Nodirbek Gafforov
138 subscribers
121 photos
12 videos
4 files
33 links
PhD student in
Mathematics at
National University of Singapore

-Shaxsiy fikrlar
-Grantlar
Download Telegram
Forwarded from Laziz Abdullaev
SISSA (va ICTP) machine learning bo'yicha xalqaro networki keng maktab.

Menimcha PhD uchun yaxshi dastur:

https://datascience.sissa.it/phd-in-theoretical-and-scientific-data-science

@lazizabdullaev
👍2
Matematikaning Motsarti nomi bilan mashxur bo'lgan, hozrgi eng kuchli matematiklardan biri bo'lgan Terence Taoni "Six math essentials" ya'ni "Matematikaning oltita asosiy tushunchalari" nomli ommabop kitobi 10-Oktabrda nashrdan chiqishi rejalashtirilayotgan ekan.

Bu oltita tushunchalar:
sonlar, algebra, geometriya, ehtimollik, analiz va dinamika.
Kitob sonlarni miqdoriy tafakkurning eshigi sifatida; algebrani mavhum fikrlash sari yo‘l sifatida; geometriyani ko‘zga ko‘rinmaydigan narsalarni hisoblash vositasi sifatida; ehtimollikni noaniqlik sharoitida qat’iy fikrlash quroli sifatida; analizni nihoyatda katta yoki juda kichik miqyoslarni tushunish usuli sifatida; dinamikani esa o‘zgarishlar matematikasi sifatida talqin qiladi.



@ngafforov
👍5
Ramazon oyi barchaga muborak bo'lsin.

@ngafforov
1👍6
Do you get it?

@ngafforov
👍7
Tog'ri chizilgan chizma - masala yechimining yarmi.

degan gap ba'zan rostan to'g'ri ekaniga ushbu masalani yechimi isbot bo'ladi.


Savol: [0;1] intervaldan tasodifiy tanlangan ikki nuqtaning orasidagi masofa 1/2dan kichik yoki teng bo'lish ehtimolini toping.



@ngafforov
Yechim:
Ehtimollar nazariyasining klassik formulasi:
A - biz istagan hodisa.
B - sodir bo'lishi mumkin bo'lgan barcha hodisalar.
P(A) - A hodisaning sodir bo'lish ehtimolligi.
P(A)=m(A)/m(B).
m - qandaydur o'lchov.

Bu yerda m - yuzani o'lchaydi.
Chunki, [0;1] intervaldan tanlashimiz mumkin bo'lgan barcha nuqtalar jufligi birlik kvadratdagi barcha nuqtalardir; [0;1]².
B=[0;1]².

|x-y|≤1/2 shartni qanoatlantiradigan nuqtalar kvadratdagi:
y=x-1/2 chiziqning tepasidagi va
y=x+1/2 chiziqning pastidagi
nuqtalar(chizmaga qarang)
Bu A tóplam.

m(B)=1(kvadrat yuzi).

m(A)=3/4(bo'yalgan soha yuzi).

P(A)=m(A)/m(B)=3/4.


@ngafforov
🔥3👍21
GAUS

Phd and Postdoc positions in Germany.
Department e'lonlar doskasidan rasmga oldim.

Yo'nalishlar, ilmiy rahbarlar va hokazolar uchun linkni bosing.
Link:
https://crc326gaus.de/job-opportunities/


@ngafforov
Shazam deyarli istalgan qo'shiq yoki musiqani 10-20 sekundini eshitib sizga u qaysi qo'shiq/musiqa ekanini aytib beradigan dastur.

Shazam ishlash mexanizmining asosiy qismlaridan biri bu(rasmga qarang) to'lqinni vaqt sohasidan(time-domain) chastota sohasiga(frequency-domain) o'tkazish ekan va bunda Fure qator/Fure tarsform/Diskret Fure transformidan foydalanilar ekan.


Ma'lumot uchun, Shazam asosochilaridan biri va bosh ilmiy mutaxassisi bo'lgan Avery Wang Stenforddan Matematika yo'nalishida Bakalavr, Magistr va Elektr injinering yo'nalishida Magistr va PhD diplomlarini olgan ekan.
Apple Shazamni sotib olgandan keyin u hozr Appleda ishlayotgan ekan.


Shazam qanday ishlashi haqida batafsilroq maqola:
https://www.toptal.com/developers/algorithms/shazam-it-music-processing-fingerprinting-and-recognition

Shazam algoritmi 2003-yilda Avery Wang tomonidan oshkor qilingan ekan:
https://www.ee.columbia.edu/~dpwe/papers/Wang03-shazam.pdf

@ngafforov
👍8