Nuruddin Blogs
6.59K subscribers
3.66K photos
411 videos
10 files
1.47K links
Texnologiyalar, Startuplar va ba’zida offtop.

Kofe olib bermoqchimisiz? Marhamat:
https://www.tirikchilik.uz/nuruddin

Add me on other social media:
instagram.com/nuruddinblogs / instagram.com/imnuruddin
t.me/imnuruddin
Download Telegram
Startaplar mavzusida investitsiya haqida oxirgi paytlar ko'p eshityapmiz. Lekin bu sohada bo'lmagan odamlar uchun to'liqroq qo'llanma post qilindi.

⚡️ Moliyalashtirish raundlari haqida sodda tilda

Andreessen Horowitz startaplarni moliyalashtirish bosqichlari bo‘yicha tushunarli qo‘llanma tuzdi. Saqlab qo‘ying.

Pre-seed: $0 dan $500K gacha. Siz endigina ish boshlayapsiz. G‘oya, ehtimol, birinchi prototip bor. Pulni o‘zingizdan, do‘stlaringiz yoki oilangizdan olasiz. Bu bosqichda g‘oyaning umuman mantiqqa ega ekanini isbotlaysiz.

Seed: $500K dan $2M gacha. Mahsulot tayyor, ilk foydalanuvchilar yoki sotuvlar bor. Biznes farishtalar va seed-fondlar kirib keladi. Maqsad — product-market fit’ni topish, ya’ni mahsulot bozorga haqiqatan ham kerakligini tushunish.

A seriyasi: $2M dan $16M gacha. Model ishlayapti, qanday pul ishlash mumkinligi tushunarli. Institutsional fondlar jamoa, mahsulot va sotuvlarni kengaytirish uchun pul beradi.

B seriyasi: $16M dan $60M gacha. Biznes o‘zini oqlagan. Pul yangi bozorlarga chiqish va operatsiyalarni rivojlantirishga sarflanadi.

C seriyasi va undan yuqori: $60M dan boshlanadi. Kompaniya allaqachon yirik. IPO‘ga yoki sotib olinishga tayyorgarlik ko‘riladi.

Endi o‘zimizning reallikka qaytsak. O‘zbekistonda ko‘plab asoschilar investorlar oldiga qog‘ozdagi g‘oya bilan kelib, darhol pul so‘raydi. Prototipsiz, birinchi mijozlarsiz, isbotlarsiz. Bu jadval bo‘yicha esa bu hali pre-seed ham emas.

Investorlar g‘oyalarni moliyalashtirmaydi. Ular isbotlarni moliyalashtiradi. Buni qanchalik tez tushunsangiz, rad javoblari shunchalik kam bo‘ladi.

Bu raqamlar amerika Sharoitidan kelib chiqib yozilgan, va O’zbekistonda ancha farq qilishi mumkin

@nuruddinblogs
❤‍🔥7⚡2❤2👍2🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bugungisi

Startaplar otasi Paul Grahamdan:

Magnit markazi: Nima uchun startaplarga Silikon vodiysi kerak (va Stokholm qanday qilib gullab-yashnashi mumkin)

Agar siz shijoatli startap asoschisi bo‘lsangiz, Silikon vodiysiga borishingiz shart. 1870-yilda Parij rassomchilik, 1950-yilda esa Gollivud kino bo‘yicha jahon markazi bo‘lgani kabi, bugungi kunda Silikon vodiysi startaplar uchun shubhasiz markazdir.

Markazga ko‘chib o‘tsangiz, aynan quyidagilarga ega bo‘lasiz:

• Iste’dodlarning hayratlanarli darajadagi jamlanmasi: Siz eng kuchli tengdoshlar davrasiga va ulkan, yuqori malakali kadrlar zaxirasiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
• Hayotingizni o‘zgartirib yuboradigan kutilmagan imkoniyatlar: Shijoatli odamlar bilan yuz beradigan son-sanoqsiz tasodifiy uchrashuvlar ko‘pincha kelajagingizni o‘zgartirib yuboradigan juda qimmatli aloqalarga sabab bo‘ladi.
• Tezlik va shiddat: Bu yerda ishlar ancha tez bitadi, chunki odamlar o‘ziga ishongan va qat’iyatli. Kuchli raqobat tufayli Silikon vodiysi investorlari moliyalashtirish qarorlarini yevropalik(balki O'zbekistonlik ham) hamkasblariga qaraganda ancha tezroq qabul qiladi.
• "Yaxshilikni ulashish" madaniyati: Vodiy ahli hech qanday sababsiz o‘ta yordamsevar bo‘ladi. Bu — muvaffaqiyatli insonlarning notanish startapchilarga hisobini qilmay va evaziga biror narsa kutmay doimiy ravishda yordam berishidan iborat 60 yillik an’anadir.
• Muvaffaqiyatga real baho berish: O‘zingizni muvaffaqiyatli startapchilar yoki “katta baliqlar” bilan solishtirganingizda, ular sizdan butunlay boshqa bir toifa emasligini anglaysiz. Bu yuqori marrani belgilab, ulkan muvaffaqiyat erishib bo‘lmas, shunchaki o‘ta mashaqqatli maqsad ekanini isbotlaydi.
• Bir zumda mahalliy obro‘ qozonish: Ajablanarlisi shundaki, Silicon Vodiysiga ko‘chib o‘tishingiz o‘z yurtingizdagi investorlar nazarida maqomingizni o‘z-o‘zidan ko‘taradi. Vaholanki, ular Silikon vodiysi qiziqish bildirmagunicha mahalliy startaplarga ko‘pincha e’tibor bermaydi.


Stokholm kabi shahar qanday qilib gullab-yashnayotgan startap markaziga aylanishi mumkin?

Mahalliy startapchilar o‘z vatanlaridagi ekotizimga yordam berish uchun qila oladigan eng yaxshi ish — bir muddat Silikon vodiysiga borib, so‘ngra ortga qaytishdir. “Y Combinator” kabi dasturlar o‘ta konsentratsiyalashgan “super vodiy” vazifasini o‘tab, startapchilarga atigi to‘rt-olti oy ichida ekotizimga to‘liq sho‘ng‘ish imkonini beradi.

Vatanga qaytgan startapchilar Silikon vodiysining yuqori ishonchga asoslangan madaniyatini olib keladi, AQSH investorlari sarmoyasini jalb qiladi va mahalliy startaplarning o‘rtacha sifatini oshiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, vataniga qaytgan startaplarning “yakkashox” maqomiga erishish ehtimoli deyarli ikki baravar past bo‘lsa-da, farzandlarni qayerda voyaga yetkazish kabi shaxsiy sabablarga ko‘ra bu ko‘pincha oltin o'rtalikdir. Qolaversa, Silikon vodiysidagi milliarder erishgan natijaning yarmiga erishish ham aqlbovar qilmas moliyaviy yutuqdir.

Nihoyat, "Yevropaning Silikon vodiysi" unvoni hali ham ochiq. Shaharning muvaffaqiyatga erishishi uchun startapchilar haqiqatan ham yashashni istaydigan joy bo‘lishi va yetarli darajada iste’dodlarni to‘play olishi kifoya. Axir, asl Silikon vodiysi ham 1955-yilda Kaliforniyaning Mauntin-Vyu shahrida paydo bo‘lgan — o‘sha paytda u shunchaki kichik, chekka bir joy edi.

Bu gaplar aslida Stokgolm va Silikon vodiysi haqida bo'lsa ham, bu yerdan O'zbek faunderlari uchun kerakli insaytlarni olsak bo'ladi deb o'ylayman. Paul akani aytmoqchi gapi, Silikon vodiysiga hech bo'lmasa borib, birozgina yashash ham sizni hayotingizni o'zgartirishi mumkin.

Videoni Youtubeda ko'rish: https://youtu.be/QHJkUw31YX8

@nuruddinblogs
👍10❤1
Salom do'stlar, auditoriyani chuqurroq o'rganish maqsadida qisqa 3 daqiqalik so'rovnoma o'tkazmoqdaman.

So'rovnoma to'ldirganlar uchun maxsus jonli zoom/youtube vebinar tashkil qilinadi.
Mavzular so'rovnoma javoblaridan kelib chiqib belgilanadi, AI yordamida productivity oshirish, Agentic dasturlash, startaplar va trendlar haqida ham gaplashishimiz mumkin.
Buning uchun oxirida Telegram username qoldirib ketish kifoya.

Masalan, dasturchi sifatida sizga product qurish qanchalik qiziq, yoki yurist/bankir va boshqa aqliy mehnat bilan ishlaydigan vakillar uchun ishlarini AI bn avtomatlashtirish qiziqligi haqida yozib ketsangiz bo’ladi


So'rovnoma linki: https://forms.gle/Mrd8oHj1eHhMhFrp7

@nuruddinblogs
❤4
Nuruddin Blogs pinned «Salom do'stlar, auditoriyani chuqurroq o'rganish maqsadida qisqa 3 daqiqalik so'rovnoma o'tkazmoqdaman. So'rovnoma to'ldirganlar uchun maxsus jonli zoom/youtube vebinar tashkil qilinadi. Mavzular so'rovnoma javoblaridan kelib chiqib belgilanadi, AI yordamida…»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥15🙏2
ChatGPT endi sizni bank akkauntlaringizni o'qib sizga moslashgan moliyaviy tavsiyalar berib tura oladi.

ChatGPT hozirgina ChatGPT Finance loyihasini e'lon qildi.

Bu orqali endi siz bank accountlaringizni ulab, harajatlaringiz haqida savollar so'rashingiz, kerakmas obunalarni kuzatishingiz va harajatlaringiz qanday bo'linishini kuzatishingiz mumkin.

Batafsil: https://openai.com/index/personal-finance-chatgpt/

@nuruddinblogs
😁24👍4❤1⚡1🤔1
Bugun Build with AI Edtech ideaton birinchi kun boshlandi, bugungacha ideatonga 600ta odam ro’yxatdan o’tdi, 200tadan ko’p qatnashuvchi, juda boshqacha atmosfera bo’lib o’tyapti.

@nuruddinblogs
1❤9🔥8❤‍🔥3👍2⚡1🤯1
YCombinatordan asoschilar uchun qisqa qo’llanmalar.

Menimcha startaperlar uchun Paul Graham Essaylari ham juda foydali:

https://paulgraham.com/articles.html

@nuruddinblogs
1👍20❤4
Erik Yorgensenning "Naval Ravikant Almanaxi" ni o'qishni boshladim. 27-29 betlarida ta'sirli, o'ylash, bosh qotirish uchun yo'nalish beradigan fikrlarni o'qib, orasidan o'zimga eslatma bo'ladiganlarini shu yerda qoldiraman.

"Jamiyat xohlaydigan, lekin hali qanday qo‘lga kiritishni bilmaydigan narsani keng miqyosida taqdim etish orqali boylikka erishasiz"

"Sotish va qurishni o‘rganing. Agar ikkalasini ham qila olsangiz, sizni hech narsa to'xtata olmaydi."

"Xususiy bilim o‘zlashtirish sizga o‘yindek, boshqalarga mehnatdek ko‘rinadi"

"Agar kod yozishni bilmasang, kitob va bloglar yozing, video ham podkastlar chiqaring"

"Bir soatlik vaqtingizni o‘zingiz istagan narxda shaxsiy ish haqingiz sifatida baholang va uni amalda tatbiq eting. Agar biror muammoni hal etish sizga shu soatbay ish haqingizdan kamroq pul keltirsa, vaqt sarflamang.Agar kimdir bu ishni sizning vaqt qiymatingizdan arzonroqqa bajara olsa, uni boshqalarga qildiring."

"Qo‘lingizdan kelgancha qattiq mehnat qiling.Biroq kim bilan va nimaning ustida ishlayotganingiz qanchalik qattiq ishlayotganingizdan ahamiyatliroqligini yodda tuting."

Kimga foydali desangiz shu insonlarga yuboring.

@ulugbekcreative
🔥18👍7❤6👎1
Tirilish nashriyoti Eric Ries ning Lean Startup kitobini o’zbek tiliga tarjima qilishibdi.

Endi bu kitobni o’zbek tilida o’qib kerakli mavzularni ona tilimizda analiz qilishimiz mumkin.

Kitob taqdimoti 23-may, 14:00da Yoshlar Press Klubida bo’lib o’tar ekan.

Taklif va kitob uchun rahmat.

@nuruddinblogs
1❤‍🔥17❤11🔥5👍2👎1