ONA TILI va ADABIYOT| Husan Maqsudov bilan
181 subscribers
1.26K photos
102 videos
325 files
233 links
Ilmiy-ma'rifiy kanal

Ona tili va adabiyot fanidan onlayn testlar, qo‘shimcha va solishtirma ma'lumotlar, savol-javoblar, video va audio darslar.

Murojaat uchun:
@husanmaqsudov_bot
@HusanMaqsudov
Download Telegram
#savol_javob_vaqti

Pirimqul Qodirov va "Yulduzli tunlar"

1.Primqul Qodirovning ijoddagi safdoshlari kim edi? J: safdoshlari - Asqad Muxtor, Said Ahmad, Odil Yoqubovlar
2.Pirimqul Qodirov qayerda tug’ildi? J: 1928-yilning 25-oktabrida hozirgi Xo'jand viloyati hududidagi Kengko'l qishlog'ida cho'pon oilasida dunyoga kelgan.
3.Kimning ijodi bo’yicha ilmiy ish qildi? J: 1954-yilda ustozi Abdulla Qahhor asarlarining til va uslubiy jihatlari tadqiq etilgan nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi.
4.Pirimqul Qodirov o'zining dastlabki kitobimi qachon e’lon qildi? J: talabalik yillarida «Studentlar»ni (1951-yil) e'lon qildi.
5.Qanday qissalari bor? J: «Meros» (1974-yil), «Егк» (1968-yil), «Qadrim» (1961-yil), «Yayra institutga kirmoqchi» (1979-yil), «Najot» (1980-yil) singari
6.Qanday romanlari bor? J: «Uch ildiz» (1958-yil), «Qora ko'zlar» (1966-yil), «Olmos kamar» (1976-yil), «Yulduzli tunlar» (1979-yil), «Avlodlar dovoni» (1989-yil) nomli yirik romanlari
7.Qaysi asarrida paxtakorlar hayoti tasvirlangan? J: «Meros»
8.Qaysi asarida ziyolilar tasvirlangan? J:«Uch ildiz»
9. Qaysi asarida neft konlarini izlovchilar tasvirlangan? J: «Qadrim»
10.Primqul Qodirov 20 yillik ijodini nimaga baxshida etdi? J: Tarixiy izlanishlarga
11.P. Qodirovning dastlabki tarixiy asari –qaysi? J: «Yulduzli tunlar»
12.Bobur nima uchun Andijonga oshiqadi? J: ota yurtini Ahmad Tanbaldan xalos qilish uchun
13.Qosimbek uni qayerda to’xtab kuch yig’ishga undaydi? J: Xo’jandda
14.Ahmad Tanbal kimni osib o’ldiradi? J: ustozi Xo’ja Abdullani
15.Boburning onasi va opasi dushmandan qochib qayerga keladi? J: Qo’qonga
16.Qosimbekning qaysi gapi Boburga taskin berdi? J: Xo’jand va Qo’qonning mute’ligi
17.Onasi va opasining xo’jandga ketishini kim Qosimbekka aytadi? J: Tohir
18.Bobur onasini ko’rganiga qancha vaqt bo’lgan? J: 10 oy
19.Boburning ixtiyorida qancha navkari bore di? J: bir yarim mingga yetar-yetmas
20.Qutlug’ Nigorxonimning qancha xostansoqchisi bo’lgan? J: 500dan ortiq
21.Qutlug’ Nigorxonim Boburni qanday tanib qoldi? J: sallasiga qadalgan tojdorlik belgisidan
22.Bobur onasi bilan qayerda ko’rishdi? J: Konibodom yo’lida
23.Xo’jand xalqi kimdan ko’p aziyat ko’rgan? J: Mo’g’ul bosqinchilaridan
24.Xo’jand dorug’asi qayerni Boburning ixtiyoriga topshirdi? J: Sirsaryo sohilidagi ulkan bog’ini ikki oshyonlik qasri bilan
25.“Tole’ bizdan yuz o’girdi”, deb Bobur kimga aytgan? J: onasiga
26.Tanbalning qo’shini qancha ? J: 10ming
27.Tanbal Bobur haqida qanday gap tarqatdi? J: “Samarqandda vafot etdi” deb
28.Bobur Andijonni qo’ldan boy berganda necha yoshda bo’lgan? J: 16 yoshda
29.Onasiga Bobur uchun atalgan noyob sovg’ani kim eslatadi? J: opasi Xonzodabegim
30.Bu noyob meros kimdan qolgan edi? J: Temurdanb
31.Onasi merosni qayerlardan izladim deydi? J: Axsidan
32.Sandiq qyerdan topildi? J: Andijondan
33.Sandiqda nima bor edi? J: Temurning oltin sopli qilichi
34.Qilichga qanday tosh qadalgan? J: 2ta zumrad toshli
35.Qilichni Temur kimga nima uchun sovg’a qilgan edi? J: Mironshoh Mirzoga To’xtamishni yenggani uchun
36.Qilichga qanday yozuv yozilgan? J: Rosti rasti
37.Bu qilichni Mironshoh bahodirdan keyin kim taqqan? J: Boburning bobosi Sulton Abusaid
38.Boburning otasi Umarshayx mirzo otasidan qanday meros olgan? J: qilich va xotirotlar bitilgan daftar
39.Mo’g’ulistondan Ilyosxo’ja kelib, Temurbek tarafdorlarini qirg’in qilganni kim aytib berdi? J: Xonzodabegim
40.Temurbek qayerlarda yurib kuch to’pladi? J: Qoraqum, Qizilqum, Xisor va Badaxshon tog’larida 6 yil
41.Temurbekning suyukli xotini kim bo’lgan? J: O’ljoy Turkon
42.“Sizda ham Sohibqiron bobokaloningizdagi jomardlikdan bor”,- deb kim aytdi? J: Xonzodabegim
43.Bobur Xonzodabegimni qayerda qutqargandi? J: O’shdagi tajovuzdan
44.Samarqandliklar qancha vaqt qamal azobida qolgan edi? J: 7 oy
45.Samarqandda yog’iy asoratidan kimni xalos etgan? J: bo’lajak kelini Oyshabegimni
46.“Yolg’onning umri qisqa” maqolini kim aytgan? J: Xonzodabegim


Kanal manzili:
@ona_tili_onlayn
#savol_javob_vaqti

Xoja, Ogahiy, Furqat hayoti va ijodi

Kanal manzili:
@ona_tili_onlayn
#savol_javob_vaqti

Imom Buxoriy, Oybek hayoti va ijodi

Kanal manzili:
@ona_tili_onlayn
#savol_javob_vaqti

O. Yoqubov ("Ulug‘bek xazinasi"), A. Oripov ("Sohibqiron"), O. Matjon hayoti va ijodi

Kanal manzili:
@ona_tili_onlayn
#savol_javob_vaqti

H. Xudoyberdiyeva, Sh. Rahmon, Sh.Boshbekov hayoti va ijodi

Kanal manzili:
@ona_tili_onlayn
#savol_javob_vaqti

Shekspir, Ch. Aytmatov, O‘. Sulaymon hayoti va ijodi


Kanal manzili:
@ona_tili_onlayn