Nurli Media
3.76K subscribers
1.21K photos
189 videos
1 file
979 links
– Shaxsiy rivojlanish va ijtimoiy rivojlanish. Hamkor: Perfluence
– Biznesga doir faktlar.
– Eng yangi va sara video premyeralarini berib boruvchi professional kanal.
http://Instagram.com/nurlimedia

Takliflar uchun: @erkin_hasan1
Download Telegram
⌛️ Britaniyalik yozuvchi Jorj Oruell antiutopiya janridagi asarlari bilan mashhur. "1984", "Molxona" asarlari jahon xazinasidagi eng zo'r asarlardandir.

E'tibor qilganmisiz Oruellning asarlariga murojaat hech qachon to'xtamaydi. Aktuallik juda yuqori bo'lgani uchundir? Quyida Jor Oruell asarlaridagi nishonga tekkan gaplarni keltiraman:

💬 Agar sen ozchilik ichida bo'lsang, yoki yolg'iz o'zing bo'lsang - bu sening aqlsiz ekaningni bildirmaydi.

💬 O'tmishni nazorat qilgan - kelajakni nazorat qiladi, hozirni nazorat qilgan - o'tmishni nazorat qiladi.

💬 Odamlarni baxtni asosiy maqsadga aylantirmasa o'zini baxtli his qiladi.

💬 Insonlari ojiz va notavon, ozodlik va haqiqatdan qo'rqsa, demak ular kuchli hukmronlik va yolg'on qurboni bo'lgan.

💬 Erkinlik - ikki karra ikkini to'rt deya olishdir.

💬 Barcha hayvonlar tengdir. Lekin ba'zilari boshqalardan ko'ra ko'proq teng.

Kitoblarni Asaxiy.uz saytidan sotib olish mumkin:

Jorj Oruell “Molxona”
Jorj Oruell “1984”

@nurlimedia
🔥 Hayot juda go'zal! Garchi u sinovlardan navbatma-navbat o'tkazsa ham, garchi zarbalari og'ir bo'lsa ham!

⚡️ Sen yengildim deb turganingda, va nihoyat senga yorug' kunlarni ato etarkan. Hali juda ko'p yashab qo'ymagan bo'lsam ham, bir maslahat beraman: Aziz do'stim, hech qachon hayot zarbalaridan keyin yengilib qolma.

Ortga chekinma. Zero, hayot zarbasi ortidan senga baxtni ham yetkazarkan. Bu hayotiy tajriba!

@nurlimedia
📍5 soniya qoidasi📍

🖇 Besh soniya qoidasiga ko‘ra siz biror harakatni boshlashdan oldin beshdan to birgacha sanaysiz. Shundan so‘ng hatto xohish va motivatsiya yo‘q bo‘lgan ishlarni ham bajarishni boshlaysiz.

Besh soniya qoidasi samaradorligi ikki sababga ko‘ra tushuntiriladi:

💡Siz orqaga hisoblashni biror narsa qilish bilan bog‘laysiz. Birgacha sanaganingizda ongsiz ravishda uni marra chizig‘i sifatida qabul qilasiz.

💡O‘zingizga qarshi bormaslikka va va’dani bajarishga urinasiz. Boshqalarga va o‘zingizga yolg‘on gapirmaslikka intilasiz. O‘zi umuman hayotda inson kimgadir va'da berganidan so‘ng, o‘sha va’daning kuchi tufayli ham harakatni amalga oshiradi. Chunki beriladigan va’da o‘zimiz tasavvur qilmaydigan kuchga ega.

Shu haqdagi videomizni ko‘ring:
Video

@nurlimedia
📌 O‘ziga ishongan o‘smirning 5 sifati

1. O‘zini yaxshi ko‘rishi
2. Bir joyda qotib qolmasdan, doimiy rivojlanishga ishtiyoq
3. Odamlarga va yangi imkoniyatlarga ochiq bo‘lishi
4. Kichik g‘alabalarni ham baholay olishi
5. Xato qilish qo‘rquvining yo‘q bo‘lishi

@nurlimedia
Kitob – hayotimizdagi eng bebaho ne’matlardan biri. Ularning javonda tizilib turishini ko‘rib bahri-dilimiz ochiladi. Buni qarangki, kitoblarni javonga terishning ham bir nechta uslubi bor ekan. Bugun sizlarga shu haqda ma’lumot beraman.

Xronologik usul, chop etilgan yiliga qarab

Bu – kitoblaringizni yaxshiroq anglashingizga imkon beradigan usul. Kitoblaringiz shu tartibda joylashgan bo‘lsa, har bir davr tarixini chuqurroq anglaysiz, bir davrda yashagan mualliflarning voqealarga turli rakursdan munosabatini ko'rasiz.

Rangiga qarab

Agar kitoblaringiz judayam ko‘p bo‘lsa, bu siz uchun oqilona uslub emas. O‘qiydigan kitoblaringiz kam bo‘lsa va ularni ranglariga qarab ajratib chiqsangiz, ajoyib manzara hosil bo‘ladi.

Mavzusi va janriga qarab

Biror mavzuga oid kitoblarni kolleksiya qilayotgan bo‘lsangiz yoki alohida bir janrning ashaddiy muxlisi bo‘lsangiz, kitoblarni javonga terishning ajoyib usuli shu. Bundan tashqari, muallif va kitob nomini yoddan chiqarib qo‘yadigan odatingiz bo‘lsa, asqatadi.

Geografik jihatdan

Nega endi yo‘q? Kitoblarni mualliflarning tug‘ilgan joyiga qarab yoki muallif tilga oladigan joylarga qarab tartiblab chiqsangiz ham bo‘ladi.

Muhimlik yoki sifat darajasiga qarab

Bu usul mehmonlar kelganda ular bilan suhbatlashishda asqatadi.

Sirlilik darajasiga qarab

Agar siz o‘qiydigan kitoblarni boshqalar bilishini istamasangiz, ularni javonning eng oxiriga qo‘yishingiz mumkin.

Alifbo tartibida

Eng zerikari uslublardan biri, lekin ko‘pchilikka shu usul qulay. Izlagan kitobingizni tezda topib olasiz.

Hajmiga qarab

Agar sizda turli hajmdagi kitoblar bo‘lsa, ularni kattasidan kichigiga qarab qo‘yib chiqsangiz bo‘ladi.

Albatta, kitoblaringizni qanaqadir tartibda qo‘yishga majbur emassiz. Lekin ashaddiy kitobxon javondagi tartibga xam alohida e’tibor qiladi.

@nurlimedia
Hozirgi axborot zamonida miyamiz juda ko‘p informatsiyalarni qabul qilyapti. Natijada, axborotni qabul qilib, uni analiz qilishga ulgurmasdan bizda charchoq alomatlarini paydo qilyapti. Mana shundan inson tez-tez stressga tushadi, mana shundan asabiy bo‘ladi, mana shundan jamiyatimizda agressiv insonlar soni oshadi.

Xo‘sh, virtual dunyoni ozroq cheklab real hayotga e‘tibor qaratsak nima bo‘ladi? Eng muhimi, sog‘ligimizga foyda keltiramiz. Asabiylashishdan saqlaymiz o‘zimizni. Dunyo go‘zalligidan bahramand bo‘lamiz. Yaqinlarimiz diydoriga to‘yamiz. Vaqt tez o‘tayotganini hisobga olib hammasiga ulgura boshlaymiz. Dunyoqarashimiz kengayishiga yordam beradigan kitoblarga ko‘proq vaqt ajratamiz. Ota-ona, aka-uka, opa-singillarimiz bilan bir dasturxon bo‘yida mazza qilib ovqatlanamiz!

Virtual hayotni butunlay chetga sura olmaymiz. Bu haqiqat. Ammo unga surunkali ruju qo‘yish ham yomon odat!

@nurlimedia
Ba’zida eng muhim ishlarni chetga surib qo‘yamiz va bizga foyda keltirmaydigan, muhim bo‘lmagan, yengil ishlar bilan band bo‘lamiz. Ko‘pchilikda kuzatiladimi? Buning nomini prokrastinatsiya deydi.

Hozirgi paytda ko‘pchilikda bu narsa kuzatiladi. Ko‘p ishlarni dedlaynga taqab boramiz. Topshirishimizga bir yoki ikki kun qolganda “oyog‘i kuygan tovuqdek” shoshib qolamiz. Yo‘qsa, bizga yetarlicha muddat bo‘ladi shu ishlarni qilish uchun. Ichimizda nimadir yengil ishlarga o‘rganib qolgan. Bizni shu muhim bo‘lmagan ishlar bilan band bo‘lishga undaydi.

Diqqatli bo‘lish zarur. Prokrastinatsiya sizni yengib qo‘yishi kerakmas. Muhim bo‘lgan ishlaringizni dedlaynga taqamasdan berilgan muddat davomida bajarishga intiling.

@nurlimedia
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nyuton nafaqat fizika fanlari bilimdoni, balki yetuk faylasuf hamdir.

Ushbu videodagi hikmatlardan uning naqadar donoligini bilib olishingiz mumkin.

@nurlimedia
Yil xuddi oydek, oy xuddi haftadek, hafta esa kundek, kunlar xuddi soatdek o‘tyapti hozirgi davrda. Bu seni vaqting o‘tyapti va hech qachon ortga qaytmaydi degani. Hayotimizdagi eng qimmatli narsamiz - vaqt.

- sen tavakkal qilish haqida o‘ylayotgan vaqtingda, kimdir tavakkal qilib muvaffaqiyatga erishyapti.
- qaror qabul qilisb haqida o‘ylab turgan bir paytingda kimdir allaqachon qaror qabul qildi va yutdi.
- sen arzimas ish bilan shug‘ullanib o‘tirgan vaqtingda, kimdir asrga tatiydigan ishlarni bajaryapti.
- sen foydasiz ishlar bilan shug‘ullanyapsan, kimdir esa foydali ishlarga qo‘l uryapti.

Har kuni qanaqadir muammolaring chiqishi mumkin - kuchliroq bo‘l.
Har kuni miyangda muvaffaqiyatli rejalar charx urishi mumkin - ularga to‘siq qo‘yma.

Vaqtni ortga qaytarolmaysan. Senga qancha vaqt berilganini ham bilmaysan. Hayotdan bahra ol - istaganlaringni bajar, baxtli yashash qanday deb bilsang, shunday yasha, yaqinlaringni qadrda, eng muhimi, vaqtingni behuda isrof qilma !

@nurlimedia
Sokin tun odamga ko‘p narsalar beradi. Unda o‘zing bilan yolg‘iz qolasan. Bu qo‘rqinchlidir, ammo shunday holat har doim kerak. Nega qo‘rqinchli deysizmi ? Inson yolg‘iz qolganda o‘ziga o‘zi savol bera boshlaydi.

Bu savollarni unutish uchun kun bo‘yi boshqa narsalar bilan ovunadi. Ammo tunda baribir ‘‘tutiladi‘‘. Hech qisi yo‘q. Bu xuddi imtihondek gap. Muvaffaqiyatli o‘tish esa o‘zimizga bog‘liq. Qilayotgan amallarimizga bog‘liq. Biz shunday yashaylikki, o‘zimiz bilan yolg‘iz qolishdan qo‘rqmaylik.

Tun... yana shunday imkoniyatlar beradiki, inson uni ilhom deya ataydi. Ko‘pgina ijodkorlar tunda ijod qilishni xush ko‘rishadi. Sababi nima bilasizmi ? Tunda insonda g‘ayritabiiy hislar paydo bo‘ladi. Kun bo‘yi boshqa odam, tunda esa boshqa odamga aylanish mumkin. Ko‘pgina mashhur qo‘shiqlar, rassomchilik namunalari, yirik asarlarning asosiy qismlari tunda yaraladi.

@nurlimedia
Mana buni yetkazib qo‘yishni lozim deb topdik:

xotirjam bo‘l
sen yodlay olasan
sen munosib ish topa olasan
o‘zingni sevasan
butun hayoting hali oldinda
o‘zingga vaqt ber
shunchaki hozirdan rohatlan

#motivatsiya

@nurlimedia
📎Yordamdan voz kechishimizga sabab bo‘ladigan ustanovkalar:

1. buni mendan yaxshiroq hech kim qila olmaydi
2. men bunga loyiq emasman
3. yordam so‘rash uyat
4. hech kimni oldida muttaham bo‘lib qolishni istamayman
5. ahmoq bo‘lib ko‘rinishni istamayman

Lekin bu xato. Yordam so‘rab, bilmaganni o‘rganish zarur. Zero, har narsada ustoz zarur.

@nurlimedia
Hayot — bizga berilgan eng oliy ne’mat. U shu qadar lazzatli-ki, ba’zan qadriga yetmaymiz. Undan zavq ola bilmaymiz. Aslida har bir lahzamizda yashay olishimiz kerak. Atrofdagi baxtli yaqinlarimizdan quvvat olishimiz kerak.

Siqilish, zerikish, muammolar barchasi o‘tkinchi. Shunchaki hamma narsani chetga surib, tabiat qo‘yniga sayrga chiqing. Atrofga nazar soling. Yashash naqadar yaxshi-a?!

@nurlimedia
Iqror: Shuncha yillar hayotim o‘zgarishini kutgan ekanman, endi bilsam, u mening o‘zgarishimni kutayotgan ekan

@nurlimedia
Odamlar ko‘radi:

- muvaffaqiyatingni

Odamlar ko‘rmaydi:

- ungacha bosib o‘tilgan mashaqqatli yo‘l;
- uyqusiz tunlar;
- qiyinchiliklar;
- yiqilishlar;
- hammasiga qo‘l siltashga tayyor bo‘lganing;

@nurlimedia
Men Garvardga 10 marta imtihon topshirganman. Hammasida yiqilganman. KFC ga 24 ta nomzod ishga kirish uchun borgandik. 23 kishi qabul qilindi, faqat meni ishga olishmadi.

Yoshlar tunda minglab g‘oyalar bilan uxlab, ertalab turib ofisga yoki o‘qishga bormasliklari kerak.

Men chekinmadim. Faqat oldinga harakat qildim.

Jek Ma

https://www.youtube.com/watch?v=KrZlEHSlknY
Erta tongda mana shu ishlarni bajarishingiz zarur!

@nurlimedia