qalbim bitiklari
1 subscriber
2 videos
Download Telegram
Channel created
Robbim…
Meni go’zal va Mehribon Allohim. Ba’zan holatimni tasvirlashga ham so’z topa olmayman. Ammo sajdangga bosh qo’yib “Subhana Robbiyal a’la” deganimda barchasini unutaman. Allohim hammasi yaxshi deymanu ammo halovatni topa olmayotgandek sarsonman. Allohim men Sendan so’raganlarimni barchasini bergin demayman. Chunki men ojiz bir bandangman. Mening so’rovlarimda hatolik bo’lishi mumkin. Men Sendan hayrlisni ber, qalbim istayotganlarini hayrli qilib ber deya so’rayman.

Robbim, Mening go’zal Allohim. Sen har narsaning o’z vaqtini kutasan. Va har nasibing ortida biz bilmagan minglab hayrlar va Sen hayrli deb bilgan lahzalar bor. Mehribon Allohim! Bizni O’zing rozi bo’lmaguningcha jonimizni olma. O’zing xidoyat qil, ibodatlaringda, diningda sobitqadam qil. Allohim O’zing hifzu-himoyangga ol. O’zing kechir, tavbalarimizni qabul et, shafoat qil va duolarimizni ijobat qil. Sen Barchasiga Qodirsan. Sen marhamatlilarning marhamatlisi, rahmlilarning rahmlisi, Shuhrat sohibi bo’lgan, Tavba qilgan bandalarini mag’firat etuvchi Al-G’afursan.

Bizni O’zingni muhabbatingga, roziligingga erishtir va bizga Jamolingni ko’rsat. Jannatingga loyiq qil. Dunyo va ohiratda nur bo’luvchi ilm sohiblaridan qil.

Allohim, ey mening Go’zal va Mehribon Allohim. Hayotimizda o’rnilari hayrsiz bo’lganlarni ketkaz, Hayrli insonlarga ro’baro qil. Allohim har narsaning eng hayrlisini, faqat Sen istagan va men uchun hayrli deb bilga vaqtingda menga ato et!

Mening Mehribon Allohim…
Inson yetolmaganiga abadiy oshiq bo'larkan...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ha men hozir uydaman ammo uyimga ketgim keladi💔
Inson baxtni his qilishi uchun nima kerak deb o’ylaysiz?

Pul, boylik, uy-joy, mashina, istagan barcha narsasiga ega bo’lish…

Ro’yhatni davom ettirsam tugamaydi. Aslida baxtni his qilish uchun ko’p narsa kerak emas. Agar inson istasa va ko’ra olsa, Alloh uni go’zal holatda yaratganining o’zi bir baxt. Musulmon qilib yaratgani, imtixonga to’la dunyoda aziz qilib qo’ygani. O’ziga muhabbat qo’ya olishiga imkon bergani, Unga ibodat qila olishiga imkon bergani, gunohga qo’l urishga imkoni va sharoiti bo’la turib undan qaytara oladigan darajada iymon bergani, sinovlarga sabr qila olishi, yaqinlarining salomatligi, o’zining tanu-joni sog’ligi, nafas olayotgani, o’z oyoqlari bilan yurayotgani, ko’zlari barcha go’zalliklarni ko’rib turishi, qo’llari bilan oilasiga shirin ovqatlar tayyorlay olishi, quloqlari Alloh yaratgan mavjudotlarning tovushini eshita olishi, anglay olishi, insonlar bilan go’zal so’zlar ila suhbat qura olishi. Agar ne’matlarni davom ettirsam men ularning sanog’iga yeta olmayman to’g’risi. Lekin biz baxtni uzoqdan, qo’limizda yo’q bo’lgan narsalardan qidiramiz. Aslida baxt men yuqorida sanab o’tgan narsalarda, haqiqiy baxt esa Jannatda. Biz bu dunyoga sinov uchun kelganmiz. Sinovli dunyoda, Allohning sinovlaridan O’zi rozi bo’ladiyan holatda o’tish, xotimamizga iymonli bo’lganimiz holda yakun yasalishi biz uchun baxt. Siz Allohga qancha ko’p shukr aytsangiz, so’raganingizdan ham ziyodasini sizga beradi ishoning. Faqat hayotning asl haqiqatini va dunyoga nima uchun kelganimizni anglashimiz biz uchun eng muhimi. Agar hayotda yashashdan maqsadingizni bilmas ekansiz, yuradigan yo’lingizni ham manzilingizni ham bilmaysiz. Oqibatda esa yo’qotganingiz asl baxt, topganingiz esa jahannam bo’ladi katta ehtimol bilan.

Baxtni uzoqdan izlamang! Uyga kelganingizda onangizning jilmayib «Bolam keldingmi, endi hotirjam uxlayman» deyishi ham baxt, hatto eng katta Baxtlardan.

O’zingizni bechoradek tutmang. Sinovlarim ko’p demang. Alloh har bandaga sabri va bardoshi yetadiganini beradi. Sinalyapsizmi, Alloh tomonidan esga olinyapsiz, sevilyapsiz, shukr qiling. Hamma kulib yurganlar baxtli emas. Ularning ham siz bilmaydigan dardlari bor ichlarida. Hozir yashayotganlaringiz, sinovlaringiz, qilayotgan harakatlaringiz barcha barchasidan Alloh habardor, Unutmaydi, Ko’rib turibti. Mukofotlarini ham beradi in sha Allah. Bu dunyoda bo’lmasa boqiy dunyoda olasiz. Sizga qanchalik qiyin bo’lmasin, Allohga barchasi oson.

Unutmang, hayotingizda nima bo’lmasin, barchasi yaxshi bo’ladi yoki yaxshilikka!