Neutral Tech | Texnologiya olami
45 subscribers
1.3K photos
36 videos
7 files
69 links
Biz bilan texnologiya haqidagi yangiliklardan birinchilardan bo'lib boxabar bo'ling.

News and reviews about Samsung: @only_samsung_uz

@Iqboljon_Zokirov
Download Telegram
⚖️ Yevrokomissiya Apple, Google va Microsoft’ni firibgarlikdan himoya bo‘yicha tekshiradi

Financial Times xabariga ko‘ra, Yevropa regulyatorlari yirik texnogigantlarni foydalanuvchilarni soxta ilovalardan qay darajada himoya qilayotgani bo‘yicha sinovdan o‘tkazadi.

🔹 Apple ko‘pincha App Store — eng xavfsiz platforma deya targ‘ib qiladi. Ammo regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, feyk ilovalar hali ham do‘kondan o‘tib ketmoqda.
🔹 2021-yilgi tadqiqotda App Store’dagi eng daromadli ilovalarning 2 % i firibgarlik ekani aniqlangan.
🔹 Yaqinda esa “the Tea” nomli dating-ilova minglab ayollarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlab chiqqani fosh bo‘ldi.

💸 Jarima miqdori ham belgilangan: agar kompaniyalar foydalanuvchilarni yetarlicha himoya qilmagani aniqlansa, yillik aylanmaning 6 % gacha jarima solinadi.
👍1
📶 iPhone 17’da Wi‑Fi muammolari: foydalanuvchilar shikoyat qilmoqda

Yangi iPhone 17 seriyasi sotuvga chiqqaniga atigi 5 kun bo‘ldi, ammo Apple forumlari va Reddit’da allaqachon Wi‑Fi uzilishlari haqida ko‘plab shikoyatlar paydo bo‘ldi.

🔹 Aloqa tez-tez uzilib qoladi, bu esa CarPlay kabi Wi‑Fi’ga bog‘liq tizimlarda ham doimiy diskonnektlarga olib kelmoqda.
🔹 Qancha foydalanuvchi ta’sirlangan — hozircha noma’lum. Masalan, ayrim nashrlar test qilgan iPhone’larda muammo kuzatilmagan.
🔹 Sababi ham aniq emas: yangi N1 chip (Wi‑Fi 7 va Bluetooth 6 uchun) bilan bog‘liq texnik nosozlikmi yoki oddiy dasturiy xatolikmi — hozircha ochiq savol.

📱 Apple hali izoh bermadi, ammo ko‘pchilik muammo yaqin orada iOS yangilanishi bilan tuzatilishiga umid qilmoqda.
2
Vivo ishlab chiquvchilari OriginOS 6da yangi ekran qulfi dizaynini taqdim etdi: u yorug‘lik va soyaning tabiiy sinishini taqlid qiladi, kengaytirilgan sozlash imkoniyatlarini taklif etadi.
1
🔧📱 iFixit: iPhone 17 Pro’da kichik inqilob

iFixit mutaxassislari yangi iPhone 17 Pro’ni qismlarga ajratib ko‘rishdi va kutilmagan yangilikka duch kelishdi.

🔹 Korpus – endi butunlay alyuminiy blokdan ishlangan, shuning uchun smartfonni ikki tomondan ochib bo‘lmaydi.

🔹 Orqa oynani yechganda faqat simli zaryadlash coiliga yetib borish mumkin, ammo batareyani almashtirish uchun ekran yechiladi.

🔹 Asosiy yangilik: batareya endi yopishtirilmagan, balki vintlar bilan mahkamlangan! Bu iPhone tarixida birinchi marta.

🔹 Batareya mustahkam metall qobiqda, shuning uchun uni almashtirishda tasodifan shikastlash deyarli imkonsiz.

🔹 Yangi issiqni tarqatuvchi kamera (vapour chamber) ham aniq ko‘rindi – u kameralar blokidan pastga, MagSafe coiligacha cho‘zilgan. Ichki qismi mis qirrali bo‘lib, A19 Pro chipidan keladigan issiqlikni samarali tarqatadi.

📊 iFixit mutaxassislari vintli batareyadan shu qadar xursand bo‘lishdiki, Apple’ning “ikki tomondan ochilmaslik” kamchiligini ham kechirishdi. Natijada iPhone 17 Pro ta’mirlash qulayligi bo‘yicha 10 balldan 7 ball oldi.
📺🔋 Samsung’dan portativ televizor – Movingstyle TV

Samsung o‘zining yangi Movingstyle TV modelini taqdim etdi. Bu televizor nafaqat uyda, balki xonadan-xonaga olib yurish uchun ham qulay.

🔹 27 dyuymli QuadHD displey, 120 Hz yangilanish tezligi, HDR10+ sertifikati
🔹 Wi‑Fi 5, Bluetooth 5.3, bitta HDMI port
🔹 10 Vt quvvatli ikki dinamik
🔹 USB‑C orqali zaryadlanadigan akkumulyator – 3 soatgacha mustaqil ishlaydi
🔹 Orqa tomonda otkidnoy tutqich – ko‘tarib yurish yoki stolga qo‘yish uchun

💰 Narxi: 1,5 mln von (~$1050).
💻🤖 Google Android’da ishlaydigan noutbuklar tayyorlamoqda

Snapdragon Summit 2025’da Google vitse-prezidenti Rik Osterlo yangi loyihani e’lon qildi: endi gap norasmiy Android-x86 porti haqida emas, balki ARM asosidagi rasmiy Android noutbuklari haqida ketmoqda.

🔹 Qualcomm rahbari Kristiano Amon allaqachon Android PC buildini sinab ko‘rgan va uni “ajoyib” deb atagan.

🔹 Yangi qurilmalar smartfon va PC o‘rtasidagi chegarani yo‘qotishi, shuningdek, Gemini AI-assistentini noutbuklarga olib kirishi kutilmoqda.

🔹 Google bu uchun Android’ga ChromeOS kodini qo‘shib, to‘liq desktop rejimi ishlab chiqqan.

🔹 Qualcomm ham manfaatdor: uning Snapdragon X Elite chipi Windows on ARM’da omadsiz chiqqan, ammo Android’da muammo bo‘lmasligi kerak.

📱💻 Birinchi flagman noutbuk Pixel brendi ostida chiqishi kutilmoqda. Lekin ko‘pchilik Google bu liniyani ikki yildan keyin yopib qo‘ymasligiga ishonmayapti.
🔥21
Xiaomining arzonroq flagmani 15T pro Global bozor uchun taqdim qilindi.
Narxi 12/256 GB versiyasi uchun 799€ dan boshlanadi. Smartfon o'tgan yilgi modrldan farqli ravishda endilikda 5x optik zumni qo'llab quvvatlaydi. Ma'lumot uchun odatiy flagman Xiaomi 15da bu ko'rsatkich 2.5x

🔹 6.83" TCL M9 1.5K Flat OLED Display + LIPO, 3200nits Peak Brightness, Gorilla Glass 7i
🔹 Dimensity 9400+
🔹 50MP Light Fusion 900 (OIS) + 12MP UW+ 50MP (5x) Periscope Telephoto (100x Digital Zoom)
🔹 32MP Front
🔹 5500mAh🔋+ 90W
🔹 50W Wireless Charging
🔹 Supports PD3.0 / PD2.0
🔹 LPDDR5X + UFS 4.1
🔹 Xiaomi 3D IceLoop System
🔹 HyperOS 2
🔹 IP68, IR Blaster, T1S Tuner, Xiaomi Offline Communication, Xiaomi Astral Communication
🔹 Wi-Fi 7, Bluetooth 6.0, NFC
🔹 7.96mm
🔹 210g


#xiaomi@neutral_tech
Pro modeldagidan kuchsizroq kameralar, 2x optik zum va Dimensity 8400 platformasi: Xiaomi 15T taqdim qilindi narxi 12/256GB versiyasi uchun 649€dan boshlanadi

🔹 6.83" TCL M9 1.5K 120Hz Flat OLED Display, 3200nits Peak Brightness, Gorilla Glass 7i
🔹 Dimensity 8400 Ultra
🔹 50MP Light Fusion 800 (OIS) + 12MP UW+ 50MP (2x) Telephoto (60x Digital Zoom)
🔹 32MP Front
🔹 5500mAh🔋+ 67W
🔹 Supports PD3.0 / PD2.0
🔹 LPDDR5X + UFS 4.1
🔹 Xiaomi 3D IceLoop System
🔹 HyperOS 2
🔹 IP68, IR Blaster, Xiaomi Offline Communication, Xiaomi Astral Communication
🔹 Wi-Fi 6E, Bluetooth 6.0, NFC
🔹 7.5mm
🔹 194g


#xiaomi@neutral_tech
👍1
Oneplus iQOOga, iQOO esa Oneplusga aylonmoqda

Oneplus umumiy flagmandan ishlashga ixtisoslashmoqda, iQOO esa endilikda umumiy flagman. Narxi ham mos ravishda o'zgarishi kutilmoqda: Oneplus 15 3999 CNYga tushadi, iQOO 4499 CNYga oshadi.
2
6.3" ixcham ekran va 7000 mahlil ulkan akkumulyator: Xiaomi 17 Xitoyda taqdim qilindi

📱 6.3" 2656×1220 OLED TCL M10 flat LTPO display, 120Hz refresh rate, Dragon crystal glass protection
◼️ Snapdragon 8 Elite Gen 5
🎮 Adreno 840 GPU
🍭 Android 16
📸 50MP Light hunter 950 OIS+ 50MP OV50M Ultrawide + 50MP Samsung JN5 telephoto rear
🤳 50MP OV50M omnivision front camera
🔋 7000mAh battery
100 watt wired charging and 50 watt wireless
- USB 3.2 Gen 1 port Type-C
📶 WiFi 7
- Bluetooth version 5.4
- NFC
- IR blaster
🔊 Dual stereo speakers
- X-axis linear motor for haptics
💧 IP69 IP68 rating
🫆 Ultrasonic In-display fingerprint scanner
- 8.06mm thickness
- 191 gram weight


Narxi Xitoyda 4499 CNY (631$)dan boshlanadi

#xiaomi@neutral_tech
🔥1
O'ziga xos ikkinchi displey bilan Xiaomi 17 pro seriyasi taqdim qilindi

📱 6.3" 2656×1220 OLED TCL M10 flat LTPO display, 120Hz refresh rate, Dragon crystal glass 3.0 protection (17 Pro)
📱 6.9" 2608×1200 (17 Pro Max)
📱 2.66" 904×572 OLED TCL rear display (17 Pro)
📱 2.86" 976×596 OLED TCL rear display (17 Pro Max)
◼️ Snapdragon 8 Elite Gen 5
LPDDR5x RAM & UFS 4.1 storage
🎮 Adreno 840 GPU
🍭 Android 16
📸 50MP Light hunter 950L OIS+ 50MP OV50M Ultrawide + 50MP Samsung JN5 (pro) / GN8 (pro max) telephoto rear
🤳 50MP OV50M omnivision front camera
🔋 6300mAh (17 Pro) battery
7500mAh (17 Pro Max)
100 watt wired charging and 50 watt wireless
- USB 3.2 Gen 1 port Type-C
📶 WiFi 7
- Bluetooth 5.4
- NFC
- IR blaster
🔊 Dual stereo speakers
- X-axis linear motor for haptics
💧 IP69 IP68 rating
🫆 Ultrasonic In-display fingerprint scanner
- 8mm thickness (17 Pro and 17 Pro Max)
- 192g weight (Pro)
219g (17 Pro Max)


Xiaomi 17 pro narxi 4999 CNY (700$), Xiaomi 17 pro max esa 5999 CNY (841$)dan boshlanadi
#xiaomi@neutral_tech
🔥1
💩🤖 “Dich’ dnya”: AI najasni tahlil qilib, ichak salomatligini baholaydi

Kanadalik startap Flush noodatiy servisni taqdim etdi: ilova sizning hojatxona “natijalaringiz”ni surat orqali skanerlab, ichak salomatligi haqida hisobot beradi.

🔹 Umumiy “sifat reytingi” chiqaradi

🔹 Ovqat hazm qilishdagi buzilishlar, yallig‘lanishlar va suv yetishmovchiligi haqida ogohlantiradi

🔹 Barcha suratlar OpenAI serverlariga yuboriladi va u yerda tahlil qilinadi

😅 Qiziq savol: ChatGPT haqiqiy stulni shokoladli batonchikdan ajrata oladimi? Tekshirish istagi yo‘q.

💰 Narxi: oyiga $20.

📱 Hozircha faqat iPhone va iPad uchun mavjud, tez orada Android’da ham chiqadi.