Oliygoh.uz | rasmiy
126K subscribers
3.5K photos
336 videos
87 files
5K links
🇺🇿 Oliygoh.uz platformasi rasmiy telegram kanali

- Biz orqali eng muhim yangiliklarni kuzatib boring!

• Aloqa: @oliygoh_edubot
• Reklama: @oliygoh_admin

Hamkorlik: @talim_reklamalari
Download Telegram
​​🇺🇿 Respublikamizda joylashgan barcha oliygohlar haqida batafsil ma'lumotga ega bo'ling!

🎓
OLIYGOH.UZ ta'lim platformasi orqali oliy taʼlim muassasalari kirish ballari, qabul kvotalari, yo'nalishlar ro'yxati bilan tanishib borishingiz mumkin.

Buning uchun saytning "Oliygohlar" bo'limiga kirish va kerakli oliy ta’lim muassasasi hamda ta’lim tilini tanlash kifoya.

👉🏽 Batafsil ma'lumot: https://oliygoh.uz/oliygohlar

❗️Barcha abituriyentlarga tarqating

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
🏆 “The best essay 2022” tanlovining final bosqichi 29-may kuni bo'lib o'tadi

🇺🇿 Respublika miqyosida tashkil etilgan “The best essay 2022” tanlovining final bosqichiga muvafaqqiyatli o'tgan barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz.

— Tanlovining 1-bosqichida Respublikamizning turli hududlaridan 3 mingdan ziyod IELTS 6+ yoki B2+ sertifikatiga ega iqtidorli yoshlar ro'yxatdan o'tdi hamda eng yaxshi natija ko'rsatgan 406 nafar nomzodlar keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi

— Tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tgan nomzodlar orasida 2-bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tdi hamda ushbu bosqichda eng yuqori natija ko‘rsatgan 105 nafar ishtirokchilar final yo‘llanmasini qo‘lgan kiritishdi (Natijalarni ko‘rish)

🎉 Ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" orqali o'zlarining natijalarini ko'rishlari hamda tanlovning maxsus QR-kodli sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin (Sertifikatlarni yuklab olish).

Ma'lumot uchun:

1. Tanlovga 3021 nafar IELTS 6+ yoki B2+ sertifikatiga ega iqtidorli yoshlar ro'yxatdan o'tdi;
2. Tanlovning 1-bosqichida 891 nafar nomzod ishtirok etdi;
3. Yuqori natija ko'rsatgan 406 nafar nomzod 2-bosqichga yo'llanma oldi;
4. Eng yaxshi natija ko'rsatgan 105 nafar nomzod final bosqichiga yo'llanma oldi.

💪 Final bosqichi ishtirokchilariga omad tilaymiz! Finalga o'tgan nomzodlarga sms xabarnoma jo'natiladi hamda OLIYGOH.UZ platformasida batafsil ma'lumotlar joylanadi.

Eslatib o'tamiz: Tanlovning mutlaq g'oliblarini noutbuk kompyuter, planshet, mobile telefon, maxsus guvohnomalar, diplomlar va maxsus sovg'alar kutmoqda (Batafsil) 🎉

© Hurmat bilan,
Oliygoh.uz ma'muriyati
❗️ Bitiruvchilardan 3 tomonlama shartnoma so‘rash mumkin emas — Senat

▪️Bitiruvchini ishga joylashdagi bunday soxta an’ana mamlakat rivojiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Shuning uchun Senat Oliy ta’lim vazirligiga asoslantirilgan tushuntirish xati berish talabi bilan so‘rov yuborgan, holatni nazoratga olgan.

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
​​🤔 Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga test sinovlarisiz qabul qilinadi?

2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, g‘oliblari davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadigan xalqaro olimpiadalar ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga ana shunday imtiyoz beriladi:

▪️ BATAFSIL: https://oliygoh.uz/abituriyent/fan-olimpiadalari-goliblari

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
🎙#OVOZLI_CHAT

Diplomning davri o‘tdimi ?

Abituriyentlar kasb tanlashda nimalarni hisobga olishi muhim ?

Tanlov qarshisidagi yoshlar nimalarni bilishi kerak ?

Yuqoridagi savollarga javob topish maqsadida ovozli chat tashkil etdik.

Bugun 28-may sanasida soat 21:00 daRegistan LC” telegram kanalida, “Najot Taʼlim” o’quv bo’limi rahbari Javohir Izzatulloh, “Kun.uz” jurnalisti Zilola Gʻaybullayeva, “Abituriyentlar.uz” telegram kanali asoschisi Abbos Akramovich va boshqa spikerlar ishtirokida ovozli chat boʻlib oʻtadi.

📝 Mavzuga doir savollaringiz bo’lsa hozirdan izohda yozib qoldirsangiz bo’ladi.

Manzil: https://t.me/Registan_LC?livestream

Vaqt: bugun 21:00 da

Bizning kanal:
👉 @Registan_LC
📌 Maksimal ball berish uchun asos bo‘luvchi sertifikatlar:

👉 ingliz tili – milliy sertifikat, IELTS (IELTS 5,5), TOEFL (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill;
👉 yapon tili – milliy sertifikat, JLPT № 2;
👉 nemis tili – milliy sertifikat, Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF;
👉 fransuz tili – milliy sertifikat, DELF, TCF4;
👉 boshqa tillar – milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari.

Qo‘shimcha:
Toshkent davlat yuridik universiteti uchun IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarda writing moduli 5,5 ball yoki undan yuqori bo‘lishi lozim.

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
🏖 REGISTAN SUMMER SCHOOL'ga qabul boshlandi. Ta'tilni bekor o'tkazmang!

😊 Maktab ham tugadi, endi buyog'iga ta'til boshlanadi. Maktab o'quvchilari uchun yoqimli davr boshlandi. Siz farzandingizni yozda ham o'qib, ham hordiq chiqarishini istaysizmi?

☝️U holda "Registon" Uchtepa Academy filiali sizga ajoyib yechimni taklif qiladi! Bizda 1-iyundan 1-sentabrgacha SUMMER SCHOOL kurslari ochilmoqda. Unda maktabning 1-sinfidan 7-sinfigacha bo'lgan o'quvchilar qatnashishlari mumkin.

📚 Yozgi maktabda quyidagi fanlardan chuqurlashtirilgan darslar o'tiladi:
— Ingliz tili;
— Rus tili;
— Matematika.

🎯 SUMMER SCHOOL da fanlardan tashqari:
Shaxmat/shashka mashg'ulotlari;
Mini-sayohatlar;
Kitobxonlik soatlari;
Speaking va movie club;
Olimpiada va Zakovat o'yinlari.

✍️ Kurslarga yozilish

☎️ +998935512700

🏢Manzil: Uchtepa tumani 22-mavze (Google map)
📍Mo'ljal: Uchtepa prokuraturasi
Test imtihonlari bu yil ham ochiq havoda bo‘ladimi?

DTMning ma’lum qilishicha, test sinovlarini o‘tkazish uchun binolar ro‘yxati 2 xil variantda shakllantirilgan. Agar pandemiya vaziyati bo‘lmasa, katta sig‘imdagi an’anaviy 99 ta binoda imtihon o‘tadi. Agar pandemiya bo‘lsa, 53 ta stadion va xiyobonda test bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda koronavirus infeksiyasining keng tarqalishi sababli OTMga kirish imtihonlari ochiq maydonlarda, stadionlar va xiyobonlarda o‘tkazilgan edi.

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
🗣Endi navbat Frontend dasturchilarga!

Frontend dasturchi bo'lishning qanday qiyinchiliklari bor? Qancha vaqtda o'rganish mumkin? Tajribali mutaxassis bo'lishda nimalarga e'tibor berish kerak? Frontendchilar oyiga qancha daromad qilishadi? Yaxshi ishga kirish uchun nima qilish kerak?

Ochiq darsga marhamat!

Frontend dasturchi bo'lishni istaganlar uchun tashkil etilayotgan navbatdagi ochiq darsda Frontend bo'yicha barcha qiziqarli va foydali ma'lumotlarni taqdim etamiz!

Ochiq dars vaqti: 29-may 14:00 (Yakshanba)
🚩 Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko'chasi 129-B

🎙Ochiq dars spikeri: Frontend sohasida 2 yillik ish tajribaga ega, yirik frilanser platformalarida (fl.ru, freelancehunt.com) 20+ muvaffaqiyatli loyihalar muallifi - Ulug'bek Avazov

📲 Ro'yxatdan o'tish

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
Savol: 10-sinf o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etishlari mumkinmi?

Javob: Yo'q, Abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizom asosida amalga oshiriladi.

Mazkur nizomga muvofiq talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan) ni taqdim etishlari lozim.

Bundan kelib chiqadiki, 10-sinflarga maktabni tugatmaganligi sababli ularga shahodatnoma berilmagan bo'ladi va ular o'qishga topshirolmaydilar

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
Forwarded from Registan LC
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“The best essay 2022” tanlovining final bosqichi yuqori kayfiyatda o’tmoqda.

👉 @Registan_LC
Abituriyentlarga imtiyoz beruvchi yangi test tizimi tasdiqlandi!

«Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori imzolandi. (16.02.2022 yil 73-son)

Endilikda, bakalavr va magistratura bosqichlariga oʻqishga kirishda Cambridge Assessment tashkilotining Linguaskill B2 darajasi imtiyoz beruvchi sertifikatlar qatoriga qoʻshildi. 

Testlar haqida maʼlumot olish uchun Agentlikning barcha hududiy vakilliklariga murojaat etishingiz mumkin.

© Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligi

🎓
Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
📌 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalari kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi.

🔰Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

▫️
kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar;

▫️ toʻliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

▫️ turmush oʻrtogʻi vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolgʻiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

▫️ nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

▫️ 2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolgʻiz ayollarning qiz farzandlari;

▫️ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi boʻlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

➡️ Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
🥳 "iBook Stipendiyasi" tanlovining final bosqichi yakunlandi

Kecha 29-iyun iBook.uz va Oliygoh.uz loyihalari hamkorligida bir necha bosqichda tashkil etilgan "iBook stipendiyasi" tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Ikki bosqichdan oʻtgan ishtirokchilar finalda belgilangan tartibda taqriz yozishlari kerak edi. Taqrizlar 2 hafta ichida koʻrib chiqilib, natijalar eʼlon qilinadi.

Tanlov "Yuksalish" liderlar akademiyasining Yashnobod fillialida boʻlib oʻtdi. Finalda 136 talaba ishtirok etdi. Ulardan 50 nafari gʻolib deb topilib, 20 nafar gʻolibga 1 mln soʻmdan pul mukofoti, 30 nafar gʻolibga esa kitoblar uchun 500 ming soʻmlik vaucherlar taqdim etilishi koʻzda tutilgan.

Biz bu loyiha orqali kitobxonlikni targʻib etishga hissa qoʻshish hamda kitobxon talabalarni ragʻbatlantirishni niyat qilgan edik va bundan baxtiyormiz. Tanlovda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz, hech qachon kitob oʻqishdan toʻxtamang!

BIZ ILM BILAN FATH QILAMIZ!
Kontraktni 100% to'lamading, deb yakuniy nazoratga kiritmaslik mumkinmi?

Bugungi kunda talabalardan to'lov-kontrakt masalasida ko'plab savollar kelib tushmoqda. Jumladan, ayrim OTMlar talabalardan kontrakt pulini 1-iyunga qadar 100% to'lashni talab qilayotgani, agar to'lamasa yakuniy nazoratlarga kiritilmasligini aytishayotgani, bu qanchalik to'g'ri ekanligini so'rashmoqda.

❗️Bu - noto'g'ri!

2020/2021 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalarida to'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar o'qish uchun to'lovlarni teng ulushlarda to'rt bo'lib to'lashga ruxsat berildi.

Bunda kontrakt miqdorining 100 foizini 1 iyulgacha yoki OTM rektorlari tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to'lash huquqi belgilandi.

SHundan kelib chiqilsa, 1 aprelga qadar kontraktining kamida 75%ini to'lagan talabalar qolgan 25%ini 1 iyulgacha to'lashi mumkin. OTMlar o'z talabalaridan kontrakt miqdorini vaqtliroq amalga oshirishlarini so'rashi, targ'ib qilishi mumkin, ammo buni talab qilib, to'lamagani uchun turli ko'rinishdagi jazo choralari (masalan, imtihonga kiritmaslik) belgilash mumkin emas.

💬 Agar qaysidir OTMda ana shunday talab qo'yilayotgan bo'lsa, aloqa manzilimiz @oliygoh_edubot yozib qoldirishingizni so'raymiz. Biz albatta noto'g'ri talab qo'yayotgan OTM haqida vazirlikka yetkazamiz hamda muammoni bartaraf etishga harakat qilamiz.

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
Forwarded from Oliygoh.uz | rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bepul tayyorlaning!

❗️O'qishga tayyorlanish uchun pul kerak emas! Megabayt hamda YouTube bo'lsa bas!

🇺🇿 Registon o'quv markazining jonkuyar ustozlari
abituriyentlar hamda IELTS imtihonlariga tayyorlanayotganlar uchun bepul onlayn darslar loyihasini davom ettiradi!

Batafsil: http://bit.ly/registan_youtube

Marhamat, o'zingizga kerakli fanni toping va YouTube orqali o'qishga bepul onlayn tayyorlaning:

👉 Onlayn darslarni ko'rish
❗️Xotin-qizlar diqqatiga!

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga davlat granti uchun tavsiyanomaga hujjatlar joriy yil 30 maydan 8 iyunga qadar maxsus platforma orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Ariza yuborish

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉
@OLIYGOH_GRANTLAR
OTMlarga_kirishdagi_imtiyozlar_2022-yil.pdf
3.8 MB
📌 Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun beriladigan imtiyozlar - batafsil ma'lumot

Davlat test markaziga fuqarolardan eng ko‘p kelib tushadigan murojaatlardan biri imtiyozlar bilan bog‘liq.

🗓 Shu sababli oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishdagi imtiyozlar va ularning qo‘llanishi bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlandi.

Unda imtiyozlar shartli toifalarga ajratilgan hamda imtiyozlarning qo‘llanishi, huquqiy asoslari va mas’ul vakolatli davlat organlari keltirilgan.

📋 Abituriyentlarga imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida beriladi.

🏢 Qayd etish kerakki, Davlat test markazi kimgadir imtiyoz berish vakolatiga ega emas. DTM ijrochi tashkilot bo‘lib, qonunchilik hujjatlari asosida imtiyozlarning qo‘llanishini ta’minlaydi.

Qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda imtiyozlarning qo‘llanishi o‘zgarishi mumkin.

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
O‘zbekiston OTMlari nega xalqaro reytinglarga kira olmayapti?

QS reyting agentligi rasmiysining qayd etishicha, OTMlarda malakali kadrlar yetishmasligi, O‘zbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni kamligi, OTMlar saytlarida chet tilida yetarlicha ma’lumotlar berilmasligi – universitet va institutlarning top 1000 talik ro‘yxatlarga kirishida muammo bo‘lmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/56269927

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR