No-Code | Uzbek Community
549 subscribers
5 photos
1 file
5 links
No-Code platformalari bo'yicha foydali ma'lumotlar va videodarslar ulashib boruvchi loyiha
Download Telegram
Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Biz boshladik, ALLOH ishimizni o'ngidan berib, ilmimizni ziyoda qilsin!
👍195🔥4
No-Code platformalari bo'yicha foydali ma'lumotlar va eng kerakli videodarslarni ulashib boramiz.

Ma'lumotlar, Videodarslar
va boshqa savol, javob, fikr, mulohazalarni 👉 guruhimizda berib borishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3👨‍💻3🤓2🎉1
Siz qaysi platforma bo’yicha ma’lumotga egasiz?
Anonymous Poll
43%
Wordpress
25%
Tilda
6%
Shopify
2%
Joomla
5%
FlutterFlow
5%
AppSheet
14%
Izohda qoldiraman
🔥118
Boshlang’ich darslarni Wordpress dan boshlasak nima deysiz?
👍26206
🧿 CMS'ga ega saytlarga e'tibor qaratsak, 2024 - yil hisobida WordPress ulushi 62,6% gacha ko'tarildi. Bu ko'rsatkich yildan - yilga ko'tarilib bormoqda

👉 @nocode_uz_community
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍4🔥3
roadmap.pdf
441.8 KB
No-code bo‘yicha mukammal va to‘liq bepul roadmap.

Bu roadmap sizga qanday qilib kod yozmasdan dastur yaratish ketma-ketligini ko‘rsatadi.

👉 @nocode_uz_community
👍7🔥3
🕸 Kodsiz veb-sayt tuzish uchun eng yaxshi veb-saytlar ro'yxati

01.
wix.com
02. squarespace.com
03. ionos.com
04. networksolutions.com
05. site123.com
06. web.com
07. jimdo.com
08. wordpress.com
09. tilda.cc
10. webflow.com
11. zyro.com
12. weebly.com
13. shopify.com
14. duda.co
15. unstack.com
16. brizy.io
17. godaddy.com
18. umso.com
19. hostgator.com
20. designmodo.com

🔗 Ingliz tilidagi ushbu birinchi va ikkinchi maqola orqali har-birining imkoniyatlari bilan tanishsangiz bo'ladi. Ushbu veb-saytlar kichik va o'rta biznes uchun juda ajoyib lekin siz katta biznes bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz albatta yaxshi dasturchilarga murojaat qiling.

👉 @nocode_uz_community | #foydali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
📱 WordPress bo‘yicha ishlashni boshlamoqchimisiz? Upwork va Fiverr platformalarini tavsiya qilaman!

1️⃣ Upwork: Ko'plab WordPress loyihalari mavjud. Profilingizni mukammal tayyorlab, kichik loyihalar bilan yaxshi sharhlar yig‘ing – bu raqobatni yengishga yordam beradi.

2️⃣ Fiverr: WordPress bo‘yicha kichik xizmatlar uchun qulay. Sayt sozlash, xavfsizlik yoki SEO kabi xizmatlar orqali mijozlarni tezroq jalb qilish mumkin.

🔛 Maslahatlar:
🔘Upwork: Kichik loyihalardan boshlang, reyting yig‘ing.
🔘Fiverr: Jozibali xizmat taklifi va portfoliolar bilan boshlang. Sifatli xizmat va yaxshi sharhlar orqali doimiy mijozlar toping!

Ushbu maslahatlar boshqalarga ham foydali bo'lishi mumkin! Do‘stlaringiz bilan ulashing.


👉 @nocode_uz_community | #foydali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
🎓 Tutor LMS — O‘quv Kurslari uchun ajoyib WordPress Plagini!

Tutor LMS — WordPress uchun maxsus yaratilgan o‘quv boshqaruv tizimi (LMS). Bu plagin orqali onlayn kurslar yaratish, boshqarish va o‘quvchilarga taqdim etish mumkin.

Tutor LMS imkoniyatlari:

📖 Kurs va darslar yaratish: Video, matn yoki rasmlar kabi turli formatlarda darslar tashkil etish.

📝 Test va sertifikatlar: Kurslarga testlar qo‘shish va muvaffaqiyatli yakunlangan kurslarga sertifikatlar taqdim etish.

👥 O‘qituvchi va o‘quvchi boshqaruvi: O‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun profillar, statistikalar va yutuqlarni boshqarish imkoniyati.

🔛 Savdo va to‘lov tizimlari: Premium kurslarni sotish, 💸Click va 💸Payme kabi to‘lov tizimlari bilan integratsiya.

Agar onlayn kurslaringizni professional tarzda yaratmoqchi bo‘lsangiz, Tutor LMS siz uchun juda qulay va samarali plagin. 🔥


👉 @nocode_uz_community | #foydali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2🤩1
📱 WordPressning 2024 yilgacha bo'lgan statistikalari:

1️⃣ Internetdagi ulushi
Hozirgi kunda internetdagi barcha veb-saytlarning 43% dan ortig'i WordPress yordamida qurilgan. Bu raqam WordPress'ni eng ommabop CMS (Content Management System) sifatida mustahkamlab kelmoqda.

2️⃣ Yillik o'sish sur'ati
WordPress o'zining rivojlanish yo'lida har yili yangi funksiyalar va yangilanishlarni taqdim etib, yildan-yilga o'z foydalanuvchilar bazasini kengaytirmoqda. O'sish sur'ati doimiy ravishda 3-4% darajada oshib kelmoqda.

3️⃣ Qo'llab-quvvatlanadigan tillar
WordPress 120 dan ortiq tilni qo'llab-quvvatlaydi, shu jumladan o'zbek tilida ham foydalanish imkoniyati mavjud. Bu esa global miqyosda kengroq auditoriyaga ega bo'lishga imkon beradi.

4️⃣ Pluginlar va mavzular
Hozirda 60 000+ dan ortiq bepul va pullik plaginlar mavjud bo'lib, ulardan foydalanib saytni kerakli funksiyalar bilan to'ldirish mumkin. Mavzular soni esa 10 000+ dan ortiq bo'lib, ular orasida turli xil dizayn yechimlarini topish mumkin.

5️⃣ Biznes saytlar uchun tanlov
WordPress ko'plab kichik va o'rta bizneslar uchun qulay CMS hisoblanadi, chunki uning plaginlari va sozlashlari keng doirada sozlanishi mumkin. Bugungi kunda WordPress asosida 15 million dan ortiq tijoriy saytlar faoliyat ko'rsatmoqda.

6️⃣ Ta'lim uchun platforma sifatida
WordPress nafaqat biznes uchun, balki ta'lim uchun ham keng qo'llanilmoqda. Bugungi kunda Tutor LMS, LearnDash kabi LMS (Learning Management System) plaginlari orqali online kurslarni tashkil qilish osonlashgan.

#WordPress #Statistika #VebDasturlash

💻 @jonibek_turapov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Nega WordPress o‘rganish kerak?

Agar siz zamonaviy ko‘nikmalarni egallashni istasangiz, WordPress eng yaxshi tanlovdir. Quyida nima uchun WordPress’ni o‘rganishingiz kerakligini tushuntirib beramiz:

1️⃣ Internetdagi har uchinchi sayt WordPress’da yaratilgan
➡️ Hozirgi kunda internetdagi barcha saytlarning 40% dan ortig‘i WordPress asosida ishlaydi.

2️⃣ Kod yozmasdan sayt yaratish imkoni
➡️ WordPress’ni o‘rganish uchun dasturlashni bilish shart emas. Tayyor shablonlar va plaginlar yordamida professional ko‘rinishga ega saytlarni osongina yaratishingiz mumkin.

3️⃣ Qisqa vaqt ichida daromad olish imkoniyati
➡️ WordPress orqali:

- Internet do‘konlar (WooCommerce)
- Blog saytlar
- Korporativ saytlar
- Onlayn kurs platformalarini yaratishingiz va sotishingiz mumkin.

4️⃣ O‘z biznesingizni boshlash uchun ideal vosita
➡️ Agar o‘z onlayn biznesingizni boshlashni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, WordPress sizga kam xarajat bilan sifatli platforma yaratish imkoniyatini beradi.

5️⃣ Har tomonlama qulay platforma
➡️ WordPress’ning asosiy afzalliklari:

- SEO uchun moslashuvchanlik (Google’da yuqori o‘rinlarga chiqish oson).
- Har qanday turdagi saytlar uchun mos (blog, magazin, portfolio va h.k.).
- Ko‘plab bepul resurslar va qo‘llanmalar mavjud.

Bu ma'lumotni Wordpressni o'rganmoqchi bo'lgan yaqiningizga yuborib qo'ying


💻 @dasturlash_hayoti dasturchilar va dasturlash hayotini yoritib boradigan loyiha!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5🤩4
📢 @texnologiyait_bot’da yangi AppSheet darslari yuklandi! 🎉

Endi siz No-Code dasturlash asoslarini o‘rganishingiz mumkin! AppSheet bo‘yicha darslarimizni botimizdagi "No-Code darslari" bo‘limidan, keyin AppSheet bo‘limini tanlab topishingiz mumkin.

Bu darslar va botdagi barcha materiallar mutlaqo BEPUL!

👉 @texnologiyait_bot orqali o‘rganishni boshlang va o‘z loyihalaringizni yaratish yo‘lida qadam tashlang! 🚀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩5👍3🔥2
Tilda va Framer: Qaysi biri Sizga Mos?

Zamonaviy veb-sayt yaratishda Tilda va Framer kabi platformalar katta imkoniyatlar taqdim etadi. Lekin qaysi biri sizga mos?

🔹Tilda – oddiy, tez va tayyor bloklar yordamida sayt yaratish uchun ideal. Kod yozmasdan chiroyli landing sahifalar, bloglar va e-commerce loyihalar yaratish mumkin.

🔹Framer – interaktiv va animatsiyaga boy saytlar yaratish uchun qulay. Dizayner va developerlar uchun mos, kod yozish imkoniyati ham mavjud.

💡 Tanlovingizni qanday qilish kerak?
Agar tayyor bloklardan foydalangan holda tezkor sayt yaratmoqchi bo'lsangiz – Tilda.
Agar maxsus animatsiyalar va kreativ dizayn bilan ishlashni istasangiz – Framer.

#Tilda #Framer #VebDizayn #SaytYaratish

👉 @nocode_uz_community
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👨‍💻2🔥1😁1
😴 Oramizda dasturlash sohasida ishlayotgan yoki o‘rganayotganlar bo‘lsa, barchani @dasturlash_hayoti kanalida bir joyga jamlayapmiz.

Bu kanalda borlar 👍, endi qo‘shilayotganlar esa 🔥 qoldiring.

➡️ Dasturchilar va Dasturlash hayoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3👨‍💻1