Olimjon Haydarov
7.06K subscribers
2.8K photos
2.06K videos
27 files
677 links
Шахсий блог.
Шахсий қарашларим, воқеаларга шахсий муносабатларим.
@olimjon1115 - Мурожаат ва таклифлар учун
Download Telegram
1. Sodiqov Vohidjon ,,Hududgaz Farg'ona" filiali sobiq raxbari.
Olimjon Haydarovga qo'yilgan ayblarning eng kuchli bo'lgani shu . Sababi 1 ariza  1guvoh ko'rsatmasi (xatto shu ikki hujjatda xam farqlar mavjud) dan boshqa  hech qanday dalil , asos bo'lmasa xam jinoiy ish ochib , ayblov e'lon qilingan. Faraz qiling, ,,Ali ,,G'ani meni shantaj qildi , men Valiga pul berdim , Vali pulni g'aniga olib borib berdi' degan tushuntirish xatining o'ziga asoslanib  «G'ani»ni qamashmoqda. xech qanday dalil yo'q. Bir dona ham. Shunchaki 2ta tushuntirish xati va majburan olingan ariza bor xolos. undan tashqari Sodiqov va Olimjon o'rtasidagi munosabat yaxshi bo'lgan. 31.10.2023 kungi sud  majlisida ham V.Sodiqov  Olimjon Haydarovga xechqanday xusumati va adovati  yo'qligini qayta-qayta takrorlagan. Safardan qaytnda  uni chaqirib ariza yozdirishgani, IIB xodimlariga Olimjondan da'vosi yo'qligini aytgani xaqida ko'rsatma bergan. Uning bu so'zlari sud majlisi bayonnomasidan ,,Tasodifan" tushib qolmaydi degan umiddamiz. V. Sodiqov  Olimjon Haydarovni aybdor demasada , negadir dastlabki tergovda uning nomidan boshqa ko'rsatmalar yozib olingan Malumotlarga qaraganda bu ishni avvaliga ishga qo'shishmoqchi bo'lishmagan , lekin  shaxsan Farg'ona viloyat IIB tergov boshqarmasi boshlig'i polkovnik M.A SATTOROV  bu arizani ham Olimjon Haydarov ishiga qo'shishni talab qilgan. U bunday talab Farg'ona viloyati DXX tomonidan  qo'yilganini ham aytib o'tgan (tasdiqlanmagan ma'lumotlar) shuningdek bu epizod bo'yicha asosiy figura V.Sodiqov emas uning yordamchisi S.A .
S.A xozirda guvoh bo'lgani  , xali ko'rsatma bermagani sabab ishni bog'liq jihatlarini  vaqtincha ochiqlamay  turamiz. Shuni aytish mumkinki S.A  Olimjon Haydarov bilan yaxshi va doimiy  do'stona munosabatda bo'lgan, telefonda ko'p gaplashgan . Shuningdek S.A Olimjon Haydarovga qarshi guvohlik bergan vaqtda  IIB nazoratida ya'ni qamoqda bo'lgan . Uning ham  ko'rsatmalarini ixtiyoriy berganiga ishonmayman .Qisqasi bu epizod  Farg'ona viloyati IIB tergov boshqarmasi  boshlig'i ,,Tashabbusi" bilan yuzaga kelgan. Aks xolda Olimjon Haydarov rostdan V.Sodiqovdan  tovlamachilik yo'li bilan pul talab qilganida , voqea sodir bo'lgan vaqtda IIB ga ariza qilgan bo'lar edi. Oradan bir yil o'tib emas (arizada xolat 2022 yilda  bo'lgani  yozilgan, Ariza esa 2023 yil avgust oyida yozilgan.
2. Abduvahobov Faxriddin ,,Don va  don maxsulotlari" MCHJ raxbari
Arizaga asos 2022-yil,16 -dekabrdagi videomaqola. Bu xam ,,Ixtiyoriy ariza ekaniga shubxa yo'q. Sababi  ariza xolat sodir bo'lganidan roppa rosa 8 oy o'tib ,,Tasodifan" Olimjon Haydarov qamalgan paytda ,14.08.2023 da yozilgan. Ishonchim komilki  Olimjon tayyorlagan videodan F.Abduvahobov qattiq jahllangan bo'lsa ham ,8oy emas 8 yil o'tsa 
ham  ariza yozmas edi. Sababi olimjon Haydarov Marg'ilondagi bozor muammosini olib chiqqacgh o'sha vaqtdagi Margilon  shahar xokimi  A.Ziyovuddinov  adbirkorlar va F.Abduvahobovni chaqirib ,,kelishtirib" qo'ygan , qaytib bu masala ko'tarilmasligini buyurgan. Taxminimcha F.Abduvahobov ,,O'z ixtiyori" bilan ariza yozishga 2 ta xolat sabab bo'lgan . Birinchisi Marg'ilonni o'sha vaqtdag xokimi  A.Ziyovuddinov Prezident tomonidan ishdan olindi. Ikkinchisi Marg'ilon shahar IIB boshlig'i A.A.Asqarov uni chaqirib ,,Maslaxat" bergan. Bunday maslaxat berishiga A.A.Asqarovda biror jiddiy sabab bormidi ? Albatta! bor edi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olimjon Xaydarov
Суд жараёнини билмоқчи бўлганларга,
Худойберди Зоминий дан репортаж:
Olimjon Xaydarovning sudi haqida fikrlarim…

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdan ushbu holat boʻyicha blogerni, oʻz oilasi bagʻriga qaytishida amaliy yordam berishlarini soʻrab qolaman!

Saida Mirziyoyeva

Sardor Umurzakov

Sherzod Asadov

Komil Allamjonov

Farruh Omonov

Ўзбекистон Республикаси Олий суди
Olimjon Xaydarov нинг иши бўйича навбатдаги суд мажлиси бугун, 2023 йил 10 ноябр, соат 11:00 да Фарғона вилояти, Фарғона туман Жиноий ишлар судида (Водил шаҳарчасида) кўрилади.

Ўтган икки суд мажлисида "жабрланувчилар" сўроқ қилинган ва Олимжонга қўйилаётган айбларнинг биронтаси ўз исботини топмаган. Бугунги суд мажлисида иш бўйича гувоҳларнинг кўрсатмалари тингланади.
Musannif Adham
Олимжон Ҳайдаровнинг учинчи марта ўтказилган бугунги судида "Марғилондон"дан ариза ёзган сохта жабрланувчининг 3 та гувоҳи тингланган. Гувоҳларнинг учаласи ҳам Олимжоннинг фойдасига кўрсатма бериб, "жабрланувчи"ни ўзини ёмонлаб ташлаган. Иш тескарисига айланиб кетган. Суд ҳам ҳайрон бўлиб, "ия, судланувчи сенлармисанлар Олимжонми?" -деб юборибди.

Аллоҳ ҳаммангни тилингни мана шундай тескари айлантириб, хақни гапиртириб қўяди керак бўлса.

Бобикчалар! Сенларам ўз эгангни талашни бошлайсан ҳадемай. 😁
Олимжон Ҳайдаровнинг кейинги суди келаётган хафтанинг сешанба кунига белгиланибди.
Навбатдаги судда халқаро ташкилотлардан ҳам кузатувчилар бориши кутилмоқда.

Farukh Samarkandi
Олимжон Хайдаровнинг иши бўйича навбатдаги 4-суд мажлиси 2023 йил 14 ноябр, сешанба соат 11:00 да Фарғона вилояти, Фарғона туман Жиноий ишлар судида (Водил шаҳарчасида) бўлиб ўтади
Olimjon Xaydarov ni doʻstlari ko'p boʻlgan ekan! Rasmdagi doʻstlaridan kimlar uning sudiga bordi?

Siyosiy mahbus, Olimjon Haydarovning navbatdagi sud ishi 2023 yil 14 noyabr, seshanba soat 11:00 da Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tuman, jinoiy ishlar sudida bo‘lib o‘tadi.

Shu vaqtgacha Olimjonning uchta sud majlisi oʻtdi. Toshkent va voha tomonlardan kishilar borib, sud majlisida ishtirok etishdi. Lekin vodiylik biror bloger, jurnalist yoʻqlab bormadi. Vodiyda bitta ham bloger, jurnalist yoʻqmi yoki hammasi daraxt ekish bilan bandmi?

P.s: Dima Qayum endi uzurli. Menimcha qishga tappi gʻamlash bilan band boʻlsa kerak...



Asliddin Kamol
Olimjon Haydarov sudi noma'lum kunga qoldirildi.
Sabablari ma'lum emas.
Олимжон Ҳайдаровнинг суди номаълум кунга қолдирилибди.

Халқаро кузатувчилар яна бир ҳафта Фарғонада меҳмонхонада кутадиган бўлишди. Уларга бу вақтда Фарғона, Андижон ва Наманганнинг гўзал гўшаларини кўрсатадиган ишончли кўнгилли борми?

Шарифа Мурод опа бўшмасмисиз мободо?
Оз моз инглизча, оз моз ўрисча билсангиз бўлди экан.

©️ Farukh Samarkandi
Siyosiy mahbus, Olimjon Xaydarov ning navbatdagi sud ishi nomaʼlum sabablarga koʻra, nomaʼlum muddatga qoldirildi.

Menimcha, Olimjonga qoʻyilgan ayblovlarning hech biri sudda oʻz tasdigʻini topmayotganligi sababli, sud nomaʼlum muddatga qoldirilgan. Ungacha yangi ayblovlar, yangi arizachilar izlashsa kerak. Olimjon Haydarov ishi tushunarli boʻldi. U fikr politsiyasi tomonidan soxta ayblovlar bilan xibsga olingan. Lekin, hozirgi kunda Olimjonga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi nega bekor qilinmayotgani gʻalati? Axir, sud majlisida unga nisbatan bu jazo turini qoʻllash uchun yetarli asoslar chiqmadiku? Ya'ni Olimjonni qamoqda saqlash uchun hech qanday huquqiy asos mavjud emas. Lekin uni hanuzgacha panjara ortida saqlashmoqda. Nega? Qaysi asosga koʻra?


@AsliddinKamol
Олимжон Ҳайдаровнинг очиқ судига қатнашгани учун бир акамиз бугун телефон орқали чақиртирилиб, "суҳбат"дан ўтказилди.

Олимжоннинг исми бевосита айтилмаган. Аммо судларда нега қатнашасиз деб сўралган.
Кимнинг судига қатнашгани аниқ албатта.

Суд Фарғонада бўлди, акамиз Наманганлик, ижарада Сергилида яшайди ва "суҳбат" Тошкент шаҳрининг ўша машҳур "суҳбатдош" туманида бўлган негадир. 😁

Шу акамиз билан бирга судга борган ва суддан кейин видеоролик чиқарган яна бир укамизга эса ишхонаси орқали босим қилинди.

Суд Фарғонада бўлди, укамиз Зоминлик, ижарада Чилонзорда яшайди ва у билан ҳам Тошкент шаҳрининг яна ўша машҳур "суҳбатдош" тумани шуғулланаяпти негадир. 😁

Хуллас тушундингиз. 😁

Олимжон Ҳайдаров иши билан Тошкент наминча қаттиқ қизиқаяпти экана? 🤔

Farukh Samarkandi
Товламачиликда айбланаётган, лекин ўтган 3 суд мажлисида бу айбни тасдиқлайдиган бирон далил тақдим этилмаган Olimjon Xaydarov нинг навбатдаги суди эртага, 2023 йил 17 ноябр, жума куни бўлиб ўтади.

Суд мажлиси одатдагидек Фарғона вилояти, Фарғона тумани Жиноий ишлар суди – Водил шаҳарчасида, соат 11:00 да бошланади.

Musannif Adham
ERTAGA Yaqinimiz Sudi ekan...

Ertaga Olimjon Xaydarov Sudi ekan...
Kimni vaqti bölsa borsin...
Sud ochiq böladi...

Adolatli bölishini kutib qolamiz...
Nima bölsada Adolat qaror topsin...

Суд мажлиси одатдагидек Фарғона вилояти, Фарғона тумани Жиноий ишлар суди – Водил шаҳарчасида, соат 11:00 да бошланади.

Abdulloh Nig'mon
Siyosiy mahbus, Olimjon Xaydarov ning bugungi sud majlisi ham komediya tarzida oʻtgan va hech bir qoʻyilayotgan ayblovlar tasdigʻini topmagan. Sudda, Amerika elchixonasi vakillari, jurnalist Шарифа Мурод opamiz va boshqa OAV vakillari ishtirok etishgan. Sud binosi atrofida daydi koʻppaklar har doimgidan ko'p boʻlgan, sud majlisida ishtirok etuvchilarning hatto soatlarigacha yechib olingan (Abduqodir Moʻminovning apellyasiya sudidagi audioyozuvlar chiqib ketganidan keyin ancha tadbirli boʻlishibdi🙃)

Bugungi sudda asosan, olti nafar guvohlarning koʻrsatmalari tinglangan. Eng qizigʻi guvohlar sudga majburiy tarzda ushlab keltirilgan😁

Olimjon Haydarovga uyushtirilgan tadbirda xolis sifatida ishtirok etgan ikki guvoh, maktab qorovullari ekanini, oʻsha kuni direktorlari chaqirib, hech nima demay, ularni Milliy Gvardiya binosiga joʻnatganini. U yerdan xodimlar bilan Olimjonga tadbir uyushtirilgan joyga borishganini, borishganda Olimjon Haydarovni ikki xodim qoʻliga kishan urib ushlab turganini koʻrishganini va kompyuterda chiqarilgan qogʻozlarga xolislar degan joyiga qoʻl qoʻyib berishganini. Aslida, u yerda nima boʻlganini bilishmasligini va Olimjon pul olgan holatni koʻrishmaganini aytib koʻrsatuv berishgan.

Yana ikki guvoh ham xuddi shunday, suv xoʻjaligida ishlashlarini, kompyuterda chiqarilgan hujjatlarga oʻqib ham koʻrmay qoʻl qoʻyishganini aytishgan. Qoʻqon bozori ta'sischilaridan biri deya chaqirilgan guvoh ham Olimjon bilan bogʻliq masalada deyarli hech nima bilmasligini bildirgan. Xullas guvohlarning suddagi koʻrsatuvlari, tergovdagi koʻrsatuvlari bilan teskari kelgan😎

Nega sud majlisini tasvirga olishga ruxsat berishmasliklarini tushungandirsiz? 😁

Asliddin Kamol
Товламачиликда айбланиб ҳибсга олинган Olimjon Xaydarovнинг товламачилик қилганини исботлаб бўлмаяпти.

Шу кунгача 4 та суд мажлиси ўтди. Навбатдаги 5-мажлис эртага, 2023 йил 21 ноябр, сешанба куни, соат 11:00 да доимгидек Фарғона вилояти Фарғона туман Жиноий ишлар судида (Водил шаҳарчасида) бўлиб ўтади.

***

4-суд мажлиси қандай ўтди?

Олимжон Ҳайдаровнинг бугунги суд мажлиси ҳам комедия тарзида ўтган ва ҳеч бир қўйилаётган айбловлар тасдиғини топмаган. Судда АҚШ элчихонаси вакиллари, журналист Шарифа Мурод опамиз ва бошқа ОАВ вакиллари иштирок этишган. Суд мажлисида иштирок этувчиларнинг ҳатто соатларигача ечиб олинган.

Бугунги судда асосан, олти нафар гувоҳларнинг кўрсатмалари тингланган. Энг қизиғи, гувоҳлар судга мажбурий тарзда ушлаб келтирилган.

Олимжон Ҳайдаровга қарши 2023 йил 29 июлда уюштирилган тадбирда холис сифатида иштирок этган икки гувоҳ мактаб қоровуллари эканини; ўша куни уларни директорлари чақириб, ҳеч нима демай, Миллий Гвардия биносига жўнатганини; у ердан ходимлар билан Олимжонга тадбир уюштирилган жойга боришганини; боришганда икки ходим Олимжон Ҳайдаровнинг қўлига кишан уриб, ушлаб турганини кўришганини ва компютерда чиқарилган қоғозлардаги "холислар" деган жойига қўл қўйиб беришганини; аслида, у ерда нима бўлганини билишмаслигини ва Олимжон пул олган ҳолатни кўришмаганини айтиб, кўрсатув беришган.

Яна икки гувоҳ ҳам худди шундай – сув хўжалигида ишлашларини, компютерда чиқарилган ҳужжатларга ўқиб ҳам кўрмай қўл қўйишганини айтишган.

Қўқон бозори таъсисчиларидан бири дея чақирилган гувоҳ ҳам Олимжон билан боғлиқ масалада деярли ҳеч нима билмаслигини билдирган.

Хуллас, гувоҳларнинг суддаги кўрсатувлари, терговдаги кўрсатувлари билан тескари келган.

Нега Олимжон суд қилинаётган суд мажлисларини тасвирга олишга рухсат беришмаётганликларини тушунгандирсиз?

Musannif Adham
Олимжон Ҳайдаровнинг навбатдаги 5-суд мажлиси эртага, 2023 йил 21 ноябр, сешанба куни, соат 11:00 да доимгидек Фарғона вилояти Фарғона туман Жиноий ишлар судида (Водил шаҳарчасида) бўлиб ўтади.
Олимжон Ҳайдаровнинг навбатдаги 6-суд мажлиси эртага, 2023 йил 22 ноябр, чоршанба куни, соат 11:00 да доимгидек Фарғона вилояти Фарғона туман Жиноий ишлар судида (Водил шаҳарчасида) бўлиб ўтади.
Олимжон Хайдаровнинг навбатдаги 7-суд мажлиси 2023-йил 24 ноябр Жума куни соат 11:00 да доимгидек Фарғона вилояти Фарғона тумани Жиноий ишлар судида (Водил шахарчасида ) давом этар экан