O'zMU BIOLOGIYA FAKULTETI (RASMIY KANALI)
2.26K subscribers
3.2K photos
303 videos
1.27K files
1.34K links
Download Telegram
Forwarded from O'zMU | Rasmiy kanal
#ma’rifat_ulashib

Adiblarga O‘zbekiston Milliy universiteti bog‘i tanishtirildi


Joriy yilning 24-aprel kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga “Ma’rifat ulashib” lohiyasi doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi Erkin A’zam, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori, navoiyshunos olim, “Shuhrat” medali sohibi Olimjon Davlatov va yosh ijodkor Xurshid Abdurashid tashrif buyurdi.

Mehmonlar Biologiya fakultetiga qarashli issiqxonalar, universitetning “Ehtirom bog‘i” hamda kashtan ko‘chatlari parvarishlanayotgan bog‘ faoliyati bilan tanishdilar. Ularga universitetning birinchi prorektori Jabbor Muhammadiyev hamda biologiya fakulteti dekani To‘xtasin Abdurahmonovlar hamrohlik qilishdi.

👉 Adib va yoshlar uchrashuvi

На русском
In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

“Barqaror rivojlanish maqsadlari: xorijiy tajriba va O’zbekiston amaliyoti” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’z ishini boshlash arafasida.

@xalqaro_reyting_nuuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Barqaror rivojlanish maqsadlari: xorijiy tajriba va O’zbekiston amaliyoti” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Bugun, 26-aprel 10:00 da, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoniga muvofiq 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 46-maqsadida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar bo’limi tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlari: xorijiy tajriba va O’zbekiston amaliyoti” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkaziladi.

Anjuman maqsadi
– Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan belgilangan barqaror rivojlanish maqsadlari asosidagi fan va ta’lim taraqqiyotini ta’minlovchi g‘oyalarni aniqlash, zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va integratsiyalashuviga keng imkon yaratishdan iborat.

Anjuman vazifalarini quyidagilar tashkil etadi:

- sifatli ta’lim va unga erishishning barqaror strategiyasi;
- barqaror rivojlanish maqsadlarining taraqqiyot strategiyasidagi roli;
- qashshoqlik va ochlikka barham berishda sifatli ta’limning ahamiyati;
- atrof-muhit, ekologiya, toza suv hamda muqobil energiya masalalarini o’rganish;
- barqaror mehnat muhofazasi va jamiyatda gender tenglik;
- innovatsion loyihalarni ishlab chiqishda zamonaviy tamoyillar.


@xalqaro_reyting_nuuz
Forwarded from Sobitjon Mirzakulov
Forwarded from O'zMU | Rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O'zMU | Rasmiy kanal
#Xalqaro_konferensiya

Barqaror rivojlanish maqsadlari: xorijiy tajriba va O‘zbekiston amaliyoti


Bugun, 26-aprel kuni O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash maqsadida hamda “22-aprel – Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan “Barqaror rivojlanish maqsadlari: xorijiy tajriba va O‘zbekiston amaliyoti” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu anjumanda bir qator mamlakatlar, jumladan, Turkiya, Fransiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Tojikiston va xalqaro tashkilotlar vakillari hamda xorijda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik olimalar ishtirok etishdi.

Anjuman maqsadi Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan belgilangan barqaror rivojlanish maqsadlari asosidagi fan va ta’lim taraqqiyotini ta’minlovchi g‘oyalarni aniqlash, zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va integratsiyalashuviga keng imkon yaratishdan iborat bo‘ldi.

Batafsil 👉 nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM