Nodirbek Gafforov
139 subscribers
121 photos
12 videos
4 files
33 links
PhD student in
Mathematics at
National University of Singapore

-Shaxsiy fikrlar
-Grantlar
Download Telegram
Human thought in the age of AI


AI rivojlanib ketaversa nima bo'ladi?
Oldimizda qanday taxminiy yo'llar bor?

1. AI yoki inson qilganini faqri yo'q bo'lgan texnik ishlarga o'tib ketish. Ammo bu yaxshi ishlamaydi, chunki hamma ishlar ham texnik emas.

2. Sun'iy intelekt ba'zi inson qila oladigan ishlarni bajarishni boshlagan taqdirda ham unga ishonch bildirmasdan, inson ongi va kreativligi baribir zo'r deb turib olish. Ammo AI rivojlangan sari bu qarashni himoya qiladigan insonni intelektini AIdan ajratib turadigan sifatlar listi kamayib boraveradi.

3. Barcha inson qiladigan ishlarni faqatgina qiyin va vaqt oladigan(tedious) deb hisoblash va ularni bir kun kelib AI bajara oladigan bo'lgach, inson o'z vaqtini dam olish va hayotdan zavqlanishga sarflashi kerak degan qarash. Bu ham yaxshi emas, chunki vaqt o'tavergach, uzoq kelajakdagi insonlar juda qudratli bo'lib ketgan AI qurilmalarini monitor qilish, boshqarish, hatto tushunish qobiliyatlariga ega bo'lmay qolish xavfi paydo bo'ladi. Bu holat Wall-E multfilmidagi vaziyatga o'xshab ketadi.
(Demak, AIni tushunadigan researcherlar doim kerak bo'lar ekan?)

Hammasidan yaxshiroq yo'l bo'lishi kerak.
Masalan, shaxmat, anchadan beri dunyoni eng kuchli garandmasterlari ham kompyuterga shaxmatda yutqazadi. Ammo shaxmat hali ham o'ynaladi, va shaxmatchilar botlar orqali o'z ustida ham ishlaydi.

Manba:
Mathematical methods and human thought in the age of AI
Tanya Klowden and Terence Tao.


@ngafforov
🔥4
Borsuk-Ulam teoremasi.

Aniqrog'i, Borsuk-Ulam teoremasining xususiy holi va uning fizik ma'nosini.


Avval, teoremani tushunib olaylik.
Agar, f funksiya S²dan ya'ni shar sirti(sfera)dan, R²ga ya'ni tekislikka boradigan uzluksiz funksiya bo'lsa, S²da shunday nuqtalar: x va -x borki, f(x)=f(-x) bo'ladi.
Albatta, bu yerda sferani markazi koordinatalar boshida deb faraz qilamiz.

x va -x nuqtalarni geografik yoki geometrik ma'nosi nima?
Geometrik ma'nosi bir biriga qarama-qarshi nuqtalar.
Odatda bu nuqtalar antipodal nuqtalar deyiladi.
Geografik ma'nosi, yer sirtini sfera deb olsak, yerni sirtini qarama-qarshi nuqtalari bo'ladi, masalan, shimoliy va janubiy qutblar.


Endi fizik ma'nosiga kelsak. Faraz qilaylik yer sirtida aniqlangan harorat, H, va bosim, B, funksiyalari uzluksiz funksiyalar bo'lsin. U holda yer sirtidagi istalgan nuqtani harorati va bosimini aniqlaydigan quyidagi funksiyani olamiz:
f(x)=(H(x), B(x)).

Borsuk-Ulam teoremasiga ko'ra, yer sirtida shunday nuqta x borki:
f(x)=f(-x) ya'ni
(H(x), B(x))=(H(-x), B(-x))
ya'ni:
Istalgan vaqtda yer sirtida shunday antipodal nuqtalar borki, bu nuqtalardagi harorat va bosim teng(harorat haroratga, bosim bosimga).


@ngafforov
👍5
Pisa Universitetida PhD grantlar
Hujjatda yozilishicha

Muddat: 3 yil.
Grant: 2026-27 yil uchun 16 243.00 yevro(keyin o'zgarishi mumkin, sheklli)

Saytda yo'nalishlar, supervisorlar ro'yxati ham bor ekan.

Hamma ma'lumot bilan yaxshilab tanishib chiqish uchun link:
https://www.unipi.it/en/education/courses/phd-programmes/call-for-applications-for-admission-to-phd-programmes-academic-year-2026-2027/call-a-a-a-2026-2027/

@ngafforov
👍1
Turkiyadagi Sabanci universitetida PhD grantlar

Link:
https://fens.sabanciuniv.edu/en/graduate-application

@ngafforov
An OpenAI model has disproved a central conjecture in discrete geometry

OpenAI modeli diskret geometriyadagi muhim muammolardan birini hal qilibdi.
Tim Gowers(Fields medali sohibi) bu maqola Annals of Mathematics jurnalida qabul qilinish darajasida, deb fikr bildiribdi.

Ma'lumot uchun, Annals of Mathematics pure mathdagi eng kuchli jurnallardan biri.

Maqola va u haqida kommentlar uchun link:
https://openai.com/index/model-disproves-discrete-geometry-conjecture/

Matematika kelajagi o'zgarmoqda.

@ngafforov
🔥2🗿2
Nodirbek Gafforov
Hobbilarimdan biri shaxmat 🐴 o'ynash. Chess(.)comdagi rapid reytingimni vanihoyat 1500dan oshirdim va bu bilan top 3%ga kirdim. Shaxmatni yaxshi o'ynaydigan kursdoshim sizni reytingiz 1600 atrofida ammo ba'zan juda ko'p o'ylab keyin yurasiz derdi. @ngafforov
Yaqinda Rapid reytingim 1600 bo'ldi. Shunisi qiziqki, ba'zan yaxshi o'ynab yutgandan keyin game review qilsam, ósha o'yinda 2300 atrofidagi reyting darajasida o'ynagan bo'laman, raqibim 1600 atrofida. Yoki hammada shunaqa yoki men o'z potensialimni hamma o'yinda ham chiqara olmayabman.


@ngafforov
👍2
Yale universiteti professori Woo-Kyoung Ahnning
"Thinking 101" kitobini o'qishni boshladim.
8 ta chapter bor ekan.
Har bitta chapterni tugatgach qisqacha mazmunini yozib bormoqchiman.
Umuman olganda bu kitobni kirish qismi yoqdi. Professor Ahn, kognitiv psixologiya bo'yicha PhD talabalik paytida, ustozidan, "kognitiv psixologiya dunyoni yaxshi tomonga o'zgartira oladimi?" deb so'raganida, ustozi "Ha" - deb, javob bergan ekan.
Shundan so'ng, Prof. Ahn faqat ilmiy ish qilishdan tashqari "O'ylash" deb nomlangan kurs tashkil qilib, talabalarga real hayotda qo'l keladigan bilimlarni o'rgatishga harakat qilgan ekan.
Ushbu kitob o'sha kurs asosida yozilgan.


Kursda ishlatilgan qo'lyozmalar(Lecture Notes) asosida yozilgan kitoblar yaxshi bo'ladi, odatda, buni endi ko'ramiz.


1. The allure of fluency: Nega narsalar juda oson ko'rinadi?
Hayotda ba'zi narsalar ko'zimizga oson ko'rinadi, o'zimizga keragidan ortiq ishonib yuboramiz, bular illuziyalar deyiladi.
Ba'zi qobiliyatlarni tez o'rgana olish illuziyasi. Masalan,
YouTubeda qaysidir ovqatni yoki tortni shunchalik uddaburonlik bilan pishirib ko'rsatishadiki, uni ko'rib o'zimiz ham huddi shunday qila oladigandek tuyuladi, aslida esa urinib ko'rganlar biladi, unchalik ham oson emas.

Yoki, men 1-chapterni bir marta o'qib hammaga foydali va tushunarli bo'ladigan post yoza olaman deb o'ylashim.

Endi muammoni bildik. Bunga qanday yechimlar bor?
Bitta yechim, o'sha bizga qilish oson tuyulgan ishni, agar iloji bo'lsa, qilib ko'rish va ko'ringanidek oson emasligini tushunib yetish.
Masalan, muhim intervyudan oldin, mashq qilish, berilishi mumkin bo'lgan savollarga javob berishga harakat qilish.

Qilib ko'rishni iloji yo'q bo'lgan holda esa, tahminiy ssenariylarni tassavvur qilish va paydo bo'lishi mumkin bo'lgan to'siqlarni o'ylab ko'rish, va shunga qarab reja tuzish.
Masalan, kimdir sizga qarab chiqishingiz uchun maqola berdi va necha kun ketishini so'radi, maqolani o'qishga aslida 2 kun ketsa, 3 kun so'rasangiz bo'ladi. 


@ngafforov
👍41
Brokard Muammosi


Bir ko'phadni ko'paytuvchilarga ajratib bo'lmasligini isbotlay turib, Brokard va Ramanujan tomonidan qo'yilgan masalani qaytadan kashf qildim.


Xullas, f(x)=(x-1)(x-2)...(x-n)+1 ko'phad, n ning 4dan boshqa barcha natural qiymatlarida, butun sonlar ustida ko'paytuvchilarga ajralmasligini isbotlamoqchi edim.

Buning uchun teskarisini faraz qilamiz, shunday koeffitsiyentlari butun sonlar bo'lgan a(x) va b(x) ko'phadlar topilsin va
f(x)=a(x)b(x) bo'lsin.
1=f(1)=a(1)b(1)
1=f(2)=a(2)b(2)
...
1=f(n)=a(n)b(n)
a(i) va b(i) butun sonlar va ko'paytmasi 1 bo'lishi uchun ikkisi ham 1 yoki ikkisi ham -1 bo'lishi kerak, ya'ni a(i)=b(i).

Yangi g(x)=a(x)-b(x) ko'phad kiritamiz.
Yuqoridan, g(1)=g(2)=...=g(n)=0 ekanini olamiz.
Demak, g(x) ko'phadni n ta turli ildizi bor ekan, ammo a(x) va b(x)ni darajasi ndan qat'iy kichik, demak g(x)ning darajasi ndan qat'iy kichik va nta turli noli bor, bundan g(x)==0, yoki, a(x)=b(x).

Demak, f(x)=[a(x)]².
Shu joyda, a(x)ni ozod hadi a bo'lsa, f(x)ning ozod hadi 1+n!(faktorial), yuqoridagi tenglikdan
1+n!=a² bo'ishi kelib chiqadi.
Men AIdan, n=4da
1+4!=25=5²
yana qachon 1+n! natural sonning kvadrati bo'ladi deb so'radim(rasmda).
Boshqa yo'q bo'lsa kerak deb o'ylagandim, ammo bu Brokard va Ramanujan tomonidan qo'yilgan ochiq masala ekan.
Shuningdek, n=5 va n=7larda ham 1+n! to'la kvadrat bo'lar ekan:
1+5!=121=11²
1+7!=5041=71².

Erdos shu uchalasidan boshqa yechim yo'q deb gipoteza kiritgan ekan, va hisob kitoblar(kompyuter orqali) n≤10¹⁵ bo'lganda boshqa yechim yo'qligini ko'rsatgan.

Shunday qilib, yuqoridagi ko'phadni ko'paytuvchilarga ajratib bo'lmasligi shu gipotezadan kelib chiqadi, chunki bizda n juft bo'lishi kerak.
Ammo bu gipoteza hali isbotlanmagan, shuning uchun boshqa usuldan foydalanishga to'g'ri keldi.


@ngafforov
👍8🔥41
VAR - Video Assistant Referee🔠

Var - Tasodofiy o'zgaruvchi kvadratining kutilmasi ayirilgan Tasodifiy o'zgaruvchi kutilmasining kvadrati:
Var(X)=E[X²]-E[X]²🔠

@ngafforov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁7
Van Dijk - Dutch footballer🔠

Van Dyck - German mathematician🔠

@ngafforov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Esimda bor payti sizlarga foydali bo'lishi mumkin bo'lgan kitobni tavsiya qilib ketmoqchiman.

"Funksiyalar va Grafiklar"
A. Gaziyev va boshqalar.


Maktab yuqori sinflari va universitet talabalari uchun mos.

Asosiy yoqqan joylari funksiyalarni grafiklar orqali o'rganish, hosila yordamida grafik chizish va hokazo.

@ngafforov
👍2
Messi yoshligida ingliz tilini o'rganmaganidan chuqur afsuslanar ekan.
U ingliz tilini bilmasligi tufayli juda ajoyib insonlar bilan suhbatlasha olish imkoniyati bo'la turib bu imkoniyatdan to'liq foydalana olmaganini aytgan.

"When you're young, you don't realise it. Today that's what I tell my children, [the importance of] having a good education, to study and be prepared."

"Yoshlikda bilmaysan. Bugun farzandlarimga yaxshi ta'lim olish muhimligini aytaman."

@ngafforov
👍3