O'zMU | Rasmiy kanal
10.8K subscribers
16.6K photos
1.78K videos
103 files
5.88K links
O'zbekiston Milliy universitetining rasmiy Telegram kanali

Rasmiy sayt: nuu.uz

📲facebook.com/nationaluniversityuzbekistan
📲instagram.com/nuu.uz
📲youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum., Universitet k., 4-uy.
Download Telegram
#Maktab_hamkorlik

Xovos tumanidagi maktabda uchrashuv tashkil etildi

OʻzMU Ijtimoiy fanlar fakulteti rahbariyati, Psixologiya kafedrasi mudiri Dilbar Muxamedova boshchiligida professor-oʻqituvchilar jamoasi ishtirokida Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi 10-sonli maktabda oʻquvchilar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Mazkur tashabbus universitet va maktab oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, oʻquvchilarni OʻzMU bilan tanishtirish, ularni kasbga yoʻnaltirish, toʻgaraklarga jalb qilish hamda oliy ta'limga qamrab olish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuv doirasida Psixologiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan maktab oʻquvchilarining kasbiy qiziqishlarini aniqlashga qaratilgan psixologik trening va mashgʻulotlar olib borildi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik #memorandum

O‘zbekiston Milliy universiteti hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi


Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari Ikrom Muslimov bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda O‘zMU hamda Oliy sud o‘rtasida uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, ekspertlar va malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda kadrlarni tayyorlash sohasida qo‘shma loyihalar va tadbirlarni tashkil etish, Oliy Sud va uning tizimidagi tashkilotlarda talabalar amaliyotini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Milliy universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha yoʻl xaritasi imzolanishga ham kelishib olindi.

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik #uchrashuv

Oliy sud rahbariyati vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi


Bugun, 1-noyabr kuni Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Ikrom Muslimov va Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Muxitdinov O'zbekiston Milliy universitetida bo‘lib, bo‘lajak huquqshunos talabalar bilan muloqot qildi.

Unda so'nggi yillarda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, Oliy sud tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar haqida ma'lumot berib o'tildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda professor-o'qituvchilar hamda talabalar bilan o'zaro fikr almashildi.

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro #Konferensiya

Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim, tarbiya va innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish: muammo va yechimlar


Bugun, 1-noyabr kuni, O‘zbekiston Milliy universitetida Taekvondo va sport faoliyati fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan III xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya shu mavzuda o‘tkazildi.

Ushbu nufuzli anjumanda Ukraina, Rossiya, Turkiya, Koreya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kabi mamlakatlardan 20 ga yaqin xorijlik olimlar shaxsan va onlayn ishtirok etdi.

Anjumanda jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash samaradorligini oshirish, ommaviy sportni rivojlantirishda sport klublarining ta’lim makonidagi roli, shuningdek, sport mashg‘ulotlarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil
👉 https://nuu.uz/jismoniy-tarbiya-va-sport-talim

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM