Neutral Tech | Texnologiya olami
45 subscribers
1.3K photos
36 videos
7 files
69 links
Biz bilan texnologiya haqidagi yangiliklardan birinchilardan bo'lib boxabar bo'ling.

News and reviews about Samsung: @only_samsung_uz

@Iqboljon_Zokirov
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚗 Tesla’ning “avtopilotda butun AQSH bo‘ylab sayohat” tajribasi muvaffaqiyatsiz tugadi

2016-yilda Ilon Mask va’da qilgandi: “2017-yilda Tesla avtopilot rejimida G‘arbiy qirg‘oqdan Sharqiy qirg‘oqqacha bemalol yuradi”. Oradan 9 yil o‘tdi, lekin bu hali amalga oshmadi.

🔹 Yaqinda ikki bloger va Tesla aksiyadori San-Diegodan Jeksonvillgacha Model Y’da avtopilotda yurib ko‘rishni maqsad qildi. Mashinani eng so‘nggi FSD v13.9 dasturiga yangilashdi.
🔹 Ammo ular 100 km ham yura olishmadi — avtomobil yo‘lda yotgan qattiq chiqindiga urilib, osma tizimini shikastladi.

👀 Albatta, bunday vaziyatda haydovchi aralashishi kerak edi. Lekin bu voqea yana bir bor ko‘rsatadiki, “qirg‘oqdan qirg‘oqqacha avtopilotda yurish” hali orzu darajasida qolmoqda.
👍1
📸 OnePlus 15’ning ilk “jonli” suratlari paydo bo‘ldi!

Avval tarqalgan renderlar feyk bo‘lib chiqqan edi, ammo bu safar haqiqiy kadrlar qo‘lga kirdi.

🔹 Peace Elite League tadbirida smartfon ikki rangda ko‘rindi: bledo-bej va pushti.
🔹 Qiziq tomoni — bu safar OnePlus dizaynda odatdagidek “ilhom manbai” bo‘lgan Apple’dan emas, balki Xiaomi Mi 11’dan andoza olganga o‘xshaydi.

📱 Dizayn tafsilotlari hali to‘liq ochilmagan, ammo bu kadrlar yangi flagman haqida dastlabki tasavvur beradi.
2
⚡️ MediaTek Dimensity 9500 taqdim etildi: kuchliroq va tejamkorroq

MediaTek yangi flagman chipini namoyish qildi — Dimensity 9500.

🔹 3 nm texprotsess asosida qurilgan, 8 yadroli arxitektura:
- 1× Arm C1-Ultra (4,21 GHz)
- 3× Arm C1-Premium
- 4× Arm C1-Pro

🔹 Grafik qismi — Arm Mali-G1Ultra MC12:
- Avvalgidan 30% kuchliroq
- 42% energiya tejamkorroq
- Ray tracing yoqilgan holda ham “konsol darajasida” ishlash va’da qilinmoqda.

🔹 Qo‘llab-quvvatlaydi:
- WQHD+ displey, 180 Hz yangilanish tezligi
- 8K 60 FPS video yozish
- LPDDR5X tezkor xotira

📱 Birinchi bo‘lib chipni OPPO Find X9 Pro va vivo X300 flagmanlari oladi. Ularning taqdimoti yaqin haftalarda kutilmoqda.
👍1
📱🔒 iPhone 17 Pro kutilganidan mustahkamroq chiqdi

Mashhur bloger JerryRigEverything (Zak Nelson) yangi iPhone 17 Pro’ni sinovdan o‘tkazdi va natija hayratlanarli bo‘ldi:

🔹 Bukilmaydi – smartfonni egishning iloji bo‘lmadi.
🔹 Ceramic Shield 2 – 30 soniya davomida olov bilan qizdirilganda ham qoraymadi va deformasiyalanmadi.
🔹 Chizilishga chidamlilik – birinchi izlar faqat Mohs shkalasining 8-darajasida paydo bo‘ldi.

Ammo kamchiliklar ham bor:
- Orqa qopqoqni oddiy pichoq bilan tirnash mumkin.
- Eng zaif joy – kamera blokining burchaklari: bo‘yoq qatlami yupqaroq bo‘lgani uchun kalit va tangalardan tezda tirnaladi.

👀 Shu sababli ishlab chiqaruvchilar allaqachon maxsus himoya qopqoqlari va kamera blokini to‘liq yopadigan chexollarni ishlab chiqishni boshlashgan.
👍2
🎧 Bang & Olufsen Beo Grace: $1500 turadigan TWS naushniklar

Bang & Olufsen yangi Beo Grace TWS naushniklarini taqdim etdi va asosiy “wow” effekti — narxida:
- AQSH: $1500
- Buyuk Britaniya: £1000
- Yevropa: €1200

🔹 Korpus – alyuminiydan, perlamutr qoplamali.
🔹 Funksiyalar – fazoviy ovoz, aktiv shovqinni bostirish (aytilishicha, avvalgi B&O modellardan 4 baravar kuchliroq).
🔹 Avtonomiya – 4,5 soat (ANC yoqilgan holda), umumiy 17 soat qutisi bilan.

📦 Oldindan buyurtmalar ochilgan, savdolar noyabr oxirida boshlanadi.
💼 “Oddiy” $1500 sizga arzondek tuyulsa, maxsus teri g‘ilof ham bor — atigi $400 😅.
👍1
⚖️ Yevrokomissiya Apple, Google va Microsoft’ni firibgarlikdan himoya bo‘yicha tekshiradi

Financial Times xabariga ko‘ra, Yevropa regulyatorlari yirik texnogigantlarni foydalanuvchilarni soxta ilovalardan qay darajada himoya qilayotgani bo‘yicha sinovdan o‘tkazadi.

🔹 Apple ko‘pincha App Store — eng xavfsiz platforma deya targ‘ib qiladi. Ammo regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, feyk ilovalar hali ham do‘kondan o‘tib ketmoqda.
🔹 2021-yilgi tadqiqotda App Store’dagi eng daromadli ilovalarning 2 % i firibgarlik ekani aniqlangan.
🔹 Yaqinda esa “the Tea” nomli dating-ilova minglab ayollarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlab chiqqani fosh bo‘ldi.

💸 Jarima miqdori ham belgilangan: agar kompaniyalar foydalanuvchilarni yetarlicha himoya qilmagani aniqlansa, yillik aylanmaning 6 % gacha jarima solinadi.
👍1
📶 iPhone 17’da Wi‑Fi muammolari: foydalanuvchilar shikoyat qilmoqda

Yangi iPhone 17 seriyasi sotuvga chiqqaniga atigi 5 kun bo‘ldi, ammo Apple forumlari va Reddit’da allaqachon Wi‑Fi uzilishlari haqida ko‘plab shikoyatlar paydo bo‘ldi.

🔹 Aloqa tez-tez uzilib qoladi, bu esa CarPlay kabi Wi‑Fi’ga bog‘liq tizimlarda ham doimiy diskonnektlarga olib kelmoqda.
🔹 Qancha foydalanuvchi ta’sirlangan — hozircha noma’lum. Masalan, ayrim nashrlar test qilgan iPhone’larda muammo kuzatilmagan.
🔹 Sababi ham aniq emas: yangi N1 chip (Wi‑Fi 7 va Bluetooth 6 uchun) bilan bog‘liq texnik nosozlikmi yoki oddiy dasturiy xatolikmi — hozircha ochiq savol.

📱 Apple hali izoh bermadi, ammo ko‘pchilik muammo yaqin orada iOS yangilanishi bilan tuzatilishiga umid qilmoqda.
2
Vivo ishlab chiquvchilari OriginOS 6da yangi ekran qulfi dizaynini taqdim etdi: u yorug‘lik va soyaning tabiiy sinishini taqlid qiladi, kengaytirilgan sozlash imkoniyatlarini taklif etadi.
1
🔧📱 iFixit: iPhone 17 Pro’da kichik inqilob

iFixit mutaxassislari yangi iPhone 17 Pro’ni qismlarga ajratib ko‘rishdi va kutilmagan yangilikka duch kelishdi.

🔹 Korpus – endi butunlay alyuminiy blokdan ishlangan, shuning uchun smartfonni ikki tomondan ochib bo‘lmaydi.

🔹 Orqa oynani yechganda faqat simli zaryadlash coiliga yetib borish mumkin, ammo batareyani almashtirish uchun ekran yechiladi.

🔹 Asosiy yangilik: batareya endi yopishtirilmagan, balki vintlar bilan mahkamlangan! Bu iPhone tarixida birinchi marta.

🔹 Batareya mustahkam metall qobiqda, shuning uchun uni almashtirishda tasodifan shikastlash deyarli imkonsiz.

🔹 Yangi issiqni tarqatuvchi kamera (vapour chamber) ham aniq ko‘rindi – u kameralar blokidan pastga, MagSafe coiligacha cho‘zilgan. Ichki qismi mis qirrali bo‘lib, A19 Pro chipidan keladigan issiqlikni samarali tarqatadi.

📊 iFixit mutaxassislari vintli batareyadan shu qadar xursand bo‘lishdiki, Apple’ning “ikki tomondan ochilmaslik” kamchiligini ham kechirishdi. Natijada iPhone 17 Pro ta’mirlash qulayligi bo‘yicha 10 balldan 7 ball oldi.