oddiy qiz
2.17K subscribers
1.12K photos
199 videos
14 files
114 links
Kiberxavfsizlik talabasi(cybersecurity student in Germany)

Korea va AQShning 2ta universitetida o’qiganman.

Ushbu davlatlarda tekinga o’qishga grantlar yutganman va o’rgataman
🇰🇷🇹🇷🇬🇪🇦🇪🇺🇸🇪🇺🇫🇷🇩🇪
Download Telegram
DAAD Interview ga qabul qilinganlar @oddiy_qiz admin ga yozinglar, interview session qilyapmiz.
4413921
Final final exam

Qutilganimga shukurey.
561494211
🇩🇪 Germaniyada o’qish bepul… lekin narxi juda qimmat.

Ha, tuition fee yo’q.
Lekin asab, uyqu va mental health bilan to’laysiz.

Mana Germaniyada bir semester tugatdim.
Va ochig’i — shu paytgacha O’zbekiston, Koreya va AQShda o’qigan bo’lsam ham, eng qiyini Germaniya bo’ldi.

Nega?


1. Bu Master’s. Va professorlar bitta narsani assume qiladi:
“Siz buni allaqachon bilasiz.”

Agar bilmasangiz?
O’rganasiz. O’zingiz.
Hech kim syllabusni siz uchun yengillashtirmaydi.

2. Bitta final — taqdiringiz.
Butun semester davomida siz aslida bitta narsaga ishlaysiz:
Final exam.

Homeworklar, assignmentlar — faqat finalga kiritilish uchun.
Va o’sha 2-3 soat sizning butun bahoyingizni hal qiladi.

Bu system shaxsan imtixonga 1 kun qolganda harakat qiladigan odam bo’lmaganim uchun og’ir keldi.

3. Eng shafqatsiz joyi? Standard tushmaydi.
Agar 100 ta talabadan 10 tasi o’tsa ham — o’tish bali pasaymaydi.
Professor shunchaki davom etadi.

“Quality stays.”

Bu yerda hamma 1.0 olmaydi.
Va hech kim bunga harakat ham qilmaydi.

4. Re-exam real stress.
3 martagacha topshirasiz.
3 marta yiqilsangiz — fanni qayta o’qiy olmaysiz.

Bu shunaqa bosimki, ba’zida odam GPA uchun emas, shunchaki “pass” uchun kurashadi.

5. Eng yuqori baho 1.0.
5.0 — fail.
Lekin 1.0 olish uchun boshqa fanlarni qurbon qilishingiz kerak.



Lekin bir narsa bor.

Ha, qiyin.
Ha, pressure katta.
Ha, ba’zida o’zingizdan shubhalanasiz.

Lekin oxirida…

Siz fanni shunchaki “o’tmaysiz”.
Siz uni chuqur tushunasiz.

Masalan, bizning ML final exam CMU finalidan ham qiyinroq ekan.
Lekin oxirida “men rostan ham o’rgandim” degan hissiyot paydo bo’ladi.

Shu tomoni menga yoqdi.



Germaniyada o’qish bepul.
Lekin bu oson degani emas.

Savol:
Siz qaysini tanlardingiz —
stressli, lekin kuchli systemmi?
yoki tinchroq, lekin kamroq challenge bormi?

Kommentga yozing 👇
6022147321
Ancestry DNA test topshirgandim. Bugun javoblari chiqibdi.

Juda kelib chiqishim xilma-xil ekan. Onam forslar, Eron Afg’on aralash. Hindu Kush - bu o’sh Afg’oniston tomonlar. Uyg’ur ham bor ekan qonimda. Northern China ni umuman tushunmadim lekin😂 2% Ukraina ham bor💀

Bir foizam o’zbekmasakanman eng qizig’i.
4614105
Bahorning birinchi kuni bilan🌸
Qishdan chiqganimiz bilan🌟🐇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
110251986332
Mehmonda

Germaniyaga kelganimdan beri eng yoqqan narsa boshqa shahardagi dugonalarimni uyiga mehmonga borish😁

Agar orangizdan birortangiz Germaniyaga kelsangiz, chaqiro’rasla😌 Mehmon-mehmon o’ynaymiz🙃
9733231131
Yil boshida barcha social media’larni o’chirib qo’ydim.
Imtixonlarimga tayyorlanish, va to’g’risi mental dam olishim kerak edi. Eng qiyini - Youtube dan voz kechish bo’ldi.. Boshida zerikishdan o’lay dedim..

Natija:
📉 Screen time 8 soatdan 1 soatga tushdi.

Boshida nima sezdim?
• Kuchli zerikish
• Telefonni avtomatik qo’lga olish
• Diqqatni bir joyda ushlab turolmaslik

Bu shunchaki “odat” emas ekan.

1️⃣Dopamin va “instant gratification”

Short-form kontent (Reels, Shorts, TikTok) miyaga tez-tez va kichik dopamin “mukofotlari” beradi.

Miya mukofot tizimi (reward system) doimiy yangilik va tez stimulyatsiyaga moslashadi.

Natijada:
• Uzoq va murakkab vazifalar zerikarli tuyuladi
• Chuqur o’qish qiyinlashadi
• Sabr pasayadi

2️⃣Attention residue (diqqat qoldig’i)

Har safar telefonni ochganimizda, miyamiz kontekstni almashtiradi.

Tez-tez kontekst almashish:
• Ishchi xotirani (working memory) band qiladi
• Chuqur fokusni buzadi
• Kognitiv charchoqni oshiradi

Shu sababli, boshida diqqatni tiklash juda qiyin bo’ldi.

3️⃣Zerikish — muammo emas

Qiziq kuzatuv:

Zerikish bosqichi o’tmaguncha fokus qaytmadi.

Ilmiy tadqiqotlarda zerikish:
• Kreativ fikrlashni faollashtirishi
• Ichki motivatsiyani kuchaytirishi
• Default Mode Network’ni (ichki fikrlash tizimi) ishga tushirishi ko’rsatilgan

Ya’ni, miyaga “bo’shliq” kerak.

2 haftadan keyingi o’zgarishlar:
• Telefonga avtomatik qo’l cho’zishim kamaydi
• Uzoq formatli kontentni ko’rish osonlashdi
• Kitob o’qishim yengillashdi
• Fokus nisbatan barqarorlashdi

Xulosa:

📌 Diqqat — biologik resurs.
📌Doimiy stimulyatsiya — neyron tizimni yuqori tezlikka o’rgatadi.
📌Sekinlashish — qayta sozlanish imkonini beradi.

Bu “hamma social media yomon” degani emas.
Bu — iste’mol tezligi va chastotasi muhim degani.

Agar imtixon oldidan bo’lsangiz yoki miyangiz doimiy shovqindan charchagan bo’lsa — kamida 7 kunlik eksperiment qilib ko’ring.

@olima | your sis
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8221117443
Xayrli tong🌸

O’zi cats > dogs deydigan insonman, lekin mana bu kuchuk boshqacha ekan, o’ziyam kuchukdan ham ko’ra katta o’yinchoqqa o’xshaydi, yana yugurib oldimga kevoldi🥹🫠
90231363321
8-mart, lekin tuzuk vazam yo’q)
96342676221
Oxirgi 10 kunlik
722218126522