Fan olimpiadalari
31.7K subscribers
3.14K photos
149 videos
725 files
1.88K links
🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi

Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep
Download Telegram
Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichiga start berildi.

🔹Bugun Ona tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Oʻzbek tili va adabiyoti, Qozoq tili, Tojik tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Tarix hamda Geografiya fanlaridan Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi Farg‘ona viloyatida tashkil etilmoqda.

Mazkur olimpiadada asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichida 11-sinf o‘quvchilari orasida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan 264 nafar o'quvchilar ishtirok etmoqda. Olimpiada natijalariga ko'ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o'quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq pul mukofotlari va g‘oliblikni qo'lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal bal beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar. G‘oliblarning ustozlari tegishincha BHMning 50,35,30 baravari miqdorida (16,5 mln, 11,55 mln, 9,9 mln) bir martalik pul mukofotlari bilan mukofotlanadi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

📹Ushbu havola orqali jarayonlarni onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.
👉https://youtube.com/live/uiOiFH6r2FU?feature=share
Umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan Аl-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning respublika bosqichini o‘tkazish tartibi

❇️ Olimpiadaning respublika bosqichida mazkur olimpiadaning hududiy bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan (8-sinfdan 2 nafar va 7-sinfdan 1 nafar) 7-8-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi.

🔸Olimpiada 2 kun davomida tashkil qilinadi.
1️⃣ Birinchi kuni
barcha fan (fizika, kimyo va biologiya) yo‘nalishlari bo‘yicha turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriqdan iborat yozma ish beriladi va uni bajarish uchun 180 daqiqa vaqt ajratiladi. Topshiriqlar jami 50 ball bilan baholanadi.
2️⃣ Ikkinchi kuni barcha fan (fizika, kimyo va biologiya) yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilarga jami 20 ta, jumladan 10 ta yopiq (har biri 1,9 balldan) va 10 ta ochiq (har biri 3,1 balldan) test savollari beriladi, bunga 80 daqiqa vaqt ajratiladi hamda 50 ball bilan baholanadi.

‼️Ballari teng bo‘lib, sovrinli o‘rinlarga bir necha ishtirokchi da’vogarlik qilgan taqdirda yozma ish qismidan yuqori natija qayd etgan nomzod ustunlikka ega bo‘ladi.
🎯 Agar yozma ish bo‘yicha ballari ham teng bo‘lganda test topshiriqlarining 3,1 ball beriladigan qismidan yuqori ball to‘plagan o'quvchi ustunlikka ega bo'ladi. Agar barcha ballari teng kelib qolsa g‘oliblikka daʼvogar ishtirokchilarga qo‘shimcha 5 ta yopiq test topshiriqlari taqdim qilinadi va buning natijasida yuqori natija qayd etgan nomzod ustunlikka ega bo‘ladi.

Har bir fandan 7 - 8-sinf o‘quvchilariga bir xil topshiriqlar beriladi. Ballar ketma-ketligi bo‘yicha yuqori natija qayd etgan 8-sinfdan 2 nafar va 7-sinfdan 1 nafar, jami 3 nafar ishtirokchilar g‘olib deb topiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
#Eslatma

Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi

🟢 TOSHKENT SHAHRI BO‘YICHA
MA'LUMOT

Yuqoridagi jadvalga ko‘ra Toshkent shahrida tashkil qilinadigan 🔹Matematika va 🔹Informatika fanlaridan Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 🔴18 may 18-00 ga qadar Toshkent shahrida joylashgan Amity universitetiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

🔸Ingliz,🔸 Nemis va 🔸Fransuz tili fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 🔴20 may 18-00 gaqadar Toshkent shahrida joylashgan Amity universitetiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

📅O‘tkazilish sanalari: 2023-yil, 19-22-may
📍Geolokatsiya: Toshkent shahrida joylashgan Amity universiteti
📞Vazirlikdan biriktirilgan mas’ul: O.Karimov +998914586973

🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺

🟢 BUXORO VILOYATI BO‘YICHA MA'LUMOT

Yuqoridagi jadvalga ko‘ra Buxoro viloyatida tashkil qilinadigan 🔹Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 🔴18 may 17-00 ga qadar Buxoro shahrida joylashgan 23-son maxsus maktab-internatiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

Buxoro viloyatida tashkil qilinadigan 🔹Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadada ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 🔴20 may 18-00 gaqadar Buxoro shahrida joylashgan 23-son maxsus maktab-internatiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

📅O‘tkazilish sanalari: 2023-yil, 18-22-may
📍Geolokatsiya: 23-son maxsus maktab-internatiga
📞Buxoro viloyat boshqarmasidan mas’ul: A.Rustamova 93-454-46-00, 97-302-14-02
📞Vazirlikdan biriktirilgan mas’ul: Sh.Ishmuradov +998992451027

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi davom etadi.

🟢 Bugun matematika, informatika va axborot texnologiyalari, ingliz tili, fransuz tili, nemis tili fanlaridan Toshkent shahrida va kimyo, biologiya, fizika fanlaridan Buxoro shahrida Asosiy olimpiadaning respublika bosqichiga start berildi.

Mazkur olimpiadada asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichida 11-sinf o‘quvchilari orasida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan 336 nafar o'quvchilar ishtirok etmoqda. Olimpiada natijalariga ko'ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o'quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq pul mukofotlari va g‘oliblikni qo'lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal bal beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar. G‘oliblarning ustozlari tegishincha BHMning 50,35,30 baravari miqdorida (16,5 mln, 11,55 mln, 9,9 mln) bir martalik pul mukofotlari bilan mukofotlanadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep