Olmazor tumani hokimligi
8.89K subscribers
31K photos
5.52K videos
13 files
14.3K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
🔘Olmazor tumanidagi noqonuniy qurilmalar, noqonuniy ko'cha savdolari bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

🚫#noqonuniyqurilmalar

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Eng ulug‘ g‘oyamiz: Jaholatga qarshi — ma'rifat"

Olmazor tumanida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov ishtirokida “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostida aholi vakillari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tumandagi "Joziba” to‘yxonasida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda, dunyoviylik, ibodatda ko‘r-ko‘rona taqlidning salbiy jihatlari kabi muhim mavzular bilan bir qatorda, hozirgi kunda yoshlar tarbiyasi, farzandlarni Ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda yoshlarni ta'lim olishi muhimligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi. Ma'ruza davomida farzandlarni yod g‘oyalar ta'siridan saqlash, ularni qadriyatlarimizga mos ravishda sog‘lom e'tiqodli qilib tarbiyalashdagi har bir ota-onaning o‘rni kabi muhim mavzularda ham fikr-mulohazalar bildirildi.

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
🔹Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining II chaqiriq bir yuz ikkinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 iyuldagi “Toshkent shahrining Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 460/34-sonli qarori ijrosi va Olmazor tuman mahalliy byudjetining 2024 yildagi qo‘shimcha mablag‘larni xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.

#sessiya
#olmazor

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍 24-25-avgust kunlari "Mahalla obod — yurt obod" shiori ostida mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

🇺🇿 Yurtimizni obod qilishga o‘z hissamizni qo‘shaylik!

#Mahallalaruyushmasi #mahalla_obod #yurt_obod #hashar

Facebook| Instagram | X | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏕 Energiyaga boy “Weekend”ni o’tkazdik!

💻 Endi navbat darslarga o’quvchilarimiz yana 3D modellashtirish darslarini boshlashdi!

🚀 Ho’sh, siz 3D printerdan nimalarni chiqardingiz?

🕊Telegram | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi
— — —
🇺🇿Государственный гимн Республики Узбекистан

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
🚴 Ertalabki badantarbiya - sog`lik garovi

👉 Tadqiqotlarga ko‘ra, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ma'rifatparvar ajdodlarimiz yaratgan pedagogik asarlarning aksariyatida bolani jismoniy jihatdan sog‘lom etib tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilgan.

🧘 Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish o‘sib kelayotgan avlodni barkamol bo‘lib voyaga yetishi, shu bilan birga, ularning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishiga imkon beradi. Inson organizmi tashqi muhit bilan uyg‘un, bir butun holda rivojlanadi. Ushbu uyg‘unlik, shuningdek, barcha a'zolar faoliyatini markaziy asab tizimi boshqarib turadi. Doimiy, uzluksiz ravishda bajariladigan jismoniy harakat kishi sog‘ligiga yaxshi ta'sir etadi: modda almashinuvi yaxshilanadi, organizm to‘qimalari oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi, parchalangan moddalar organizmni tezroq tark etadi.

#sport

🔘 Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site