O'zMU | Rasmiy kanal
10.8K subscribers
16.1K photos
1.75K videos
102 files
5.76K links
O'zbekiston Milliy universitetining rasmiy Telegram kanali

Rasmiy sayt: nuu.uz

📲facebook.com/nationaluniversityuzbekistan
📲instagram.com/nuu.uz
📲youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum., Universitet k., 4-uy.
Download Telegram
#xalqaro_maktab
#uchinchi_kun

O‘zMUda MDH mamlakatlari yosh tarixchilarining xalqaro maktabi davom etmoqda

Ma'lumot o'rnida, ushbu yozgi maktab Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, MDH davlatlarining gumanitar hamkorlik xalqaro jamg‘armasi, MDHga a’zo davlatlar tarixchi va arxivchilari xalqaro assotsiatsiyasi (komissiyasi) va Rossiya Fanlar akademiyasining Jahon tarixi instituti bilan hamkorlikda o‘z faoliyatini boshlagan.

Unda O'zbekiston, Rossiya,  Armeniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belorussiya va boshqa mamlakatlardan kelgan tarixchi-olimlar ishtirok etmoqda.

Yozgi maktabda yosh olimlar uchun o‘qilayotgan ma’ruzalar tarixiy matnlar, arxiv hujjatlari bilan ishlash, ulardagi ma’lumotlarni to'g'ri talqin qilish, samarali foydalana olish, ular asosida ilmiy tadqiqot ishlarni olib borish haqida ma’lumotlar berilmoqda.

Bizni kuzating:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#TTJda_osh_chempionati

O'zbekiston Milliy universitetiga qarashli 3-sonli talabalar turar joyida Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan "Osh chempionati"da voha, vodiy hamda poytaxt aholisi iste'mol qiladigan turli xil oshlar tayyorlanib, dasturxonga tortildi.

Hakamlar hay'ati talabalar tomonidan tayyorlangan oshlarni baholab, g'oliblarni aniqlab berishdi. Chempionatda faol ishtirok etgan talabalar fakultet rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

Yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida tashkil etilgan bu kabi tadbirlar boshqa talabalar turar joylarida ham davom etadi.

Bizni kuzating:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Yashil_makon

O‘zbekiston Milliy universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bo‘sh turgan yashil maydonlarda manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.


🔹 Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan aksiyada universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, fakultet talabalari, ishchi-xodimlar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

🔸 Aksiya doirasida fakultetlar kesimida bo‘sh turgan yashil zonalarga 1700 ta daraxt ko‘chatlari, shundan 700 ta mevali, 1000 ta manzarali (800 ta kashtan, 200 ta archa) daraxt ko‘chatlari ekildi.

🇺🇿 Batafsil & Fotolar
🇷🇺 Подробнее & ФОТОграфии
🇬🇧 More & Photos

Bizni kuzating:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_ilmiy_anjuman
#jismoniy_tarbiya_va_sport

🔸 O‘zbekiston Milliy universitetida Taekvondo va sport faoliyati fakulteti tashabbusi bilan “Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim, tarbiya va innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish: muammo va yechimlar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

🔹Unda xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan taniqli olimlar, xalqaro ekspertlar, respublikaning amaliyotchi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Batafsil: https://nuu.uz/jismoniy-tarbiya-va-sport-sohasida-talim-tarbiya-va-innovatsion-texnologiyalarni-tatbiq-etish-muammo-va-yechimlar/

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube