NSFLA | Rasmiy kanal
11.8K subscribers
699 photos
30 videos
8 files
680 links
NSFLA - National system of foreign language assessment
Telefon:
1195
(71) 235-74-85.


Manzil: 100084, Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy.
© 2024 Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi
Download Telegram
⚡️ Chet tili imtihonlarini o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritildi

📆 Ma'lumki, joriy yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura va doktorantura)ga hujjatlarni qabul qilish 15-oktabrda yakunlanishi va talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda imtihon sanalariga o‘zgartirish kiritilmoqda.

📍 Shunga ko‘ra ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlari 21–22-sentabr kunlari o‘tkaziladi.

🖥 Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Bunda 9-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning, 10-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏢 Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi format aprobatsiyasi

Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish (ingliz, turk, fransuz, nemis, arab tillari) ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi.

🗺 Ushbu yangi formatdagi aprobatsiya test sinovi 2024-yil 10-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Ilmiy o‘quv-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️ Aprobatsiya test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 8-sentabr kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service platformasi orqali ro'yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 8-sentabr soat 08:00 gacha
💰 Narxi: 25 000 so‘m.
🗓 To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 8-sentabr soat 10:00 gacha

📱 @bba_ilmiy_markaz
📱 https://t.me/BaholashUz/6512
📞 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam)

2024-yil 18-sentabr kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi.

📍 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (119 000 so‘m)ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🏢 Talabgorlarning ro‘yxatdan o'tishlari va https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 12-sentabr kuni soat 18:00 ga qadar to‘lov qilishlari lozim bo’ladi.

⚠️ Natijangizni 🤖 @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NSFLA | Rasmiy kanal pinned «⚡️ Chet tili imtihonlarini o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritildi 📆 Ma'lumki, joriy yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Oliy ta’limdan…»
⚡️ Chet tili imtihoni uchun 27–29-sentabr sanalarini tanlagan talabgorlar diqqatiga!

‼️ Chet tillaridan imtihon o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritilgani sababli 27–29-sentabr sanalarini tanlagan talabgorlar uchun ham imtihonlar 21–22-sentabr kunlari o‘tkaziladi.

📌 Talabgorlar aynan qaysi sana va smenada test sinovida ishtirok etishlarini shaxsiy kabinetlari orqali imtihon o‘tkazilish sanalaridan kamida uch kun oldin test sinovi ruxsatnomasi orqali bilib olishlari mumkin.

❇️ 27–29-sentabr sanalarini tanlagan talabgorlardan shaxsiy kabinetlarini kuzatib borishlari so‘raladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon uchun to‘lov https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service “Ilmiy markaz” bo‘limi platformasi orqali amalga oshirilmoqda va 13-sentabr soat 10:00 ga qadar davom etadi.

❗️ Imtihon 14-sentabr kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni e‘lon qilinadi.

🌐 TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati taqdim etiladi (asl sertifikat 10 ish kunida yetib keladi).

💰 Imtihon topshirish narxi 1 050 000 so‘m.

🕯 Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

🔹 TOEFL ITP — ma’lumot (https://www.ets.org/toefl) | qo‘llanma (https://www.ets.org/content/dam/ets-org/pdfs/toefl-itp-test-taker-handbook.pdf)

📱 @dtmtoefl

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam)

2024-yil 18-sentabr kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi.

📍 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (119 000 so‘m)ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🏢 Talabgorlarning ro‘yxatdan o'tishlari va https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 12-sentabr kuni soat 18:00 ga qadar to‘lov qilishlari lozim bo’ladi.

⚠️ Natijangizni 🤖 @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔔 TOEFL IBT hamda GRE imtihonlari endi Agentlikda

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda 🇺🇸 Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Shu kungacha ikki tashkilot kelishuvi asosida Agentlikda TOEFL ITP hamda TOEIC testlari o‘tkazib kelinmoqda.

🗓 Joriy yilning sentabr oyidan boshlab Agentlikda “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti tomonidan TOEFL IBT hamda “Graduate Record Examinations - GRE” imtihonlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

💻 Imtihon topshirish istagini bildirgan talabgorlar www.ets.org sayti orqali test topshirish manzili sifatida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz (Scientific and educational practical center under The Agency for assessment of knowledge and competences)ni tanlashlari hamda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish shartlari, imtihon to‘lovlari, shaxsiy kabinet ochish va imtihonga tayyorlov materiallari va yo‘riqnomalar bilan www.ets.org sayti orqali tanishish mumkin.

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

🔔Xabaringiz bor, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar sanasi 27–29-sentabrdan 22-sentabrga o‘zgartirilgan edi. Shunga ko‘ra imtihon sanasi sifatida 27–29-sentabrni tanlagan talabgorlar uchun ham test sinovlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:

✏️test sinovining yozma qismi — 22-sentabr kuni;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 23–27-sentabr va 2–4-oktabr kunlari (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tilini-bilish-09-16

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat
Chet tilining gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da  ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat chet tillarining gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Chet tillarini bilish darajasini baholashning ko‘p darajali(multilevel) tizimida gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha videoyo‘riqnoma.

❗️Ushbu yangi format talabgorlarning ingliz, fransuz, nemis va arab tillaridan gapirish ko‘nikmasini baholashda joriy etiladi.

👉 Gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yilning 4-choragida chet tillaridan bo‘lib o‘tadigan diagnostik test sinovlari

2024-yil Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m)ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

📆 Ro‘yxatdan o'tish va test sinovi sanalari yuqoridagi rasmda keltirilgan.

⚠️ Natijangizni 🤖 @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

📚 Aniq va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari

📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, mashg‘ulotlar sanasi va ro‘yxatga olish muddatlari yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Malaka oshirish kursida mashg‘ulotlar test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy shaklda o‘zbek tilida o‘tkaziladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda A+ va A darajadagi Milliy sertifikatga talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

💻 Talabgorlar belgilangan kunga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 22-sentabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 23–27-sentabr, 2–4-oktabr kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda 11 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari 11-oktabrda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 22-sentabrdan 4-oktabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️test sinovining yozma qismi — 19–20-oktabr kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 21-oktabrdan 5-noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-24-19-20-10

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM