Нилуфар Анвар блоги
360 subscribers
83 photos
55 videos
7 files
103 links
📃 Ўзини ўйлаганга ўзига етадиган берилади.
Халқни ўйлаганга халқга етадиган берилади.

○ Нилуфар Анвар - Педагог, тадбиркор .

♻️ Фикр-мулоҳазаларни : @Nilufar_aloqa_bot га юборишингиз мумкин.
Download Telegram
Deyarli bir asr bo'lyapti Turkiston deb atalmish davlatdan O'zbekiston bo'lib alohida davlat deb bizni ajratib olishganiga.70 yil Imperiya davri...26 yil Mustaqil ,ammo yopiq holda davlat ....
Ko'p ziyolilarni va fikrlovchilarni yo'qotdik.Millat qahramonlarini halq boshqalar qo'liga topshirdi.Ajdodlarimiz hatolari ,yoki ota-bobolarimiz aybini,ularning Vatanga bo'lgan salbiy yoki kuchsiz harakatlarini qoralamoqchi emasman.Ammo,lekin...

Endi,ha endi 100 yil mobaynida endi bizga haq-huquqlar tanitilganda,millatni butun dunyoga tanitish imkoniyati endi kelganda ,o'zbegim ilm,sport,tadbirkorlik va boshqa sohalarda o'zini sinab oyoqqa turayotganda ,Yaratgan ilohim o'zi asrasin yomon ko'zlardan.

Yana 10 yil bizga "tegishmasa" aniq, InshaAllah Davlatimiz ko'p yutuqlarga erishadi.

Kamida har bir ota-ona o'z farzandini ilmli,ziyoli qilib tarbiyalasa bo'ldi,kamida har bir inson o'zini rivojlantirsa bo'ldi,kamiiiida maktablar millatni sevuvchilarni yetishtirsa bo'ldi.

50 nafar hodimim bo'lib ,ular bilan ishlash oson emasligini bilib, Davlatimiz rahbariga hozirda qanchalik qiyinligini sezib turibman.

PS.Bor yo'g'i 5 yil...bu juda kam muddat 100 yillik hatolarni tozalashga,100 yillik yo'qotishlarni tiklashga.
Buning uchun halq birgalikda ,hamjihatlikda yashab ,mehnat qilish kerak.


Nilufar Anvarovna
Bizning maktab "to'lov narxi qancha ekan emas, balki qadriyati nimalardan iborat bu maktabning "-deb qiziqib kelayotgan ota-onalarni kutadi.

Bizning maktab, to'lov bajarsam bo'ldi farzandimni maktab jamoasi o'zi eplash kerak degan fikrda bo'lgan ota-onalar bilan emas ,balki ustozlar bilan hamkorlikda bo'lib,farzandi ta'lim va tarbiya olishida maktab bilan elkama-elka ishlashni istagan ota-onalarni kutadi.

Maktab jamoasi qadriyati faqat MODDIYAT bo'lgan ota-onalarga emas ,balki MA'NAVIYAT VA MA'RIFATNI qadrlaydigan fikrlovchi ota-onalarga muhtoj.

Unutmaylik ,bola "tug'ish"likni hayvon ham epla oladi.Farqimiz faqat bolani tarbiya qilishimizda,uni ongli ravishda tafakkur qilishiga yordam berishimizda,uni inson degan nomga loyiq bo'lishi uchun ta'lim berishimizdadir!

Buning uchun ustozlar va ota-onalar o'zlari yosh avlodga o'rnak bo'lishlari muhim.

O'zimizdan so'raylik:

Bugun necha varoq kitob o'qidim?
Uyimda nechta kitob bor?
Har kuni jismimga ozuqa berishni o'ylagandek ,ilm olish uchun ham qayg'uramanmi?
Oilam qadriyati nimalardan iborat?

Boylik biz uchun dang'illama uylar,moshinalar,tilla taqinchoqlar va yeg'ib qo'ygan pullarimiz bo'lsa ,biz ularga Jannatni sotib ola olamizmi? Yo'q albatta!

Keling, shuning uchun chiroyli hulq egasi bo'lib o'zimizni va farzandlarimizni tarbiya qilmoqlik uchun bel bog'laylik!
Moddiy boy emas ,balki MA'NAVIY boy bo'lishni ham unutmaylik!

ZMB Universal Academy rahbari
Nilufar Anvarovna
Tavsiya qilaman!
Assalomu alaykum,

Juda ko'p kitob o'qiyapman,seminar-treninglar,uchrashuvlar,ilmli insonlar suhbati,sayohatlar...Umuman olganda biznesda qanday qilib cho'qqilarga erishish,shahsiy rivojlanishda ijobiy natijalarga yetish .Bu ikki yo'nalishda muvaffaqiyat qozonish uchun juda ko'p yo'llarni tanlab o'zimni sinab ko'ryapman.

Ammo,lekin,biroq yana bir yo'l borligi,bu yo'l haqiqatda sirli yo'l ekanligi meni hayratga solyapti.Bu yo'l aynan barcha yo'llarni kaliti ekanligi menga ishonch bag'ishlayapti.

Azizlar ,yo'limizdan Ilohim adashtirmasin!

Nilufar Anvarovna
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vatanimni haqiqatda sevaman.Hatto bir joyda o'qigan edim "Vatanni sevmagan inson bo'lmas"deb.

Turk va o'zbek studentlari bilan Edirne shahridan Istanbulga ketyapmiz.
Forwarded from ZMB Universal Academy
"ZMB Universal Academy" maktabi rahbari Nilufar Anvarovna o'zining maktabi o'quvchilariga yoki O'zbekiston bo'ylab marafonda yoshlarga bilimini ulashibgina qolmasdan balki Istanbulda  "Birikim" maktab o'quvchilariga ham o'z maslahatlarini beryapti.

Bizning maktab rivojlanishdan to'htamaydi!