O'zMU | Rasmiy kanal
10.8K subscribers
16.8K photos
1.78K videos
103 files
5.91K links
O'zbekiston Milliy universitetining rasmiy Telegram kanali

Rasmiy sayt: nuu.uz

📲facebook.com/nationaluniversityuzbekistan
📲instagram.com/nuu.uz
📲youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum., Universitet k., 4-uy.
Download Telegram
#yangi_ruknimiz #tafakkur_bekati

Dunyoning mashhur universitetlaridan birida talabalarni ruhlantirish, ularni izlanish va harakatga undash uchun devorlarga ilib qo'yilgan motivatsion tavsiyalar 👇

❗️Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o‘z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.

❗️Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.

❗️Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.

❗️Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional.

❗️Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.

❗️Hozir hatto dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda.

❗️Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib bo‘lmaydi.

OʻzMUning rasmiy sahifalari:
web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from O'zMU | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_oʻquv_yili
#tayyorgarlik

O‘zMU talabalarni kutib olishga tayyor

O‘zbekiston Milliy universitetida 2023/2024 o‘quv yilini yuqori kayfiyatda va sifatli tayyorgarlik bilan boshlash maqsadida barcha o‘quv binolari, talabalar foydalanadigan obyektlar, kutubxonalar va talabalar turar joylari foydalanish uchun shay holatga keltirildi.

11 ta talabalar turar joylarida qariyb 5700 nafar talaba uchun turar joylari yaratildi. Bundan tashqari ayni paytda talabalar foydalanishi uchun 12 qavatli 1000 o‘rindan iborat yangi talabalar turar joyi binosi qurilishi ham jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Yangi o‘quv yili uchun 17 ming 200 nafar talaba o‘rni yaratilgan 8 ta o‘quv binosi, 4 ta ilmiy laboratoriyalar foydalanish uchun tayyor holatda. Ta’mirtalab o‘quv binolari, talabalar turar joylari qayta ta’mirlanib, rekonstruksiya qilindi, zamonaviy yangi jihozlar bilan ta’minlandi.

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#eʻtirof

🎖O'zMU professori davlat ordeni bilan mukofotlandi

Prezident Farmoniga binoan yurtimiz mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim vakillari qatorida O‘zbekiston Milliy universiteti professori, akademik Muqimov Komil Muqimovich "Do'stlik" ordeni bilan mukofotlandi.

💐 O'zbekiston Milliy universiteti rahbariyati ustozni ushbu e'tirof bilan samimiy qutlaydi.

OʻzMUning rasmiy sahifalari:
web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_yengillik
#OʻzMU

O‘zbekiston Milliy universitetining quyidagi 4 ta lokatsiyasida Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi faoliyat olib bormoqda:

1-shtab 👉 “Aqlli yo‘lak”da
2-shtab 👉Bosh ma'muriy bino oldida
3-shtab 👉Xorijiy filologiya fakultetida
4-shtab 👉Tarix fakulteti binosi oldida

28-avgust holatiga ko'ra ushbu markazlar orqali talabalarni turar joy bilan ta'minlash masalasida 966 ta (504 tasi yotoqxona, 462 tasi ijara xonadoni bo'yicha) murojaat kelib tushgan va ijobiy hal qilingan.

Ma'lumot o'rnida, 1-kursga tavsiya etilganlar yotoqxona uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz/uz/service/870 orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#motivatsiya

DANGASALIKDAN QUTULISHNING 6 USULI

1. Nimani yo‘qotayotganingizni o‘ylab ko‘ring.
Til o‘rganishni orqaga surayapsizmi? Unda sizni xizmat safariga yuborishmaydi.

2. O‘zingizga stimul toping.
Atrofingizga nazar tashlang: tengqurlaringiz sizdan o‘zib ketibdi-ku! Hasadingiz kelayaptimi? Unda ishlang.

3. Oldingizda turgan ishlaringizni qismlarga bo‘lib, eng osonidan boshlang.
Yoki aksincha, qiyin ishni bajarib bo‘lgach, qolgani cho‘t bo‘lmay qoladi.

4. Siz ishlayotganda o‘zgalar bezovta qilmasligini ta’minlang.
Telefon, turli “gurung”lar odamni chalg‘itadi. Ularga berilmaslik tadbirini ko‘ring.

5. O‘zingizga ish yig‘mang.
Masalan, ba’zi ishlar (deylik, idish yuvish)ni o‘sha zahoti qilgan ma’qul. Chunki tartib o‘rnatishdan ko‘ra uni saqlab turgan osonroq.

6. O‘zingiz kabi o‘zgarishni istayotgan hamfikr toping.
Bir-biringizga erishgan eng kichik yutuqlarni ham gapirib berishga kelishib oling. Shunda o‘zingizni boshqalarga tan oldirish uchun kattaroq ishlarni bajarishga rag‘batlantirgan bo‘lasiz.
#Ikkinchi_taʻlim #Imtihon_natijalari

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun kirish sinovlari natijalari e’lon qilindi.

2023/2024 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Milliy universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish sinovlari natijalarini quyidagi fayllar orqali yuklab oling:

Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) (masofaviy)
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) (o‘zbek, rus_masofaviy)
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) (o‘zbek, rus_masofaviy)
Biologiya (turlari boʻyicha) (o‘zbek, sirtqi)
Biologiya (turlari boʻyicha) (rus, sirtqi)
Bank ishi va auditi (rus, sirtqi)
Byudjet nazorati va gʻaznachiligi (rus, sirtqi)
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) (o‘zbek, sirtqi)
Falsafa (yoʻnalishlar boʻyicha) (rus, sirtqi)
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari boʻyicha) (o‘zbek, rus_sirtqi)
Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili (o‘zbek, sirtqi)
Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari boʻyicha) (o‘zbek, sirtqi)
Geografiya (o‘zbek-rus_sirtqi)
Geologiya (faoliyat sohasi boʻyicha) (o‘zbek, sirtqi)
Gidrometeorologiya (o‘zbek, sirtqi)
Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash) (o‘zbek, sirtqi)
Ijtimoiy ish (fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari) (o‘zbek, sirtqi)
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) (o‘zbek, masofaviy)
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) (o‘zbek, rus_sirtqi)
Jurnalistika: internet jurnalistika (o‘zbek, sirtqi)
Jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi (o‘zbek, sirtqi)
Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi (o‘zbek, sirtqi)
Psixologiya (amaliy psixologiya) (rus, sirtqi)
Psixologiya (amaliy psixologiya) (o‘zbek, sirtqi)
Sotsiologiya (o‘zbek, rus_sirtqi)
Tarix (mamlakatlar va yoʻnalishlar boʻyicha) (o‘zbek, sirtqi)
Hayot faoliyati xavfsizligi (o‘zbek, sirtqi)
Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili (o'zbek_rus_kunduzgi)
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (o'zbek_rus_kunduzgi)
Yurisprudensiya: biznes huquqi (o‘zbek, sirtqi)

Eslatma!
"Yurisprudensiya: biznes huquqi (o‘zbek, sirtqi)" taʼlim yoʻnalishi bo'yicha ikkinchi oliy taʼlim uchun imtihon natijalari bo'yicha apellyatsiyaga arizalar Bilim va malakalarni baholash agentligiga o'rnatilgan tartibda topshiriladi.

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O'zMU | Rasmiy kanal
Photo
#Rasmiy_xabar_OʻzMU
#Super_kontrakt

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun imtihon natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt qiymatining miqdorlari belgilandi.

Universitet Kengashi qaroriga asosan 2023/2024 o‘quv yili ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4 ball yetmagan, 56.7 balldan kam bo‘lmagan holda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan talabgorlarning birinchi o‘quv yili uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan oshirilgan (tabaqalashtirilgan) to‘lov kontrakt qiymatining miqdorlari quyidagicha belgilandi:

to‘plagan ballari qabul kvotalari (parametrlari) chegarasiga
• 1,0 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
• 1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
• 2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
• 3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Shuningdek, universitetning mazkur kengash qaroriga muvofiq 2023/2024 o‘quv yili ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,1 balldan ortiq, 56.7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan talabgorlarning birinchi o‘quv yili uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan oshirilgan (tabaqalashtirilgan) to‘lov kontrakt qiymatining miqdorlari quyidagicha belgilandi:

• “60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili” hamda “60510100 - Biologiya (turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha — 4,0 barobar.
• “60420100 - Yurisprudensiya (biznes huquqi)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha — 15,0 barobar.

Eslatma! Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartlari birinchi o‘quv yili uchun 50 foizi bajarilgandan so‘ng talabgor o‘qishga qabul qilinadi. To‘lov-kontrakt shartnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha ma’lumotlar qo‘shimcha e’lon qilinadi.

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O'zMU | Rasmiy kanal pinned «#Ikkinchi_taʻlim #Imtihon_natijalari Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun kirish sinovlari natijalari e’lon qilindi. 2023/2024 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Milliy universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga…»
#Xalqaro_tajriba

O‘zMU delegatsiyasi Berlin texnika universitetida Erasmus+ SPACECOM loyihasi doirasida o‘tkazilgan seminar-treningda ishtirok etdi

🔷 2023-yilning 21-25-avgust kunlari “SPACECOM: New study program in space systems and communications engineering” loyihasi doirasida Germaniyadagi Berlin texnika universitetida (Technische Universität Berlin) loyihaning muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi hamda maxsus seminar-trening o‘tkazildi.

🔶 Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, fizika-matematika fanlari doktori, professor Yoqub Ergashov boshchiligida O‘zMU delegatsiyasi, jumladan, “Yarimo‘tkazgichlar va polimerlar fizikasi” kafedrasi mudiri A.Nasirov, kafedra dotsenti P.Parchinskiy hamda “Fotonika” kafedrasi dotsenti R.Vildanovlar ishtirok etdi.

Batafsil 👉 nuu.uz saytida

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tayyorgarlik #ttj

Yotoqxonalarning talabalarni qabul qilishga tayyorligi ko‘zdan kechirildi

O'zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan tayyorgarlik ishlarini borib o‘rgandi.

Mas’ullarga ko‘ra, yangi o‘quv yili boshlanishida talabalarni yotoqxonaga joylashtirish uchun 300 nafar ko‘ngilli hamda 100 nafar tyutor jalb qilingan bo‘lib, fakultetlar kesimida harakatlar dasturi belgilangan. Shuningdek, talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo'yicha ma'lumotlar markazi doimiy faoliyat olib bormoqda.

Rektor mas'ullarga talabalarni turar joy bilan ta'minlash, yotoqxonalar faoliyati borasida tegishli tavsiyalarini berdi.

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#mudofaa #bayramshukuhi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi shaxsiy tarkibi bilan tantanali yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori I.Madjidov, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor H.Karshiyev, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i polkovnik U.Mamadaliyev hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi boshlig‘i podpolkovnik K.XaydarovPolkovnik” unvoni, markaz boshlig‘ining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik M.Fayziev va sikl boshlig‘i podpolkovnik B.Tug‘unboev mudofaa vazirining 3-darajali "Namunali xizmati uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Batafsil 👉 nuu.uz saytida

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube