga tashladi, o‘zining kitobida

11. Gap haqida berilgan to'g'ri fikrni toping

Kesimning ifodalanishiga ko'ra 1 turi qatnashgan.

12. Qaysi javobda vergul bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan .
1 va 5
Gap o'rtasida kiritma bor edi

13. "Otamdan qolgan dalalar " romanidan parcha berilgan .

5- sentabr,1980-yilda O'zbekiston bolalari kommunizmda yashaydi...

Berilgan parcha orqali qanday mazmun ifodalangan?

14. Tushda kechgan umrlar  asaridan personajlar haqidagi to‘g‘ri fikrni toping.
1. Soat G'aniyevich
2. Rustam
4. Qurbonoy xola

15. "Molxona" asari haqidagi to‘g‘ri fikrni toping.
To'rtala kalitda 4 xil qahramon haqida ta'rif keltirilgan.

16. "Temir xotin " asaridan Qo'chqor va Olimtoy orasidagi suhbat keltirilgan: "Robotning ham kallasi ishlab ketsa bormi .... o'zerki uchun kurashishni boshlaydi" qabilidagi gap edi.
Savoli: Ushbu parcha orqali qanday badiiy maqsad ko'zlangan?

Mustabid tuzumning asl mohiyatini ochib berish
17.
18-22-testlar ilmiy matn :
Qora tuynuk

23-27-testlar badiiy matn:
Latta

28-32-testlar Bahor g‘azali bo‘yicha

33. Ajratilgan bo‘lak
34.
35. Kiritma
36. Bo‘sh

37. :"-,-,",-.
38. Kosibchidagi -chi qo‘shimchasi
39.

40.So‘zlarning bog‘lanishi haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang.
a) ahvoliga tushmas edi
b) qismatidek bo‘lar edi

41.Sodda gaplar bog‘lash kerak.
a) ammo
b) zidlash
42.

43. Raviy va qofiya turi so'ralgan.
a) n
b)mutlaq

44. Qit‘a tahlili
Munis, talab et kamol erursen chu yigit
Kim, yaxshidur etsa fazl uchun qayg’u yigit.
O’q qilg‘on ishin yo qila bilmas hargiz,
Qarilar ila barobar o‘lg‘aymu yigit.

Keksalar nimaga qiyoslangan?
J:


   ╔════ ❁📚❁════╗
        @Test_repetitor
        @Onatiliquiztest
   ╚════ ❁📚❁════╝
#esse_namuna

MAVZU: O‘qitishda milliy usullarni yanada rivojlantirish, sayqallashtirish muhimmi
yoki chet el tajribasini qo‘llash muhimmi?


Ta’lim har bir jamiyatning kelajagini belgilab beradigan asosiy omillardandir. Bugungi globallashuv davrida o‘qitish tizimida ikki asosiy yo‘nalish dolzarb masalaga aylangan: milliy ta’lim usullarini rivojlantirish va chet el tajribasini qo‘llash. Ushbu ikki yondashuv o‘rtasidagi muvozanatni saqlash har bir mamlakat uchun muhim vazifa bo‘lib, bu masalada qaysi yo‘l samaraliroq ekani keng muhokama qilinmoqda.
Milliy ta’lim usullari avlodlararo uzviylikni saqlab qolishda muhimdir. Masalan, maktablarda "Alpomish" dostoni yoki Navro‘z bayrami haqida darslar o‘tilganda, bolalar milliy qadriyatlar va tarixiy ildizlar bilan tanishadilar. Bu usullar faqat bilim emas, balki
ma’naviy tarbiya ham beradi. Yoshlar o‘zining kimligi, tarixiy ildizlari va jamiyatdagi
o‘rnini chuqur anglaydi. Shuningdek, o‘z madaniyatiga asoslangan usullar jamiyat
ehtiyojlariga moslashgan bo‘ladi. Misol uchun, O‘zbekistonda ota-onalar bolalarini
oilaviy qadriyatlar va odob-axloq doirasida tarbiyalashga katta e’tibor beradi. Agar
ta’limda faqat chet el tajribasi asosida erkin fikrlash va tanlashga urg‘u berilsa, milliy
an’analar unutilib ketishi mumkin. Milliy usullar o‘quvchilarda milliy o‘zlikni
shakllantirish va vatanparvarlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek,
ularning jamiyatga moslashuvchanligi yuqori bo‘lib, yosh avlodni
madaniyatga yaqinlashtiradi. Misol uchun, maktablarda milliy bayramlarni
nishonlash orqali o‘quvchilarda o‘z madaniyatiga nisbatan hurmat uyg‘otiladi.
Chet el tajribasi ko‘pincha ularning madaniyati va hayot tarzi bilan bog‘liq bo‘lib,
boshqa mamlakatlarda hamisha bir xil natija bermaydi. Masalan, Finlandiya ta’lim tizimining muvaffaqiyatli bo‘lishi ularning yuqori darajada rivojlangan iqtisodiyoti va kichik aholi soni bilan bog‘liq. Bu usullarni ko‘r-ko‘rona tatbiq etish O‘zbekiston kabi o‘ziga xos demografik va madaniy xususiyatlarga ega mamlakatlarda kutilgan natijani
bermasligi mumkin. Misol tariqasida, O‘zbekistonning bir nechta maktablarida joriy
qilingan “STEAM” (fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika) ta’lim
dasturini olaylik. Dastlab chet eldan olingan bu yondashuv o‘quvchilarning ilmiy
qobiliyatini rivojlantirishni maqsad qilgan bo‘lsa-da, dasturda milliy an’analarning
yo‘qligi tufayli ota-onalar va o‘qituvchilar tomonidan ko‘plab tanqidlarga uchradi. Milliy
qadriyatlarga asoslangan mavzular qo‘shilgandan so‘ng, dastur o‘quvchilarda yanada
katta qiziqish uyg‘otdi va samaradorlik oshdi.
“Har kim o’z qarichi bilan o’lchar” deganlaridek, o‘qitishda milliy usullarni rivojlantirish har doim birinchi o‘rinda turishi kerak. Chet el tajribasini o‘rganish va kerakli qismlarini moslashtirish foydali bo‘lsa-da, ta’limning asoslari milliy qadriyatlarga tayanishi zarur.

Xulosa qilib aytganda, milliy ta’lim usullari nafaqat bilim beradi, balki yoshlarda
o‘zlikni anglash, ma’naviy tarbiya va vatanparvarlikni shakllantiradi. Shunday ekan,
milliy qadriyatlarni rivojlantirish yo‘nalishida harakat qilish jamiyatimiz uchun eng
to‘g‘ri yo‘ldir.

BUGUN 1-smenga tushgan esse namunasi.

   ╔════ ❁📚❁════╗
        @Test_repetitor
        @Onatiliquiztest
   ╚════ ❁📚❁════╝
#esse_namuna


   ╔════ ❁📚❁════╗
        @Test_repetitor
        @Onatiliquiztest
   ╚════ ❁📚❁════╝