Fan olimpiadalari
31.7K subscribers
3.13K photos
149 videos
725 files
1.88K links
🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi

Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep
Download Telegram
O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro yig‘inda ishtirok etmoqda.

🔷Matematika fanidan O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 15-iyun – 3-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida dunyoning 31 mamlakatidan 340ga yaqin terma jamoa a‘zolari va trenerlari qatnashadigan “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da ishtirok etmoqda.

🔷Mazkur xalqaro tayyorgarilk, 2-marta Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil qilingan intellektual oromgoh Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi(IMO) oldidan ishtirokchi mamlakat vakillariga juda samarali va foydali tadbir deb hisoblanmoqda.

🔷Armaniston, Ozarbayjon, Botswana, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Kamerun, Kanada, Kosta-Rika, Estoniya, Gana, Vengriya, Eron, Italiya, Qirg'iziston, Litva, Mavritaniya, Meksika, Moldova, Mongolyia, Pokiston, Peru, Polsha, Ruminiya, Rwanda, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika, Serbiya, Tailand, Uganda, O‘zbekiston, Xitoy mamlakat terma jamoalari va ishtirokchilari qatnashayotgan intellektual oromgohda xalqaro olimpiadalarda yuqori natijalar qayd etgan, dunyo tan olgan matematiklar iqtidorli yoshlar bilan kombinatorika, algebra, sonlar nazariyasi va geometriya kabi yo'nalishlarda o'quv mashg'ulotlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 11-22 iyul kunlari Angliyaning Bat shahrida 65-Xalqaro matematika olimpiadasi tashkil qilinadi. Terma jamoamiz a'zolaridan mazkur nufuzli olimpiadada yuqori natijalarni kutib qolamiz va ularga omad tilaymiz.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

Matematika bo’yicha O’zbekiston yoshlar terma jamoasi Ilk bor O’smirlar o’rtasidagi Balkan matematika olimpiadasida (JBMO) ishtirok etish uchun Antalyaga jo’nab ketdi.

😄Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:

⚡️Abdulaziz Radjabov — Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi;

⚡️Ergashev Sarvarbek — Andijon viloyati, Marhamat tumuni ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o’quvchisi;

⚡️Mamajonov Azizbek — Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumani  3-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi;

⚡️Ikrom Hasanov — Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani 68-sonli umuta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi;

⚡️Abdusalomov Umidjon — Andijon viloyati, Andijon shahar 1-son ixtisoslashgan maktab internati , 8-sinf o'quvchisi;

⚡️Anvarov Javohir — Surxondaryo viloyati Angor tumani 3-sonli umuta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO) yakuniy natijalari e’lon qilindi.

Joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o’tkazilgan o’smirlar o’rtasida 28-Bolqon Matematika olimpiadasida Albaniya, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya,  Bolgariya, Ukraina, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Xoravatiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Montenegro, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Ruminiya, Turkiya  kabi mamlakatlardan jami 135 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi

28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi yakuniy natijalariga ko‘ra o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 🥈3ta kumush, 🥉3 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.

Sovrindorlarimiz bilan tanishing:

⚡️Ergashev Sarvarbek — Andijon viloyati, Marhamat tumuni ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o’quvchisi  - 🥈 Kumush medal

⚡️Anvarov Javohir —  Surxondaryo viloyati Angor tumani 3-sonli umuta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi  - 🥈 Kumush medal

⚡️Mamajonov Azizbek — Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumani  3-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi  - 🥈 Kumush medal

⚡️Abdulaziz Radjabov — Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi - 🥉 Bronza medal

⚡️Ikrom Hasanov — Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani 68-sonli umuta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi -🥉 Bronza medal

⚡️Abdusalomov Umidjon — Andijon viloyati, Andijon shahar 1-son ixtisoslashgan maktab internati , 8-sinf o'quvchisi - 🥉 Bronza medal

Barcha g’oliblarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini tabriklaymiz!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

✔️ Joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkazilgan 28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO)da ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi.

⚡️O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

🏆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro yig‘inda ishtirok etmoqda.

🔷Fizika fanidan O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 1- 20-iyul kunlari Rossiyada tashkil etilayotgan nufuzli xalqaro fizika olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish va kuchaytirilgan o‘quv mashg'ulotlarida ishtirok etish uchun Moskva shahriga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21-29-iyul kunlari Eron davlatida nufuzli 54-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) tashkil qilinadi. Terma jamoamiz a'zolaridan mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada yuqori natijalarni kutib qolamiz va ularga omad tilaymiz.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣 XUSHXABAR

Matematika bo‘yicha terma jamoamiz a’zolarining barchasi medallarni qo’lga kiritdi!

Xitoyda xalqaro yig‘inda ishtir
ok etayotgan Matematika bo’yicha O‘zbekiston terma jamoasi intellektual oromgoh qatnashchilari o’rtasida o’tkazilgan xalqaro olimpiadada 🥈1 ta kumush va 🥉5 ta bronza medallarini qo’lga kiritdi.

⚠️Eslatib o’tamiz, joriy yilning 15-iyun – 3-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida dunyoning 31 mamlakatidan 340ga yaqin terma jamoa a‘zolari va trenerlari “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro tayyorgarilk 2-marta Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, joriy yil 11-22 iyul kunlari Angliyaning Bat shahrida o’tkaziladigan 65-Xalqaro matematika olimpiadasi oldidan o’ziga xos sinov vazifasini bajarmoqda. Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi(IMO) oldidan ishtirokchi mamlakat vakillariga juda samarali va foydali tadbir.


Natijalar bilan tanishing:


⚡️Axtamov Ozodbek To‘lqinovich –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - 🥈 Kumush medal

⚡️Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

⚡️G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

⚡️Suyunova Madina Muhiddin qizi –  Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

⚡️Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

⚡️ Jaylovov To‘lqin Turdimurodovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

Terma jamoamiz barcha a'zolarining medallarni qo'lga kiritayotgani yaxshi an'anaga aylanmoqda, yaqindagina Antalyada o‘tkazilgan O'smirlar o'rtasida Balkan matematika olimpiadasida ham 6 ishtirokchining barchasi medallarni (3 ta kumush, 3 ta bronza) qo'lga kiritgan edi.

Terma jamoamiz a'zolaridan mazkur nufuzli olimpiadada oltin medallarni kutib qolamiz!

Yaxshi niyat qilaylik, IMOda oltin medal nasib qilsin!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston terma jamoasi nufuzli xalqaro biologiya olimpiadasida ishtirok etish uchun Qozog'istonga yo'l oldi.

Joriy yilning 7-14-iyul kunlari Qozog'istonning Ostona shahrida tashkil etilayotgan 35-Xalqaro biologiya olimpiadasida dunyoning 80 ta davlatidan 320 dan ortiq o'quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Yurtimiz sharafini himoya qiluvchi yoshlarimiz bilan tanishing:
Ahtamova Mehrangiz Anvar qizi   Navoiy viloyati, Navoiy shahar   ITMA PM   11-sinf o'quvchisi;
Amirqulov Rahmatilla Shokir o‘g‘li Jizzax viloyati, Jizzax shahar  JizDPU AL  11-sinf o'quvchisi;
Yoqubjonov Abdurahmon Tohirjon o‘g‘li Toshkent shahar, Olmazor tumani   ITMA Ibn Sino TIM  10-sinf o'quvchisi;
Qurbonboyev Sardor Sunnatilla o‘g‘li Toshkent shahar, Olmazor tumani  ITMA Ibn Sino TIM  11-sinf o'quvchisi;

Terma jamoamiz a'zolariga omad yor bo'lsin!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Matematika bo’yicha O’zbekiston  terma jamoasi 65-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun Angliyaga jo’nab ketdi.

Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada dunyoning 110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

Axtamov Ozodbek To‘lqinovich –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;

Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi;

G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi;

Suyunova Madina Muhiddin qizi –  Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi;

Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;

Jaylovov To‘lqin Turdimurodovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi.

Terma jamoamiz a'zolariga omad yor bo'lsin!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni damda Germaniyaning Gyottengen shahrida Xalqaro nemis tili (IDO-2024) olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda.

Olimpiada an’anaviy tarzda tashkil etilgan va unda dunyoning 62 ta davlatidan 100 dan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishmoqda.

Olimpiada 3 bosqichdan iborat, o'quvchilar maqola yozish, guruh shaklida va yakka tartibda taqdimotlar tayyorlash orqali o'z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

O‘quvchilar bilim darajasidan kelib chiqqan holda 3 ta guruhga ajratiladi (А2, В1, В2).

Mazkur Olimpiadada O‘zbekistondan Andijon shahri, 4-sonli maktab 10-sinf o‘quvchisi Rayyona Ibrohimova ham qatnashmoqda.

O‘quvchimizga omad va olimpiadada yuqori natijalarga erishishni tilab qolamiz!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣 XUSHXABAR

O’zbekiston  terma jamoasi 65-Xalqaro matematika olimpiadasida 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi
.

Olimpiadada dunyoning 110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi.

Medal sohiblari bilan tanishing:

🥉 Ozobek Axtamov –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal,

🥉Rasulbek G‘affarov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal,

🥉 Madina Suyunova
—  Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi — bronza medal,

🥈 Elbek Zohidjonov
—  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal,

🥈 To’lqin Jaylovov – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi— kumush medalni qo’lga kiritdi.

Barcha o’quvchilarimizni tabriklab, ularning kelgusi ishlarida ham omad tilaymiz!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
📣📣📣 XUSHXABAR

O’zbekiston  terma jamoasi 65-Xalqaro matematika olimpiadasida 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi
.

Dunyoning 110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etgan mazkur olimpiadada yurtimizning yosh va iqtidorli o‘quvchilari munosib ishtirok etdilar va ushbu  qo‘lga kiritilgan medallar bilan barcha o‘quvchilarimizni va ularning ota-onalari hamda ustozlarini muborakbod etamiz.

Medal sohiblari bilan tanishing.

Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - Kumush medal sohibi;

Jaylovov To‘lqin Turdimurodovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi— Kumush medal sohibi;

Suyunova Madina Muhiddin qizi –  Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi— Bronza medal sohibi;

Axtamov Ozodbek To‘lqinovich –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - Bronza medal sohibi;

G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi- Bronza medal sohibi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM