O'zbekistonda ob-havo
1.77K subscribers
4.6K photos
526 videos
1 file
4.69K links
погода в Узбекистане
Download Telegram
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

💨 Shamol tezligi

Shamol vektorining yo‘nalishidan qat’iy nazar, uning m/s, km/soat va uzellarda ifodalanadigan sonli miqdor. Agar shamol tezligi Bofort shkalasi bo‘yicha ballarda ifodalangan bo‘lsa, u holda shamol kuchi haqida fikr yuritiladi.

Telegram | Facebook| Instagram 🌐  Youtube 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🌤Atmosfera hodisalari

⚡️Oddiy ko‘z bilan kuzatiladigan atmosfera hodisalari. Bularga: yog‘in, bulut va tumanlarning barcha ko‘rinishlari, qor bo‘ronlari, yashin (chaqmoq), momaqaldiroq, chang bo‘ronlari, chang to‘zonlari, elektr hodisalari, qor qatlami, yaxmalak va boshqalar kiradi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷  Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🟣Anomaliya

⏯️Meteorologik elementlarning vaqt yoki fazoda o‘zining o‘rtacha qiymatidan chetlanishi (og‘ishi). Jumladan, anomaliya ma’lum joyga tegishli meteorologik elementlarning joriy, besh kun, o‘n kun, bir oy va boshqa davrlarga hisoblangan qiymatlarini shu elementlarning ko‘p yillik o‘rtacha qiymatidan chetlanishi (og‘ishi)ni ko‘rsatadi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷  Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🌬️Sovuq front

Iliq havo tomon harakatlanadigan, o'zidan so'ng sovuq havo olib keladigan front. Sovuq front va sovuq havo massalari oralig'idagi zona bo'lib, iliq havoni siqib chiqaradi. Bosh front siklon ortidagi sovuq frontning xususiyatlariga ega bo'ladi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷  Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

Sinoptik muddatlar

🟣Sinoptik stansiya tarmoqlarida ob-havo ustidan bir vaqtda kuzatish o'tkaziladigan muddatlar: ular o'rtacha Grinvich vaqti bo'yicha 00, 03, 06, 09, 12, 15, 18, 21 soatlardir.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷  Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

Sinoptik mavsum

Ma’lum sinoptik jarayon rejimi uchun xos bo'lgan holatning boshlanishi va tamomlanishi o'z ichiga olgan yil fasli. Biror sinoptik mavsum masalan yoz turli yillarda ayni bir hududda har xil muddatlarda boshlanishi va yakunlanishi mumkin.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷  Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

🟣Glyasiologiya

©Glyasiologiya muzliklarning fizik xossalari, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi, shuningdek geografik landshaftlarning boshqa tarkibiy qismlari bilan bog'lanishini o'rganadigan fan.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷  Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

💠Konveksiya

Atmosferada alohida havo miqdorlarining bir balanlikka ko‘chish jarayoni. Bu esa havo bilan o‘rab olgan havo temperaturalarining farqiga bog‘liq. Kondensatsiya umumiy ma’noda suyuqlik, shu jumladan havoning, aniq yo‘nalishda siljishni ko‘rsatadi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷  Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meteorologik_atamalar

📝Meteorologik atamalar” rubrikasi

💠Vodiy shamoli

✔️ Vodiy va tog'lar ustidagi havoning har hil isishi va sovushi natijasida kelib chiqadigan mahalliy vodiy (kunduzgi) shamollar. Qisqartmasi tog'-vodiy shamollari.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷  Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM