Ona tili va Adabiyot || Milliy sertifikat
245 subscribers
776 photos
102 videos
105 files
125 links
📚 Siz ushbu kanalda :
👨🏻‍💻 Milliy sertifikat uchun imtihonga tayyorlanasiz.
🔊 Sertifikatlar borasida eng so'nggi yangiliklar bilan tanishasiz
☑️ Eng kerakli ma'lumotlar;
Ona tili va adabiyot fanidan sifatli ta'lim.
Aloqa uchun: +998974469897
Download Telegram
Forwarded from Magistrlar Official
#Диққат #Расман

⚡️1 майдан хотин-қизларга тавсиянома берилади

◾️Қонунчиликка кўра, 5 йил меҳнат стажига эга, лекин олий маълумоти йўқ хотин-қизла рдавлат ОТМларига тўлов-контракт асосида қабул қилинади. Бунинг учун Оила ва хотин-қизлар қўмитасининг тавсияномаси керак.

Тавсиянома учун қуйидаги манзилга кирилади:
1️⃣ https://xotin-qizlar.uz/
2️⃣ Доимий яшаш ёки вақтинча турган жойи бўйича яшаш жойидаги туман (шаҳар) оила ва хотин-қизлар бўлимлари
Қандай ҳужжатлар керак?

Бунда стаж бўйича my.mehnat.uz 
YMMT да ҳамда ўрта махсус дипломини diplom.edo.uz
сайти орқали текширтириб олиши керак.

Эслатма: тавсиянома олганлар ҳам кириш имтиҳонида қатнашади, фақат улар алоҳида 500 та квота учун курашади.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📑#Omonim_qòshimchalar_ròyxati

⚠️ Dir- qoʻshimchasi

🛑 dir- kesimlik shakli
( sintaktik shakl yasovchi ): U oʻquvchidir
🛑 dir- fe'llardagi orttirma nisbat shakli
( lugʻaviy shakl yasovchi):
Kuldir,
🛑 dir- gumon olmoshi yasovchisi :
kimdir
🛑dir- gumon yuklamasi :
kelgandir

⚠️ Lik- qoʻshimchasi

🛑 lik- ot yasaydi
( soʻz yasovchi ) yoshlik
🛑 lik- sifat yasaydi
( soʻz yasovchi ) qishlik

Kanalimizga a'zo bo‘ling!👇
   ╔════ ❁📚❁════╗
        @onatilim_test
   ╚════ ❁📚❁════╝
1👍1🔥1
Eganing ishtirokiga ko'ra gaplar.

╔════ ❁📚❁════╗
        @onatilim_test
╚════ ❁📚❁════╝
Forwarded from Magistrlar Official
⚡️Sirtqi ta'lim shakli tugatilgan ta'lim yo'nalishlar ro'yxati

Ushbu ro'yxatda ko'rsatilgan pedagogik ta'lim yo'nalishlari sirtqi ta'lim shakli tugatildi. Endilikda faqatgina kunduzgi va kechki ta'lim shakllarida qabul jarayonlari amalga oshiriladi.

Huquqiy asos: Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-73-sonli farmoni.


@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foydali

"E" tovushi bilan boshlanuvchi 98% soʻzning tarkibida "h" (yumshoq h ) boʻladi.

Masalan,
- ehson
- ehrom
- ehtirom
- eh
- ehtimol

ISTISNO:
🟢Exo soʻzi va u orqali yasalgan soʻzlar.
🟢Exinokaktus (oʻsimlik)


╔════ ❁📚❁════╗
        @onatilim_test
╚════ ❁📚❁════╝
🔥4👍1
ADABIYOT SABOQLARI
🖍She'riy san'atlarni o'rganamiz...    

   ✏️Dunyo yasanib, jilva qilib oldima keldi,
"Borg'il nariga!" — deb ketig'a shattalab o'ttum. (Tashxis)

✏️Devonai Mashrab, bu so'zung dardga davodur,  Oshiq elining ko'nglig'a bir o't qalab o'ttum. (Istiora)

✏️Dagildim man sanga moyil, san etting aqlimi zoyil, manga tan aylayan g’ofil seni ko’rgach, o’tonmazmu (Tazod)

✏️Demonkim ko’ngli pok-u, ham ko’zi pok, Tili pok-u, so’zi pok-u o’zi pok. (Takrir)


@onatilim_test
👍4
Atash  ma’nosiga  ega  bo’lmagan  so’z qatnashgan  gapni  toping

@onatilim_test

   A)  Aziz  televizorni  o’chirib,  kitobini  qo’liga  oldi
   B)  Hamma bo’layotgan  voqealardan  tang  ahvolda  qoldi
   C)  Bolalar ertalab  sayhonlikka  kelishdi
   D)  Ertalabki  salqin  havo  kishiga  huzur  bag’ishlaydi
👍4🔥1
Omonim  qo’shimchali  tub  va  yasama  so’z  berilgan  qatorni  toping

@onatilim_test

     A)  Odilga  gapim  ta’sir  qildi,  shekilli, terim  vaqtida  kiyadigan  kiyimlarni         ko’zdan  kechirdi
     B)   Nazm  tuz,  Erkin,  axir  erkin  zamondir  bu  zamon
     C)  Mehmonlardan  biri  to’kin  dasturxon  atrofida  o’tirib, shirin  suhbat  qildi
      D)  U  yashirin  yo’llardan   yurib,  ekinzorga  yetib  bordi


📢Javobni commentda qoldiramiz
👍1🔥1
SHEʼRIY SANʼAT


📌MUVOZINA-arabcha so'zdan oligan bo'lib; "tenglik, qiyoslash, bezash, bir- biriga mos" demakdir.

📌U tuzilishiga ko'ra ham, misraga yuklaydigan maxsus ohangdorligiga ko'ra ham tarse' badiiy san'atiga yaqin bo'lsa-da, uning o'ziga xos xususiyati parallel misralardagi so'zlarning ritmik takroridadir.

📌Muvozinada baytdagi so'zlarning ritmik parallelligiga, ritmik birikmalar takroriga va mosligiga hamida tengligiga e'tibor beriladi.

📝Misol uchun:

Uch so'zli misralar muvozinasi:

Erkin mehnat elidan,
O'ynab gullar teraman.

To'rt so'zli misralar muvozinasi:

Burdand ba har taraf varaqho,
Xondand zi har varaq sabaqho.


Besh so'zli misralar muvozinasi:

Ne bo'lib avvalda bidoyat senga,
Ne kelib oxirda nihoyat senga.


Olti so'zli misralar muvozinasi:

Alg'il o'gut mandin o'g'ul er dam tila,
Bo'yda ulug' bilg'a bo'lur bilking ula.

Yetti so'zli misralar muvozinasi:

Har yerda babor o'lsa,chaman bo'lsa kerak,
Har yerda chaman: gulu suman bo'lsa kerak.
   ╔════ ❁📚❁════╗
        @onatilim_test
   ╚════ ❁📚❁════╝
👍21
🇺🇿CHIZIQCHA BILAN YOZISH🇺🇿

JUFT VA TAKROR SO'ZLAR :
ota-ona, aka-uka, issiq-sovuq, hamma-hammasi

Juft so'zlarga -u, -yu yuklamalari qo'shilsa chiziqcha yuklamadan oldin qo'yiladi.
Ona-yu bola, katta-yu kichik, bog'-u rog', erta-yu kech@Test_repetitor

qismlari -ma, -ba yordamida bog'langan so'zlar :
dam-badam, qadam-baqadam, ko'chama-ko'cha, uyma-uy, tomma-tom, yilma-yil
Lekin : ro'baro' va darbadar bundan mustasno, chunki ular mustaqil qo'llanmaydi.

"-" inchi vazifasida kelganda : 9 - "A" sinf.
Arab raqamlaridan so'ng chiziqcha qo'yiladi, rim raqamlaridan keyin emas.
M : VII asr, 8-bo'lim
5. Chet tilidan kirgan quyidagi so'zlar chiziqcha bilan yoziladi :
Unter-ofitser, kilovatt-soat, km-soat, general-mayor
@Onatiliquiztest

6. Belgini darajasi kuchayib kelganda :
Qop-qora, yum-yumaloq, yam-yashil, kuppa-kunduzi, tip-tiniq, bus-butun

7.Yetakchi va ko'makchi fe'l bir xil qo'shimcha bilan kelsa :
Aytasan-qo'yasan, uxlabman-qolibman

8.Qo'shimcha ko'rinishidagi ayrim yuklamalar :
-u, -yu, -da, -ku, -a, -ya, -e, -ey,-vey, -chi
M : bordi-yu, kelgin-da, bor-ku, seni-ya

so'zga qo'shilib yoziluvchi yuklamalar :
-mi, -oq, -yoq, -gina, -ov, -yov
M : keldingmi, boriboq, bordiyov, onamgina.


   ╔════ ❁📚❁════╗
        @onatilim_test
   ╚════ ❁📚❁════╝
👍4
1. Biz ota-onamizni hurmat qilishimiz kerak - egali gap

2. Ota-onamizni hurmat qilishimiz kerak - egasi umumlashgan

3. Ota-onani hurmat qilish kerak - egasi noma'lum gap
@onatilim_test
🔥5
Atov gap:

Sayl. Hammayoq odamlarga to’la edi.
Bahor. Daraxtlarning ilk kurtaklari ko’rina boshlagan.
Imtihon. Hamma hayajonda, hamma qo’rquvda!
Birinchi stipendiya. Hali ham kechagidek yodimda.

@onatilim_test
🔥4👍2
So’z gap:

Men bilan birga dars tayyorlaysizmi?
-Albatta! - dedim hayajondan o’zimni yo’qotib.

Siz ham darslarga qatnashmoqchimisiz?
-Ha! Anchadan beri bu haqida o’ylab yurgan edim.
-Yo’q, men boshqa kurs izlab ko’rmoqchiman.
-Mayli, agar shunday imkoniyat bo’lsa, albatta, foydalanaman!

@onatilim_test
🔥6
DIQQAT! YANGI GRAMMATIKA KURSI START OLMOQDA!

13-maydan boshlab 4 kun ertalab soat 06:00 da tezlashtirilgan va sifat kafolatli grammatik darslar boshlanadi!

🔮Kurs afzalliklari
– Qisqa vaqtda samarali o‘rganish
– Tushunarli va amaliy mashg‘ulotlar
– Eng muhim grammatik qoidalar
– Natijaga kafolat!

Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun:
Telefon: +998 97 446 98 97
Telegram: @Sam_filolog


Biz bilan ona tili grammatikasini tez va oson òrganing!!!

👉
@onatilim_test
👍4🔥2
Nega darsni ertalabga qoʻydik???

Ertalab dars qoʻyishning ustun jihatlari:

- ertalab erta uygʻonasiz, bu baraka degani;
- aslini olganda, vaqtingiz juda koʻp ekanligini tushunib yetasiz;
- kun davomida oʻzingizni tetik his qilasiz;
- bu holat 1 hafta muntazam boʻlsa,odat tusiga aylanadi;
- rizqingiz ham juda ulugʻ boʻladi.

Xullas,darslar ertalab qoʻyilishi sizga ham jismonan, ham maʼnan juda katta foyda keltiradi.(Sardor BOZOROV)

@onatilim_test
🔥52
Javobni commentda qoldiramiz 👇
@onatilim_test
Dtm(BMBA) har doim bizni sabr qilishga o'rgatgan!

P/s: hali koʻp kutamiz!

Salomaaaaat!
😁7
- AR SHAKLI ning sifatdosh va zamon shaklidagi farqlanishi ✔️

1.-ar sifatdosh bo'lib kelganda, xuddi sifat kabi otlarga(ismlarga) tobelanadi va uning so'roqlarida bo'ladi.
M : Qaytar dunyo, oqar daryo

2. - ar qo'shimchasi zamon shakli bo'lganda chama-taxmin, gumon ma'nolarini ifodalaydi va hokim so'z sifatida keladi.
M : Yomonlik qaytar, ko'chadan chiqar.

- AR SHAKLI zamon va nisbat sifatida✔️

Fe'l + ar + di = orttirma nisbat
Ukasini qaytardi, paxta ishlab chiqardi.

Fe'l + ar + edi = zamon shakli
M : Ustalarga ovqat olib chiqardi. (edi to'liqsiz fe'li fonetik hodisaga uchragan)
Yomonligi darhol o'ziga qaytardi.

Eslatma : -ar shakli orttirma nisbat bo'lganda faqat qaytmoq, chiqmoq fe'llariga qo'shiladi.

Og'zingdagini chiqar - orttirma nisbat (buyruq ma'nosi)
Sendan yaxshi inson chiqar - zamon (chama-taxmin, ma'nolari bor)
Gapimni qaytar - orttirma nisbat
Kechga qaytar - zamon

╔════ ❁📚❁════╗
        @onatilim_test
╚════ ❁📚❁════╝
👍5
Shakl yasovchi qo'shimchalar

@onatilim_test
5💯2