OBOD YOSHLARI
282 subscribers
797 photos
131 videos
1 file
399 links
📬 @obodqabulxona 📞 +998994822122

📌 Yoshlar yetakchisi: Islomjon Muhammadjonov
Download Telegram
"Zakovat"chi yoshlar yana bir davrada!

Barchamizga ma'lum bir necha yillardan buyon respublikamiz bo'ylab turli yosh toifasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazib kelinmoqda. Farg'ona tumanida ham an'anani davom ettirgan holda "Zakovat" intellektual o'yini ochiq osmon ostida o'tkazildi.

Turli yo'nalishdagi adabiyotlardan tuzilgan savollar yoshlarni ilmiy va mantiqiy fikrlash bilan birga, ularni bir davrada bilim almashishlariga ham zamin yaratdi.

🔹 Obod yoshlari telegram:
https://t.me/+qrbhA5Duofo1ZTZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎊 Bilimli va salohiyatli yoshlar, qadrli bitiruvchilar!

Bugun, 25-may - yurtimizning barcha maktablarida "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari bo'lib o'tmoqda. O'z oldiga ulkan va ezgu maqsadlarni qo'ygan yoshlar, qadrdon maktablari bilan xayrlashib, katta hayot sari qadam qo'ymoqda.

Shu munosabat bilan Obod mahallasida joylashgan 3-sonli o'rta ta'lim maktabida so’nggi qo’ng’iroq tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda Farg'ona tumani prokurori Baxtiyor Boboqulov ishtirok etdi va bitiruvchilarni tabrikladi: - Bugungi kun har bir bitiruvchi hayotida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Sizlar bugun mustaqil hayot ostonasida turibsiz. Shuni unutmang-ki, hamma joyda siz bizning yuzimizsiz. Men sizlarga bundan keyingi yo’lingizda muvafaqqiyat tilayman. Omad yor bo’lsin.

🔹 Obod yoshlari telegram:
https://t.me/+qrbhA5Duofo1ZTZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Yoshlar oyligi doirasida Obod mahallasida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan ma'lumot

📣 "Obod yoshlari" elektron jurnali taqdimoti - Mahallamiz yoshlarining ijtimoiy hayotidagi muhim voqeliklarni istalgan vaqtda, istalgan joyda oʻqish imkoniyati. "Obod yoshlari" elektron jurnali vaqt va makon tanlamaydi!

📝 "Yosh oilalarni nikoh to'ylari bilan tabriklash" (Toʻyga toʻyona) - Yoshlar oyligi davomida oʻz nikoh toʻylarini oʻtkazayotgan yoshlar uchun mahalla yettiligi tomonidan maxsus tabriknoma yuborish, yettilik xodimlari birgalikda to‘y marosimida ishtirok etish

🔹 "Xorijdagi mahalladosh" - Bugungi kunda xorijda yashab ma'lum yo‘nalishlarda natijalarga erishayotgan shijoatkor tengdoshlariga o‘z hayot tajribalarini o‘rgatishni maqsad qilgan "Xorijdagi mahalladosh"lar bilan suhbat quramiz.

🎮 CS2 - Uyushmagan yoshlar o’rtasida “cs2” o’yini bo’yicha kibersport musobaqasi o’tkaziladi.

🎨 "Dizayn battle" - yuragida o'ti bor grafik dizaynerlar uchun yakka tartibdagi maxsus musobaqa.

👍 "Yoshlar hashari" - Mahallaning faol yoshlari ishtirokida keksa, boquvchisini yo‘qotgan, alohida eʼtiborga muhtoj, yolg‘iz oilalarda hashar ishlari tashkil etish

🏆 "Futbol" - "Obod" mahallasi va unga qoʻshni boʻlgan mahallalar yoshlari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha “Yoshlar qo'shma kubogi” musobaqasini oʻtkazish

"Choyxonada qimor emas Shaxmat!" - Salbiy illatlarga qarshi kurashish, ijobiylarini ommalashtirish maqsadida "Obod" mahallasi hududida joylashgan choyxonalarda sportning shaxmat turi boʻyicha "Mahalla yoshlar yetakchisi kubogi" musobaqasini o’tkazish

🤝 "Sen ekologiyaga keraksan” - atrof-muhit muhofazasini taʼminlash maqsadida mahallaning koʻngilli yoshlaridan volontyorlik jamoasini shakllantirish

👏 “Yoshlar oqshomi" - "Yoshlar ovozi - Bo'zatov FEST" tanlovi ishtirokchilari tomonidan konsert dasturi hamda "Yoshlar oyligi"dagi loyihalarda faol ishtirok etgan mahalla yoshlarini taqdirlash

#Obodyoshlari

🔹 Obod yoshlari telegram:
https://t.me/+qrbhA5Duofo1ZTZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz bolajonlar!

💐 Sizni “1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan tabriklaymiz.

Siz bilan hamisha bolalikning baxtiyor damlarini his etamiz, birga kulamiz, birga yig’laymiz, birga o’ynaymiz. Siz bilan birga bo’lish biz uchun sharaf. Sizning quvonchingiz biz uchun har narsadan ustun.

Siz yashash, davolanish, bepul ta'lim olish, atrof-muhitni himoya qilish va kattalar himoyasida bo'lish huquqlariga egasiz. Sizning huquqlaringiz – qonun bilan kafolatlangan.

Mahallamiz nomidan Sizdan o'qish va rivojlanishdan to'xtamasligingizni, o'z oldingizga katta maqsadlarni qo'yib, ularga erishish uchun a'lo baholarga o‘qishingizni, tinimsiz bilim olishingizni, kitob o'qishingizni, mehnat qilishingiz va sog’lom bo’lishingizni so’rab qolamiz.

Har kuningiz quvonchga to’lsin!

🔹 Obod yoshlari telegram:
https://t.me/+qrbhA5Duofo1ZTZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Mahallada nima gaplar?
Obod yoshlari jurnalining yoshlar oyligidagi 4-soni
da batafsil tanishing!

* Mahalla yettiligi
* Intilsak imkon topiladi
* "Obod ta'lim" oilasi nimalar bilan mashg'ul
* Olimpiadada obodlik yoshlar
* Bilimlik ayol yorug' kelajak asoschisi
* Kitoblar dunyosi haqida
* Qizingni o'qitibsan ummatga yaxshi qilibsan
* Ziyo ulash


Telegram orqali mutolaa 👇
https://t.me/Obodyoshlari_bot/sayt

Sayt orqali mutolaa
https://online.pubhtml5.com/zhvxp/rqri/

Maroqli hordiq, mahalla yangiliklari, eng asosiysi obuna bo'lish shart emas 😉

🔹 Obod yoshlari telegram:
https://t.me/+qrbhA5Duofo1ZTZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎮 "Yoshlar oyligi"da  – “Kibersport” start olmoqda

Farg'ona tuman Yoshlar ishlari bo'limi
, "Rivoj-98" xususiy korxonasi hamda "Vodil city" hamkorlikda “Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida shov-shuvli kibersport PUBG Mobile musobaqasiga start beradi.

Yoshlar oyligi davomida yoshlarni sportga jalb etish, aholi orasida kibersportni ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida kibersport musobaqasi tashkil etilmoqda.

Quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. Bir ishtirokchi yakkalik oʻyinda ishtirok etish imkoniyatiga ega.

🎤Ro’yxatdan o’tish uchun o’z yo’nalishingizga mos Telegram-guruhlariga o’tishingiz mumkin: https://t.me/OBODMFY
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍Biz tayanchmiz

Xalqimizda azaldan keksalarga e’zoz, hurmat va e’tiborda bo'lish fazilati bor, bu jihat o‘zbek xalqining qadriyatiga aylangan. Keksalar holidan xabar olish ularga ko’tarinki kayfiyat bag‘ishlash ulkan xayrli ishlardan sanaladi.

Bugun yoshlar oyligi munosabati bilan obod yoshlari tomonidan ana shunday savobli ishga qo‘l urildi. Xususan, ayni kunlarda mahallada yolg‘iz yashovchi keksalarga har jihatdan ko‘mak berish maqsadida ularning holidan xabar olinib, nuroniylarga ko‘tarinki kayfiyat ulashilmoqda.

#Obodyoshlari

🔹 Obod yoshlari telegram:
https://t.me/+qrbhA5Duofo1ZTZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Premyera

"Mening qahramonim Boburning oyisi" emas balki jamoamizdagi manashu qora koʻzlar

Xabaringiz bor qishlog'imizda kichik o'quv markazi faoliyatini yo'lga qo'ygan edik. Joriy yilda jamoamiz bilan oldimizga katta marralarni belgilab startni boshladik va birinchi yarim yillikdagi natijalarimiz bizni qoniqtirmoqda.

Raqamlarda "Obod ta'lim" o'quv markazida ayni kunda 60 dan ortiq yoshlar bepul ta'lim olmoqda. Ularning 12 nafari kompyuter savodxonligi, 30 nafari Ingliz tili, 18 nafari esa shaxmat to'garagi, 6 nafari grafik dizayn, 6 nafari mobilografiya kursi o'quvchilari sanaladi. Bu raqamlarni ortib borishida yuqoridagi ustozlarning xizmatlari tahsinga loyiq!

Kelgusida "Obod ta'lim" jamoasi o'z oldiga bundanda ulkan maqsadlar qo'ygan. Siz ham ushbu maqsadlarga erishish yo'lida mehnat qilayotgan jamoamizni doimo kuzatib boring!

📹Tez kunda, YouTube sahifamizda tomosha qiling!

#Obodyoshlari

🔹 Obod yoshlari telegram:
https://t.me/+qrbhA5Duofo1ZTZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM