Nodizayn
1.19K subscribers
569 photos
76 videos
2 files
317 links
Nodir Khalilov kanali.
Dizayn va samaradorlik haqida yozaman. LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/nodirkhalilov
Download Telegram
Forwarded from ADPList Uzbekistan
🚀ADPList bilan o'z mentoringni top!

Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan tadbirimizga tashrif buyuring va ADPList mentorlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ling.

👩‍💻ADPList - butun dunyo bo’ylab katta tajribaga ega mentorlardan mutlaqo bepulga mentorlik olish imkoniyatini beruvchi platforma. Agar siz malakali mentorlar bilan o’z bilimingizni ushbu platforma yordamida qanday qilib oshirishni bilmoqchi bo’lsangiz bu tadbir aynan siz uchun.

🎤Spikerlar:
- Felix Lee - Co-founder and CEO at ADPList
- Nodir Khalilov - Product Design Lead at Super Dispatch
- Farkhod Saydullaev - Lead Product Designer at Moneff
- Abdurahmon Abdurashidov - Managing Director at Alif Uzbekistan
- Javohir Nazarov - Freelance Graphic Designer
- Gayratjon Rayimjonov - Team Lead at Zaytuntech
- Bobir Nurmukhamedov - CPO at HNTC Group CA
- Timur Khujamurodov - Founder and CEO at Contact Marketing
- Islombek Davronov - Machine Learning Engineer at Iman Invest
- Maftuna Lutfilaeva - Ambassador of ADPList in Uzbekistan, Product Manager at TengeMarket


☕️ Coffee break’dan so'ng sizni mentorlarimiz bilan qiziqarli workshoplar kutmoqda!

🗓 Shanba, 10 - fevral
🕓 14:00 - 18:00
🌐 O`zbek/Ingliz/Rus tilida
📍 Uztelecom binosi (Mo'minov ko'chasi, 4/2)

Ro’yxatdan o’tish uchun havola:
https://lu.ma/adplist-tashkent

Meetup'da ko'rishguncha!

@adplistuzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ADPList sizni O'zbekistondagi ikkinchi ulkan meetup tadbiriga taklif etadi!

Bu noyob tadbir orqali UI/UX/Product Design, Graphic Design, Product Management va Engineering kabi sohalarda yetakchi bo'lgan mutaxassislar bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning qimmatli maslahatlari va tajribalaridan bahramand bo'lish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Sizning shaxsiy va kasbiy rivojlanishingizga katta turtki bo'lishi mumkin bo'lgan bu tadbirni o'tkazib yubormang!

Bundan tashqari, ADPList servisi orqali siz dunyoning eng obro'li kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan mentorlardan bepul maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Sizning karyerangizni yangi cho'qqilarga olib chiqishda yordam beradigan noyob imkoniyatni qo'lga kiritish uchun ADPListning bu meetupiga albatta qatnashing!

© ChatGPT
Nihoyat, Toshkent metrosi uchun normal sxema/xarita dizayni taqdim qilindi.

Dizayner, Ilya Birman Toshkent metropoliteni sxemasi dizaynini ishlab chiqdi.

Ilya Birman bu sohada yetakchi dizaynerlardan hisoblanadi. U Moskva metrosi, Sankt-Peterburg metro sxemalari hamda Chelyabinsk tramvaylari va bir qancha boshqa sxemalar dizayni muallifi hisoblanadi.

Ilya Birman transport sxemalari dizayni bo'yicha kitob ham yozgan.

🗺 Схема метро Ташкента

@nodizayn
Nodizayn
Video
Birinchi videoda Boris boboni ko‘ramiz, Boris bobo 88 yoshda. U 2023-yilda, Samarqandda o’tkazilgan triatlon musobaqasida biz bosib o‘tgan masofani bosib o'tdi (suzish: 1.9 km, velosiped: 86 km va yugurish: 21.1 km).

Boris bobo, finishda yana raqsga ham tushib berdi (2-video).

Samarqanddagi triatlondan bir yarim oy o'tgach, Boris bobo Turkiyada o'tkazilgan Ironman 70.3 (Half Ironman) musobaqasida eng yoshi ulug' sportchi sifatida qatnashdi va u yerda ham finishgacha bora oldi (3-foto).

88 yoshda shuncha masofani bosib o'tishga kuchli bo‘lishning o'zi kamlik qiladi, buning uchun kuchli irodali bo'lish ham kerak.

Triatlon — suzish, velosport va yugurish bosqichlaridan iborat bo‘lgan sport turi bo'lib, unda har xil masofalar mavjud.

Shulardan biri Ironman masofasi bo'lib, 226.3 km masofani tashkil qiladi:
- 3.9 km okean yoki dengizda suzish
- 180.2 km velosiped
- 42.2 km yugurish
16-17 soat ichida finishga yetib borganlar Ironman degan nomni qo'lga kiritishadi. Lekin bundan hech qanday moddiy foyda yo'q.

Bu kabi masofalarni bosib o'tish uchun jismonan kuchli bo'lishning o'zi yetarli emas. Inson irodasi juda kuchli bo'lishi kerak.

Triatlon menga sabrli bo'lishni, har bir jarayon uchun kuch va irodani to'g'ri taqsimlashni o'rgatayotgandek tuyuladi.

Triatlonga kirib kelganimdan keyin, bu sohada har xil kitoblar va podkastlarni eshita boshladim. Rich Roll podkasti epizodi uchun har xil katta natijalarga erishgan odamlarni taklif qiladi. Shulardan meni qoyil qoldirganlari:

- Sean Conway — 105 kun davomida bir kun ham tanaffus qilmasdan har kuni Ironman masofasini to'liq bosib o'tadi. Bundan oldin u Britaniya uzunligidagi masofani suzib o'tgan. Bekorchi bo'lsa kerakda, shuning uchun vaqtini bekorga sarflar dersiz? Yo'q! Sean 7 ta kitob yozgan, biznesmen va investor hisoblanadi.

- Chelsea Sodaro — Farzandini dunyoga keltirganidan 18 oy o'tib, Ironman bo'yicha ayol professional sportchilar orasida jahon chempioniga aylanadi (5-video).

- Dr. Andrew Huberman — neyrofiziolog neyroplastiklik kuchini tushuntirgan va diqqat-e'tibor, to'g'ri uyqu, ongli bo‘lish (mindfulness) kabi omillar bizni qanchalik irodali bo’lishimizda asos ekanligini tushuntirgan.

Ironman jahon chempionatida qatnashgan ushbu odamlarning irodasi meni qoyil qoldiradi:

🌐 No Legs, No Limits: The Roderick Sewell Story — Ikki oyog'idan tug'ilishi bilan ayrilgan Roderick Ironman masofasini bosib o'tadi (4-video).

🌐 Cleveland Clinic, Air Force doctor with Parkinson's Disease to compete in Ironman World Championship — Dr. Sara Whittingham parkinson kasalligiga chalingan bo'lishiga qaramasdan, Ironman musobaqasida jahon chempionatigacha boradi.

🌐 17 Hours: Chris Nikic’s Ironman Story — Daun sindromi kasalligidan aziyat chekadigan Chris Nikic Ironman masofasini bosib o'tadi.

- 48 yoshli F1 poygachisi Alex Zanardi poygalarning birida avtohalokatga uchrab uning avtomobili bilan birgalikda tanasi ham ikki qismga bo'linib ketadi va tirik qoladi. Keyinroq esa Alex, imkoniyati cheklangan bo'lishiga qaramasdan Ironman masofasini bosib o'tadi (6-video).

Bularni yozishimga sabab, inson irodasi kuchliligiga urg'u berish. Bizga iloji yo'qdek tuyulgan har qanday ishlarni ham aslida bosqichma-bosqich zabt etishning iloji bor.

P.S.: Bu post odamlarni ilhomlantirish uchun yozilmadi. Motivatsiya qanchalik tez yonsa shunchalik tez o'chadi. Bu kabi masofalarni bosib o'tish uzoq vaqt va jiddiy tayyorgarlik talab qiladi.

@nodizayn #ironman #ironmind
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ADPList Uzbekistan
🎤Spikerlarimiz bilan tanishing!

🎗Nodir Khalilov - Sohada 13 yillik tajribaga ega mahsulot dizayni yetakchisi (Product Design Lead) sifatida Super Dispatchning dizayn jamoasini boshqarib kelmoqda:

"Mening asosiy e'tiborim foydalanuvchi tajribasini oshirish, mahsulotlarimizni jo'natuvchilar va tashuvchilar uchun yanada samaraliroq va qulayroq qilishdir. Mening rolim yangilik va mukammal dizaynga sodiqlikni o'z ichiga oladi."

Mavzu:
"Foydalanuvchi intervyusining dizayndagi o‘rni"


🗓 Shanba, 10 - fevral
🕓 14:00 - 18:00
🌐 O`zbek/Ingliz/Rus tilida
📍 Uztelecom binosi (Mo'minov ko'chasi, 4/2)

Ro’yxatdan o’tish uchun havola:
https://lu.ma/adplist-tashkent

Meetup'da ko'rishguncha!

@adplistuzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 42⚡️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 42: Express UX

👉 42.uz/course/express-ux

👨‍🏫 UX dizayn sohasida 12 yildan ortiq tajribaga ega Nodir Khalilovdan o‘rganasiz.

💸 Kurs narxi: 420 ming so'm.

⁉️ Savollaringizni izohlarda qoldiring👇
Lego uchun “Silk Road Wonders" konsepsiyasi

Tasavvur qiling, Legoning tarixiy o'lkamiz uchun ishlab chiqilgan maxsus setlari bor va bu set quyidagi majmualarni o‘z ichiga oladi:
- Registon maydoni
- Ichan qal'a
- Go'ri Amir maqbarasi

G’oyalar Midjourney servisida yaratildi.

@nodizayn #ai #legoconcept