O'zMU | Rasmiy kanal
10.8K subscribers
16.7K photos
1.78K videos
103 files
5.89K links
O'zbekiston Milliy universitetining rasmiy Telegram kanali

Rasmiy sayt: nuu.uz

📲facebook.com/nationaluniversityuzbekistan
📲instagram.com/nuu.uz
📲youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum., Universitet k., 4-uy.
Download Telegram
#Qabul_2023

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun kirish sinovlari bo'lib o'tmoqda

🔹Ayni vaqtda O‘zbekiston Milliy universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish sinovlari o‘tkazilmoqda.

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#natija #Qabul_2023

⚡️Mandat chiqdi

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @edtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Apellatsiya

Apellatsiya arizalari 31-avgustga qadar onlayn qabul qilinadi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2023-yil 24-avgustdan boshlanadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Muhim_eslatma

"60420100-Yurisprudensiya: (biznes huquqi)" ta’lim yo‘nalishiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish bo‘yicha test jarayonlari 2023-yilning 24-avgust kuni ikki smenada quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadi:
Oliy o'quv yurtlari aro sport majmuasi. Toshkent shahri, Niyozbek yoʻli 3-tor koʻchasi, 57.

1- va 2-smenada test topshiradigan talabgorlar ro'yxati 👉 shu faylda

Ushbu ta’lim yo‘nalishiga konkurs yuqori bo‘lganligi sababli imtihonlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari shaklida o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan test jarayonida ishtirok etish uchun 165 000 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ni  (talabgor F.I.Sh aniq ko‘rsatgan holda) joriy yil 23-avgust kuniga qadar (shu kuni ham qabul qilinadi) quyidagi hisob raqamiga o‘tkazishingiz  so‘raladi:

👉 Hisob raqami

Eslatma! 1-smenada test topshiradigan talabgorlar 7.30 da, 2-smenadagilar esa 13.30 da test topshiradigan manzilga pasport (ID karta) asl nusxasi bilan kelishi so'raladi. Test sinoviga shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz kelgan, kechikkan va belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan talabgor test sinovlariga kiritilmaydi.

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_yengillik

O‘zbekiston Milliy universiteti talabasiga aylangan barcha yoshlarni tabriklaymiz!

Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida universitetning 4 ta lokatsiyasida (“Aqlli yo‘lak”da, rektorat, xorijiy filologiya hamda tarix fakultetlari binolari oldida) Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ishga tushgan.

Turar joy (yotoqxona) hamda ijara xonadonlariga ehtiyoji bor bo'lgan talabalarimiz ushbu markazlar orqali o'z muammosini tezkor va samarali hal qilish imkoniyatiga ega.

Ma'lumot o'rnida, davlat OTMlarining talabalar turar joyiga Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborish ham mumkin.

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_yengillik

O‘zbekiston milliy universiteti tomonidan 4 ta hududda (“Aqlli yo‘lak”da, rektorat, xorijiy filologiya hamda tarix fakultetlari binolari oldida) Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ishga tushgan.

Ushbu markaz talabalarga qanday yordam bermoqda?


Национальным университетом Узбекистана запущены информационные центры по студенческим общежитиям и аренде жилья в 4-х локациях («Умный коридор», перед зданием ректората, факультетами иностранной филологии и истории).

Чем помогают настоящие центры студентам?


The National University of Uzbekistan launched information centers for student dormitories and rental housing in 4 locations (“Smart Corridor”, in front of the administration building, faculties of foreign philology and history).

How do these centers help students?

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_ruknimiz #tafakkur_bekati

Dunyoning qadimiy va taniqli universiteti Garvardda talabalarni ruhlantirishning usullari ko‘p. Motivatsiyaning zo‘ri ta’sirchan fikrlar orqali beriladi. O‘qib ko‘ring. Sizga ham ta'sir qilsa, ajabmas. 👇

❗️Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko‘rasan. Agar uyquni o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko‘rasan.

❗️Qachonki sen hammasiga juda kech bo‘ldi deb o‘ylasang, aslida hali erta bo‘ladi.

❗️O‘qish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy.

❗️O‘qish — bu vaqt sarflash emas. O‘qish — harakat qilish.

❗️Hayot faqat o‘qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o‘ta olmasang, nimaga ham qodir bo‘la olarding?

❗️Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.

❗️Kimki hammasini erta qilsa, o‘zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

👥 Ota-onalar diqqatiga!

🙋 Farzandingizni buyuk fizik va matematik bo‘lishini istaysizmi? Yoki xorijiy tillarda ravon gaplasha olishinichi, balki IT bo‘yicha professional kadr bo‘lishini xohlarsiz!

🔎 Unda siz uchun ajoyib yangiligimiz bor! Oʻzbekiston Milliy universiteti sherikchiligidagi “Fizika-matematika maktabi”da 2023-2024 o‘quv yili uchun 5-9 sinf o‘quvchilarini o‘qishga qabul qilish boshlandi!

👋 Shoshiling! Farzandingizning kelajagi uchun mustahkam poydevorni biz bilan birga quring!

📍 Manzil: Toshkent shahar Chilonzor tumani 9-mavze 33-uy. S.H.Sirojiddinov akademik litsey binosi

📞 Ma’lumot uchun: +998935859402
4-sentabrdan metro bekatlariga yaqin 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti ma’lum qilindi

Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2023-yil 4-sentabrdan yuqoridagi 31 ta oliy ta’lim maskani (rasmda👆) talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.

☝️Eslatib oʻtamiz, Prezident Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1 – 3-sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi. Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha davlat oliy va professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanadi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_haqda
#OAV_nima_deydi

🎥 "Yoshlar" telekanali jamoasi Talabalar shaharchasida bo'lib, O'zMUda olib borilayotgan yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishishdi.

🔷 Axborot hamkorlarimiz oliy ta'lim tizimida talabalarni turar joy bilan ta'minlash borasida yo'lga qo'yilayotgan qulaylik va imtiyozlar, shuningdek, O'zbekiston Milliy universitetida faoliyati yo'lga qo'yilgan yangi yotoqxonalar, talabalar turar joylarida yaratilayotgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlar xususida lavha tayyorladi.

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_haqda
#OAV_nima_deydi

"O'zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" dasturida talabalarni yotoqxona va ijara xonadonlari bilan ta’minlash masalalarini hal etishga ko‘maklashuvchi markazlar faoliyati, shuningdek, O'zbekiston Milliy universitetida yangi o'quv yili uchun foydalanishga topshirilayotgan talabalar turar joyi hamda ayni paytda qurilayotgan 1000 o'rinli yotoqxona haqida so'z bordi.

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_haqda
#OAV_nima_deydi

🎥 "Toshkent" telekanali jamoasi Talabalar shaharchasida bo'lib, oliy ta'lim tizimida talabalarni turar joy bilan ta'minlash borasida yo'lga qo'yilayotgan qulaylik va imtiyozlar, jumladan, O'zbekiston Milliy universitetida olib borilayotgan yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishishdi.

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#oʻzmaqsadlaringnibil

O'zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti professor-o'qituvchilari hamda fakultet talabalari Qirg'izistonda bo'lib o'tayotgan X Xalqaro yozgi jurnalistika va kommunikatsiya maktabida ishtirok etmoqda.

Bugun Fransiyadan tashrif buyurgan telejurnalist Pyer Loren tomonidan mobil jurnalistika bo'yicha mashg'ulotlar olib borildi. Yosh jurnalistlarga telefon orqali kontent yaratish, tasvirga olish va montaj qilish ko'nikmalari o'rgatildi.

Treningning 2 qismida esa talabalarga fransiyalik yana bir jurnalist Polina Chubar tomonidan video va rasmlarni tahlil qilish, ularni haqiqiy yoki feyk ekanligini aniqlash mavzusiga bag'ishlangan master-klass o'tildi.

📸:Foto Marabeu (QR)

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yurisprudensiya bo'yicha ikkinchi oliy ta'limga hujjat topshirganlarga imkoniyat beriladi

🔷 "60420100-Yurisprudensiya: biznes huquqi" taʼlim yoʻnalishi bo'yicha ikkinchi oliy taʼlimga hujjat topshirgan, 24-avgust kuni boʻlib oʻtadigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun belgilangan muddatda test uchun toʻlovni amalga oshirishga ulgurmagan talabgorlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ushbu toʻlovni oʻqishga kirish uchun shartnoma rasmiylashtirishda (o'qishga kirgan holatda) amalga oshirish imkoniyati berilganligini maʼlum qilamiz.

❗️Eslatib o'tamiz, test jarayonlari 2023-yilning 24-avgust kuni ikki smenada quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadi:
Oliy o'quv yurtlari aro sport majmuasi. Toshkent shahri, Niyozbek yoʻli 3-tor koʻchasi, 57.

1- va 2-smenada test topshiradigan talabgorlar ro'yxati 👉 shu faylda

Diqqat! 1-smenada test topshiradigan talabgorlar 7.30 da, 2-smenadagilar esa 13.30 da test topshiradigan manzilga pasport (ID karta) asl nusxasi bilan kelishi so'raladi.

Ulaning 👉 Telegram
#oʻzmaqsadlaringnibil

Asliddin Abdullayev,
Tarix fakulteti 2-bosqich talabasi
:

Yangi o‘quv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Quvonarlisi, biz talabalar uchun yaratilayotgan qulayliklar, imtiyozlar yildan-yilga kengayib bormoqda.

Imtiyozlardan foydalangan holda uydan turib yotoqxona masalasini ijobiy hal qilishga muvaffaq bo‘ldim. Universitetimizda talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini hal qilish uchun maxsus platforma yo‘lga qo‘yilgan. Shu orqali ariza topshirdim, muammoyim hal bo'ldi.

Yangi o'quv yili oldidan o'z maqsad va rejalarimni tuzib oldim. Ko'proq o'qish, izlanish, til o'rganish, amaliyotda nazariy bilimlarimni mustahkamlash — hozircha asosiysi.

Barcha tengdoshlarimga o'z maqsadlariga erishishida muvaffaqiyat hamisha yor bo'lishini tilayman.


Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube