Fan olimpiadalari
25.2K subscribers
3.09K photos
141 videos
724 files
1.84K links
🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi

Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep
Download Telegram
#Mendeleyev_olimpiadasi
#Fotoreportaj

⚡️⚡️⚡️ Qozog'istonning Ostona shahrida bo'lib o'tgan 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etgan va g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

📍 Xabar berganimizdek, ushbu olimpiadada o’quvchilarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo’lga kiritishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Olimpiada
#Matematika

📍O’zbekiston terma jamoasi ilk bor Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etadi

Joriy yilning 8-13 may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida 40-Bolqon Matematika olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiadada Albaniya, Aljir, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya, Chernogoriya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Italiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Turkmaniston, Turkiya mamlakatlaridan jami 132 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etadi.

❗️O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada birinchi marta ishtirok etmoqda. Olimpiada bir bosqichda tashkil qilinib, Ishtirokchilarga xalqaro olimpiadalar metodologiyasi asosida yaratilgan kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriya va algebra yo’nalishlarida 4 ta masala taqdim qilinadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt ajratiladi, har bir masala 10 balldan baholanadi.

Terma jamoamiz a’zolari bilan tanishing:

Raxmatov Anvarbek
-Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Xalilov Suxrob - Navoiy shahar, 1-son PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
G‘afforov Rasulbek-Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, 144-maktab 8-sinf o‘quvchisi;

Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi hamda Al-Xorazmiy nomidagi olimpiada.

‼️Matematika
fanidan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiada 29 may-3 iyun kunlari Toshkent shahrida xorijiy mamlakatlar maktablarining iqtidorli o‘quvchilari ishtirokida xalqaro darajada o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Bu haqda yana qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi

🟢 FARG‘ONA VILOYATI BO‘YICHA
MA'LUMOT

Yuqoridagi jadvalga ko‘ra Fargʻona viloyatida tashkil qilinadigan Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 🔴14 may 17-00 ga qadar Fargʻona viloyati Quva tumanida joylashgan, Aniq fanlar va xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

📅O‘tkazilish sanalari: 2023-yil, 14-17-may
📍Geolokatsiya: Aniq fanlar va xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📞Farg‘ona viloyat boshqarmasidan mas’ul: A.G‘aniyev +998972094110
📞Vazirlikdan biriktirilgan mas’ul: Sh.Ishmuradov +998992451027

🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺

🟢 TOSHKENT SHAHRI BO‘YICHA MA'LUMOT

Yuqoridagi jadvalga ko‘ra Toshkent shahrida tashkil qilinadigan 🔹Matematika va 🔹Informatika fanlaridan Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 🔴18 may 18-00 ga qadar Toshkent shahrida joylashgan Amity universitetiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

🔸Ingliz,🔸 Nemis va 🔸Fransuz tili fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 🔴20 may 18-00 gaqadar Toshkent shahrida joylashgan Amity universitetiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

📅O‘tkazilish sanalari: 2023-yil, 19-22-may
📍Geolokatsiya: Toshkent shahrida joylashgan Amity universiteti
📞Vazirlikdan biriktirilgan mas’ul: O.Karimov +998914586973

🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺

🟢 BUXORO VILOYATI BO‘YICHA MA'LUMOT

Yuqoridagi jadvalga ko‘ra Buxoro viloyatida tashkil qilinadigan 🔹Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 🔴18 may 17-00 ga qadar Buxoro shahrida joylashgan 23-son maxsus maktab-internatiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

Buxoro viloyatida tashkil qilinadigan 🔹Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadada ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 🔴20 may 18-00 gaqadar Buxoro shahrida joylashgan 23-son maxsus maktab-internatiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.

📅O‘tkazilish sanalari: 2023-yil, 18-22-may
📍Geolokatsiya: 23-son maxsus maktab-internatiga
📞Buxoro viloyat boshqarmasidan mas’ul: A.Rustamova 93-454-46-00, 97-302-14-02
📞Vazirlikdan biriktirilgan mas’ul: Sh.Ishmuradov +998992451027

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Forwarded from UzMathCommunity (Utkir Boltaev)
2023-yil Bolqon matematika olimpiadasi savollari
🎉 11-17-iyun kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi Xorazm viloyati Xiva shahrida o‘tkaziladi.

🧪
Olimpiadada xorijiy mamlakatlardan terma jamoalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Qo'shimcha ma'lumotlardan xabardor bo'lish uchun kanalimizni kuzatib borishni tavsiya etamiz.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
#Olimpiada
#Matematika

🎉🎉🎉XUSHXABAR🎉🎉🎉

📍Olti nafar O’zbekistonlik ishtirok etgan Bolqon Matematika Olimpiadasida 4 ta bronza medali qo'lga kiritildi.

Joriy yilning 8-13 may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O’zbekistonlik ishtirokchilar tomonidan 🥉 4 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.

Ushbu g'olib o‘quvchilar bilan tanishing:
🥉Raxmatov Anvarbek -Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
🥉Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;

Mazkur g‘alaba bilan o‘quvchilarimizni, ularning ustozlarini hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etamiz!!!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
#Olimpiada

Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etgan va g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

📍 Eslatib o’tamiz, Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O’zbekistonlik ishtirokchilar 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

#Fotoreportaj #Matematika

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Olimpiada

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etgan va g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilarimiz tantanali tarzda kutib olindi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep