Fan olimpiadalari
31.7K subscribers
3.14K photos
149 videos
725 files
1.88K links
🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi

Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep
Download Telegram
🟨🟨🟨🟨🟨

⭐️20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI

😄Joriy yilning 7-13 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Serbiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog'iston, O’zbekiston) 680 nafar o'quvchilar (matematika fanidan - 286 nafar, fizika fanidan - 194 nafar, informatika fanidan - 200 nafar) ishtirok etdi

Ushbu olimpiadada 🥇2 ta oltin, 🥈 3 ta kumush va 🥉9 ta bronza jami 14 ta medal qo‘lga kiritildi!

Mazkur olimpiadada Informatikadan ilk marta oltin medalga erishildi.

Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

Informatika:

🥇Asilbek Sunnatov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi- oltin medal;

🥈Husanboy Mansuraliyev - Namangan viloyati, Prezident maktabi 11-sinf o’quvchisi-kumush medal;

Matematika:

🥇Madina  Suyunova - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o’quvchisi- oltin;

🥈Asadbek  Boboqulov - Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi - kumush;

🥈Begzod  Xoshimjonov - Andijon viloyati, Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi - kumush;

🥉Behruzbek Elmurodov  - Qashqadaryo viloyat,   Mirishkor tumani, 21-maktab 10-sinf o’quvchisi - bronza medal;

🥉Maqsadbek  Egamberdiev - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Asilbek  Abduqayumov -Toshkent shahar, Westminster akademik litseyi 2-bosqich o’quvchisi— bronza medal;

🥉Elbek  Zohidjonov -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Farhod  Ochilov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Nurmuhammad  Otamurodov - Buxoro viloyati, Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Ozodbek  Axtamov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi—  bronza medal;

🥉Azizbek Mamajanov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani 3-maktab 8-sinf o’quvchisi - bronza medal;

🥉Ozodbek Orifjonov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-maktab 10-sinf o’quvchisi -  bronza medal.


Eslatib o’tamiz, 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi onlayn formatda tashkil qilingan bo’lib, unda o‘zbekistonlik o'quvchilar 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan edi.

TABRIKLAYMIZ!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fotoreportaj

20-Xalqaro Jautikov olimpiadasi g’olib va sovrindorlari Toshkent Xalqaro aeroportida kutib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🇰🇷 Koreys tili olimpiadasiga start berildi.

⚡️Avval xabar berganimizdek, Januniy Koreyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamda Koreya Ta’lim markazi bilan hamkorlikda 2024-yilning 20-yanvar kuni Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ilk bora Koreys tili olimpiadasi tashkil etilmoqda.

😄Olimpiadada 250 nafar respublikamiz umumta’lim maktablarining o’quvchilari ishtirok etmoqda.

😄O’quvchilarga turli qiyinlik darajasidagi va koreys tilini bilish darajasini aniqlashga qaratilgan ochiq test savollari taqdim qilinadi.

😄Olimpiada jarayonlari soat 09:00 da start berilgan va 12:00 gacha davom etadi. Ishtirokchilarga eshitish ko'nikmasi uchun 40 ta test va o'qish va grammatika uchun 40 ta test berilib jami 180 daqiqa vaqt ajratiladi.

🏆Janubiy Koreya elchixonasi va Koreya ta’lim markazi tomonidan Olimpiada g‘oliblari quyidagicha bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin: 6 000 000 so‘m;
🥈2-o‘rin: 4 500 000 so‘m;
🥉3-o‘rin: 3 500 000 so‘m;
4-10-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga esa 1 000 000 so‘m.


😄Olimpiadaning taqdirlash marosimi bugun soat 15:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib pul mukofotlari va qimmatbaho sovg’alar bilan mukofotlanadi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Olimpiada

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Koreya Ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk bora Koreys tili olimpiadasi bo'lib o'tdi.

📍Unda butun Respublikamizdan kelgan o'quvchilar o'z bilimlarini sinab ko'rishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra:

🥇Robiya Oybekova - Andijon viloyati, Shahrihon tumani, 1-sonli maktab o'quvchisi - 1-o'rinni,
🥈Ahmadullo Subhanov - Buxoro viloyati, Buxoro shahri 42-sonli maktab o'quvchisi - 2-o'rinni,
🥉Kim Artur - Toshkent shahar Mirobod tumani MATES nodavlat ta’lim muassasasi o'quvchisi - 3-o'rinni egallashdi.

Shuningdek:
Muhammad No'monxo'jayev - Namangan shahar 34-maktab o'quvchisi 4-o'rinni,
Diana Razmatova - Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani 35-sonli maktab o'quvchisi 5-o'rinni,
Iroda Rahimova - Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani 190-sonli maktab o'quvchisi 6-o'rinni,
Lazokatxon Inagamova - Toshkent shahar, Yashnobod tumani 145-sonli maktab o'quvchisi 7-o'rinni,
Kim Kristina - Toshkent viloyati, O'rta Chirchiq tumani 54-sonli maktab o'quvchisi 8-o'rinni,
Ramzbek Boymurodov - Toshkent shahar, Shayxontohur tumani 167-sonli maktab o'quvchisi 9-o'rinni,
Ruxshonaxon Marufova - Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumani Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'quvchisi 10-o'rinni qo'lga kiritishdi.

Olimpiada g‘oliblari quyidagicha bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

🥇1-o‘rin: 6 000 000 so‘m;
🥈2-o‘rin: 4 500 000 so‘m;
🥉3-o‘rin: 3 500 000 so‘m;
❗️4-10-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga esa 1 000 000 so‘m.

⚡️Shuningdek, 1-5-o’rin sohiblari Koreyaga ta’lim sayohatiga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

❗️
Bunda barcha mukofot va ta’lim sayohati xarajatlari Koreya ta’lim markazi tomonidan qoplanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram