O'zbekistonda ob-havo
1.66K subscribers
4.6K photos
526 videos
1 file
4.69K links
погода в Узбекистане
Download Telegram
Forwarded from Hydromet.uz (Tashkhodjaeva)
‼️Meteorologik atamalar” rubrikasining navbatdagi soni

📉Iqlimiy prognoz - iqlimshunoslik ma’lumotlari asosida berilgan uzoq muddatli ob-havo prognozi. Ko‘rilayotgan davr uchun (davr, oy, va boshqalar) meteorologik elementlarning holati va taqsimlanishi haqidagi, shuningdek, oldingi yillardagi kuzatishlarni statistik ishlovi natijasida olingan, ularning u yoki bu turining boshlanish ehtimoli haqidagi ma’lumotlar. Ob-havo prognozi sifatida qabul qilinishi mumkin.

#meteorologiya #atamalar #prognoz #ob_havo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hydromet.uz (Tashkhodjaeva)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☄️Yangiliklar yaratishda davom etamiz!
Bizda yana yangi rubrika - “Ijtimoiy so‘rovnomalar”

🎤Bugun biz aholimizdan “O‘zgidromet haqida” ma’lumot so‘radik. Javoblarni videorolikimizda ko‘rishingiz mumkin.

✔️Bizni kuzatishda davom eting. Keyingi so‘rovnomalarimizda to‘g‘ri javob berganlarga sovg‘alar ulashishni boshlaymiz!

#uzgidromet #ijtimoiy #sorovnoma #uzgidromet #ob_havo #meteorologiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hydromet.uz (Tashkhodjaeva)
Meteorologik atamalar” rubrikasi

📊Iqlimshunoslik- yer sharining turli tuman mintaqalaridagi iqlimni o‘rganadigan fan sohasi. Iqlimshunoslik iqlimni
tashkil qiladigan jarayonlar natijasida va geografik omillar tasirida iqlimlar genezisini aniqlash, yer sharining viloyatlari iqlimini tavsiflash, tasniflash va ularning taqsimlanishi o‘tgan tarixiy va geologik (paleoiqlimshunoslik) davrlar iqlimini o‘rganish bilan shug‘ulanadi.
‼️Hozirgi vaqtda iqlimning o‘zgarish prognozini berish masalasi bilan ham shug‘ullanadi.

#meteorologiya #atamalar #prognoz #ob_havo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hydromet.uz (Tashkhodjaeva)
Meteorologik atamalar” rubrikasi

🔼Nam havo - suv bug‘iga ega bo‘lgan havo. Havoda suv uch xil agregat holatlarda, ya’ni gaz, qattiq va suyuq holatlarda bo‘lishi mumkin. Havo namligi absolyut (mutlaq) va solishtirma namlik ko‘rinishida ifodalanadi.

#meteorologiya #atamalar #prognoz #ob_havo #nam #havo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hydromet.uz (Tashkhodjaeva)
✔️Meteorologik atamalar” rubrikasi

☄️Momaqaldiroq - chaqmoqda elektr razryadi (yashin) bilan kuzatiladigan tovush hodisasi. Momaqaldiroqning sababi yashin yo‘li bo‘ylab havoning isishi va natijada tezlik bilan kengayishidan kelib chiqadigan portlash to‘lqinidir. Tovush yashin yo‘lining har xil nuqtalaridan kuzatuvchiga bir vaqtda kelmasdan, balki bulut va yer sirtida bir necha marta qaytib har xil vaqtda kelgani uchun guldirash davomli bo‘ladi. Momaqaldiroq odatda 15-20 km. gacha eshitiladi.

#meteorologiya #atamalar #prognoz #ob_havo #momaqaldiroq
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hydromet.uz (Tashkhodjaeva)
🔴Meteorologik atamalar” rubrikasi

☁️ O‘zgaruvchan bulutlik
Переменная облачность
Variable cloudiness

✔️Berilgan vaqt oralig‘ida bulutlikning keskin o‘zgarib turishi. Bu holat ko‘pincha siklon orqasidagi konveksiya bulutlariga xosdir. Agar (0-3 va 8-10 ball oralig‘ida) bulut miqdori juda keskin ko‘payish va kamayish tomoniga takroriy o‘zgarib tursa, u holda keskin o‘zgaruvchan bulutlik kuzatiladi.

#meteorologiya #atamalar #prognoz #bulutlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hydromet.uz (Tashkhodjaeva)
‼️Meteorologik atamalar” rubrikasi

🕑 Grinvich vaqti
Время по Гринвичу
Greenwich Mean Time

✔️London yaqinidagi Grinvich observatoriyasidan o‘tgan nolinchi meridian vaqti. Grinvich vaqti butun jahon vaqti, ya’ni nolinchi soat mintaqasi deb ham yuritiladi. Biror vaqt ichida ma’lum fizik vaqtda o‘tkaziladigan kuzatishlarda Grinvich vaqti deb kuzatiladi. Ayrim hollarda Grinvich vaqti deb yuritiladi.

#meteorologiya #atamalar #prognoz #grinvich #vaqti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hydromet.uz (Tashkhodjaeva)
‼️Meteorologik atamalar” rubrikasi

📶 Radiolokator
Радиолокатор
Weather radar

✔️Radiolokatsiya maqsadida ishlatiladigan radiotexnik qurilma. Meteorologiyada radiolokatordan yog‘inlar, momaqaldiroq, frontlar va tropik siklonlarni, shuningdek radiozond va radiopilotlarning ko‘chishini kuzatish va tadqiqot ishlari uchun qo‘llaniladi.

#meteorologiya #atamalar #radiolokator #prognoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hydromet.uz (Tashkhodjaeva)
‼️Meteorologik atamalar” rubrikasi

💧Shudring
Роса
Dew

✔️Tungi nurlanish hisobiga sovugan Yer yuzasi va turli narsalar ustida hosil bo‘ladigan mayda suv tomchilari. O‘t va o‘simlik yaproqlarida mayda tomchilarning qo‘shilishidan yirik tomchilar hosil bo‘ladi. Mo‘tadil kengliklarda sershudring kechalar davomida 1-0,5 mm yog‘in tushadi. Yil davomida shudring natijasida ajratgan namlik 10-30 mm lar atrofida bo‘ladi.

#meteorologiya #atamalar #shudring #ob #havo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hydromet.uz (Ахборот хизмати)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Navbatdagi yangi rubrika - “O‘zgidromet” faoliyati

✔️ Mazkur rubrikada sizlarni O‘zgidromet tomonidan funksiya va vazifalariga muvofiq amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishtirib boramiz.

✈️ Bugungi mavzu: Aviatsion meteorologiya

➡️Ushbu mavzu haqida batafsil ma’lumot olish uchun videorolikimizni ko‘ring!

#uzgydromet #faoliyat #aviatsiya #radiolokator #uskuna #meteorologiya

Telegram  |  Facebook  | Instagram  |  Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM