OLIM YETISHTIRGAN ONALAR 🧕
1.66K subscribers
1.63K photos
1.31K videos
70 files
1.17K links
Onajonalarimiz va farzandlarimiz rivoji uchun foydali maslahatlar va ibratli maqolalar kanali
Sizga ozgina foydamiz tegsa juda hursand bolamiz.Albatta sizning zurriyotlaringizdan faqat qoriyu qoriyalar chiqadi
Reklama uchun : https://t.me/olimaonalarrek
Download Telegram
📱 Bolaga telefon bermaslik kerak(mi?)

Bugungi kunda har bir xonadonda "Oyijon, telefon bering", degan jumla jaranglasa ajabmas. Bolalar uchun eng "yaxshi" ovunchoq bu smartfonlar bo'lib qoldi. Lekin ba'zi ota-onalar farzandini qanchalik ushbu gadjetlardan uzoq tutmasin, yakunda baribir ularning harakatlari befoyda bo'lib qoladi. Xo'sh, nega?

Chunki odatda har bir ota-ona farzandini smartfonlardan butunlay uzoqda saqlashni xohlaydi. Ammo XXI asrda buning imkoni yo'q. Agar o'zingiz ham telefon tutmasangiz, bolangizda ham qiziqish kamroq bo'lishi mumkin, lekin avvalo o'zimizning hayot tarzimiz ushbu gadjetlarsiz o'tmaydi. Shu o'rinda bolani smartfondan yiroqda tutib bo'lmas ekan, unda nima qilsa bo'ladi degan savol tug'ilishi mumkin. Bunda farzandingizga telefondan to'g'ri maqsadlarda, me'yorida foydalanishni o'rgatmog'ingiz lozim. Smartfon u uchun faqatgina video ko'rish, o'yin o'ynash kabi vaqt o'tkazish vositasi emas, boshqa foydali amallarni bajarsa bo'ladigan vosita ekanini anglashiga yordam berish kerak.

Hozirgi kunda o'zbek media olami ham foydali kontentlarga ega. Kuniga biror marta bolalar uchun ibratli multfilmlar tomosha qilib, bolalarga mo'ljallangan maxsus ilovalardan foydalangan farzandingizni imkon qadar nazorat qilib tursangiz, uning kelgusida telefonga mukkasidan ketib qolgan bir inson emas, balki texnologiya bo'yicha mutaxassis bo'lib yetishishiga ko'maklashib yuborgan bo'lishingiz mumkin.

Kanalga ulanish: 👉 @mezanauz

Olim yetishtirmoqchi bólgan onalarimiz kanali👇👇
@olimaonalar
👍5
ONA MADRASADIR, ONA-ILK MAKTAB!

Bolam tugʻilganda, "Onaman" dedim,
Xato oʻylagandim, dodimni yedim,
Onalik neligin men endi bildim,
Ona madrasadir, Ona-ilk maktab!

Bolam tugʻilganda, hali edim yosh,
Tarbiya berishda boʻlolmadim bosh,
Farzandimga faqat yediribman osh,
Ona madrasadir, Ona-ilk maktab!

Tarbiya boshlanar ona qornidan,
Mehr olar goʻdak ona bagʻridan,
Ollohim asrasin bola sagʻridan,
Ona madrasadir, Ona-ilk maktab!

Chiroyli tarbiya- onalik farzi,
Qolmasin desak gar yelkamda qarzi,
Tinglang bolangizni ne ekan arzi,
Ona madrasadir, Ona-ilk maktab!

Allohni taniting bolangizga siz,
Qurʼon, hadis ilmin kanda qilmangiz,
Foydali ilmni kichik bilmangiz,
Ona madrasadir, Ona-ilk maktab!

Bolani mehrdan mosuvo etmang,
Begona qoʻllarga siz tashlab ketmang,
Ruhini sindirib qalb pora etmang,
Ona madrasadir, Ona-ilk maktab!

Shirin soʻzingizni ayamang undan,
Mehr-muhabbat ila yashang bugundan,
Oʻzgarishni boshlang shu on, shu kundan,
Ona madrasadir , Ona-ilk maktab!

Allohim, Oʻzinga shukurlar boʻlsin,
Qalblarimiz iymon nuriga toʻlsin,
Farzandlar omonat onalar bilsin,
Ona madrasadir, Ona-ilk maktab!

Iroda ustozam sizga ming rahmat,
Har aytgan soʻzingiz oltindan qimmat,
Ilm oʻrgatdingiz bizga beminnat,
Ona madrasadir, Ona-ilk maktab!

Nafisa Xoʻjaqulova.

https://t.me/YaqinOzbek

#ona_madrasadir
👏8👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Motorikani rivojlantiruvchi qiziqarli mashgulot🧩

Olim yetishtirmoqchi bólgan onalarimiz kanali👇👇
@olimaonalar
👍7👏1
Bunday jamoat uchun hech narsa qo'rqinchli emas😁😁😁😁😁😁😁

Farzandlaringizga yoshligidan Islom dinini o'rgating!!!!!!!!!!! Va ularga o'rnak bo'ling.

Olim yetishtirmoqchi bólgan onalarimiz kanali👇👇
@olimaonalar
👍14❤10🥰1
Forwarded from Ayni damda
Bismillah!

Tafakkur qiladigan bolangiz, bolalar koʻpayishini xohlaysizmi? (1)

Sixni ham kabobni ham kuydirmaydigan amaliy tip bilan boʻlishaman.

Agar bola 6 yoshdan kichik boʻlsa, unga oddiy uy hayotini — detallarini, yumushlarni, kundalik uyingizda nimalar boʻlsa, oʻzingiz koʻproq nimalar bilan mashgʻul boʻlsangiz — hammasini tartib bilan tanishtiring.

Hozirgi kunda tabiat bilan uygʻunlik lyuks holat ekanini inobatga olib, tabiat va koʻcha hayotidagi tajribalarni qoʻshmadim. Agar kimda imkon boʻlsa, uyda va koʻchada bola oʻtkazadigan vaqtini balansda ushlash samarani 10x+ gacha olib chiqadi.

Maqsad: bola koʻproq bu nima?, - deb savol berishni odat darajasigacha olib chiqishiga erishish. Bu odatni saqlab qolish uchun esa har doim bolaning savoliga yoshiga mos soddadan murakkabga qarab hech yoʻq, qisqa qilib javob berishga maksimal harakat qilish.

Masalan: idish yuvyapsiz. Bola 1.5 yosh. Shu jarayonda nima qilayotganingizni ovoz chiqarib ham aytib oʻtsangiz boʻladi. Bunda narsalarni bir-bir koʻrsatib oʻtsangiz yanada yaxshi. (Konkret narsalarni takrorlatish punktiga ham plyus qoʻyib qoʻysangiz boʻladi. Win-win.)

“Qoshiq, sanchqi, likopchalarimiz kir boʻldi. Ularni togʻorachaga solamiz. Yuvamiz. Yoki rakovinada turgan kir idishlarni, toza suv va gubkada yuvamiz. Ular toza boʻladi. Mana 🍽️”, kabi.

Yoshiga va tajribasi, soʻzlarni oʻzlashtirishiga qarab ishlatiladigan soʻzlar, mavzu oʻzgarib boradi.

Xuddi shu jarayon 5-6 yoshli bola bilan boʻlganida endi idishlarni bola yuvishi va Siz suhbatdosh boʻlishingiz mumkin. Bola nafaqat idishlarni nomlarini, ular nimaga ishlatilishini biladi. Balki u endi ham idish yuvib, ham doʻsti haqida gapirish darajasiga ham chiqqan boʻlishi mumkin. Bunda miyaning ikkita vazifa bajaruvchi qismi ishlaydi. Bitta vazifa avtomatlashgani hisobiga. Agar idish yuvish ichida ham bilmagan joyi boʻlsa, unda oʻrganishga javob beradigan miya qismi ishlaydi va diqqat shu bilan band boʻladi. Doʻsti haqida keyingi safar gapirib berishi mumkin, demoqchiman 🤭

Odatda 5-6 yoshdan bolaga idishlarni nomini (nima?) ekanini emas, nega?, qanday, qayerda? ishlatilganini bilish qiziqroq boʻlishi kutiladi. Shu qiziqish boshlanishi kutiladi 🦥

Masalan, idishlarni doim yuvishga odatlangan va bu jarayonni qiziqarli va zavqli deb biladigan bola boʻlsa:

Ona: Mikserni ham yuvish kerak ekan.
Bola: Nima uchun ishlatildi oʻzi bugun?
- Olchali tort qildik-ku shuni kremini tayyorlash uchun ishlatildi.
- Mikserni qanday yuvish kerak?
- (bemalol detallari bilan va har birini qanday yuvish kerakligini koʻrsatib berish va tushuntirish mumkin)

Sizga savollar:

1. Til va tushunish darajasi oʻzgarganini sezdingizmi?

2. Bola beradigan savollar turi oʻzgarganinichi?

3. Tafakkur qiladigan bolaning eng asosiy xususiyati oʻzi nima edi?

4. Biz qachon tafakkur qilamiz?

5. Tafakkur qilish nimadan boshlanadi?

Javoblarni Sizlar berarsizlar? Agar aniq va loʻnda qilib aytib qoʻying deguvchilar boʻlsa, aytaman.

Ungacha Sizlar bilan tafakkur qilaylik-a 😊

@globalstdentt
👍14
0-6 yoshli bolalar miyasi - Whole-Brain Child in Action for 0-6 (Savol-javoblar)

Tina Payne Bryson - The Whole Brain Child va No Drama Discipline kitoblari muallifi

Savol:
Mening 6 yoshli qizalog'im yolg'on gapirishni boshladi, buni bartaraf etish bo'yicha biror maslahat bera olasizmi?

Javob:
Ularning o'zi hammalari kichkintoy yolg'onchilar )) bunday hollarda
qizingizning hayolida nimadir bor, ya'ni u yolg'on yoki rost gapirgani, sizning reaksiyangizga ta'sir o'tkazishi haqida o'ylaydi. Boshqa insonlarning fikr-hayollari haqida bosh qotiradi. Qizingiz ayborlik hissini his qilishi mumkin yoki gapiradigan gapi qanday oqibatlarga olib kelishi haqida o'ylaganidan yolg'on gapirishi mumkin.
Keling bu haqida so'z yuritamiz.

1.Asosan yolg'onlar hadiksirash orqali kelib chiqadi. Bu vaziyatga, holatga va atrofdagi insonlarga bog'liq.
Mana shu hadiksirashdan xalos bo'lishga harakat qlishni maslahat beraman.
Masalan: farzandingiz og'iz atrofida shokolad bo'la turib, undan "shokolad yedingmi?" desangiz, yuzidagi alomat bo'lishiga qaramasdan "yo'q" deb ishora qiladilar.

2.Yomon xulq-atvor va muomaladan qoching. Nimadir sinsa, uni kim sindirganligini bilishni istasangiz do'q qilib, yoki qo'rqitib "tog'risini ayt" demang, undan ko'ra "men senga ishonaman, kel, menga bor haqiqatni aytib ber, " aytsa, "rahmat senga bolajonim" deb ruhlantirib qo'ying.

Ular rost gapirishlari uchun biz ularga xavfsizlik muhitini yaratishimiz kerak. Shunda rost gapirishdan cho'chimaydigan bo'lishadi.
Bundan tashqari biz juda tez reaksiya bildiramiz, ularga hatto kichik bir xato uchunam baqirib yuboramiz. Mana shu ham bolalarning yolg'on gapirishlariga sabab bo'ladi.

Savol:
Bolani ona suti bilan oziqlantirish bo'yicha muammolar, har kim har xil gapiryapti.

Javob:
Buning uchun siz farzandingizga ishoning, avvalo o'zingizga ishoning. Biz ota-onalar sifatida har bir qarorimiz boshqa narsalar bilan bog'liq ekanligini tushunishimiz kerak. Siz oilangiz uchun, o'zingiz uchun nimani to'g'ri deb hisoblasangiz, o'shani bajaring. Bilingki, Ona suti bu eng yaxshi tanlov. Kimdir sizni tanqid qilsa, unga "meni deb qayg'urganingiz uchun rahmat, lekin biz o'z qarorimizni qabul qilib bo'ldik" deyishingiz mumkin.

Savol:
Bola uchun xayrlashuvning qiyinligi, ya'ni uydan chiqayotganda yig'lashi bilan bog'liq muammolar.

Javob:
Har bir bolaning alohida, o'zgacha tabiati bor. U o'zini xavfsiz his qiladigan sharoitni tark etishga qiynaladi. Xayrlashish og'ir.
Siz:
- mana shu holatni nomlang;
- bu holatda farzandingiz nimani his qilishini aniqlang
- bolani ruhlantiring. Masalan, sen uchun eng kuchli hayvon qaysi? - deb.
Ona bilan xayrlashish juda qiyin. Yo'lda qo'shiq eshitib ketish bilan ruhlantirish mumkin.
Bolangizga ayting "bilaman xayrlashish og'ir va qiyin, lekin sen buni uddalay olasan! Kuchli o'yinchog'ingni ol, u senga kuchli bo'lishing kerak ekanligini eslatib turadi."
*

Siz o'zingizni erkin qo'ying va bolangizni ruhlantiring.

* Bu yerda Siz misolda keltirilgandek emas, balki o’z e’tiqodingizdan kelib chiqib yechim topishingiz mumkin. Masalan, o’yinchoq o’rniga - zikrlarni sanaydigan qurilmani uning barmoqchasiga taqib, “Kel uyga qaytguningcha necha marta zikr aytar ekansan, sanab ko’ramiz. Qancha ko’p zikr aytsang va doim Alloh har zikr aytganingda, ya’ni Uni har eslaganingda Sen bilan ekanini his qilsang qo’rquving shuncha kamayadi va sen yolg’iz ham bo’lmaysan. U Senga Uning yonida kuchli ekaningni eslatib turadi”, kabi. Albatta bu tushunchalarni bolaning yoshiga qarab doimiy ravishda tushuntirib borilishi ko’zda tutilgan.

_____________________

1/3

(c) Yaxshi odam

@gloobalstudent

Olim yetishtirmoqchi bólgan onalarimiz kanali👇👇
@olimaonalar
👍18
Farzandingiz bilan vaqtingizni maroqli ótkazing 🧩

@Tasnim_kids sevimli farzandlarimiz uchun rivojlantiruvchi óyinchoqlar 🧩
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingizni Quron ilmini yod oladigan holda tarbiya qilmoqchimisiz unda quyidagilarga imkon qadar amal qiling :

-Homiladorlik vaqtingizdan boshlab Quronni ózingizga oshno qiling;
-Farzandingiz tuğilganidan sóng imkon qadar uni taxoratli holda emizing
-Bolani ovqatlantirayotganda bilgan suralaringiz,zikr,salovatlarni óqing
-Uyingizda doim Quron yangrab tursin
-Ózingiz ham imkon qadar Quron óqish ilmini egallang
-Farzandingiz tili chiqishni boshlashi bilan kichik kichik oyatlarni va suralarni yodlating va bu ishda bardavom bóling

Farzandingizga Quron yodlatish savobini hech kimga bermang aynan shu ishda qizģanchiq bóling aziz onajonlar😊

Olim yetishtirmoqchi bólgan onalarimiz uchun👇👇
@olimaonalar

@Tasnim_kids sevimli farzandlarimiz uchun rivojlantiruvchi óyinchoqlar 🧩
👍17🥰3🔥2
​​Пешонадан ўпиш ва эпифиз бези

Росулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи васалламнинг фарзандларимизни тез-тез ўпиб эркалашимиз ҳақидаги тавсиялари эсингиздами?! Замонавий тиббиёт ҳам буни тасдиқлади. Суннат амалларнинг аслида инсоният учун қанчалик фойдали эканлигини таъкидлаш ортиқча. Бизнинг фитратимизда мавжуд бўлган, вақт ўтиши билан одатий ҳолдек қабул қилинаётган кўплаб мусулмонларга хос амаллар аслида ҳаётимизда қанчалар аҳамиятга эгалигини биламизми?! Суратда кўриб турганингиз она боланинг сурати. Она боласининг пешонасидан ўпяпди. Пешонадан ўпилганда ўпаётган одамда ҳам, пешонасига ўпич қўндирилган одамда ҳам ажиб бир туйғу пайдо бўлади. Бунинг сабаби пешонадаги «Учинчи кўз» ҳисобланган эпифиз (pineal) безининг мавжудлигидир. Юздан ўпишдан фарқли ҳолда пешонадан ўпганда инсоннинг руҳиятига яқинлашасиз. Агар фарзандингиз инжиқлик қилаверса, уни тинчлантиришнинг энг яхши йўли пешонасидан ўпиш. Уйқуга ётаётганида ҳам пешонасидан ўпиб қўйсангиз бола хотиржам ва тиниқиб ухлайди. Шунингдек, боланинг басирати очилиб, ақлий малакаси мустаҳкамланади. Зеҳни ўткир, хотираси кучли бўлади. Гормонал ўзгаришлар ҳам меъёрда кечади, ўзига нисбатан ишончи ортади. Қўрқувлари камаяди, гапингизга қулоқ солади. Салоҳиятли бўлиб вояга етади. Чунки пешонанинг ўрта қисми зеҳнга таъсир қилиш нуқтаси ҳисобланади. Росулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи васаллам болаларнинг пешоналаридан ўпардилар, ҳозирги замон мутахасислари ҳам буни тавсия қилишмоқда. Ҳар бир ишида ҳикмат бўлган пайғамбаримиз саллоллоҳу алайҳи васалламга сўнгсиз дуруду саловотлар бўлсин!

Турк тилидан Дилбар Ражабова таржимаси

©Dilbar_Rajabova

Olim yetishtirmoqchi bólgan onalarimiz kanali👇👇
@olimaonalar
❤4👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔷Болалар компьютер ўйнаши керакми?

©Хадича Кубро Тонгар

Olim yetishtirmoqchi bólgan onalarimiz uchun👇👇
@olimaonalar
👍5
Атига юз йил олдин мадрасаларимизда диний таълим берилган. Бу борада ҳеч қандай чеклов бўлмаган. Буваларимизда "мадраса кўрган" деган ибора бўлган. У тақводор ва зиёли кишиларга нисбатан ишлатилган. Минглаб мадрасалар нур таратиб турган диёримизда, ХIII аср мобайнда бирор бир радикал ё террорист чиққанини билмаймиз, тарихларда ўқимаганмиз. Балки мадрасалар кучайган пайтда, биз дунёвий деб ноҳақ атайдиган илмларда Мирзо Улуғбек, Ибн Сино, Беруний ва Фарғоний каби алломалар етишиб чиққан.

Ўйлаб кўряпсизми, биз атига бир аср олдинги ўзлигимиздан, қадриятларимиздан воз кечяпмиз. Уларни бегона ҳисоблаяпмиз ва таъқиқлаяпмиз. Ўзимизни ёт қадриятларга мансуб кўряпмиз.

Миллатлар ўзлиги ва қадриятига қайтиб, уларни замон билимларига қориштириб юксалган. Улардан воз кечганлар, бошқаларни хўжа дея тан олган ва уларга ақлан-руҳан тобе бўлган. Японларга ё корейслар ё туркларга қаранг, миллий қадриятларини қандай асраб қолганлар. Ва ўзлари замон билан ҳамнафас ривожланганлар. Ғарбга маънан-руҳан қарам аксар арабларга боқинг, улар улкан бойликларини совуриб, қанчалик қолоқликда қоляптилар.

Мен бобом ва отам қадрлаган нарсаларни қадрлайман. Уларнинг тафаккур ва турмуш тарзини ўзимга ўрнак биламан. Улардаги фазилат мен учун намуна. Айтганларимнинг ҳаммаси улардаги диний таълим-тарбиянинг маҳсули. Фарзандларим, невараларим ва Қиёматга қадар келадиган зурриётим ҳам ана шу тушунча ва қадриятлар ила яшашини хоҳлайман. Ва Аллоҳдан шуни сўрайман.

@MubashshirAhmad
👍5🔥2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onam

Onam🥹🥹🥹

Onajonlarimizga yuborib qôyamiz 👇
Olim yetishtirmoqchi bólgan onalarimiz kanali👇👇
@olimaonalar
👍5😢4🥰3