OKMK Yoshlari
2.11K subscribers
8.66K photos
1.05K videos
169 files
3.47K links
🔊Мазкур канал комбинат ёшлари фаолиятини ёритиб борувчи расмий канал.
Азиз ёшлар сизни бирор муаммо қийнаётган ёки таклифларингиз бўлса канал ботига ҳамда корхонангиз ёшлар етакчисига мурожаат қилишингиз мумкин.
@OKMK_OFFICIAL_bot
Download Telegram
#челленж
#яшил_ҳаёт_учун

🌳🌳🌳🌳“Фарзандим билан боғ яратаман”

⚡️Ихтисослаштирилган таъмирлаш ишлари бошқармаси устаси Бегзод Хатамов “Яшил ҳаёт учун” ойлиги доирасида фарзандлари билан уйида дарахт экишмоқда.

🔰Барчангизни ушбу челленжда фаол иштирок этишингизни сўраб қоламиз. Зеро, яшил маконни биргаликда яратамиз!
❇️"Eng yaxshi yosh boyituvchi-2024"

"Olmaliq KMK" AJ tarkibiy bo'linmalari yoshlari o'rtasida "Eng yaxshi yosh boyituvchi-2024" kasb mahorati tanlovi bo'lib o'tadi!

Tanlovda texnik yo'nalishda oliy ma'lumotga ega, kasbi va lavozimidan qat'iy nazar 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov ikki bosqichda o'tkaziladi. Birinchi bosqichda nazariy bilimlar, ikkinchi bosqichda esa amaliy bilimlar sinovdan o'tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish istagi bo'lgan yoshlar o'z korxonasining yoshlar ittifoqi raisiga uchrashishlari talab etiladi.

"Eng yaxshi yosh boyituvchi-2024" ko'rik tanlovi 30-aprel kuni soat 9:00 da O'quv markazida bo'lib o'tadi.
📣DIQQAT, TANLOV!

“Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan oʻz bilimiga ishongan, Kimyo sohasining turli tarmoqlari boʻyicha oliy ma’lumotga ega 30 yoshdan oshmagan “Olmaliq KMK” AJ yoshlari oʻrtasida “Biz kimyogarmiz” shiori ostida “Eng yaxshi yosh kimyogar” tanlovi oʻtkaziladi.

📅 Mazkur tanlov 2024-yil 26-aprel kuni soat 09:00 da Kombinat Oʻquv markazi binosida boʻlib oʻtadi.

📩 Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan kombinat yoshlari oʻzlari haqidagi maʼlumotlar (FISH, tab.№, tarkibiy boʻlinma nomi, lavozimi yoki kasbi) bilan oʻz tarkibiy boʻlinmangiz Yoshlar ittifoqi raisiga murojaat etishingiz mumkin.

🎁Tanlovning 3 nafar gʻoliblari “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan maxsus diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar.

Aziz yoshlar, tanlovda ishtirok eting va gʻolib boʻling!
Ёшлар билан очиқ мулоқот

⚡️⚡️⚡️"Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили" давлат дастури доирасидаги вазифалар ижросидан келиб чиқиб, бугун “Олмалиқ кон-металлургия комбинати” АЖ бошқаруви раиси, сенатор Абдулла Хурсанов ўзига бириктирилган “Коинот” ва “Саховат” маҳаллаларида яшовчи ёшлар билан учрашди.

💠Самимий руҳда ўтказилган учрашувда А.Хурсанов томонидан ёшларнинг мурожаат ва таклифлари тингланди.

💠Уларнинг орзу-мақсадларини рўёбга чиқариш, бандлигини таъминлаш, касб-ҳунарга ўқитиш, тадбиркорлик фаолиятини ривожлантириш, шунингдек, ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш борасида амалий чоралар кўриш юзасидан вазифалар белгиланди.

💠Ҳар бир ёшнинг мурожаати алоҳида назоратга олинди.

ОКМК Ахборот хизмати
------
Открытый диалог с молодежью

Во исполнение задач, определенных в рамках государственной программы «Год поддержки молодежи и бизнеса» сегодня, 25 апреля, состоялась встреча председателя правления АО Алмалыкский ГМК», сенатора Абдуллы Хурсанова с молодежью, проживающей в закреплённых за ним махаллях «Коинот» и «Саховат».

В ходе встречи, прошедшей в душевной и доверительной обстановке, А. Хурсанов выслушал обращения и предложения молодежи.
По итогам встречи определены задачи по оказанию поддержки и помощи в реализации их планов, целей, обеспечению их занятости, профессионального обучения, защиты их прав и интересов, развитию предпринимательской деятельности.
Все обращения молодежи взяты под контроль.

Информационная служба

Web-site|YouTube|Facebook|Telegram|Instagram|Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#vakolatli_vakil

28-aprel Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Rux zavodi kasaba uyushmasi qo‘mitasi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi, tibbiy bo‘lim va yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda "Rux zavodining eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakili" tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov ikki bosqichda tashkil etildi.

Birinchi bosqichda ishtirokchilar nazariy sinovdan o‘tkazildi.

Ikkinchi bosqichda 1-chorakda vakillar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilindi.

Tanlovning ikki bosqich yakuniga ko‘ra, Velslash sexi xodimi Oleg Protasyev uchinchi o‘rinni egalladi.

Transport xo‘jaligi xizmati xodimi Raxima Po‘latova esa ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Elektrolit sexi xodimi "Rux zavodining eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakili" deya Elyor Abdumalikov e'tirof etildi.

G‘oliblar zavod kasaba uyushmasi qomitasi tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bizdan uzoqlashmang va kuzatishda davom eting aziz yoshlar!

👉 https://t.me/okmk_yoshlari
Navbatdagi raqib — «Buxoro»🔵

🔴 O’zbekiston kubogining navbatdagi, 3-tur doirasida ⚽️OKMK Olmaliqda 🔵«Buxoro» jamoasi bilan kuch sinashadi. Guruhdagi, jamoamizning ushbu uchrashuvi final maqomida o’tadi! «Konchilar»ni faqat g’alabagina keyingi bosqichga olib chiqadi.

🗓 Mazkur bahs 29-aprel kuni, Olmaliqdagi 🏟 «OKMK sport majmuasi» stadionida soat 18:00da boshlanadi va o’yinga kirish mutlaqo bepul

Sevimli jamoamizning barcha ashaddiy muxlislarini stadionga chorlab qolamiz!

@fcokmk⚽️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OKMK Yoshlari
https://youtu.be/PYNopQErSuQ?si=c3vCabs8dOPVBbo7
Барчага кўришни тавсия қиламиз.
🔰Kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ tarkibiy boʻlinmalarida faoliyat olib borayotgan 30 yoshgacha boʻlgan hamda boʻlinmalarda kimyoning turli yoʻnalishlarida faoliyat olib boruvchi oliy ma’lumotli mutaxassislar oʻrtasida “Eng yaxshi yosh kimyogar” tanlovi oʻtkazildi.
🔸Birinchi bosqichida ishtirokchilar sohaga oid 20 ta test savollariga javob yoʻllashdi. Shundan soʻng, barcha qatnashchilar 2 bosqich uchun tayyorlangan 3 ta kimyo boʻyicha muammoli masalalarni belgilangan vaqt ichida bajarishdi.
🔹Soʻnggi bosqich belgilangan nizomga koʻra, Laboratoriya jarayonlari uchun vazifalar berildi.
🔹Yakuniy natijalarga koʻra Markaziy tahlil laboratoriyasi xodimasi Nargiza Omonova 3-oʻrinni,  Mis boyitish fabrikasi vakili Eraliev Davron 2-oʻrinni egalashdi.
🔸Shuningdek, Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazi xodimasi Akmalova Iroda mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritib,«Eng yaxshi yosh kimyogar», deya topildi.
🔹Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirildi.
⚡️28 aprel - "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish" kuni

Xalqaro mehnat tashkiloti tashabbusi bilan 2003 yildan buyon 28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni sifatida keng nishonlab kelinyapti.

Xalqaro mehnatni muhofaza qilish tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra bir kunda yer yuzi bo‘yicha 6300 ta mehnat faoliyati jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalar qayd etiladi. Mehnat muhofazasining qanchalik muhimligi tushunib yetish uchun ushbu raqamni bir oyga yoki bir yilga ko‘paytirishning o‘zi kifoya.

Ushbu muhim soha xodimlarini bayram bilan muborakbod etamiz!
Forwarded from ꧁✿[Ṫõṁäṛïṡ]✿꧂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Anons

📚 Bir asar mutolaasi” loyihasining 10-soni.
      "Men kampirni emas, o'zimni o'ldirdim..."
 
🎬 Bu galgi ko‘rsatuvimizda kitobxonlar jahon adabiyotiga murojaat qilishdi.
      
  Zabardast rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiyning
"Jinoyat va jazo” romani mutolaasi orqali hali ham eskirmagan chirkin reallikning badiiy talqiniga guvoh bo'lasiz.

🔰 Qalbi toza, aqlli, buyuk gʻoyalarni miyasida pishitib yurgan, ammo yoʻqsillikda, och, alamzada holda insoniyligini yoʻqotib borayotgan Raskolnikovning kechinmalari sizni befarq qoldirmasligi aniq!
  
☝️ Eng qizig'i Dostoyevskiy odamzodga berilgan tugal aql, durust farosat hamda yaxshi xulq, unda yovuzlik yoʻqligining belgisi emasligini koʻrsatib bera olgan.

🗓 29.04 - Dushanba kuni
19:00 da
🎬 “OKMK TV” da
     O‘tkazib yubormang!
____
𝕂𝕒𝕟𝕒𝕝𝕚𝕞𝕚𝕫𝕘𝕒 𝕆𝕓𝕦𝕟𝕒 𝔹𝕠ʼ𝕝𝕚𝕟𝕘
https://t.me/okmk_tv_official
#ОКМК_75_йил
#мини_футбол

⚽️Жорий йилнинг 27-28 апрел кунлари Рух заводи касаба уюшмаси кўмитаси ва ёшлар иттифоқи йиллик иш режаларига асосан "Биз соғлом хаёт учун" шиори остида завод ходимлар ўртасида Рух заводига қарашли 15-мактаб спорт майдонида мини футбол мусобақаси ташкиллаштирилди. Мусобақада 10 та цех жамоаси иштирок этишди, саралаш ўйинларидан ўтган жамоалар финал ўйинларда беллашишди.

🏆Финал уйинлари натижасига кўра фахрли биринчи ўринни 🥇вельцлаш цехи жамоаси қўлга киритишди. 🥈 Иккинчи ўрин кадмий цехи жамоасига насиб этди ва 🥉ўринни куйдириш цехи жамоаси қўлга киритишди. Қизиқарли ўтган спорт мусобақаси ходимлар саломатлигини мустаҳкамлашга яна бир бор замин бўлди.

🎁Ғолиблар "Олмалиқ КМК" АЖ ходимлари касаба уюшмаси Кенгашининг диплом ва пул мукофотлари билан тақдирландилар.

  📍Биздан узоқлашманг ва кузатишда давом этинг азиз ёшлар!

👉 https://t.me/okmk_yoshlari