Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
3.7K subscribers
453 photos
29 videos
205 links
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

Veb-sayt: nqaae.uz
Instagram: instagram.com/nqaaeuz
Facebook: facebook.com/nqaaeuz
Aloqa bot: @nqaaeuzbot
Download Telegram
Respublika bo‘yicha bitiruvchilarning ishga joylashish tezligi o‘rtacha 2 oy 27 kunni tashkil qilgan

Ishga joylashish tezligi eng tez va past oliygohlar bilan tanishing.

Bitiruvchilar sifati indeksining muhim ko‘rsatkichlaridan biri ishga joylashish tezligi sanaladi. U bitiruvchining diplom olgan kunidan boshlab ishga joylashguniga qadar qancha vaqt ketganini ko‘rsatadi.

Shunday qilib Respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 2 oy 27 kunni tashkil qilgan.

Mulkchilik shakliga ko‘ra:

▫️ Nodavlat oliygohlar 2 oy 10 kun;
▫️ Davlat oliygohlar 2 oy 29 kun;
▫️ Xorijiy universitetlar filiallari 3 oy 20 kun.


Ammo oliygohlar kesimida natijalar ancha farq qiladi.

Bitiruvchilari eng tez ishga joylashgan oliygohlar:

Qarshi xalqaro universiteti1 oy 4 kun;
Toshkent shahridagi Vebster universiteti1 oy 8 kun;
Nordik xalqaro universiteti1 oy 14 kun;
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali1 oy 17 kun;
Andijon davlat universiteti1 oy 18 kun.

Ishga joylashish muddati uzoqroq bo’lgan oliygohlar:

S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filiali5 oy 21 kun;
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali6 oy 1 kun;
I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filiali5 oy 21 kun;
ISFT instituti5 oy 13 kun;
Toshkent farmatsevtika instituti5 oy 10 kun.

Eslatib o’tamiz, "Bitiruvchilar sifati indeksi"ni baholashda ma’lumotlar 10 ta davlat axborot tizimi, jumladan, HEMIS, soliq, mehnat, ijtimoiy himoya, bojxona va boshqa axborot tizimlaridagi ma’lumotlardan foydalanilgan holda avtomatik shakllantirilgan.

English



☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining 4 ta bakalavriat ta’lim dasturi O‘zbekistonda tan olindi

Buyuk Britaniyaning Qirollik Qishloq Xo'jaligi Universiteti hamkorligida ta'sis etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining Toshkentdagi ta’lim dasturlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda tan olinadi.

Universitetda quyidagi ta’lim dasturlari bo‘yicha akkreditatsiya natijalari tan olindi:

Agroiqtisodiyot;
Agrologistika;
Oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish;
Aqlli barqaror qishloq xo‘jaligi.


Universitet bitiruvchilari Buyuk Britaniyaning Royal Agricultural University (RAU) diplomini qo‘lga kiritadi.

Universitet haqidagi batafsil ma'lumot mazkur havolada.

English



☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy talabalarni jalb etish darajasi bo‘yicha oliygohlar reytingi shakllantirildi

Reyting amaliy, ijtimoiy-gumanitar, ijod-sport hamda tibbiyot toifalari kesimida ishlab chiqildi.

Xorijiy talabalar fuqaroligi davlatlar guruhlari bo‘yicha tahlil qilinganda:

16 175 nafar (65,6%) – boshqa davlatlar fuqarolari;
7 323 nafar (29,7%) – Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari;
1 149 nafar (4,7%) – Jahon banki tasnifiga ko‘ra yuqori daromadli davlatlar fuqarolariga to‘g‘ri kelgan.

Oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy talabalarni jalb etish darajasi bo‘yicha reytingi bilan quyidagi infografikada, ushbu reyting natijalari bo‘yicha axborot-tahliliy sharh bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarida 50 dan ortiq davlatdan 24 647 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda.

English



☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ish beruvchilar uchun muhim ko‘rsatkich: bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan TOP-20 oliygoh

Bitiruvchilar sifati indeksi natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 20 ta oliygoh aniqlandi.

TOP-20 oliygoh ularning toifalari kesimida shakllantirilgan:

11 ta — ijtimoiy-gumanitar;
5 ta — amaliy;
2 ta — tibbiyot;
2 ta — ijod va sport.


Mazkur oliygohlar to'liq ro'yxati yuqoridagi jadvalda keltirilgan.

Bitiruvchilar sifati indeksi natijalari bilan platformada batafsil tanishishingiz mumkin.

English



☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM