New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
5.98K subscribers
2.4K photos
304 videos
36 files
958 links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
📣 Zamonaviy fizika magistratura mutaxassisligiga qabul boshlandi!

“Yangi O‘zbekiston” universitetida Zamonaviy fizika magistratura mutaxassisligida tahsil olib, sanoat sohasidagi kvant texnologiyalarini loyihalovchi kuchli mutaxassisga aylanishingiz mumkin.

📚 Zamonaviy fizika mutaxassisligida siz kvant algoritmlari, matematik modellash va kvant simulyatsiyalarini mukammal o‘rganasiz.

🗓O‘qish davomiyligi: 2 yil
☑️ Talablar: Ingliz tilidan minimum IELTS 6, CEFR B2, TOEFL iBT 79 sertifikatlaridan biriga ega bo‘lish,
fizika va matematikadan yozma imtihon topshirish,
bakalavr diplomiga ega bo‘lish.

👉 O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply/masters

❗️ Hujjatlar qabuli 21-avgustga qadar davom etadi.

🔁 English

#Qabul2024 #admission2024 #magistratura

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MIT professor-o'qituvchilari tomonidan o'tkazilgan mahorat darslaridan videolavha

Video from the workshops conducted by MIT professors

#MIT #mahorat_darslari

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9-may – Xotira va qadrlash kuni

"Yangi O‘zbekiston" universitetida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Xotira aziz, qadr muqaddas" shiori ostida chellenjga start berildi.

🎗 Shuningdek, universitetimizda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbirlari va sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.

🔁 English

#Xotira_va_qadrlash_kuni #sharaf_lentasi #Xotira_aziz

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi yurtimizdagi barcha davlat oliy ta'lim muassasalariga joriy qilinmoqda

Prezident Sh.Mirziyoyev huzurida oliy ta'lim tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, unda barcha davlat oliy ta'lim muassasalarida ta'lim grantlari bir yilga ajratilishi va har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi belgilandi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida mazkur tizim 2022-yildan joriy qilingan bo‘lib, o‘zini to‘laqonli oqlaganligi va talabalar orasida ta'lim olish bo‘yicha sog‘lom raqobatni shakllantirganligi sababli qolgan oliy ta'lim muassasalariga ham tatbiq etilmoqda.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohasida ta'lim sifatiga ham alohida e'tibor qaratildi.

❤️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti muhandislik sohasida eng zamonaviy va xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan yo‘nalishlarda tahsil olish imkonini beradi.

🔁 English

#Prezident #grant #muhandislik

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Talabamiz mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivalida sovrinli oʻrinni egalladi

🎉 “Yangi Oʻzbekiston” universiteti talabasi Azamat Rustamov Mudofaa vazirligi tomonidan o'tkazilgan festivalda ishtirok etib, 3-oʻrinni egalladi va 10 mln. soʻm miqdorida pul mukofot bilan taqdirlandi.

Musobaqalar Robototexnika, Kibersport, Dronreysing, 3D modellashtirish kabi yoʻnalishlarda oʻtkazilgan boʻlib, talabamiz dasturlash yoʻnalishida qatnashgan.

🎗 Azamat Rustamovni gʻalaba bilan tabriklab, bundanda yirik yutuqlarni kutib qolamiz.

🔁 English

#musobaqa #sovrin #dasturlash

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Barcha muhandislik yo'nalishi talabalariga grant ajratiladi

Barchamizga ma'lumki, hozirda davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik ta'lim yo'nalishlariga juda katta e'tibor qaratilmoqda.

Xususan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev huzurida o'tkazilgan taqdimotda mamlakatimizda yiliga 3 mingdan ziyod sanoat korxonalari tashkil etilib, ularda yiliga 25 mingdan ziyod muhandis va texnologlarga ehtiyoj borligi aytildi.

⚡️ Shu maqsadda keyingi o'quv yilidan Mexanika muhandisligi hamda Kimyo va materialshunoslik muhandisligi ta'lim dasturlarida tahsil oluvchi talabalarning barchasiga 4 yillik 40% grant ajratiladi.

💥 Bundan tashqari talabalar bir yillik 50%, 70% va 100% lik grant asosida ham tahsil olishlari mumkin.

👉 O'qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply

💫 Kvota doirasida joylar soni chegaralangan. Hoziroq o'qishga ariza topshiring va o'z grant joyingizni band qiling.

🔁 English

#Qabul2024 #admission2024 #grant

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barchani dunyoga mashhur olim Luciano Rezzolla bilan uchrashuvga taklif qilamiz

Professor Luciano Rezzolla dunyo reytingida eng yuqori 200 ta oliygohlarda biri bo'lgan Frankfurtdagi Gyote universitetida Nazariy fizika kafedrasi mudiri hisoblanadi. U hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratishga qo'shgan ulkan hissasi bilan ham taniqlidir!

🗓 Sana: 15-may
Vaqti: 13:00-14:00
📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti, konferensiya zali

👉 Tadbirda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting: https://newuu.uz/rezzolla

💥 Joylar soni chegaralangan. Koinot haqidagi tushunchangizni kengaytirish uchun ushbu ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

🔁 English

#uchrashuv #qora_tuynuklar #koinot

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Italiyalik mashhur olim Luciano Rezzollaga faxriy professor unvoni berildi

💫 “Yangi O‘zbekiston” universitetining ilmiy hamjamiyati bilan yaqin hamkorlikda ishlab kelayotganligi va global miqyosda fizika hamda astrofizika sohalari rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun professor Luciano Rezzolla faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, professor tomonidan fizika va astrofizika sohalariga qiziquvchilar uchun qora tuynuklar bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

❤️ Mahorat darslarining davomi sifatida panel muhokamasi tashkil etilib, unda akademik Bobomurot Ahmedov, akademik Qodir G‘ulomov, akademik Shuhrat Egamberdiev va professor Rainer Spurzemlar ishtirok etishdi va so‘nggi yillarda fizika sohasida erishilayotgan yutuqlar tahlil qilindi.

🎗 Bugungi tadbir yig'ilganlar uchun o‘z bilim va salohiyatlarini yanada oshirish bo‘yicha ajoyib imkoniyat sifatida baholandi.

🔁 English

#faxriy_professor #fizika #astrofizika

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM