Fan olimpiadalari
24.7K subscribers
3.09K photos
141 videos
724 files
1.84K links
🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi

Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep
Download Telegram
😄Аl-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining hududiy bosqichiga start berildi.

Bugun Respublikamiznimg 14 hududida 7-8 sinf o’quvchilari o’rtasida Аl-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) olimpiadasining hududiy bosqichi bo’lib o’tmoqda.
Ayni paytda  7-8-sinf o’quvchilari tabiiy (fizika, kimyo, biologiya) fanlardan respublikamiz bo’yicha maktab va tuman bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 1475 nafar yosh bilimdonlar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishmoqda.

Mazkur bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etgan har bir hudud va har bir sinf bo‘yicha 3 nafardan iqtidorli yoshlar 28-mart-3 aprel kunlari Qashqadaryoda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Al Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Respublika bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar joriy yil dekabrda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladigan Xalqaro tabiiy fanlar (IJSO) olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod sifatida qabul qilinadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

👉 @olimpdep
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

Xalqaro geografiya olimpiadasiga saralashning hududiy(viloyat) bosqichiga start berildi.

Ishtirokchilarga 30 ta uch xil qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari taqdim qilindi va 50 ball bilan baholanadi.

Har bir hudud bo’yicha 1-2-3-o’rinlarni egallagan o’quvchilar saralashning yakuniy bosqichida ishtirok etadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

👉 @olimpdep
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Iqtisod (viloyat bosqichi).pdf
803.6 KB
Joriy yil 27-fevral kuni bo‘lib o'tgan Xalqaro Iqtisod olimpiadasiga saralashning hududiy(viloyat) bosqichi topshiriqlari.

👉 @olimpdep
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Geografiya.pdf
780.1 KB
Joriy yil 28-fevral kuni bo‘lib o'tgan Xalqaro Geografiya olimpiadasiga saralashning hududiy(viloyat) bosqichi topshiriqlari.

👉 @olimpdep
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz va muhtarama ayollar, qadrli opa-singillar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Sizlarni bahorning ilk ayyomi – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan samimiy muborakbod etadi.

Sizga oilaviy xotirjamlik, sihat-salomatlik va dasturxonlaringizga to’kinlik tilaymiz.

Hamisha oilangiz va yaqinlaringiz hamda el-yurtimiz ardog‘ida bo’lib yuring!

Bayram muborak bo’lsin, aziz ayollar!

#Siz_borsizki_olam_munavvar

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
📣📣📣📣📣

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari o'tkaziladigan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun Adigeya Respublikasiga yo'l oldi!

😄 Mazkur xalqaro olimpiadaga saralash bosqichi joriy yilning 10-11-fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkazildi va eng yuqori natijalarni qayd etgan 4 nafar o‘quvchi O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi.

▶️ Axtamov Ozod - Toshkent shahar , Yashnobod tumani , Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o’quvchisi;

▶️Suyunova Madina - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o’quvchisi;

▶️Boboqulov Asadbek  - Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi ;

▶️Zohidjonov Elbek - Toshkent shahar , Yashnobod tumani , Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o’quvchisi.

😄 Mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 20-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni xalqaro olimpiadalar va tanlovlardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlash maqsadida 100 nafar 5-8-sinf iqtidorli o'quvchilarining zahirasini shakllantirish topshirigi ijrosi yuzasidan tashkil qilinayotgan matematika-informatika fanlari bo‘yicha saralash yo‘riqnomasi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

Nufuzli xalqaro olimpiadalar hamda Xalqaro iqtisod va geografiya olimpiadalarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III (yakuniy) bosqichi tashkil etiladigan sanalar.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

Nufuzli xalqaro olimpiadalarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III (yakuniy) bosqichi o‘tkazilish tartibi.

😎Nazorat materiallari quyidagi shaklda beriladi:
▶️fizika fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 3 ta topshiriq berilib, barcha topshiriqlar 10 balldan, umumiy 30 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 20 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi;

▶️biologiya fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish va bioinformatika yo‘nalishida amaliy ish topshiriqlari beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga nazariy test hamda biokimyo va molekulyar biologiya yo‘nalishida amaliy ish topshiriqlari beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi hamda 3,5 soat vaqt ajratiladi;

▶️matematika fanidan – saralash olimpiadasida ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 3 tadan masala berilib, har bir masala 7 ball, barcha masalalar umumiy 42 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4,5 soatdan vaqt beriladi;

▶️kimyo fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

▶️informatika va axborot texnologiyalari fanidan – saralash olimpiadasi 4 kun davomida onlayn tizimda tashkil qilinadi hamda ishtirokchilarga har kuni 3 tadan masala beriladi. To‘liq ishlangan va axborot tizimida avtomatik tarzda qabul qilingan har bir masala 100 balldan, barcha masalalar umumiy 1200 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga har kuni 5 soatdan vaqt beriladi. Ishtirokchilarning natijalari faqat to‘plagan ballari asosida shakllantiriladi, ya’ni noto‘g‘ri urinishlar uchun jarima ballari berilmaydi. Ishtirokchilar masalalarni bajarish uchun dastur kodlarini faqat C++ dasturlash tilida yozishlari talab etiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari Adigeya Respublikasida o'tkazilgan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Medal sohiblari bilan tanishing:

▶️ Axtamov Ozod - 🥇oltin medal, Toshkent shahar , Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o’quvchisi;

▶️Zohidjonov
Elbek - 🥈 kumush medal, Toshkent shahar , Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o’quvchisi.

▶️Suyunova Madina - 🥉bronza medal, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-Umumta'lim maktabi 11-sinf o’quvchisi;

▶️Boboqulov Asadbek  - 🥉bronza medal Toshkent shahar, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi ;

Barchani ushbu g‘alaba bilan ishtirokchilarni hamda ularning ustoz va ota-onalarini muborakbod etamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
#fotolavhalar
🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari hamda guruh rahbari Boltayev O‘tkir Xudayberdiyevichni qo‘lga kiritgan medallar bilan muborakbod etamiz !

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram