📚Ona tili va adabiyot📚
4.37K subscribers
1.66K photos
789 videos
1.82K files
2.44K links
Kanalimizga xush kelibsiz!
Bu kanalda fanlarga oid ma'lumotlar
📒Dars ishlanmalar
📝Testlar
💻Audio va videodarslar
📚Kitoblar
🎥Taqdimotlar
📰Fanlarga oid yangiliklar joylab boriladi.

📬 Murojaat uchun 👇

👨‍💻: @Islomovamashhura

🎢Reklama xizmati:👆
Download Telegram
Qolgan unlilar esa quyidagi holatlarda cho‘ziq hijoni hosil qiladi:
– ko‘pincha so‘zning oxirida;
– qo‘shimcha (affiks)lar tarkibida;
– urg‘u olganida.
Misol uchun «ha-yot-ga» so‘zini olib ko‘raylik. Bu so‘zdagi «ha-» va «-ga» bo‘g‘inlari tilshunoslik nuqtayi nazaridan bir xil darajada: har ikkisi ochiq bo‘g‘in, har ikkisi «a» unlisi bilan yakunlanyapti. Lеkin aruziy matnda «-ga» bo‘g‘ini qo‘shimcha tarkibida kеlganligi va urg‘u olganligi uchun «ha-» bo‘g‘inidan ko‘ra cho‘ziqroq talaffuz qilinadi. Shu sababli u cho‘ziq hijo hisoblanadi. Shu tariqa qolgan unlilar bilan yakunlanuvchi hijolar ham so‘z oxirida kеlsa ko‘pincha cho‘ziq hijo hisobiga o‘tadi. Masalan, «jab-ru», «ki-yik-ni» so‘zlaridagi oxirgi bo‘g‘inlar cho‘ziq hijo hisoblanadi va ular matnda quyidagicha bеlgilanadi:

@ona_tilim_iftixorim
9-sinf Ona tili va adabiyot
Olimpiada savollari

🤝 Do‘stlaringizga ham ulashing!

🌐@ona_tilim_iftixorim🌐
⚡️9-sinf darsligida berilgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardagi tinish belgilarini eslab qoling!

📌Ikki nuqta :

◽️1. Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz.
◽️2. Yuragida qanday dard bor: mana bu menga sir.
◽️3. Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz.
◽️4. Sidiqjon to‘xtadi: orqasidan kimdir kelayotgan edi.
◽️5. Mening bir jaydari falsafamdir shu: Hargiz iltimosga kuning qolmasin.
◽️6. Qiz uni ushlab qolmoqchi bo‘ldi, qiynalib ketdi: qo‘llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari timdalanib ketdi.
◽️7. Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog‘ing.
◽️8. Quyoshning uyg‘onishi sen ta‘riflagandan ham antiqa: tong nihoyatda go‘zal bo‘ladi
◽️9. Traktorchilar tashvishlanib qolishdi: oziq-ovqat, yonilg‘i tugayapti.
◽️10. Har qanday yumushni boshlashdan avval 3 ta qoidaga amal qil. Birinchidan, niyating pok bo‘lsin: Xudo seni qo‘llaydi. Ikkinchidan, borar manzilingni aniq belgilab ol: yo‘ldan adashmaysan.
Uchinchidan, matonatli bo‘l: ortga chekinmaysan.
◽️11. Omon ovchining ov sarguzashtlari ko‘plarni qiziqtirardi: ko‘plari hikoya eshitish uchun kelardi.

📲Yaqinlaringizni taklif qiling👇

📚@ona_tilim_iftixorim📚
⚡️Modal so‘zlar haqida

Modal so'zlar – ifodalanayotgan fikrga so'zlovchining turli munosabatlarini (ishonch, gumon, achinish) bildiruvchi so'zlardir.

1⃣Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so`zlar:
a) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (arx.);
b) fikrning qat’iyligi ta’kid­lanadi: shubhasiz, shaksiz, so'zsiz
c) ang­latilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o'z-o'zidan.
d) fikrning chinligi eslatiladi: to'g'ri, hoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan.

2⃣. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so'zlar:
a) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, cho­g'i;
b) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;
c) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan;
d) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.

3⃣. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan.
4⃣. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan
5⃣. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.
6⃣. Achinish: afsus, attang, esiz.
7⃣. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.
8⃣. Quvonch: xayriyat.
9⃣. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo'q.

❗️Modal so'zlarning ko'pchiligi mustaqil so'zlardan o'sib chiqqan.
Masalan:
👉1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat;
👉2) sifatdan: yaxshi(ki), to'g'ri, so'zsiz, shubhasiz, tabiiy;
👉3) ravishdan: nachora, nahot;
👉4) bog'lovchidan: ayniqsa, aksincha.
👉5) so'z birikmasidan: har qalay, har hol­da;
👉6) gapning modal so'zga aylanishi: holbuki (Hol buki);
👉7) so'z tushirish natijasida hosil bo'lgan: o'z-o'zidan (aniq so'zi tushib qoladi).

Modal so'zlar sof va vazifadosh modal so'zlarga bo'linadi.
Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan so'zlari sof modal so'zlar hisoblansa, modal ma’noda ham qo'llanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi so'zlar vazifadosh modal so'zlar hisoblanadi.

@ona_tilim_iftixorim
Forwarded from 📚Ona tili va adabiyot📚 (🅓🅘🅛🅢🅗🅞🅓🅑🅔🅚)
📲Yaqinlaringizni taklif qiling👇

📚@ona_tilim_iftixorim📚