Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
144K subscribers
564 photos
133 videos
79 files
978 links
— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.

Murojaat: @nodavlatbot

Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot

03.09.2022
Download Telegram
⚡️Nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish

Prezident qarori (15.06.2022-y, PQ-279-son)ga asosan Respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat (xususiy) va xorijiy OTM filiallaridan davlat oliy ta'lim muassasalariga 2 xil yo‘l bilan o'qishni ko'chirishi mumkin.

➡️ Mos va turdosh ta'lim yo'nalishlariga o'qishni ko'chirganda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari asosida;

➡️ Davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi:

✔️ Ya'ni, nodavlat oliygohlardan davlat oliygohlarining noturdosh ta'lim yo'nalishlariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ayrim davlat oliygohlarini xususiylashtirish rejalashtirilgan

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida tajriba tariqasida davlat ulushining 51 foizdan kam boʻlmagan qismini saqlab qolgan holda ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarini (oliy harbiy taʼlim muassasalari bundan mustasno) davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularda korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish belgilangan.

Bundan tashqari institut maqomidagi oliygohlarning mavjud quvvati bosqichma-bosqich oshirilib, universitet maqomiga o'zgartiriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turdosh yo'nalishlar ro'yxati.pdf
1.3 MB
⚡️Nodavlat oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish

Ushbu faylda o'qishni ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun turdosh va noturdosh yo'nalishlar ro'yxati bor. Bir guruhda bo'lsa turdosh har xil guruhlarda bo'lsa noturdosh bo'ladi.

Nodavlat oliygohlardan davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishni ikki xil usulda ko'chirish mumkin:

1) Imtihon asosida – mos va turdosh ta'lim yo'nalishlariga o'qishni ko'chira olasiz;
2) Imtihonsiz – noturdosh ta'lim yo'nalishlariga oshirilgan kontrakt asosida o'qishni ko'chirishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Nodavlat (xususiy) oliygoh talabalariga davlat na'munasidagi diplom beriladi

📝 Nodavlat oliy ta'lim tashkiloti tomonidan davlat standartlariga javob beradigan o'quv dasturidan foydalanganda davlat na'munasidagi diplom beriladi;

➡️ Boshqa hollarda esa ixtiyoriy na'munadagi diplom berilishi ko'zda tutilmoqda.

➡️ Ya'ni o'qitish tizimi davlat standartida bo'lmay, boshqacha standartlar asosida jumladan, xorijiy o'quv dasturlari asosida o'qitayotgan nodavlat oliy ta'lim muassasalariga ixtiyoriy na'munadagi diplomlar beriladi. Ya'ni ular davlat na'munasidagi diplom olmaydilar. Biroq ularning diplomi ham boshqa oliygohlar qatorida tan olinadi. Avvalroq bu bo‘yicha batafsil yozgan edik.

🗂️ Bundan tashqari, nodavlat oliygoh talabalari ham diplomlarini davlat oliygohi talabalari singari diplom.edu.uz saytidan yuklab olishlari rejalashtirilmoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Texnikumlarda yaxshi o'qiganlar OTMda 2-kursdan o'qishi mumkin bo'ladi

Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi.

Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.

Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.

Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endilikda: IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi;

👉 ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi;

👉 IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga “ijtimoiy karta” beriladi;

👉 yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish boʻyicha alohida dastur amalga oshiriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xorijiy tilni C1 darajada biladigan talabalarga ishlashga ruxsat etiladi

🔰2024-yil 1-oktabrdan:

🔸Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy o'quv markazlarining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida e'lon qilib boradi;

🔸reyting natijalariga ko'ra olis va chekka hududlarda faoliyat ko'rsatuvchi eng yuqori ko'rsatkichga ega 100 ta xususiy o'quv markazining ta'lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to'lovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.

🗓 2024–2026-yillarda oliy ta'lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta'lim yo'nalishi bo'yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida o'qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.

🔍 2024/2025-o'quv yilidan ota-onalar va o'quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o'qitishni yo'lga qo'yiladi.

📘2025-yil 1-yanvargacha ingliz tili, keyingi yillarda boshqa xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o'rgatish bo'yicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yiladi hamda ularning xalqaro ta'lim standartlariga mos ta'lim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot ma'lum qilinishicha:

Bundan keyin ham qizlarning taʼlim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi. Jumladan, ogʻir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3-yil davomida bepul yashashi mumkin boʻladi.

Hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash topshirildi. Sogʻligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan taʼminlash choralari koʻriladi.

Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladi.

✔️ @mandatjavobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bu yil ham magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

🔰 Kvota to‘g‘risidagi prezident farmoyishida kontrakt asosida magistraturaga kiradigan talaba xotin-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berish qayd etilgan.

Kontrakt pullari hech qanday qaytarish shartlarisiz to‘lab beriladi. Buning uchun:

➡️ Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishadi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

➡️ 15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini tolab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.

🖊 Ma'lumot uchun: magistratura uchun chet tili sertifikati majburiy hisoblanadi.

✔️ @mandatjavobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tibbiyot sohasida o‘qish mumkin bo‘lgan nodavlat (xususiy) oliygohlarning kontrakt narxlari:

🏛 Central Asian University (Toshkent)
👉 62 500 000 – 100 000 000 so'm

🏛 Yevropa tibbiyot universiteti (Toshkent)
👉 19 000 000 – 54 900 000

🏛 Impuls tibbiyot instituti (Namangan)
👉 33 000 000 so'm

🏛 Central Asian medical university (Farg'ona)
👉 36 663 000 so'm

🏛 Buxoro innovatsion tibbiyot instituti (Buxoro)
👉 32 000 000 so'm

🏛 Kimyo xalqaro universiteti (Toshkent, Namangan, Samarqand)
👉 19 500 000 – 29 500 000 so'm

🏛 Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti (Toshkent)
👉 26 000 000 – 33 000 000 so'm

🏛 Turon Zarmed universiteti (Buxoro, Samarqand)
👉 28 000 000 – 35 000 000 so'm

🏛 Osiyo xalqaro universiteti (Buxoro)
👉 26 000 000 so'm

🏛 Alfraganus universiteti (Toshkent)
👉 25 000 000 so'm

📈 Yuqoridagi 2024/2025 o'quv yili uchun kontrakt narxlar oliygohlarning rasmiy vakillari hamda sahifalaridan olindi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Saqlab qoʻying kerak boʻladi!

Majburiy blok savollarida tushadi.

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2021-yilYoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​​​Qo‘rquv va hayajonni qanday jilovlash mumkin? Abituriyentlarga psixolog tavsiyalari

Aslida har qanday imtihon emotsiyalarga boy, hayajonli o‘tadi.

Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi, psixologiya fanlari nomzodi Gulmira Boyuzakova abituriyent uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan imtihonda hayajonni jilovlash bo‘yicha tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Abituriyentning imtihon vaqtida muvaffaqiyatga erishishi ikki omilga bog‘liq: nazariy va psixologik tayyorgarlik. U mavzularni qanchalik yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsa ham, imtihon vaqtidagi hayajon dushmanga aylanishi mumkin.

Diqqatni jamlang. Titul varag‘ini to‘ldirish kabi barcha rasmiyatchiliklarni bajarib bo‘lgach, diqqatni jamlashga va atrofni unutishga harakat qiling. Siz uchun faqat vazifalar matni va soatlar mavjud bo‘lishi kerak. Qat’iy belgilangan vaqt javoblar sifatiga ta’sir qilmasligi kerak. Javobni kiritishdan oldin savolni ikki marta o‘qing va sizdan nima talab qilinayotganini to‘g‘ri tushunganingizga ishonch hosil qiling.

Osonidan boshlang. Test yechishni sizda shubha tug‘dirmaydigan savollarga javob berishdan boshlang. Uzoq o‘ylantiradigan savollarga ko‘p to‘xtalmang. Shunda ancha tinchlanasiz, yuklama yengillashadi. Miya yanada aniq ishlay boshlaydi. Qolgan butun kuch va diqqatni qiyin savollarga yo‘naltirish mumkin bo‘ladi.

Shoshilmang, vazifani oxirigacha o‘qing. Vazifani birinchi so‘zlaridanoq uning shartini tushunaman deb shoshqaloqlik qilmang. Bunda eng oson savollarga ham xato javob berish ehtimoli oshadi. Shoshqaloqlik natijasida javobi miyangizda naqd bo‘lgan savolni ham boy berishingiz mumkin.

Faqat hozirgi vazifa haqida o‘ylang. Yangi vazifani o‘qiyotganda avvalgi hamma narsani unuting. Testlardagi vazifalar bir-biri bilan bog‘liq emas, shuning uchun siz ilgari qo‘llagan qoidalar va formulalar yangi vazifani to‘g‘ri hal qilishga xalaqit beradi.

Muvaffaqiyatsizlikni unuting. Agar bironta testga javobni bilmasangiz, bu muvaffaqiyatsizlik ta’sirida qolib ketmang. Yangi savolni yangi imkoniyat sifatida qabul qiling. Avvalgi vazifalar natijasidagi tushkunlik keyingi topshiriqlar samarasiga ta’sir ko‘rsatmasin.

Istisno qiling. To‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligiga ishonchingiz komil bo‘lgan javoblarni ketma-ket chiqarib tashlang. Bu variantlar o‘rtasida tanlov doirasini toraytiradi.

Tekshirib ko‘ring. Bajargan topshiriqlaringizni tekshirib chiqishga vaqt ajrating, hech bo‘lmaganda ko‘z yugurtirib, xatolarni ko‘rish uchun vaqt toping.

Taxmin qiling. Aniq javobga ishonchingiz komil bo‘lmasa, intuitiv ravishda biror variantni tanlang. Ba’zida intuisiyaga ishonish kerak.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Perevod_2024

⚡️"Perevod" qabuli boshlanishiga 15 kun qoldi

📌 Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlari, Respublikadagi xususiy va xorijiy OTM filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

✔️ Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

🗂 Kerakli hujjatlar:

👉 ariza;
👉 reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi;
👉 Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

📝 Imtihonlar test (alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yoʻnalishlari uchun mutaxassislik fanlaridan kasbiy-ijodiy) shaklida bo'lib o‘tadi.

💰 Maxsus sinov natijasi davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shakliga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi.

😀 OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.

✔️ @mandatjavobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Magistraturaga qabul boshlandi

1-iyuldan
respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlandi.

✔️ 2024/2025-o'quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

✔️ @mandatjavobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2 yillik staji bor yoshlar ish beruvchining tavsiyasi asosida oliygohga o‘qishga qabul qilinadi

Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va 2 yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Shuningdek, litsey o‘quvchilari 1- yoki 2-kursdan keyin o‘qishni OTMning 2- yoki 3-kursida davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kompyuterda tez ishlashni xohlasangiz, ushbu 50 ta qisqa klavishlarni albatta bilishingiz kerak:

1. Ctrl + C - Nusxalash (Ko‘chirish)
2. Ctrl + X - Kesish
3. Ctrl + V - Pastga joylashtirish
4. Ctrl + Z - Bekor qilish
5. Ctrl + S - Saqlash
6. Ctrl + O - Faylni ochish
7. Ctrl + N - Yangi hujjat yaratish
8. Ctrl + P - Chop etish oynasini ochish
9. Ctrl + A - Hujjatni barchasini tanlash
10. Ctrl + F - Izlash oynasini ochish
11. Ctrl + B - Matnni qalin qilib qo‘yish (bold)
12. Ctrl + I - Matnni italic qilib qo‘yish
13. Ctrl + U - Matnni pastki chiziq bilan yozish
14. Ctrl + L - Matnni chap tomondan surish
15. Ctrl + R - Matnni o‘ng tomondan surish
16. Ctrl + E - Matnni markazlash (center)
17. Ctrl + J - Matnni ikki tomondan surish (justify)
18. Ctrl + K - Hyperlink qo‘yish
19. Ctrl + Y - Keyingi harakatni bekor qilish
20. Ctrl + F4 - Hujjatni yopish
21. Ctrl + W - Hujjatni yopish (yangi Word versiyalarida ishlatiladi)
22. Ctrl + Shift + S - Saqlash oynasini ochish
23. Ctrl + Shift + Z - Qaytadan amalni bajarish (bir necha martalik)
24. Ctrl + Home - Hujjatning boshiga o‘tish
25. Ctrl + End - Hujjatning oxiriga o‘tish
26. Ctrl + Backspace - So‘zning boshidan o‘chirish
27. Ctrl + Delete - So‘zning oxiridan o‘chirish
28. Ctrl + Space - Format o‘chirish
29. F7 - Imlo tekshirish
30. F12 - Saqlash oynasini ochish
31. Ctrl + F12 - Faylni saqlash
32. Alt + F4 - Dasturni yopish
33. Ctrl + 1 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1-qat)
34. Ctrl + 2 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (2-qat)
35. Ctrl + 5 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1.5-qat)
36. Ctrl + [ - Aktiv qatordagi suzuvorlarni kichik qilish
37. Ctrl + ] - Aktiv qatordagi suzuvorlarni katta qilish
38. Ctrl + Shift + > - Matnni katta qilish
39. Ctrl + Shift + < - Matnni kichik qilish
40. Alt + Enter - Yangi qatordan boshlash
41. Ctrl + Shift + N - Yangi bo‘lim yaratish
42. Ctrl + F1 - Yordam oynasini ochish
43. Ctrl + W - Hujjatni yopish (versiya 2019 va keyingilar uchun)
44. Ctrl + F6 - Ochilgan hujjatlardan o‘tish
45. Alt + F8 - Makroni boshlash
46. F4 - O‘rtacha amalni takrorlash
47. Ctrl + Shift + F - Shaylarni tuzatish
48. Ctrl + Space - Formatni olib tashlash
49. Alt + Ctrl + S - Sahifani saqlash oynasini ochish
50. Ctrl + Shift + G - Elementni qutisiz majmualash

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta'limga qiziqish yildan-yilga pasaymoqda!

Bu yilgi qabulda 894 ming abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi, bu o'tkan yilgi abituriyentlar sonidan 14% ga, 2 yil oldingi ko'rsatkichdan esa 36% ga kam. Rekord o'rnatilgan 2020-yilda 1.5 mln yoshlar o'qishga topshirgan edi.

Ushbu raqamlar O'zbekistonda oliy ta'limga qiziqish so'nayotganini bildirmoqda. Sun'iy intellekt esa ta'lim sifati jozibador emasligini sabab qilib ko'rsatmoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Barcha o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar ko'rishi shart!

O'qishni ko'chirishda sun'iy to‘siqlarga uchrash oddiy holatga aylanmoqda. Eng ko'p uchrayotgan holatlardan biri - ayrim xususiy oliygohlarning rahbariyati tomonidan talabalarni o‘qishdan chetlatish bilan qo'rqitish bo'lib qoldi.

Shu mavzuda batafsil tushuntirish berildi: https://www.instagram.com/reel/C84dEDYsGIO/?igsh=MW53Nndnb2o4Mjl4ZA==

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Perevodchilar diqqatiga!

O'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar xox xorijda o'qiyotgan bo'lsin, xox yurtimizdagi davlat yoki xususiy oliygohlarda tahsil olayotgan bo'lsin, ushbu post barcha toifaga tegishli.

15-iyuldan o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi. Sizdan talab etiladigan asosiy hujjat transkript hisoblanadi. Siz ayni vaqtda o'qiyotgan semestrni to'liq yopolmasangiz yoki fanlardan qarzdorlik mavjud bo'lsa, yoxud semestr kechroq yakunlansa ham buning o'qishni ko'chirishga hech qanday ta'siri yo'q

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilda qabul qilingan 393-sonli qaroriga asosan talaba o'qishini ko'chirishi uchun "birinchi kursning birinchi semestrdan qarzdorlik bo'lmasligi kerak". Bu degani qolgan semestrlardagi qarzdorlik muhim emas degani. Ya'ni siz nechanchi kurs bo'lishingizdan qat'iy nazar oxirgi semestrdan qarzdor bo'lsangiz ham o'qishingiz ko'chira olasiz. Bu qonunchilikda aniq va tiniq ko'rsatib qo'yilgan.

Ayrim xususiy yoki davlat oliygohlarining mutasaddilari tomonidan sizga oxirgi semestrda fanlardan qarzdorlik borligi bahonasi bilan "senga transkript berish mumkin emas, bermaymiz, perevod qila olmaysan" deb transkript bermaslik holatlari mutlaqo noqonuniydir.

⚠️ Agarda sizda shunday holat kuzatilsa, o'sha shaxsdan transkript bermasligi haqida yozma javob talab qiling. Agar shunda ham ta'sir qilmasa, kechiktirmay o'sha kunning o'zidayoq Prokuraturaga murojaat qiling. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

☝️ Yana bir masala, bu holat asosan xususiy oliygohlarda kuzatilmoqda ekan. Ular buni o'zining ichki tartib-qoidasi bilan izohlashyapti emish. Shuni yodda tuting-ki, har qanday ichki tartib-qoida yuqori turuvchi qonun hujjatlaridan ustun bo'la olmaydi, aksincha o'sha qonunlarga asoslangan holatda joriy qilinadi. Xususiy OTMlarning ham transkript bermaslik bo'yicha talablari ham mutlaqo NOQONUNIYDIR!

✔️ @mandatjavobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'tgan yilgi transkript bilan hujjat topshirish mumkin

O'qishni ko'chirish uchun transkript ololmayotgan talabalar bir yil avvalgi transkript bilan ham hujjat topshirishlari mumkin.

Imtihonlardan o'tib, oliygoh aloqa xatini berganidan so'ng yangi transkriptni to'g'irlab kelish uchun sizda butun sentabr oyi vaqt bo'ladi. Kurs masalasi keyin muammo bo'lmaydi.

Yana bir masala ushbu holatda bir yil avvalgi transkript aynan hozir o'qiyotgan oliygohga tegishli bo'lishi lozim. Ya'ni ushbu layfxak 2 va undan yuqori kursdagilar uchun amal qiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM