Open budjet
5.43K subscribers
11 photos
4 links
Assalomu alaykum siz eng tezkor yangiliklar kanalidasiz.

Agar kanal sizga maqul kelgan bo'lsa bizni kuzatishda davom eting.
Download Telegram
Channel created
Open budjet uzb
13
Open budjet portali ishga tushishi mumkin.
5
O‘zbekiston shaharlarida yozda cho‘milish uchun bepul suv havzalari yo‘q. Mutasaddilar buni hal qila oladimi?
O‘zbekistonda ommaviy suv havzalari soni kamayyapti, odamlarning tabiiy salqinlash, tabiat qo‘ynida dam olishga bo‘lgan ehtiyoji esa ortyapti. Daryolar O‘zbekiston shaharlariga qanday ta’sir ko‘rsatgani, odamlarning suvga bo‘lgan huquqini qanday tiklash mumkinligi haqida ATLAS byurosi ekspertlari mulohaza yuritadi.

Hududiy rivojlanish bo‘yicha ATLAS konsalting kompaniyasi asoschisi Aleksandra Sitnikova va ATLAS Global’ning yetakchi tahlilchisi, tadqiqotlar kuratori Yelizaveta KlochkovaGazeta.uz” uchun yozgan maqolasida suv havzalarida dam olish joylarini qanday tashkil etish mumkinligi va ular O‘zbekiston shaharlariga nima uchun zarurligi haqida hikoya qiladi.
Ko‘plab mamlakatlar va shaharlar uchun daryolar madaniy taraqqiyotning o‘tmish afsonalariga aylangan muhim elementlaridan hisoblanadi va bugungi kun ramzlarini shakllantiradi. Misrda Nil, Rossiyada Volga, Xitoyda Yanszi va boshqa ko‘plab daryolar o‘z mamlakatlari tarixining ajralmas qismidir.
O‘zbekistonda ham ikki muhim daryo — Amudaryo va Sirdaryo bor, ular mamlakatda dehqonchilik uchun sug‘orish manbasiga aylangan, qirg‘oqlari esa Ipak yo‘lidan o‘tgan karvonlar uchun voha vazifasini o‘tagan. Biroq xaritaga nazar tashlasangiz, O‘zbekistonning aksariyat yirik shaharlari daryolardan uzoqda joylashganini va atigi 25 foizga yaqin aholi punktlari daryolar yaqinida ekanini ko‘rish mumkin.
2😍1
Qaysi hududda yashash va ovqatlanish xizmatlariga talab yuqori?

2025 yilning yanvar-mart oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 41 trln so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlariga talab yuqori bo‘lgan hudud ma’lum qilindi. 
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar—mart oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 41 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 9,6 foizga o‘sgan. 
Mazkur ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, jami hajmdagi ulushi 16,8 foiz yoki 6,9 trln so‘mni tashkil etdi.
4
“Bunday harom-harish insonlarni boshqa o‘zimga yaqinlashtirmayman”.

Ozoda Nursaidova Sabrina voqeasidan chiqargan xulosalari

“Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyida 10 kunlik konsert dasturini taqdim etayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ozoda Nursaidova klipi syomkasida yuz bergan ko‘ngilsiz hodisaga yana bir bor munosabat bildirdi.

— Hamma narsani boshlagan, o‘sha qizni mashinaga o‘tqizgan odam, men yo‘q edim, men bilmabman deb turibdi. To‘qmoq avvaliga mening boshimda sindi, u esa o‘sha yerdan chapak chalib o‘zini jinniga solib turibdi. Men shunaqa xulosa qildimki, bundan keyin, tayini yo‘q, noproffesional odamlarni hech qachon yaqinimga yo‘latmayman.

15-may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudida Ozoda Nursaidova qo‘shig‘iga klip suratga olinayotganda sodir bo‘lgan mudhish avtohalokatning sud jarayonlari boshlandi.
“Dilbarim” qo‘shig‘iga klip suratga olish jarayonida Sabrina Jabborovani 16 yoshli aktrisa “Gelik”da bosib ketgan edi. Sabrina Toshkent shahrida muvaffaqiyatsiz operatsiya qilingan, shundan so‘ng bir oyog‘i kalta bo‘lib qolgan edi. U o‘zi bilan yuz bergan voqea haqida ijtimoiy tarmoqlarda so‘zlab berganidan keyin ko‘ngillilar tomonidan unga jami 367 million so‘m yig‘ib berilgan edi. Shundan so‘ng aktrisa Istanbul shahrida qaytadan operatsiya qilinib, to‘g‘ri yura boshladi.
3👍1🔥1
“O‘zgidromet” 29-mayda yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgan hududlarni e’lon qildi"

“O‘zgidromet” 29-may, payshanba kuni uchun ob-havo prognozini
ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 25-27 gradus bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
3👍2
Channel name was changed to «Open budjet»
2025-yil 1-maydan ehtiyojmand oilalarga yil davomida gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiya to‘lanadi. Endi bu yordam faqat qish oylarida emas, har oyda beriladi. Ariza topshirish 2025-yil 1-iyundan boshlandi.

Kompensatsiya quyidagilarga beriladi:
Ijtimoiy himoya va kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar, agar oila a’zosi boshiga oylik daromad 669 ming so‘mdan kam bo‘lsa;
Shuningdek, ikki reyestrga kirmagan, lekin mol-mulki kam va oila a’zosi boshiga oylik daromadi 1 million so‘mdan kam bo‘lgan oilalar.

2024–2025-yilgi isitish mavsumida kam ta’minlangan oilalarga 313,6 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2025-yilda bu raqam 1,33 trillion so‘mga yetkazilishi rejalashtirilgan.
3
Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

Mamlakat joriy yil iyun oyida 9 tonna oltin sotib olib, jahonda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Jahon oltin kengashi maʼlum qildi.

2025-yil iyun oyida dunyo markaziy banklari jami 22 tonna oltin sotib olgan. Bu ketma-ket uchinchi oyda oylik asosda talabning biroz ortganini anglatadi.
Iyunda eng katta oltin xaridori — O‘zbekiston bo‘lgan (9 tonna). Mamlakat to‘rt oy davom etgan “sotuv rejimidan” chiqib, yana oltin jamg‘arishni boshlagan.

Qozog‘iston ham 7 tonna sotib olib, ikkinchi eng yirik xaridor davlatga aylangan. Shu bilan birga, Xitoy, Turkiya, Chexiya 2 tonnadan oltin sotib olgan. Gana, Qatar, Filippin, Qirg‘iziston esa har biri 1 tonnadan qimmatbaho metall xaridini amalga oshirgan.
Iyun oyida oltinning yagona yirik sotuvchisi Singapur bo‘lib, mamlakat 6 tonna oltin sotgan.
Joriy yil boshidan beri markaziy banklar tomonidan jami 123 tonna oltin xarid qilingan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan (130 tonna) biroz kam, lekin jiddiy raqam. Bu davrda quyidagi davlatlar oltin xarid qilish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi:
Polsha — 67 tonna;
Ozarbayjon — 35 tonna;
Qozog‘iston — 22 tonna.


O‘zbekiston birinchi yarim yillikda 18 tonnaga yaqin qimmatbaho metall sotib, savdo hajmi bo‘yicha yil boshidan beri yetakchilik qilmoqda. Olti oy ichida Singapur 16 tonna oltin sotib, ikkinchilikni band qilgan. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni katta farq bilan Rossiya va Germaniya egallagan.
20👍2
826 ta mahallaga “Open budget”ning 2-mavsumida qatnashish taqiqlandi

“Tashabbusli byudjet” jarayonlarining o‘tgan yil 2-mavsum va joriy yil 1-mavsumida takroran g‘olib bo‘lgan 826 ta mahalla 2 mavsumga tanaffusga chiqarildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilgi 1-mavsum yakunlariga ko‘ra, 2 011 ta mahalla (jami mahalla soniga nisbatan 21 foiz) g‘olib deb topilgan. Bunda, ushbu mavsum doirasida 329 ta mahalla ilk marotaba g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, 2024 yilgi 2-mavsum doirasida g‘olib bo‘lgan 826 ta mahalla ushbu mavsumda ham takroran g‘olib deb topilgan. Shu munosabat bilan ushbu mahallalar uchun joriy yilgi 2-mavsum hamda 2026 yilgi 1-mavsumlarda tanaffus beriladi.

Bildirilishicha, mazkur mahallalar (shuningdek, ushbu mahallalarda joylashgan maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar) navbatdagi ikki mavsum doirasida o‘z loyihalari bilan ishtirok eta olmaydi.

G‘oliblar ro‘yxatiga aniqlik kiritilgan hollarda har mavsum boshlanishidan avval tanaffus berilayotgan mahallalar ro‘yxati Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy sahifalari hamda “Ochiq byudjet” portalida e’lon qilib boriladi.
22👍2
"Open byudjet" ning 10-mavsumi boshlanmoqda.
1–20 fevral — loyihalarni kiritish;
21 fevral – 7 mart — loyihalarni saralash;
8–10 mart — targʼibot bosqichi;
11–20 mart — ovoz berish;
21–31 mart — qoʼshimcha gʼoliblarni aniqlash.
Gʼolib loyihalar 21 mart "Navroʼz" bayrami kuni eʼlon qilinadi.
6
1 февралдан “Open Budjet”нинг 10-мавсуми бошланмоқда

Жорий йилнинг 1-февралидан “Ташаббускор халқ учун — янги имкониятлар мавсуми” шиори остида “Ташаббусли буджет” жараёнининг 2026-йилги илк мавсуми бошланади. Ушбу мавсум “Ташаббусли буджет” жараёни жорий этилганидан буён ўтказилаётган ўнинчи — юбилей мавсум ҳисобланади.

Бунда:
▪️1–20-феврал кунлари лойиҳаларни киритиш;
▪️21-февралдан 7-мартгача лойиҳаларни саралаш;
▪️8–10-март кунлари тарғибот босқичи;
▪️
11–20-март кунлари овоз бериш босқичи;
▪️21–31-март кунлари қўшимча ғолибларни эълон қилиш босқичи ўтказилади.
▫️Маълумот учун, анъанавий овоз бериш босқичи якунларига кўра ғолиб лойиҳалар 21-март — Наврўз байрами куни эълон қилинади.
19🔥1😍1
❗️“Ташаббусли бюджет”нинг 2026 йилги 1 мавсуми доирасида овоз бериш босқичи бошланди

Овоз бериш жараёнлари 20-март соат 23:59 га қадар давом этади.

Эслатиб ўтамиз, сиз ўзингизга қулай бўлган усуллардан бири орқали, жумладан:

1️⃣ “Очиқ бюджет” порталининг веб-саҳифаси;
2️⃣ порталнинг мобил иловаси (Android ва iOS);
3️⃣ Telegramдаги расмий бот ёрдамида овоз беришингиз мумкин.

Барча ташаббускорларга омад тилаймиз!
37🔥6👏6👍5