Navoiy viloyati soliq boshqarmasi
2.89K subscribers
9.86K photos
1.78K videos
63 files
5.4K links
Navoiy viloyati soliq xizmati organlarining rasmiy kanali.
📍Manzil: Navoiy shahri, A.Navoiy koʻchasi, 27-b uy.

Murojaat uchun telefonlar: 📞 1062,
📞 (79) 222-00-70, 📞 (79) 220-60-75
Veb-sayt: soliq.uz, Facebook: @nvsoliqnews
Download Telegram
#taksi_agregator

TAKSI AGREGATORLARI XARIDORGA CHEK BERISHI ZARUR


🚕 Bugungi kunda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi taksi agregatorlar faoliyatidan keng foydalanmoqdamiz. Aslini olganda, bu xizmat har birimiz uchun juda qulay. Bekatga bormasdan ham turgan manzilingizga taksi buyurtma qilib, istalgan nuqtaga bir zumda yetib olishingiz mumkin.

Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan hududiy soliq boshqarmalarida ZOOM platformasi orqali yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi agregatorlarni soliq organlari axborot tizimlariga integratsiyalash jarayonlari va soliq qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Onlayn muloqotlarda Navoiy viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar ishtirok etdi.

Soliq qo‘mitasi, Transport vazirligi va sohaga daxldor boshqa organlar mas’ullari ishtirok etgan seminarda interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi agregatorlarning mijozlarga xizmat ko‘rsatishda to‘lov usullari va yo‘lovchilarga chek taqdim etish tartibi, agregatorlarga a’zo bo‘lishda xizmat ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslardan talab etiladigan hujjat bo‘yicha savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirish berildi.

Shuningdek, sohada aholiga yanada qulay interaktiv xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, shu orqali yashirin iqtisodiyotning oldini olish choralari muhokama etildi.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TTY

Tovar-transport yuk xatining elektron shakli qanday yaratiladi?

Kimlar elektron TTY ishtirokchilari
hisoblanadi?

Elektron TTYni tahrirlash mumkinmi?

Avval rasmiylashtirilgan elektron TTYga qo‘shimcha va tuzatish kiritish yuk oluvchi tomonidan tasdiqlangunga qadar amalga oshirilishi mumkin.

Soliqservis.uz saytida test rejimida ishga tushirilgan elektron TTY tizimidan foydalanish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TTY

Elektron TTY qaysi yo'nalishda soliq to'lovchilar uchun tadbiq etiladi?

Elektron TTY tizimi tovar-moddiy boyliklarni yuklab jo‘natuvchi barcha subyektlar uchun bosqichma-bosqich tatbiq etiladi:
▫️1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar uchun;
▫️1-iyundan barcha tadbirkorlik subyektlari uchun.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

📣 1-aprel – daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishning oxirgi kuni

✍️ Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

❗️ O‘zbekiston rezidentlari ushbu sanaga qadar 2023-yilda olgan quyidagi daromadlari to‘g‘risida jami yillik deklaratsiyani topshirishlari lozim:

▪️noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida, foiz va dividend ko‘rinishida olgan daromadlari;
▪️ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan;
▪️moddiy naf tarzidagi;
▪️O‘zbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan;
▪️soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan boshqa daromadlari.


Telegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i

👉Qaysi obyektlar uchun to‘lanadi?
👉Qanday hisoblanadi?
👉Stavkalar miqdori qancha?


🎞Batafsil videorolikda

👉 Kimlar mol-mulk solig'i va yer solig'idan imtiyozga ega?

❗️15-aprelga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!

Telegram | Facebook | Youtube
#barqarorlik_reytingi

📊 Barqarorlik reytingi - tadbirkor uchun yangi imkoniyat


✍️ Tadbirkorlarning barqarorlik reytingida qo‘shimcha ball beruvchi ya'ni rag‘batlantiruvchi ko‘rsatkichlar:

✔️ Xususan,

🔸 ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligini ta’minlash;

🔸 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ortiq ish haqi to‘lanayotgan xodimlar sonining ko‘payishi;

❇️ Jumladan, Navoiy shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan

🔹"SILK ROAD CONSTRUCTION AND TECHNOLOGIES" hamda "NAVOIY KOMFORT QURILISH SERVIS" MCHJlarda tashkil etilgan muloqotlarda tadbirkorlarning barqarorlik reytingida belgilangan mezonlar xususida batafsil ma'lumotlar berildi.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TTY

Elektron TTY tizimida muammolar uchraganida qanday hal etiladi?


Tizimni kamchiliklarsiz ishga tushirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida "Elektron tovar-transport yuk xati tizimi" test rejimida ishga tushirilgan.

Tizimni takomillashtirish yuzasidan takliflar bilan quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilish mumkin:
💻 Soliq organlari bilan qayta aloqa axborot tizimi;
📞 Call-markaz - 1198, 24/7 rejimda.

Sizning murojaatingiz
dasturiy mahsulotni takomillashtirish, muammolarni tez va tizimli ravishda bartaraf etish va tizimga moslashish jarayonini og‘riqsiz o‘tkazishga yordam beradi!

Elektron TTY mavzusida onlayn seminar-treninglar:
👉 Soliq qo‘mitasi
👉 Didox
👉 Soliq servis

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

📊 Barqarorlik reytingi - tadbirkor uchun yangi imkoniyat


🖥 Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari uchun -

🔹 soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi

🔹QQS summasi o‘rnini qoplash 1️⃣ kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.

♻️ Jumladan, Konimex tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan

🔸"KONIMEX DARMON FARM" hamda "KONIMEX PREMIER" XKlar rahbar va hisobchilari bilan muloqotlarda tadbirkorlarning barqarorlik reytingida belgilangan mezonlar xususida batafsil ma'lumotlar berildi.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tinchlik

Tinchlik – bebaho ne’mat.

Tinchlikning qadri beqiyos.

Uni asrab-avaylash va qadriga yetish har birimizning burchimizdir.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube
#mutaxassis_sharhi

SAVOL:


Otam vafot etgan. Hovlimiz hali ham otamning nomida turibdi. O‘z-o‘zidan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorlik otamning nomiga kelyapti. Shu hovlini o‘zimning nomimga biriktirsam bo‘ladimi?

JAVOB:

Soliq kodeksining 133-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mol-mulk, ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etishi shart.

Shunga ko‘ra, marhumga tegishli ko‘chmas mulk obyektini boshqa fuqaroga biriktirish bo‘yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarga murojaat qilish zarur. Marhumga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan huquqlar qonunchilikka muvofiq notarial meros ishlari yakunlangandan keyin yoki sud qaroriga asosan boshqa fuqaroga o‘tadi. Shu sababli ushbu fuqaro avval ko‘chmas mulkka nisbatan meros ishi bilan shug‘ullanib, so‘ngra kadastr organiga murojaat qilishi lozim.

Navoiy viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube