Fan olimpiadalari
29.4K subscribers
3.11K photos
143 videos
724 files
1.86K links
🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi

Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep
Download Telegram
Fan olimpiadalari
Video
65-Xalqaro matematika olimpiadasi Buyuk Britaniyada bo’lib o’tadi

Yaponiya terma jamoasi Buyuk Britaniya jamoasiga olimpiada bayrog’ini topshirdi
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

Yaponiyaning Chibo shahrida bo'lib o'tgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) 3 ta bronza medalini qo’lga kiritgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib kelishdi.

❗️
O’quvchilarimiz Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev, vazirlik mas’ullari va ota-onalar tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

#Japan #Math #13_July

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧬To'rt nafar iqtidorli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO-2023) ishtirok etish uchun 🇨🇭Shveytsariyaga jo‘nab ketdi.

❇️Joriy yil 16-25-iyul kunlari 55-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO) ga Shveytsariya davlati mezbonlik qilmoqda. Xalqaro kimyo olimpiadasiga 87 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Terma jamoa tarkibi:
Mahmudov Abdulloh-Toshkent sh., Uchtepa tumani, 81-maktab, 10-sinf;
Dilmurodov Sohibjon-Toshkent sh., Prezident maktabi 10-sinf;
Hakimova Shahzoda -Toshkent sh, Olmazor tumani, Abu Ali Ibn-Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, 11-sinf;
Nazarov Azizbek - Toshkent sh, Olmazor tumani, Abu Ali Ibn-Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, 11-sinf;

Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
⚡️Joriy yilning 10-17-iyul kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida 91 ta mamlakatdan jami 400 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)da O‘zbekistonlik o'quvchi bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Sovrindor o‘quvchimiz bilan tanishing:

🥉Sultonov Javoxir Xurshidovich-Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o’quvchisi

❗️Yoshlarimiz tomonidan Xalqaro fizika olimpiadasida(IPHO) qo’lga kiritilgan ushbu medal O’zbekiston tarixidagi 3-bronza medali hisoblanadi.
Terma jamoamiz a’zolari mazkur nufuzli musobaqada 2015-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va hozirga qadar jami 3 ta bronza medallari (2018,2021,2023) qo’lga kiritilgan.

TABRIKLAYMIZ!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin, kumush va oltin medallarga sazovor bo’lish nasib qilsin!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

✈️ Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO 2023) 1 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib kelishdi.

✔️O’quvchilarimiz vazirlik mas’ullari, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi va ota-onalar tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

#Japan #Fizika #18_July

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Onlayn olimpiadalar davom etadi!

⚡️ Joriy yilning 2️⃣6️⃣-3️⃣1️⃣-IYUL kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📘Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

🗣 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 XUSHXABAR

❤️‍🔥Joriy yil 16-25-iyul kunlari Shveytsariya davlatida 90 ga yaqin davlatlardan 350 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etgan 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) 🇺🇿o‘zbekistonlik o‘quvchilar 🥇2️⃣ ta oltin, 🥈1️⃣ta kumush, 🥉1️⃣ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Sovrindor o‘quvchilarimiz bilan tanishing.
🥇Nazarov Azizbek - Toshkent sh., Olmazor tumani, Abu Ali Ibn-Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
🥇Mahmudov Abdulloh-Toshkent sh., Uchtepa tumani, 81-maktab, 10-sinf o‘quvchisi;
🥈Hakimova Shahzoda -Toshkent sh, Olmazor tumani, Abu Ali Ibn-Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Dilmurodov Sohibjon-Toshkent sh., Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;

😄TABRIKLAYMIZ!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yoshlarimizga omad tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM