Fan olimpiadalari
29.4K subscribers
3.11K photos
143 videos
724 files
1.86K links
🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi

Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep
Download Telegram
#Xalqaro_olimpiada

35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etgan terma jamoamiz a'zolari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari hamda ota-onalar va ustozlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

❗️Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz a'zolari Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida yurtimiz tarixidagi ilk medallarini qo‘lga kiritishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from ZIYO FORUM
Ну что вы готовы? 🤩🥳

В честь первого школьного звонка Ziyo Forum запускает долгожданный «Ziyolilar» топ 100 школьных лидеров 🏆📚

Зарегистрироваться для участия в отборе вы можете в телеграмм боте : https://t.me/ZiyolilarschoolBot
Forwarded from ZIYO FORUM UZ
Xo'sh, tayyormisiz? 🤩🥳

Birinchi qo‘ng‘iroq munosabati bilan Ziyo Forum uzoq kutilgan “Ziyolilar” 100 ta eng yaxshi maktab sardorlarini e’lon qiladi 🏆📚

Tanlovda ishtirok etish uchun telegram bot orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: https://t.me/ZiyolilarschoolBot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tmoqda.

❗️
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g’oliblikni qo’lga kiritgan 13 nafar o’quvchimizni taqdirladi.

✔️Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq nufuzli xalqaro olimpiadalarda:

🥇 oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga BHMning 500 baravari (165 mln so‘m), ustoziga 450 baravari (148,5 mln so‘m);
🥈kumush medal uchun — o‘quvchi BHMning 300 baravar miqdori (99 mln so‘m), ustoziga 250 baravar (82,5 mln so‘m),
🥉bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

📍 Tadbir davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi davom etmoqda.

⚡️ Mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g’oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev, akademik Abdulla A’zamov tomonidan taqdirlandi.

❗️Ma'lumot o'rnida, bu yil o'quvchilarimiz mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda jami 52 ta medalni qo'lga kiritishgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Taqdirlash_marosimi
#Fotoreportaj

2022/2023-oʻquv yili davomida nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj.
_______

⚡️
Фоторепортаж с церемонии награждения учащихся-победителей престижных и региональных международных предметных олимпиад в 2022/2023 учебном году и их преподавателей.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
«Орзум олимпиадада медал олиш эди» — Ўзбекистон учун тарихий натижа қайд этган информатика олимпиадачилари билан интервю

Халқаро информатика олимпиадасида Ўзбекистон илк медалларини қўлга киритди. 11-синф ўқувчилари 2 та бронзага эга чиқди. Улардан бири «Халқаро информатика олимпиадасида дастурлаш ва компютердан фойдаланишда яхши кўникмага эга бўлиш етарли. Шунда ҳам баланд натижа қайд этиб, бронза, ҳатто кумушни олиш мумкин», дейди. Kun.uz олимпиадада катта натижа кўрсатган ўқувчиларнинг муваффақияти калити, ўй-хаёллари, бу йўлдаги машаққатлари ва келажакдаги режалари ҳақида суҳбат ташкил қилди.

📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ
10 ta davlat grantlaridan birini yutib oling!

🎓
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining kunduzgi ta’lim shakli abituriyentlari endi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 10 ta davlat grantlaridan birini qo‘lga kiritishlari mumkin:

👉 Matematika va informatika – 5 ta;
👉 Psixologiya – 5 ta.

Matematika va informatika yo‘nalishi uchun imtihon universitet binosida matematika fanidan 23-sentyabr kuni soat 09:30 da yozma ish shaklida. Psixologiya yo‘nalishi uchun 24-sentyabr kuni soat 09:30 da biologiya, ona tili va adabiyot fanlaridan test shaklida bo‘lib o‘tadi.

Ilmiy salohiyati yuqori universitetda o‘qish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti qabul jarayonlarini amalga oshirishda abituriyentlar uchun pullik xizmatlar ko‘rsatuvchi hech qanday konsalting firmalari yoki boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatmagan!

💻 Onlayn hujjat topshirish: aifu.uz/Admission

☎️ Call markaz: +998951502222, +998991502228

✈️ Telegram orqali murojaat: Operator1, Operator2

📍 Manzil: Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi

🗺 Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi
(Litsenziya 055982-son, 28.12.2022y)

Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 Youtube | 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️DIQQAT‼️

Asosiy fan olimpiadasining maktab bosqichi natijalarini oo.uzedu.uz tizimiga kiritish 25-sentabr kuni ochiladi.

Axborot xavfsizligini kuchaytirish maqsadida tizimdagi barcha parollar yangilangan. Yangi login parolingizni bilish uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hududiy boshqarmasiga murojaat qilishingiz so'raladi.

oo.uzedu.uz tizimiga 9-10-11-sinf kesimida har bir fandan tuman(viloyat) bosqichida ishtirok etuvchi o'quvchilaringiz haqida ma'lumotlarni kiritishingiz yetarli.
📹https://youtu.be/tlF7qpxdvZM

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Onlayn olimpiadalar davom etadi!

⚡️ Joriy yilning 1️⃣6️⃣OKTABR kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📘Ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

🗣 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi «Milliy texnologik tadqiqotlar» Olmaliq shahridagi filiali (MISIS) universitet tomonidan “МИСИС зажигает звёзды” deb nomlangan olimpiada o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgan.

Mazkur olimpiadada umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari informatika va axborot texnologiyalari, matematika, fizika va kimyo fanlari bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin.

Joriy yilning 1-noyabrdan 30-noyabrgacha saralash bosqichi hamda 9-dekabrdan 23-dekarbga qadar yakuniy bosqich o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati 31-oktabrgacha belgilangan. Olimpida jarayonlari onlayn tarzda tashkil etiladi. Olimpiadada qatnashish bepul.

Olimpiadada ishtirok etish uchun http://mzz.misis.ru/registratsiya-2/ veb sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib olimpiada nizomi bilan http://mzz.misis.ru/about/document/ havola orqali tanishishingiz mumkin.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 ASOSIY OLIMPIADANING II (TUMAN/SHAHAR) BOSQICHI YAQINLASHMOQDA.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM