Ob-havo Xorazm ❄️☀️
782 subscribers
5.11K photos
916 videos
2 files
1.13K links
Xorazm viloyat bo'yicha aniq ob-havo.
⛅️Kunlik
⛅️Haftalik
⛅️Uzoq muddatli
Ob-havoni bilib borishni hohlovchilarni kanalga taklif qilamiz.
Murojat uchun: @usmonxasanov
Download Telegram
🌦Viloyatimizda hafta davomida har kuni kunning malum bir qismida bazi hududlarga kuchsiz va qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi prognoz qilinmoqda.

17 va18 may kunlari yomg'ir kuchliroq bo'lishi kutilmoqda va extimollik ham yuqori.

Havo harorati ham 30gradusdan oshmaydi.

Kuchli shamollar yo'q xozircha.

@obhavo_xorazm
Bulutlarni xozirgi xolati.
Viloyatimiz tomon yana bulutlar kelmoqda.
Yomg'ir yog'ish extimoli past.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Yerdan bulutlargacha qancha masofa?

Osmonga qaraganingizda, barcha bulutlar bir xil darajada bo'lib tuyuladimi? Bu to'g'ri emas: ba'zilari yerdan 300 metr, boshqalari - 15 kilometr bo'lishi mumkin.

Meteorologlar ularning balandligini qanday o'lchaydilar?

Bulutlar balandligi seilometr bilan o'lchanadi. Bu meteorologlar mashinada osongina olib yurishlari mumkin bo'lgan juda ixcham qurilma hisoblanadi.

Qurilma osmon jismlarigacha bo‘lgan masofani lazer yoki o‘zaro bog‘langan to‘lqinli boshqa yorug‘lik yordamida aniqlaydi. U LIDAR"yorug'lik yordamida aniqlash, identifikatsiya qilish va masofani belgilash" printsipi boʻyicha ishlaydi. Yo'naltirilgan nur manzilga yetadi, undan aks qaytadi va selometrga keladi va javob vaqtiga asoslanib, meteorologlar bulutning pastki va yuqori chegaralarigacha bo'lgan masofani hisoblashadi.
🕑 14:00

Фактик об-ҳаво

Шимолда ҳаво харорати кишилар танаси ва физиологиясига сезиларли салқинликларни туҳфа этаётган бўлса, республика маркази ва жанубида ҳаво ҳарорати инсон танаси ўртача ҳароратидан (+36,6°С) юқори қийматларга кўтарилди.

Ўзгидромет

@uzb_meteo
Айни дақиқларда магнит бўрони қўзғалишлари нол қийматга эга.

Олмаота ионасфера институти
#ob_havo

15 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35°, janubda ba’zi joylarda 37-39° gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-33° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.



ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА 15 МАЯ


Сегодня днем без осадков, лишь по Бухарской, Навоийской областям, во второй половине дня по Республике Каракалпакстан, Хорезмской области и к вечеру по Самаркандской, Джизакской областям местами кратковременный дождь, возможна гроза. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 15-20 м/с, в отдельных районах с пыльным поземком. Температура 30-35°, по югу местами до 37-39°.

В столице без осадков. Ветер 5-10 м/с, возможно усиление до 12-14 м/с. Температура 31-33°.

По предгорным и горным районам местами дождь, возможна гроза. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 15-20 м/с. Температура 20-25°.
Bugun viloyatimizda o'zgaruvchan bulutli havo bo'lib kechqurun bazi hududlarga kuchsiz yomg'ir yog'ishi kutiladi extimollik 25%.

Deyarli shamol bo'lmaydi.

@obhavo_xorazm
Bulutlarni xozirgi xolati.
Atrofimizdagi yomg'irlarni xozirgi xolati
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Oʻrtacha umr koʻrish koʻrsatkichi havo ifloslanishi bilan bogʻliq

Toza havo inson salomatligiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri bo‘lib, jismoniy va ruhiy salomatlikni saqlashda muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari, toza havo hayot sifatini yaxshilaydigan asosiy omil hisoblanadi. Toza havodan nafas olish sizda astma, bronxit, insult va yurak-qon tomir kasalliklari kabi qator kasalliklarga chalinish ehtimoli kamligini anglatadi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, insult, o'pka saratoni va yurak kasalliklaridan o'lim holatlarining uchdan bir qismi havo ifloslanishi bilan bog'liq. Havoni zararli moddalar, karbonat angidrid va zaharli tutunlardan tozalaydigan daraxtlarni kesish, o‘ylamay qurilishlar siyosatini olib borish mamlakatda oddiy tusga aylanib bormoqda. Oqibatda, O‘zbekiston hayot sifati noqulay davlatga aylanib bormoqda.

Sayyoramizda havo sifati juda ko'p orzu qilinadigan mamlakatlar bor. Achinarlisi, bizni ham shunday orzuda yashayotgan davlatga aylanmoqdamiz. O'rtacha umr ko'rishning havo tozaligiga bog'liqligi xaritasiga qarang va yozilganlarning to'g'ri ekanligini ko'ring. Mamlakat havosi qanchalik iflos bo‘lsa, fuqarolarning umri shunchalik qisqaradi.

Eng qulay yashash sharoitlari Avstraliya, Yangi Zelandiya, Rossiya ning shimoliy qismlari, Shimoliy Yevropa va Kanadada, AQSh ning g'arbiy qirg'oqlarida, Tibetda va Afrikadagi Sahroi Kabir atrofida kuzatiladi. Bu hududlarda havo shunchalik tozaki, uni tozalash bo'yicha qo'shimcha choralar umr ko'rish davomiyligini oshirmaydi.

Xaritaga koʻra, Oʻzbekiston uchun 1-2 yilga taʼsir qilmoqda. Bu 2021-yil maʼlumoti, hozirda bundanda jiddiyroq boʻlishi mumkin!

⚠️Avvalroq, havo ifloslanishi Alsgeimer kasalligiga olib kelishi mumkinligi taʼkidlangandi.

Doʻstlaringizga ham tarqating⬇️⬇️
Bizning kanal:📝
@gidrometeo_info
Viloyatimiz tomon chaqmoq bulutlari kelmoqda.

Kechga yaqin va kechqurun viloyatimizda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi va chaqmoq chaqishi kutiladi.
Extimollik 30%
Қорқалпоғистоннинг Бўзатов туманида соат 15.00 ҳолатига кучли жала ёғин ёғиб ўтган.

Олдинроқ айтиб ўтганимдек, "Омега" блокланиши келаётган 5 кунликда Қорақалпоғистонга деярли ҳар куни жадал ёғинлар улашади. Орол бўйи минтақаси ёз учун ерда яхшигина намгарчилик билан кириб борадиган бўляпти.
Viloyatimiz atrofida chaqmoq bulutlari shakillanmoqda lekin viloyatimizga hali yetib kelmayapdi.

Prognozlarda yog'ingarchilik extimoli past berilgan.
Ertaga viloyatimizda o'zgaruvchan bulutli havo bo'lib bazi hududlarga qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi mumkin extimollik past 25%
17-may kuni kuchliroq yomg'ir yog'ishi kutilmoqda extimollik 60%

Hafta oxirida esa kuchli shamol esishi kutiladi.
Oldimizda salqin havolar bor.

@obhavo_xorazm
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Эроннинг жануби—шарқи Забул шаҳрига ёпирилиб келаётган чанг бўрони

15.05.2024 й