Ma'rufa's blog
355 subscribers
745 photos
82 videos
34 files
93 links
Multilevel C1 (4X) 70
Reading 75,Listening 75
IELTS C1 (3X) 7.00
Strict and disciplined EFL teacher with 5 years of experience
Download Telegram
👏211❤‍🔥1
Ma'rufa's blog
Photo
Culture is mine
🤓4❤‍🔥11🆒1
😁73💯2🤩1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bo’ldi, bugundan boshlab futbol tamom, qani, qo’llaringga kitob ol hammang.


😂😂😂😂
😁6💯51🫡1
7🔥1
Xushnudbek.uz
❗️Qonunchilik palatasida alifbo islohoti bo‘yicha qonun loyihasi qabul qilindi Unga ko‘ra, amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga alifbo 28 ta harf hamda 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘lishi belgilanmoqda. Ayrim harflarning qo‘llanilishiga ham…
Alifboda nimalar o‘zgaradi?

Ikkita simvol bilan yozib kelinadigan 4 harf o‘zgarmoqda. Ular bitta simvol bilan yoziladigan shaklga o‘tkaziladi:

Gʻ gʻ → Ğ ğ
Oʻ oʻ → Ö ö
Sh sh → Ş ş
Ch ch → Ç ç


Shuningdek, ng harfidan voz kechilmoqda.

Ushbu o‘zgarishlar kuchga kirishi uchun qonun Oliy Majlis Senati tomonidan maq’ullanishi va Prezident tomonidan imzolanishi kerak.


👉 @xushnudbek 👈
2
❗️Abituriyentlar soni kamayishda davom etmoqda joriy yilda so‘nggi 8 yildagi eng kam miqdor bo’ldi
#abituriyent

Joriy yilda jami 677 ming 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan 451 ming 744 nafarini (66,6%) joriy yil bitiruvchilari, 226 ming 163 nafari (33,4%)ni avvalgi yillarda tamomlagan fuqarolar tashkil etdi.

🧑‍🎓Qizlar:
365 ming 196 nafar (53,9%);

👨‍🎓
Yigitlar:
312 ming 711 nafar (46,1%).

Agar oxirgi 10 yildagi abituriyentlar soniga qarasak, joriy yilda ro‘yxatdan o‘tganlar 2018-yil darajasigacha kamayganini ko’rish mumkin:

▪️2017-yil — 729 ming 950 nafar;
▪️2018-yil — 675 ming 49 nafar;
▪️2019-yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;
⬆️ 2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
▪️2021-yil — 948 ming 211 nafar;
▪️2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
▪️2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;
▪️2024-yil — 894 ming 279 nafar;
▪️2025-yil — 732 ming 411 nafar;
▪️
2026-yil — 677 ming 907 nafar.


👉 @xushnudbek 👈
3
Ma'rufa's blog
❗️Abituriyentlar soni kamayishda davom etmoqda — joriy yilda so‘nggi 8 yildagi eng kam miqdor bo’ldi #abituriyent Joriy yilda jami 677 ming 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 451 ming 744 nafarini (66,6%) joriy yil bitiruvchilari, 226…
Son kamaygani bilan, sifat oshyapti

Abituriyent kamayib, ball tusharkan, deb o‘ylamang. Nufuzli yo‘nalishlarda ball har qachongidan baland bo‘lishi kutilmoqda.

Chunki joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 ming 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi (ushbu toifadagi abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi" shakllantirilmagan).

Tasavvur qilyapsizmi, 13 ming kishi allaqachon tegishli balini naqd qilib bo‘lgan.

Eng qizig‘ini aytaymi, 2025-yilda bunday imkoniyatdan 678 nafar abituriyent foydalangan edi. 2024-yilda esa atigi 1 nafar abituriyentda barcha fandan sertifikatlar bor edi. O‘sishni ko‘ryapsizmi?

2024-yil - 1 nafar;
2025-yil - 678 nafar;
2026-yil - 12 ming 997 nafar.

Bilimli yoshlarimiz ko‘payotganidan, bilim uchun harakat qilayotganidan juda xursandman.

P.S.: lekin bir narsa men uchun juda qiziq va hattoki biroz xavotirli — maksimal 189 ball olgan minglab abituriyent bitta oliygohning bitta yo‘nalishini tanlasa nima bo‘ladi? Buncha talabani o‘qita olmasligi aniq-ku. Mas’ullar bu borada bosh qotirishmoqda, biron adolatli yechim topiladi, degan umiddamiz.



👉 @xushnudbek 👈
❤‍🔥51
Ўзбекистонда шу кунларда кузатилаётган жуда иссиқ ҳаво ҳарорати 21 июль (сешанба) кунидан барча ҳудудларда чекина бошлайди. Ҳаво ҳарорати 6-9 даражага пасайиши прогноз қилинмоқдаЎзгидромет
3❤‍🔥1
Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent

3 yildan buyon testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo‘ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.

Xo‘sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi.

Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin.

2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi.

Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.

3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.

Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/29032

❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-23-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Mandat o’tgan yili 13-avgustda chiqqan edi, joriy yilda ham shu atrofda chiqsa kerak.

Oliygohlarning mandati chiqib bo‘lgach, o‘qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈
3❤‍🔥1
Омадли одамлар

Омадли одамлар ҳеч қандай сеҳр-жоду ишлатмайди.
Улар шунчаки тушкунликка асир бўлмайди, улар ўз ҳаётларини назорат қила олади ва эртанги куни бугунидан кўра яхши бўлиши учун интилади. Улар энг яхши, энг кучли бўлишга интилади, мақсадни аниқ қўйиб, меҳнатдан қочмайди. Муваффақиятларининг асоси ҳам шунда. Мутахассислар омадли инсонларни обдон ўрганиб, уларга хос қуйидаги қоидаларни қайд этишди.
 
1️⃣Омадли одамлар ёмон нарса ҳақида ўйлашмайди. Аслида, сизу биз тўқнаш келган ёмон нарсалар ўй-фикрларимиз маҳсули.
Улар тез хулоса чиқариш тўғри эмаслигини ҳам яхши билишади.
Улар одамлардан шубҳаланишмайди ("Бордию унга ёқмасам, мен ҳақимда нима деб ўйлайди”, деган фикрга бормайди).
 Балки одамларнинг ишончини қозониш учун бор иқтидорини ишга солади.
 
2️⃣Омадли одамлар ҳеч қачон ёлғон гапиришмайди.
Сароб саналмиш ёлғонлардан йироқ ва хотиржам яшашга интилишади.
Агар инсон позитив бўлса, у одамнинг кўзига тик қараб, гаплашади. Муаммоларини ҳал қилиш учун ўзларини оқлашмайди.
4❤‍🔥1
3❤‍🔥1👍1
❤‍🔥2🔥1